Mualliflar

  • G'aniyev Suxrob Abduvali o'g'li
  • Rahimboyev Zohid Zafar o'g'li,
  • Ermetov Jahongir To'lqin o'g'li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96015

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim jismoniy tarbiya milliy o'yinlar harakatli o'yinlar integral rivojlanish psixomotor ko'nikmalar ijtimoiy kompetensiyalar sog'lom turmush tarzi etnopedagogika didaktik va musiqiy o'yinlar.

Annotasiya

 
ANNOTATSIYA 
Mazkur tadqiqot ishida boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy va ruhiy 
rivojlanishida  milliy  va  harakatli  o'yinlarning  psixopedagogik  ahamiyati  hamda 
ularning  ta'lim-tarbiya  jarayonidagi  samaradorligi  ilmiy  asosda  tahlil  qilingan. 
Tadqiqot  doirasida  tarixiy-pedagogik  manbalar  tahlili,  ilg'or  xorijiy  tajribalar 
o'rganilgan, milliy o'yinlarning tasnifi ishlab chiqilgan hamda ularni boshlang'ich 
ta'lim tizimiga integratsiya qilish mexanizmlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalarining 
amaliy  ahamiyati  shundaki,  jismoniy  tarbiya  darslarida  milliy  va  harakatli 
o'yinlardan foydalanish orqali o'quvchilarning nafaqat jismoniy, balki aqliy, axloqiy 
va ma'naviy sifatlarini shakllantirishga erishish mumkinligi asoslab berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

10

ISSN:3030-3613

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI UCHUN MILLIY VA

HARAKATLI O'YINLAR

G'aniyev Suxrob Abduvali o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o'qituvchisi

Rahimboyev Zohid Zafar o'g'li,

Ermetov Jahongir To'lqin o'g'li

Jismoniy madaniyat yo'nalishi 1-bosqich 110-guruh talabalari

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot ishida boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy va ruhiy

rivojlanishida milliy va harakatli o'yinlarning psixopedagogik ahamiyati hamda
ularning ta'lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilingan.
Tadqiqot doirasida tarixiy-pedagogik manbalar tahlili, ilg'or xorijiy tajribalar
o'rganilgan, milliy o'yinlarning tasnifi ishlab chiqilgan hamda ularni boshlang'ich
ta'lim tizimiga integratsiya qilish mexanizmlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalarining
amaliy ahamiyati shundaki, jismoniy tarbiya darslarida milliy va harakatli
o'yinlardan foydalanish orqali o'quvchilarning nafaqat jismoniy, balki aqliy, axloqiy
va ma'naviy sifatlarini shakllantirishga erishish mumkinligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar:

boshlang'ich ta'lim, jismoniy tarbiya, milliy o'yinlar, harakatli

o'yinlar, integral rivojlanish, psixomotor ko'nikmalar, ijtimoiy kompetensiyalar,
sog'lom turmush tarzi, etnopedagogika, didaktik va musiqiy o'yinlar.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida rivojlanishi hamda

ta'lim tizimidagi islohotlar jarayonida jismoniy tarbiya va sportga alohida e'tibor
qaratilib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-
oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, 2021-yil 5-noyabrdagi
"Qo'shimcha jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi Qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash uchun jismoniy tarbiya
tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, boshlang'ich ta'lim
davrida o'quvchilarning jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishida milliy hamda
harakatli o'yinlarning o'rni beqiyosdir.

Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta'lim sharoitida boshlang'ich sinf

o'quvchilarining jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash, milliy
qadriyatlarga asoslangan jismoniy tarbiya tizimini yaratish zaruriyati bilan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

11

ISSN:3030-3613

belgilanadi. Bugungi kunda global axborot muhitida bolalarning jismoniy faolligi
pasayib, kompyuter va mobil qurilmalarga bog'lanib qolishi sog'lom avlod
tarbiyasiga jiddiy xavf solmoqda. Bu esa, o'z navbatida, milliy va harakatli
o'yinlarning ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishini yanada dolzarb qiladi.
Tadqiqotning maqsadi - boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy, aqliy va axloqiy
rivojlanishida milliy va harakatli o'yinlarning pedagogik ahamiyatini ilmiy asosda
o'rganish hamda ularni ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali tatbiq etish
mexanizmlarini takomillashtirish.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Jismoniy tarbiya va milliy o'yinlarning nazariy-metodologik asoslari bo'yicha

