Mualliflar

  • Abdumannopova Dildora Akmaljonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96963

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar:Diniy bag‘rikenglik e’tiqod erkinligi ijtimoiy taraqqiyot tinchlik va barqarorlik demokratik qadriyatlar dinlararo dialog yoshlarning ma’naviyati O‘zbekiston tajribasi.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  ishda  diniy  bag‘rikenglik  tushunchasining  mazmun-
mohiyati hamda uning jamiyat hayotidagi o‘rni yoritib berilgan. Unda turli e’tiqod 
vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, sabr-toqat va murosaning ahamiyati ta’kidlangan. 
Diniy bag‘rikenglik jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, yosh avlodni to‘g‘ri 
tarbiyalash,  shuningdek,  demokratik  qadriyatlarni  mustahkamlashda  muhim  omil 
sifatida  qaraladi.  Asarda  tarixiy  misollar  va  bugungi  kun  tajribalari  asosida  bu 
tushuncha chuqur tahlil qilingan va uni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

104

ISSN:3030-3613

DINIY BAG‘RIKENGLIK VA UNING IJTIMOIY TARAQQIYOTDAGI

O‘RNI

Abdumannopova Dildora Akmaljonovna

Fargʻona davlat universiteti talabasi

iakmaljon214@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur ishda diniy bag‘rikenglik tushunchasining mazmun-

mohiyati hamda uning jamiyat hayotidagi o‘rni yoritib berilgan. Unda turli e’tiqod
vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, sabr-toqat va murosaning ahamiyati ta’kidlangan.
Diniy bag‘rikenglik jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, yosh avlodni to‘g‘ri
tarbiyalash, shuningdek, demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda muhim omil
sifatida qaraladi. Asarda tarixiy misollar va bugungi kun tajribalari asosida bu
tushuncha chuqur tahlil qilingan va uni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so’zlar:

Diniy bag‘rikenglik; e’tiqod erkinligi; ijtimoiy taraqqiyot; tinchlik

va barqarorlik; demokratik qadriyatlar; dinlararo dialog; yoshlarning ma’naviyati;
O‘zbekiston tajribasi.

Annotation:

This paper explores the concept of religious tolerance and its

significance in social life. It highlights the importance of mutual respect, patience, and
dialogue among people of different faiths. Religious tolerance is viewed as a key factor
in ensuring peace and stability, nurturing younger generations, and strengthening
democratic values in society. The work analyzes this idea through historical examples
and current experiences, offering insights into ways of promoting and maintaining
tolerance in a multicultural world.

Keywords:

Religious tolerance; Freedom of religion; Social development; Peace

and stability; Democratic values; Interfaith dialogue; Youth spirituality; Uzbekistan’s
experience.

Аннотация:

В данной работе рассматривается понятие религиозной

терпимости и её значение в общественной жизни. Подчеркивается важность
взаимного уважения, терпения и диалога между представителями различных
вероисповеданий. Религиозная терпимость рассматривается как важнейший
фактор обеспечения мира и стабильности, воспитания молодёжи и укрепления
демократических ценностей в обществе. В исследовании приводятся
исторические примеры и современный опыт, а также предлагаются пути
развития и сохранения терпимости в многонациональной среде.

Kлючевые слова:

Религиозная

терпимость; Свобода вероисповедания;

Социальное развитие; Мир и стабильность; Демократические ценности;
Межрелигиозный диалог; Духовность молодёжи; Опыт Узбекистана.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

