T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
305
ISSN:3030-3613
O‘SIMLIK VA SINTETIK GIYOHVAND VOSITALARI
VA MODDALARI BO‘YICHA TADQIQOT O‘TKAZISHNING NAZARIY
JIHATLARI
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik
Haydarov Ilhom Yusupovich
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
kunduzgi ta’lim 2-o‘quv kursi 229-guruh kursanti, safdor
Burxoniddinov Nurmuhammad Halimjon o‘g‘li
ANNOTATSIYA:
ushbu ilmiy maqolada o‘simlik va sintetik giyohvand
vositalari
va moddalari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishning nazariy jihatlari yuzasidan
kelib chiquvchi bir qancha muammolar nuqtayi nazaridan atroflicha yondashilgan
hamda giyohvand moddalari, ularning zararli ta’siri jamiyatda qanday ahamiyat kasb
etishi, ushbu jarayonlarning mamlakatlar o‘rtasida global miqyosdagi dolzarbligi,
o‘simlik va sintetik giyohvandlik vositalari inson organizmi, ijtimoiy muhit va
iqtisodiy tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek o‘simlik va sintetik giyohvand
vositalari
va moddalari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishning zamonaviy usullari haqida
mavzu yoritilib o‘tilgan.
KALIT SO‘ZLAR:
o‘simlik giyohvand vositalari, sintetik giyohvand
vositalari, Cannabis sativa, Cannabis resin (Gashish), Opium, psixofarmakologik
yondashuv, biologik yondashuv, ijtimoiy va iqtisodiy yondashuv, metamfetamin,
fentanil.
АННОТАЦИЯ:
в данной научной статье подробно рассматривается ряд
проблем, возникающих из теоретических аспектов исследования растительных и
синтетических наркотиков и веществ, а также значение наркотиков и их вредное
воздействие на общество, актуальность этих процессов среди стран в глобальном
масштабе, негативное влияние растительных и синтетических наркотиков на
организм человека, социальную среду и экономическую систему, а также
важность исследований растительных и синтетических наркотиков и веществ.
Раскрыта тема современных методов.
КЛЮЧИВЫЕ СЛОВА:
препараты растительного происхождения,
синтетические наркотики, Cannabis sativa, смола каннабиса (гашиш), опиум,
психофармакологический
подход,
биологический
подход,
социально-
экономический подход, метамфетамин, фентанил.
ANNOTATION:
in this scientific article, a number of problems arising from
the theoretical aspects of research on herbal and synthetic drugs and substances are
approached in detail, and the importance of drugs and their harmful effects in society,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
306
ISSN:3030-3613
the relevance of these processes among countries on a global scale, the negative impact
of herbal and synthetic drugs on the human div, social environment and economic
system, as well as the importance of research on herbal and synthetic drugs and
substances The topic of modern methods is covered.
KEY WORDS:
herbal drugs, synthetic drugs, Cannabis sativa, Cannabis resin
(Hashish), Opium, psychopharmacological approach, biological approach, social and
economic approach, methamphetamine, fentanyl.
KIRISH
Giyohvand moddalar va ularning zararli ta'siri jamiyatda juda katta ahamiyatga
ega bo‘lib, bu muammo nafaqat xalqaro, balki mamlakatlar o‘rtasida, global miqyosda
dolzarbdir. O‘simlik va sintetik giyohvandlik vositalari inson organizmi, ijtimoiy
muhit va iqtisodiy tizimga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ularni o‘rganish va
tadqiqotlar o‘tkazish, bu moddalar bilan kurashish strategiyalarini ishlab chiqishda
muhim o‘rin tutadi.
Giyohvand moddalar jamiyat hayotiga bir nechta salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Ularning ta'siri nafaqat individual darajada, balki jamiyatning turli qatlamlari, iqtisodiy
va ijtimoiy tizimlariga ham tarqaladi. Quyida giyohvandlik vositalarining jamiyatga
ta'siri haqida ba'zi asosiy jihatlar haqida gapirib o‘tsak:
1. Salomatlikka ta'siri
Jismoniy va ruhiy sog‘liq:
giyohvand moddalar odamning jismoniy va ruhiy
salomatligiga salbiy ta'sir qiladi. Ular organizmda turli kasalliklarni (yurak kasalliklari,
jigar
muammolari,
infektsiyalar)
rivojlantirishi
mumkin.