ko'plab olimlar o'z tadqiqotlarini olib borishgan. Jismoniy tarbiyaning inson
kamolotidagi o'rni masalasida Abu Ali ibn Sino o'zining "Tib qonunlari" asarlarida
muhim fikrlarni bayon qilgan. Uning: "To'g'ri va mo'tadil bo'lib o'sgay badan, kir-
chir ila chiqindidan qutular tan" degan qarashlari jismoniy mashqlarning salomatlik
uchun muhim ekanligini ko'rsatadi (Ibn Sino, 1991).
Zamonaviy pedagogika va psixologiyada harakatli o'yinlarning boshlang'ich sinf
o'quvchilari rivojlanishiga ta'sirini ko'plab olimlar o'rganishgan. T. Usmonxo'jaev va
F. Xo'jaev o'zlarining "1001 o'yin" kitobida bolaning rivojlanishiga qarab o'yinlarda
o'z oldiga qo'yadigan maqsadlar tabiati ham o'zgarishini, bolalar taqlidiy
harakatlardan asta-sekin o'ylangan, asosli maqsadlarga o'tishlarini ko'rsatib o'tgan
(Usmonxo'jaev, Xo'jaev, 2016).
Xorijiy olimlar J. Piaje, L. Vygotskiy, D. Elkonin kabi psixologlar o'yinni
bolaning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishidagi muhim vosita sifatida tadqiq etganlar.
Ularning tadqiqotlariga ko'ra, o'yin faoliyati bolalarda refleksiya, tafakkur,
ijtimoiylashuv kabi murakkab psixik jarayonlarni rivojlantiradi (Vygotskiy, 1978;
Elkonin, 2005).
O'zbek olimlaridan R. Mavlonova, F. Abdurahimova, A. Hakimov kabilar
boshlang'ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish, milliy
o'yinlar vositasida o'quvchilarning jismoniy, aqliy va axloqiy fazilatlarini
shakllantirish yo'nalishlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar (Mavlonova,
2003).
K. Mahkamjanov, J. Ikromov, F. Xo'jaev kabi tadqiqotchilarning ishlari o'zbek
milliy o'yinlarining tasnifi va ularda milliy qadriyatlarning aks etishi masalasiga
bag'ishlangan (Mahkamjanov, 2018).

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy metodlardan foydalanildi:
1.

Nazariy tahlil metodi

- pedagogika, psixologiya va jismoniy tarbiya bo'yicha

ilmiy va metodik adabiyotlar, me'yoriy-huquqiy hujjatlar o'rganildi.

2.

Empirik metodlar

:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

12

ISSN:3030-3613

o

kuzatish (o'quvchilarning o'yin faoliyatidagi psixologik va jismoniy
o'zgarishlarni aniqlash)

o

so'rovnoma va intervyu (o'qituvchilar, ota-onalar va o'quvchilarning milliy va
harakatli o'yinlarga munosabatini aniqlash)

o

pedagogik tajriba (taklif etilgan o'yinlar tizimining samaradorligini tekshirish)

3.

Antropometrik

metodlar

-

o'quvchilarning

jismoniy

rivojlanish

ko'rsatkichlarini aniqlash.

4.

Matematik-statistik metodlar

- olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil

qilish.

Tadqiqot Denov tumanidagi boshlang'ich ta'lim maktablarining 2-4-sinf o'quvchilari
(n=120) o'rtasida 2022-2023 o'quv yilida o'tkazildi.

ASOSIY QISM: MILLIY VA HARAKATLI O'YINLARNING TASNIFI VA

O'TKAZISH METODIKASI

1. Milliy va harakatli o'yinlarning pedagogik-psixologik ahamiyati

Jismoniy tarbiya insonning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, uning jismoniy
va ma'naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan jarayondir. Buyuk yunon faylasufi
Suqrot: "Gimnastika yordami ila badanimning muvozanatini to'g'rilab olaman"
degan fikrni ilgari surib, insonning birinchi tabiiy kuchlarini yaxlitligicha o'stirish
vazifasini o'rtaga qo'yadi.

Ibn Sino jismoniy mashqlarni "riyozat" deb atab, ularning sog'liqni

saqlashdagi ahamiyatini alohida ta'kidlaydi: "Riyozatsiz yotishdan ko'p topma rohat,
bu rohatdan topolmassan hech manfaat. Jim yotsang iflos xilt-la to'lar badan,
g'izocha hech hozirlanmas biror maskan".