105

ISSN:3030-3613

Diniy bag‘rikenglik – turli diniy e’tiqoddagi kishilarning olijanob g‘oya va

niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida
xizmat qilishini anglatadigan tushuncha. Hozirgi vaqtda bu ezgu g‘oya nafaqat
dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik va bahamjihatlikni
nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va
obod Vatan qurishning muhim shartidir. Qadimdan diyorimizda buddaviylik,
zardushtiylik, nasroniylik, yahudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan,
madaniyat markazlari hisoblangan shaharlarimizda masjid, cherkov, sinagogalar
faoliyat ko‘rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub bo‘lgan xalqlar, qavmlar
o‘z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz tarixining eng murakkab,
ziddiyatli, og‘ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari o‘rtasida diniy
asosda mojarolar bo‘lgan emas. Bu – yurtimiz xalqlarining Diniy bag‘rikenglik
borasida katta tajribaga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda
mamlakatimizda 16 konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Ularga o‘z diniy marosimlarini o‘tkazish va mamlakat hayotida faol ishtirok etish
uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar
O‘zbekiston Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi
Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Ma’lumki, dunyodagi dinlar asl mohiyatiga ko‘ra
ezgulik g‘oyasiga asoslanadi, kishilarni halollik, poklik, mehr-shafqat, birodarlik va
bag‘rikenglikka da’vat etadi. Inson hayotining asl maqsadi inson va tabiatga nisbatan
odilona, oqilona munosabatda bo‘lish, hamisha yaxshi, savobli ishlarni amalga
oshirishdan iboratdir. Shunday ekan, haqiqiy diniy qarashlar ortida diniy bag‘rikenglik
yotadi. UNESCO diniy bag‘rikenglik muammosiga alohida e’tibor berib, 1995 yilni
BMTning bag‘rikenglik yili deb e’lon qildi. O‘sha yili 16 noyabrda 185 davlat
ishtirokida Parijda Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi qabul qilindi. Mustaqillik
yillarida mamlakatimizda ham bu sohada ulkan ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda
respublikamizda ikki mingdan ziyod diniy tashkilot, shu jumladan, O‘zbekiston
Musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Musulmonlari qoziyati, Toshkent Islom
instituti, 10 ta madrasa va 2003 ta masjid, Rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O‘rta
Osiyo Yeparxiyasi, Pravoslav seminariyasi, Rim-katolik cherkovi, Yevangel xristian
baptistlar cherkovlari ittifoqi, to‘liq Injil xristianlar markazi, Xristian seminariyasi,
O‘zbekiston Bibliya jamiyati, 162 ta xristian cherkovi, 8 ta yahudiy va 8 ta bahriy
jamoasi, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta buddist ibodatxonasi davlat ro‘yxatidan
o‘tgan.

Diniy qarash – ilohiy va dunyoviy tushuncha va tasavvurlar mushtarakligini

ifoda etuvchi ma’rifiy qarash. “Alloh qalbimizda, yuragimizda” tamoyili asosida
mamlakatimizdagi turli diniy e’tiqod va maslakdagi fuqarolar uchun Vatan yagonaligi
g‘oyasi ilgari suriladi. Zero, inson va ma’naviyat, odam va olam, makon va zamon
o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirish zamirida jamiyatni birlashtirish,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

106

ISSN:3030-3613

barqarorlashtirish imkoniyatlari mujassamdir. Shu tariqa turli e’tiqodlar, xilma-xil
qarashlar va munosabatlarni uyg‘unlashtirish konsepsiyasini asoslashga yo‘l ochiladi.
Bunda jamiyatni barqarorlashtirish masalasi insonning ma’naviy-ruhiy yetukligi va
komilligi bilan bog‘liq holda tushuniladi. Diniy-ma’rifiy qarashlar jamiyat
taraqqiyotining muhim omili darajasiga ko‘tariladi.

Diniy bag‘rikenglik – bu bir inson o‘z diniga e’tiqod qilgan holda, boshqalarning

diniy qarashlariga ham hurmat bilan qarashi, ular bilan murosada yashashi demakdir.
Bu tushuncha dinlararo hamjihatlik, e’tiqod erkinligi va fuqarolik tinchligini
ta’minlashda asosiy tamoyil hisoblanadi. Diniy bag‘rikenglik mavjud bo‘lgan
jamiyatda ekstremizm va radikalizmga qarshi samarali kurash olib boriladi, sababki,
insonlar o‘rtasida ishonch va hurmat mavjud bo‘ladi.

Diniy bag‘rikenglik insoniyat tarixida ko‘p marotaba o‘z tasdig‘ini topgan.

Jumladan, O‘rta asrlarda Movarounnahr hududida yashagan buyuk mutafakkirlar –
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband singari olimlar o‘z asarlarida
sabr, murosa va bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surishgan. Amir Temur davrida ham
turli dinlarga mansub kishilar o‘rtasida murosali siyosat yuritilgan. Bobur Mirzo
Hindistonda hukmronlik qilganida islom dini bilan bir qatorda hindular, nasroniylar,
buddistlar va boshqa diniy guruhlarning huquqlari himoya qilingan. Ularning diniy
marosimlariga aralashilmagan, bu esa davlat barqarorligiga xizmat qilgan.Tarix
sahifalariga nazar tashlasak, diniy bag‘rikenglikning yorqin namunalarini ko‘rishimiz
mumkin. Masalan, Movarounnahr hududida Amir Temur davrida turli din vakillari o‘z
e’tiqodlariga muvofiq yashashgan. Amir Temur o‘zining "Tuzuklari"da ruhoniylarga,
jumladan, musulmon, nasroniy va yahudiylarga nisbatan ehtirom bilan muomala qilish
zarurligini ta’kidlagan. U shaharlar qurish, ilm-fan va madaniyat rivojiga katta e’tibor
bergan, bu esa diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasi bo‘lgan.