Ruhiy
holatni
yomonlashtirishi, depressiya, shizofreniya va boshqa ruhiy kasalliklarni keltirib
chiqaradi.
O‘lim va nogironlik:
giyohvand moddalarni iste'mol qilgan odamlarning
hayot sifati yomonlashadi, ba'zan ularning inson sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
natijasida o‘limga olib keladi. Giyohvand moddalarning ortiqcha iste'moli esa, insonda
nuqsonlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Giyohvandlik nogironlikni ham yuzaga
keltiradi.
2. Ijtimoiy muammolar
Oila va ijtimoiy munosabatlarga ta'siri:
giyohvandlik oila ichidagi
munosabatlarga zarar keltiradi. Giyohvand moddalar iste'mol qiladigan odamlar
ko‘pincha o‘zlariga nisbatan ehtiyotsiz bo‘lib, oila a'zolariga nisbatan zo‘ravonlik, turli
xildagi kelishmovchiliklarning vujudga kelishi va majburiyatlarga e'tibor bermaslik
holatlarini yuzaga keltiradi.
Jinoyatchilik:
giyohvandlik jinoyatchilikning darajasi va dinamikasini
oshirishi mumkin. Giyohvand moddalarni sotib olish uchun odamlar ko‘pincha
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
307
ISSN:3030-3613
jinoyatga qo‘l uradilar (o‘g‘irlash, zo‘ravonlik, narkotik savdosi). Bu jamiyatning
xavfsizligiga tahdid soladi.
Ijtimoiy ajralish:
giyohvand moddalar iste'mol qilgan odamlar jamiyatdan
ajralib qolishi, ish joylarini yo‘qotishi va ijtimoiy tarmoqlardan chetlashishi mumkin.
3. Iqtisodiy ta'sir
Sog‘liqni saqlash xarajatlari:
giyohvandlik jamiyat uchun katta moliyaviy
yuk yaratadi. Kasalxonalarda giyohvandlar bilan shug‘ullanish, ularni davolash va
reabilitatsiya qilish uchun katta mablag‘ sarflanadi.
Ishsizlik va mehnat unumdorligining pasayishi:
giyohvandlik tufayli
odamlar o‘z ishlarini yo‘qotishi yoki samarali ishlay olmasligi mumkin. Bu
iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, mehnat bozoridagi ishsizlikni oshiradi.
4. Ta'lim tizimiga ta'siri
O‘quvchilarga ta'siri:
giyohvandlik ta'limga zarar yetkazadi, chunki
giyohvand moddalar iste'mol qilgan talabalar o‘qishga qiziqishlarini yo‘qotishi,
diqqatni jamlashda qiynalishi va muvaffaqiyatli o‘qish imkoniyatlari kamayishi kabi
salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu jamiyatda bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga
to‘sqinlik qiladi.
5. Tashqi ta'sirlar
Xalqaro savdo va noqonuniy tarmoq:
giyohvand moddalar savdosi butun
dunyo bo‘ylab amalga oshiriladi va ushbu noqonuniy savdo tarmoqlari jamiyatni
notinch ahvolga keltirib qo‘yishi mumkin. Bu jamiyatda yashovchi insonlarning hayoti
va sog‘ligiga xavf tug‘diradi hamda xalqaro muammolarga olib keladi.
ASOSIY QISM
Giyohvandlik vositalari
—
maxsus roʻyxatga kiritilgan va davlat tomonidan
nazoratga olingan, giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi sintetik vosita (preparat) lar va
oʻsimliklar. Giyohvandlik vositalari roʻyxati BMTning 1988-yilgi “Giyohvandlik
vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi
kurash toʻgʻrisida”gi konvensiyasida, shuningdek giyohvandlik vositalari ustidan
nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qaroriga
(1995-yil 1-aprel) 1-sonli ilovasida berilgan. Giyohvandlik vositalari sirasiga
marixuana, nasha, kannabis smolasi, nasha moyi, qoradori, morfin, geroin, kodein,
efedron, kokain va boshqalar kiradi.