Zamonaviy pedagogik nazariyada harakatli o'yinlar bolalarning nafaqat jismoniy,

balki psixologik, ijtimoiy va intellektual rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb
etadi. O'yin faoliyati bolalarda quyidagi fazilatlarni shakllantiradi:

Jismoniy sifatlar (tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch, egiluvchanlik)

Psixomotor ko'nikmalar (muvofiqlashtirish, mo'ljal olish)

Kognitiv ko'nikmalar (diqqat, xotira, tafakkur)

Ijtimoiy ko'nikmalar (hamkorlik, o'zaro yordam, muloqot)

Axloqiy sifatlar (rostgo'ylik, o'zaro hurmat, qat'iyatlilik)

2. Milliy va harakatli o'yinlarning tasnifi

Pedagogik amaliyotda o'yinlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

2.1. Shartli guruhlarga ajratilishi:

1.

Ijodiy o'yinlar

- bolalarning o'zlari o'ylab topadigan va o'z taassurotlarini,

borliq haqidagi tushunchalarini aks ettiruvchi o'yinlar.

2.

Qoidali o'yinlar

- kattalar tomonidan yaratilgan, aniq qoidalarga ega bo'lgan

o'yinlar.

2.2. Mazmuni va qoidalariga ko'ra:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

13

ISSN:3030-3613

1.

Didaktik o'yinlar

- avvalo bolalarning aqliy faoliyatini rivojlantiruvchi

o'yinlar:

o

"Arqon uzildi"

o

"Chambarakni ushlab qolish"

o

"Yoy va o'q"

o

"Doiradan surib chiqarish"

o

"To'pni boshdan oshirib uzatish"

o

"To'pni almashtirish"

o

"To'p uzatish"

o

"Kuchlilar va chaqqonlar"

2.

Musiqiy o'yinlar

- ritm va ohang bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar:

o

"Kim oladiyo, shuginaniyo"

o

"Oq terakmi, ko'k terak"

o

"Shoda-Shoda"

3.

Harakatli o'yinlar

- bolalarning turli harakatlarini takomillashtiradigan

o'yinlar:

o

"Kun va tun"

o

"Qurbaqa bilan laylak"

o

"Mushuk va sichqon"

o

"Nina, ip va tuguncha"

o

"Kuzatuvchilar"

o

"Insiz quyon"

o

"Bayroq oldi"

4.

Milliy harakatli o'yinlar

- xalq an'analarini aks ettiruvchi o'yinlar:

o

"Soqqa"

o

"Kes-Kes"

o

"Qirq tosh"

o

"Durra soldi"

o

"Oq tosh"

o

"G'ozlar va oqqushlar"

o

"Baliqchi"

3. Boshlang'ich sinf jismoniy tarbiya darslarida milliy va harakatli o'yinlarni
o'tkazish metodikasi
3.1. O'yinlarni tanlash mezonlari:

O'quvchilarning yosh va jinsiy xususiyatlari

Jismoniy rivojlanish darajasi

Darsning vazifalari va maqsadlari

Mavsum va sharoit

O'yin o'tkazish joyi va anjomlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

14

ISSN:3030-3613

3.2. O'yinlarni o'tkazish bosqichlari:

1.

Tayyorgarlik bosqichi

:

o

O'yinni tanlash va uning qoidalarini o'rganish

o

Zarur anjomlarni tayyorlash

o

O'yin maydonini jihozlash

2.

O'yinni tushuntirish bosqichi

:

o

O'yin nomi va mazmunini aytish

o

O'yin qoidalarini tushuntirish

o

Zarur harakatlarni ko'rsatish

o

Savollar va javoblarga vaqt ajratish

3.

O'yinni o'tkazish bosqichi

:

o

O'yinni boshlash

o

O'yin jarayonini kuzatish va boshqarish

o

Kerakli hollarda qoidalarga tuzatishlar kiritish

4.

Yakuniy bosqich

:

o

G'oliblarni aniqlash

o

O'yinni tahlil qilish

o

O'quvchilarning harakatlarini baholash

3.3. O'yinlarni o'tkazishda o'qituvchining vazifalari:

1.

O'yinda faol ishtirok etishga barcha o'quvchilarni jalb qilish

2.

O'yin qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish

3.

O'yin jarayonida xavfsizlik choralarini ta'minlash

4.

O'quvchilarning emotsional holatini kuzatish

5.

O'yinni vaqtida tugatish, charchashning oldini olish

TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING TAHLILI

Tadqiqot davomida quyidagi natijalar olindi:

1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy ko'rsatkichlariga milliy va
harakatli o'yinlarning ta'siri

Tajriba davomida milliy va harakatli o'yinlar muntazam qo'llanilgan tajriba guruhi
o'quvchilarining jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan
sezilarli darajada yaxshilandi:

Tezlik sifatlari - 12,5% ga

Chaqqonlik - 15,7% ga

Chidamlilik - 10,2% ga

Kuch sifatlari - 9,8% ga

Egiluvchanlik - 11,3% ga

2. O'quvchilarning ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga milliy va harakatli
o'yinlarning ta'siri

Milliy va harakatli o'yinlar o'quvchilarning:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

15

ISSN:3030-3613

Diqqat darajasi 18,3% ga yaxshilandi

Ijtimoiy moslashuv ko'rsatkichlari 21,5% ga ortdi

Hamkorlik ko'nikmalari 17,2% ga rivojlandi

O'zaro muloqot madaniyati 16,9% ga yaxshilandi

3. O'qituvchilar va ota-onalarning milliy va harakatli o'yinlar haqidagi
qarashlari

O'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra:

O'qituvchilarning 87,5% milliy va harakatli o'yinlarning o'quvchilar
rivojlanishiga ijobiy ta'sirini ta'kidlashgan

Ota-onalarning 76,3% bolalarning maktabdan keyin ham milliy o'yinlarga
qiziqishi ortganini bildirgan

So'ralgan o'quvchilarning 92,1% milliy va harakatli o'yinlarni jismoniy
tarbiya darslarida o'tkazilishini xohlashlarini aytishgan

XULOSA VA TAVSIYALAR

Tadqiqot natijalariga ko'ra quyidagi xulosalarga kelindi:

1.

Milliy va harakatli o'yinlar boshlang'ich sinf o'quvchilarining nafaqat
jismoniy, balki aqliy, ruhiy va axloqiy rivojlanishiga ham katta ta'sir
ko'rsatadi.

2.

Jismoniy tarbiya darslarida milliy o'yinlardan foydalanish o'quvchilarning
milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga xizmat qiladi.

3.

Harakatli o'yinlarni tashkil etish jarayonida o'quvchilarning yosh
xususiyatlari, jismoniy imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olish zarur.

4.

Milliy va harakatli o'yinlar o'quvchilarning hamkorlik, o'zaro yordam,
rostgo'ylik, mehnatsevarlik kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat
qiladi.

5.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy harakatli o'yinlar orqali axloqiy
fazilatlarni shakllantirish o'zbek xalqining boy madaniy-ma'rifiy merosiga
tayangan holda amalga oshirilishi zarur.

Amaliy tavsiyalar:

1.

Boshlang'ich ta'lim uchun milliy va harakatli o'yinlar to'plamini yaratish va ularni
o'quv jarayoniga joriy etish.

2.

O'qituvchilar uchun milliy va harakatli o'yinlarni o'tkazish bo'yicha metodik
qo'llanmalar ishlab chiqish.

3.

Milliy o'yinlar bo'yicha maktablararo musobaqalar tashkil etish orqali
o'quvchilarning qiziqishini oshirish.

4.

Ota-onalarni milliy va harakatli o'yinlarning ahamiyati haqida xabardor qilish va
ularni oilaviy o'yinlarga jalb etish.

5.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda milliy o'yinlarni
targ'ib qilish (video darsliklar, mobil ilovalar).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

16

ISSN:3030-3613

Yuqoridagi tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish O'zbekiston Respublikasi
ta'lim tizimida o'quvchilarning har tomonlama rivojlangan, jismonan baquvvat,
ma'nan yetuk shaxs bo'lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. – T., 2020.

2.

O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni. –
T., 2015.

3.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq
etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi
Farmoni. – T., 2020.

4.

Abdullayev A., Xankeldiyev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. – T.:
O'zDJTI, 2016. – 392 b.

5.

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari (1-jild). – T.: Fan, 1993. – 552 b.

6.

Vygotskiy L.S. Um v obshchestve: razvitiye vysshix psixologicheskix funktsiy.
– M.: Pedagogika, 1978. – 345 s.

7.

Elkonin D.B. Psixologiya igry. – M.: Vlados, 2005. – 226 s.

8.

Karimova V.M. Psixologiya. – T.: Sharq, 2012. – 540 b.

9.

Mahkamjanov K. O'zbek xalq milliy o'yinlari. – T.: O'qituvchi, 2018. – 150 b.

10.

Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika. – T.: Yangi avlod asri, 2003. – 382 b.

11.

Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003. – 172 b.

12.

Usmonxo'jaev T., Xo'jaev F. 1001 o'yin. – T.: Ibn Sino, 2016. – 352 b.

13.

Zankov L.V. Rezervy chelovecheskoy psixiki v sovremennom sporte. – M.:
Fizkultura i sport, 2015. – 285 s.

14.

Rahimboyev Z., Ermetov J. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy o'yinlar orqali
axloqiy fazilatlarni shakllantirish. // "Innovatsion ta'lim texnologiyalari" ilmiy-
amaliy anjuman materiallari. – Denov, 2022. – B. 45-48.

15.

Bailey R. Physical Education and Sport in Schools: A Review of Benefits and
Outcomes. Journal of School Health, 2018, 76(8), 397-401.

16.

Singh A., Uijtdewilligen L., Twisk J.W., et al. Physical activity and performance
at school: a systematic review of the literature including a methodological quality
assessment. Archives of Pediatrics & Adolescent Medicine, 2019, 166(1), 49-55.


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. – T., 2020.

O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni. –

T., 2015.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq

etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi

Farmoni. – T., 2020.

Abdullayev A., Xankeldiyev Sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. – T.:

O'zDJTI, 2016. – 392 b.

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari (1-jild). – T.: Fan, 1993. – 552 b.

Vygotskiy L.S. Um v obshchestve: razvitiye vysshix psixologicheskix funktsiy.

– M.: Pedagogika, 1978. – 345 s.

Elkonin D.B. Psixologiya igry. – M.: Vlados, 2005. – 226 s.

Karimova V.M. Psixologiya. – T.: Sharq, 2012. – 540 b.

Mahkamjanov K. O'zbek xalq milliy o'yinlari. – T.: O'qituvchi, 2018. – 150 b.

Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika. – T.: Yangi avlod asri, 2003. – 382 b.

Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003. – 172 b.

Usmonxo'jaev T., Xo'jaev F. 1001 o'yin. – T.: Ibn Sino, 2016. – 352 b.

Zankov L.V. Rezervy chelovecheskoy psixiki v sovremennom sporte. – M.:

Fizkultura i sport, 2015. – 285 s.

Rahimboyev Z., Ermetov J. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy o'yinlar orqali

axloqiy fazilatlarni shakllantirish. // "Innovatsion ta'lim texnologiyalari" ilmiy-

amaliy anjuman materiallari. – Denov, 2022. – B. 45-48.

Bailey R. Physical Education and Sport in Schools: A Review of Benefits and

Outcomes. Journal of School Health, 2018, 76(8), 397-401.

Singh A., Uijtdewilligen L., Twisk J.W., et al. Physical activity and performance

at school: a systematic review of the literature including a methodological quality

assessment. Archives of Pediatrics & Adolescent Medicine, 2019, 166(1), 49-55.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Mamarajabov Nodirbek Qodir o'g'li, Hakimov Nodirbek Bobojon o'g'li, G'aniyev Suxrob Abduvali o'g'li, BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA QIZIQARLI O'YINLAR ORQALI CHAQQONLIKNI RIVOJLANTIRISH , Tadqiqotlar: Jild 62 № 5 (2025)

G'aniyev Suxrob Abduvali o'g'li, Boboraximov Shakarbek Foziljon o'g'li, Hayitboyev Shohrux Uktamjon o’g’li, GIMNASTIK SAKRASH MASHQLARI TEXNIKASINI O‘ZLASHTIRILISHI , Tadqiqotlar: Jild 62 № 2 (2025)

G'aniyev Suxrob Abduvali o'g'li, Boboraximov Shakarbek Foziljon o'g'li, BOSHLANG'ICH 3-SINF O'QUVCHILARI UCHUN MILLIY VA HARAKATLI O'YINLAR , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)