Yana bir tarixiy misol – Andalus (Ispaniya)dagi musulmonlar, nasroniylar va

yahudiylarning bir davrda birgalikda yashagan davri. Bu davrda ular ilm-fan, tibbiyot,
falsafa sohalarida birgalikda ishlashgan. Andalus bag‘rikenglikning yorqin timsoli
bo‘lib, tarixda "oltin asr" deb nom olgan.Afsuski, ba’zi tarixiy davrlarda diniy
bag‘rikenglik yo‘qligi ijtimoiy fojialarga olib kelgan. Masalan, Yevropadagi diniy
urushlar, inkvizitsiyalar yoki diniy zo‘ravonliklar – bu kabi misollar odamzodga
bag‘rikenglikning naqadar muhimligini eslatadi. Bugungi kunda esa tarixiy
tajribalardan saboq olib, ko‘plab mamlakatlar diniy bag‘rikenglik siyosatini
yuritmoqda. O‘zbekiston ham bu borada ilg‘or tajribaga ega. Turli din vakillari tinch-
totuv yashamoqda, ularning diniy marosimlari erkin amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda diniy bag‘rikenglik nafaqat ijtimoiy murosaning belgisi, balki

inson huquqlarining kafolati sifatida qaraladi. BMT, YUNESKO kabi xalqaro
tashkilotlar ham bag‘rikenglik g‘oyasini targ‘ib qilmoqda. Dunyoda yuzaga kelayotgan
turli diniy qarama-qarshiliklar, ekstremizm va radikalizm kabi tahdidlar diniy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

107

ISSN:3030-3613

bag‘rikenglikka bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda.Shuningdek, ko‘p millatli
va ko‘p konfessiyali davlatlarda diniy bag‘rikenglik ijtimoiy totuvlik va tinchlikning
asosi hisoblanadi. Masalan, O‘zbekistonda turli din vakillarining teng huquqli
yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu esa xalqaro maydonda mamlakat
obro‘sini oshirmoqda.

Bugungi demokratik jamiyatlarda har bir insonning diniy e’tiqodi himoya

qilinadi. Bu esa odamlarning o‘zini erkin his qilishiga, o‘z e’tiqodi asosida yashashiga
imkon yaratadi. O‘z navbatida, bu erkinlik boshqa kishilarning huquqlarini poymol
qilmaslik sharti bilan muvozanatda bo‘lishi zarur. O‘zbekistonda ham diniy
bag‘rikenglik masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda turli diniy
konfessiyalar vakillari tinch-totuv yashamoqda. Bu esa Vatanimizdagi barqarorlik va
birdamlikning muhim asoslaridan biridir.

Zamonaviy dunyoda, ayniqsa yoshlar orasida diniy bag‘rikenglik masalasi juda

muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda diniy bag‘rikenglikni shakllantirish, ularning
dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari va kelajakdagi jamiyatga bo‘lgan
yondashuvlarini belgilab beradi. Shuningdek, diniy bag‘rikenglikning yoshlar uchun
foydalari ko‘plab ijtimoiy, madaniy va psixologik jihatlardan iboratdir.

1. Yoshlar o‘rtasida hurmat va sabr-toqatni rivojlantiradi. Diniy bag‘rikenglikni

o‘rganish yoshlar uchun boshqalarni tushunishga va hurmat qilishga o‘rgatadi. Ular
turli e’tiqodlar va madaniyatlar bilan tanishib, ularga sabr-toqat bilan qarashni
o‘rganadilar. Bu, o‘z navbatida, yoshlarni to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga, ko‘proq
hamjihatlikda yashashga undaydi.

2. Yoshlarning o‘z e’tiqodlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Diniy

bag‘rikenglikning o‘rganilishi, yoshlarni o‘z diniy e’tiqodini erkin va xavfsiz muhitda
ifoda etishga yordam beradi. Boshqalarning e’tiqodini hurmat qilish bilan birga, o‘z
e’tiqodlarini ham yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu, ular o‘z
diniy identitetini anglashga va unga hurmat bilan yondashishga yordam beradi.