Giyohvandlik vositalaridan tibbiy maqsadlarda foydalanilganda Oʻzbekiston
Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga qatʼiy rioya
etilishi kerak. Giyohvandlik vositalari bilan erkin muomala qilish taqiqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi “Giyohvandlik
vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi qonuniga binoan, ularni veterinariya,
ilmiy va oʻquv maqsadlarida, ayniqsa, ekspertlik faoliyatida, jismoniy shaxslarga
berish va boshqa maqsadlarda muomalada boʻlish shartlari va tartibi Oʻzbekiston
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
308
ISSN:3030-3613
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shu bilan birga,
O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligida ham ushbu turdagi moddalar
bilan muomalada bo‘lish to‘g‘risida bir qator javobgarliklar belgilab o‘tilgan.
Jumladan, giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, oz miqdorda,
gʻayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish uchun maʼmuriy
javobgarlik belgilangan (OʻzR MJK, 56-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi JKda tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan
ekinlarni ekish yoki yetishtirish (270-modda), qonunga xilof ravishda egallash (271-
modda), oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlash, olish, saqlash, tashish, joʻnatish (273-
modda), giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilishga jalb etish (274-modda), ularni
ishlab
chiqarish
yoki
foydalanish
qoidalarini
buzish
(275-modda), oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash,
egallash, saqlash va boshqa harakatlar (276-modda) uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan.
“Giyohvandlik vositasi boʻlgan oʻsimliklarni ekish”
, deyilganda ularning
urugʻini maxsus tayyorlangan yerga sepish yoki koʻchatini oʻtqazish tushuniladi va shu
harakatlarning oʻzi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishga asos boʻladi.
“Giyohvandlik
vositasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish”
, deyilganda har qanday yerda ekilgan
yoki oʻzi unib chiqib, oʻsib yotgan shunday oʻsimliklarni parvarish qilish (sugʻorish,
chopish, oʻgʻit berish va hokazo) tushuniladi.
“Giyohvandlik vositalarini konunga
xilof ravishda egallash”
, deyilganda ularni oʻgʻrilik, firibgarlik, oʻzlashtirish,
talonchilik, mansabni suisteʼmol qilish, tovlamachilik, bosqinchilik kabi yoʻllar bilan
egallash tushuniladi. Giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab
tayyorlagan, olgan, saqlagan, tashigan shaxs, agar shunday harakatni birinchi marta
sodir etgan boʻlsa va ularning miqdori koʻp boʻlmasa, oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga
olib kelib, giyohvandlik vositalarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi (273-modda).
Giyohvandlik vositalarining qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga yoʻl
qoʻygan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik
– narkotik moddalarga oʻrganib
qolish, ruju qo‘yish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori
moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan
kasallik holati hisoblanadi. Giyohvandlik organizm somatik va ruhiy holatining chuqur
oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Giyohvandlikda
oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli
paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy
bogʻliqlik ortib boradi.
Giyohvandlik asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand
moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik, xotirjamlik hissini uygʻotadi, keyin
bora-bora bu kasallikka aylanadi. Birinchi holda tibbiyot xodimi buyurgan va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
309
ISSN:3030-3613
bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni uzoq
vaqt va notoʻgʻri qabul qilish, ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish
maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib boorish, darddan tuzalib doriga unchalik
ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va
miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u xumor
qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda rohat qilish maqsadida giyohvand
moddalarga oʻrganishdir.
Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir
sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar
beriluvchan hamda moyil boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar,
giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taqlid va havas,
oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand boʻlishi) hamda
giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham giyohvandlikka
sabab boʻlishi mumkin. Giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari
kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi.
Giyohvandlik eyforiyasida, yaʼni rohat chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa
muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va
uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa
yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq.
Giyohvandlikning barcha turi oʻz rivojida giyohvand moddalarga oʻrganib qolish yoʻli
bilan giyohvandlik sindromining shakllanishiga olib keladi.
Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) giyohvand
moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va ruhiy bogʻlanishning paydo
boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy bogʻlanishning yuzaga
kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi,
yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning
surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi).
Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va
koʻproq miqdorda isteʼmol qila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz
turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil his qilish
uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs
qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (koʻngil aynishi,
qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu
darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek
boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish
uchun oʻsha moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi.
Oldiniga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa,
keyinchalik goʻyoki uning holatini “normallashtirganga” oʻxshaydi, bemor oʻzini
birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
310
ISSN:3030-3613
haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik,
kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy
oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi,
ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi.
Agar giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda
kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat – xumorlik
sindromi paydo boʻladi. Giyohvandlik opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm,
geroinizm koʻrinishida boʻladi. Giyohvandlikning nashavandlik, kokainizm,
nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham
uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish —
polinarkomaniya deyiladi. Giyohvand moddalarning hamma turida ham organizm
zaharlanadi va u juda ogʻir kechadi.
Yer yuzining turli mintaqalarida giyohvandlikning ayrim turlari kuzatiladi.
Giyohvandlikning geroinizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarqalib
bormoqda. Giyohvandlik avj olishining oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda
tegishli tadbirlar amalga oshirilgan.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlikka qarshi kurash qoʻmitasi
tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi
tashkil qilingan va bu markazda narkologiya boʻyicha olim va mutaxassislar
tomonidan malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida giyohvandlikka
qarshi keskin kurash olib boradi.
Giyohvandlikkka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar)
sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida
boʻladilar.
O‘simlik giyohvandlik moddalari
O‘simlik giyohvandlik moddalari, tabiiy manbalardan olingan moddalar bo‘lib,
ularning tarkibida psixoaktiv birikmalar mavjud. Bunday moddalar orasida eng
mashhurlari:
Mariya (Cannabis sativa) —
o‘simlikdan olingan psixoaktiv moddalar, eng
ko‘p tarqalgan o‘simlik giyohvandlik vositasidir.
Gashish (Cannabis resin) —
mariyadagi faol moddalar, ko‘proq qattiq
shaklda tarqatiladi.
Opium (Papaver somniferum) —
opiatlar oilasiga mansub bo‘lib, og‘riqni
kamaytiruvchi xususiyatga ega.
Sintetik giyohvandlik moddalari
Sintetik giyohvandlik vositalari kimyoviy yo‘l bilan ishlab chiqarilgan
psixoaktiv moddalar bo‘lib, ular tezroq ta'sir ko‘rsatadi va ko‘p hollarda
narkomanlikni tez rivojlantiradi. Ular orasida:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
311
ISSN:3030-3613
Metamfetamin (meth) —
markaziy asab tizimini stimulyatsiya qiluvchi
moddadir.
MDMA (Ecstasy) —
ruhiy holatni o‘zgartirishga xizmat qiluvchi sintetik
modda.
Fentanil —
kuchli og‘riqni kamaytiruvchi va ko‘plab o‘limlarga olib keluvchi
modda.
Sintetik moddalar ko‘pincha narkotiklarni qidirayotgan shaxslar tomonidan
ishlatiladi va tezda jismoniy va psixologik qaramlikka olib keladi.
Tadqiqotlar o‘tkazishning nazariy jihatlari
Giyohvandlik vositalarini tadqiq qilishda bir nechta nazariy yondashuvlar
mavjud. Ular orasida:
Psixofarmakologik yondashuv —
moddalar va ularning ta'siri, nerv tizimiga
bo‘lgan o‘zgarishlar, moddalar qanday qilib asab tizimiga ta'sir etishi o‘rganiladi.
Ijtimoiy va iqtisodiy yondashuv —
giyohvandlikning jamiyatdagi o‘rni,
uning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari, narkomanlikka olib keladigan omillar tahlil
qilinadi.
Biologik yondashuv —
giyohvandlikka moyillikning genetika, organizmning
biokimyoviy holati va fiziologik omillar bilan aloqasi o‘rganiladi.
Tadqiqotlarning amaliy ahamiyati
O‘simlik va sintetik giyohvandlik vositalari bo‘yicha olib boriladigan
tadqiqotlar nafaqat ilmiy nuqtai nazardan, balki ijtimoiy va tibbiy jihatdan ham katta
ahamiyatga ega. Bunday tadqiqotlar:
-
giyohvandlikka qarshi kurash strategiyalarini ishlab chiqishda yordam
beradi;
-
narkotiklar va narkomanlikning jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy
zararlarini kamaytirish imkoniyatlarini yaratadi;
-
giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolarga qarshi profilaktika
tadbirlarini samarali o‘tkazish imkonini beradi.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, o‘simlik va sintetik giyohvandlik
vositalari jamiyat uchun jiddiy ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy muammolarni keltirib
chiqaradi. Ushbu moddalar insonning jismoniy va ruhiy holatiga salbiy ta'sir
ko‘rsatadi, shu bilan birga, ular narkomanlikka olib kelishi va odamlarning hayot
sifatini jiddiy ravishda pasaytirishi mumkin. O‘simlik giyohvandlik vositalari
(masalan, marihuana, opium) va sintetik giyohvand moddalar (masalan,
metamfetamin, MDMA, fentanil) orasida ta'sir va zararlar nuqtayi nazaridan farqlar
mavjud, lekin har ikkala guruh ham narkotiklarni qidirayotgan va psixoaktiv
moddalarga qaram bo‘lishga moyil bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlatiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
312
ISSN:3030-3613
Giyohvandlik moddalarining jamiyatga salbiy ta'siri nafaqat bevosita sog‘liqni
saqlashga, balki ijtimoiy muhitga ham jiddiy zarar yetkazadi. Giyohvand moddalar
nafaqat psixologik va jismoniy qaramlikni keltirib chiqaradi, balki iqtisodiy, ijtimoiy
va huquqiy oqibatlarga ham olib keladi. O‘simlik va sintetik giyohvandlik vositalarini
tadqiq qilish orqali ularning ta'sirini yaxshiroq tushunish va kurashish strategiyalarini
ishlab chiqish mumkin.
Tadqiqotlar bu moddalar bilan kurashishning yangi usullarini yaratishda,
ularning jamiyatdagi salbiy ta'sirlarini kamaytirishda, profilaktika va reabilitatsiya
jarayonlarini samarali o‘tkazishda katta ahamiyatga ega. O‘simlik va sintetik
giyohvandlik moddalarini o‘rganish nafaqat giyohvandlikning tibbiy jihatlarini, balki
uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini ham aniqlash imkonini beradi.
Yuqori sifatli ilmiy tadqiqotlar orqali, giyohvandlikka qarshi kurashishning
samarali usullari ishlab chiqilishi mumkin, bunda biokimyoviy, psixologik, ijtimoiy va
siyosiy yondashuvlar birlashtiriladi. Giyohvandlikka qarshi kurashish faqatgina
individual darajada emas, balki butun jamiyatning birgalikda harakat qilishini talab
qiladi. Shu bois, davlat organlari, tibbiyot xodimlari, psixologlar va boshqa
mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikda amalga oshiriladigan tadqiqotlar va dasturlar
jamiyatda giyohvandlikka qarshi samarali kurash olib borishning asosi bo‘ladi.
O‘simlik va sintetik giyohvandlik vositalariga qarshi kurashishda kelajakda
zamonaviy va integratsiyalangan yondashuvlar, shu jumladan ilmiy tadqiqotlar asosida
ishlab chiqilgan yangiliklar, innovatsion metodlar va profilaktik choralar joriy etilishi
kerak. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatni giyohvandlikning salbiy ta'siridan himoya
qilishga yordam beradi va kelajakda bu muammoga qarshi kurashishda muvaffaqiyat
qozonish imkonini yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
2.
Francis Edmund
Stimulants and Narcotics, Their Mutual Relations: With Special
Researches on the Action of Alcohol, Aether and Chloroform on the Vital Organism
3.
1999-yil 19-avgustdagi „Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar
toʻgʻrisida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni.
Foydalanilgan internet saytlari:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Giyohvandlik_vositalari
2.
https://med24.uz/uz/bolezn/narkomaniya
3.