3. Inson huquqlari va erkinliklariga hurmatni oshiradi. Diniy bag‘rikenglik

yoshlar uchun inson huquqlari, erkinlik va tenglikka hurmatni rivojlantiradi. Ular har
bir insonning e’tiqodiga, millatiga, va madaniyatiga hurmat bilan qarashni
o‘rganadilar. Bu, o‘z navbatida, jamiyatda tenglik va adolatni ta’minlashda muhim
omil hisoblanadi.

4. Yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi. Diniy bag‘rikenglikni o‘rganish

yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi. Ular turli dinlar va madaniyatlar haqida
bilimga ega bo‘lib, yanada ochiq fikrli va tolerant bo‘ladilar. Bu, ularning shaxsiy
rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

5. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Diniy bag‘rikenglikni

o‘rganayotgan yoshlar, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlashga hissa qo‘shadilar.
Yoshlarda diniy bag‘rikenglik ruhini shakllantirish, kelajakda ular o‘z jamiyatlarida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

108

ISSN:3030-3613

diniy qarama-qarshiliklarni oldini olishga yordam beradi.Yosh avlodning
dunyoqarashini shakllantirishda diniy bag‘rikenglik muhim rol o‘ynaydi. Ular turli
e’tiqod va qarashlarga nisbatan ochiq fikrli bo‘lishga, sabrli va madaniyatli muomalaga
o‘rganadi. Bu esa kelajakda ekstremistik g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qiladi.
Maktablarda, oliy ta’lim muassasalarida bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib
borilishi lozim. Shu yo‘l bilan farovon, madaniyatli jamiyat barpo etish mumkin.

Diniy bag‘rikenglik jamiyatda tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikni saqlashda

muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishning bir nechta
yo‘llari mavjud. Quyida diniy bag‘rikenglikni shakllantirish va rivojlantirish uchun
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ba’zi asosiy yo‘llarni keltiraman:

1. Ta’lim va tarbiya tizimida diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish. Ta’lim – diniy

bag‘rikenglikni rivojlantirishning asosiy vositasidir. Maktablar, kollejlar va
universitetlarda yoshlarni turli dinlar va madaniyatlar bilan tanishtirish, diniy
bag‘rikenglikni o‘rgatish orqali ularning fikrini ochish mumkin. Bu nafaqat diniy, balki
madaniy va ijtimoiy bag‘rikenglikni ham rivojlantiradi. Ayniqsa, axloqiy va diniy
qadriyatlar haqida maxsus darslar tashkil etish juda foydali bo‘ladi.

2. Xalqaro va mahalliy dinlararo dialogni kuchaytirish. Diniy bag‘rikenglikni

rivojlantirishda dinlararo dialog muhim ahamiyatga ega. Turli dinlar vakillari o‘rtasida
suhbatlar, konferensiyalar va forumlar o‘tkazish, bir-birini tushunish va hurmat qilishni
ta’minlaydi. Shuningdek, bunday tadbirlar ishtirokchilarni dinlar o‘rtasidagi farqlarni
emas, balki umumiy qadriyatlar va insoniyatga foyda keltiradigan jihatlarni
ko‘rsatishga undaydi.

3. Media va axborot vositalarining roli. Diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilishda

ommaviy axborot vositalarining o‘rni juda katta. Televizor, radio, internet va ijtimoiy
tarmoqlar orqali diniy bag‘rikenglik haqida ma’lumotlar tarqatish, ayniqsa, yoshlar
orasida bu qadriyatlarni targ‘ib qilish muhimdir. Ommaviy axborot vositalari orqali
ijobiy va konstruktiv ma’lumotlar tarqatish, diniy ekstremizm va nafratni
kamaytirishga yordam beradi.

4. Diniy liderlar va jamiyat yetakchilari tomonidan o‘rnak ko‘rsatish. Diniy

bag‘rikenglikni rivojlantirishda diniy liderlar, ruhoniylar va jamiyat yetakchilarining
o‘rni katta. Agar ular o‘z ta’limotlarida bag‘rikenglik, sabr-toqat va boshqa dinlarni
hurmat qilishni targ‘ib etsa, bu jamiyatda diniy bag‘rikenglikning rivojlanishiga katta
hissa qo‘shadi. Diniy liderlarning ochiq va tinch dialogga tayyor bo‘lishi ham ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlaydi.

5. Yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish. Yoshlarda diniy

bag‘rikenglikni shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va ijtimoiy
mas’uliyatni oshirishning samarali usulidir. Yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglikni
rivojlantirish uchun maxsus dasturlar, seminarlar, treninglar va madaniy tadbirlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

109

ISSN:3030-3613

tashkil qilish mumkin. Bu orqali ular turli dinlar va madaniyatlar bilan tanishib,
boshqalarni hurmat qilishni o‘rganadilar.

6. Qonunchilik va davlat siyosati. Diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishda

davlatning roli katta. Davlatlar diniy erkinlikni ta’minlaydigan qonunlarni ishlab
chiqishi, diniy diskriminatsiyaga qarshi kurashishi, har bir din vakilining huquqlarini
himoya qilishi zarur. Shuningdek, diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish davlat
dasturlariga kiritilishi kerak. Davlatning diniy bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan siyosati jamiyatdagi ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashga yordam beradi.

7. Diniy va ijtimoiy qadriyatlar bo‘yicha o‘quv materiallarini yaratish. Diniy

bag‘rikenglikni targ‘ib qilish uchun o‘quv materiallari, kitoblar, maqolalar va videolar
yaratish muhim. Bu materiallar yoshlarga va jamiyatning boshqa a’zolariga diniy
bag‘rikenglikning ahamiyatini tushuntirishga yordam beradi. Turli dinlar va
madaniyatlar haqida faktlarga asoslangan ma’lumotlar berish, ularning o‘xshashliklari
va umumiy qadriyatlarini ko‘rsatish kerak.

Xulosa.

Diniy bag‘rikenglik – bu jamiyatda tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va

insoniylikning kafolatidir. U orqali ijtimoiy nizolarning oldi olinadi, insonlar o‘rtasida
ishonch va mehr-muhabbat mustahkamlanadi. Bag‘rikenglik o‘rgatiladigan,
qadrlanadigan va amaliyotda qo‘llaniladigan madaniyatdir. Har birimiz diniy
bag‘rikenglik tamoyillariga amal qilsak, jamiyatimiz yanada barqaror va rivoj.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

2.

'Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida'gi Qonun.

3.

Karimov I.A. 'Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch'. – T.: Ma’naviyat, 2008.

4.

Alimov Sh. va boshq. 'Dinshunoslik'. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,
2007.

5.

Xaitov M., Muxammadiev N. 'Dinshunoslik asoslari'. – T.: O‘zbekiston, 2005.

6.

Abdulaziz Mansur. Islom – tinchlik dini. – Toshkent: Sharq, 2006.

7.

Ziyodov A. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik masalalari. –
Toshkent: Ijtimoiy Fikr, 2013.

8.

Jo‘rayev M. Din va jamiyat. – Toshkent: Adolat, 2007.

9.

Yusupov A. Bag‘rikenglik falsafasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

10.

Sattorov B. O‘zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy hayotida dinning o‘rni. – Toshkent:
O‘zbekiston, 2011.

11.

Turaev A. Globallashuv va diniy bag‘rikenglik. – Toshkent: Akademiya, 2015.

12.

Komilov N. Tasavvuf va ma’naviyat. – Toshkent: Sharq, 2001.

13.

Abdurahmonov Q. Ma’naviyat asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

'Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida'gi Qonun.

Karimov I.A. 'Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch'. – T.: Ma’naviyat, 2008.

Alimov Sh. va boshq. 'Dinshunoslik'. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,

Xaitov M., Muxammadiev N. 'Dinshunoslik asoslari'. – T.: O‘zbekiston, 2005.

Abdulaziz Mansur. Islom – tinchlik dini. – Toshkent: Sharq, 2006.

Ziyodov A. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik masalalari. –

Toshkent: Ijtimoiy Fikr, 2013.

Jo‘rayev M. Din va jamiyat. – Toshkent: Adolat, 2007.

Yusupov A. Bag‘rikenglik falsafasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

Sattorov B. O‘zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy hayotida dinning o‘rni. – Toshkent:

O‘zbekiston, 2011.

Turaev A. Globallashuv va diniy bag‘rikenglik. – Toshkent: Akademiya, 2015.

Komilov N. Tasavvuf va ma’naviyat. – Toshkent: Sharq, 2001.

Abdurahmonov Q. Ma’naviyat asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари