Mualliflar

  • Jo‘raxo‘jayev Muhammadaziz
  • Mamatisayeva Surayyo
  • Axmedova Vazira
  • Mirzayeva Umida
  • Qodirova Mahzuna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97221

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: eshituv idroki o‘yin faoliyati reabilitatsiya koxlear implantatsiya

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  eshitishni  tiklashning  zamonaviy  usuli 
bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasi va uning eshituv idrokiga samarali 
ta’siri,  koxlear  implantatsiyadan  so‘ng  eshituv  reabilitatsiyasining  pedagogik 
usullari haqida so‘z boradi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

236

ISSN:3030-3613

ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARGA KOXLEAR

IMPLANTATSIYA OPERATSIYASINI O‘TKAZILISHINING

ME’YORIY HUQUQIY ASOSI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika kafedrasi

o‘qituvchilari;

Jo‘raxo‘jayev Muhammadaziz

Mamatisayeva Surayyo

Axmedova Vazira;
Mirzayeva Umida;

Qodirova Mahzuna

Annotatsiya:

Mazkur maqolada eshitishni tiklashning zamonaviy usuli

bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasi va uning eshituv idrokiga samarali
ta’siri, koxlear implantatsiyadan so‘ng eshituv reabilitatsiyasining pedagogik
usullari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

eshituv idroki, o‘yin faoliyati,

reabilitatsiya, koxlear

implantatsiya


Mamalakatimizda

Tibbiyot

muassasalarida

koxlear

implantatsiya

operatsiyalarini o‘tkazish uchun bemorlarni

tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi Mazkur

Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son
qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi hamda Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq koxlear
implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibini
belilangan. Qarorga muvofiq koxlear implant operatsiyalari quyidagi holatlar koxlear
implantatsiya operatsiyasini o‘tkazishga ko‘rsatmalar hisoblanadi:

bola ilk yoshidan eshitish apparatidan doimiy ravishda foydalangan va

samarasi past bo‘lganligiga qaramasdan og‘zaki ko‘nikmalar shakllanganligi;

eshitish apparati qo‘llanilganda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni 40 foizdan, bir

bo‘g‘inli so‘zlarni 20 foizdan kam bo‘lmagan darajada anglash;

faqat past, o‘rta chastotali tovushlarni, 1-2 metr masofadan shartli reflektor

reaksiyalari yordamida yuqori chastotali tovushlarni qabul qila olish;

past, o‘rta va yuqori chastotali nonutqiy tovushlarga 3 metrdan kam bo‘lmagan

masofadan beixtiyor va ixtiyoriy reaksiyalar mavjudligi;

baland tovush va ovozlarni eshitish reaksiyalarining rivojlanishida ijobiy

o‘zgarishlar mavjudligi;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

237

ISSN:3030-3613

imo-ishoradan

foydalanmagan holda so‘zlovchining yuzidan uning

so‘zlayotganligini tushunish;

ovoz faolligining oshishi, undosh harflarga artikulatsiya tovushlarining

mavjudligi;

eshitish apparatidan uch oy mobaynida muntazam foydalanish ijobiy natija

bermagan va nutqli audiometriya ma’lumotlariga ko‘ra, ochiq tanlangan ko‘p bo‘g‘inli
so‘zlarni anglash darajasi 30 foizdan kam bo‘lgan holda faqat so‘zsiz tovushlarga
reaksiyaning ijobiy tomonga rivojlanganligi;

akustik refleksometriyada akustik reflekslarning qayd etilmaganligi;
ushlanilgan chaqiriluvchi otoakustik emissiyasida eshitish potensiallarining

qayd etilmaganligi;

eshitishning chaqiriluvchi qisqa chastotali potensiallari tekshiruvida V darajali

cho‘qqi 30 — 80 detsibelda eshitish potensiallari yo‘qligining qayd etganligi;

modullangan ohangda statsionar chaqiriluvchi eshitish potensiallari qayd

etilganligi;

promontorial test ma’lumotlariga ko‘ra, berilgan elektr ta’siri natijasida

eshitish hissiyotining paydo bo‘lganligi;

erkin tovushlar maydonida tovush qabul qilish darajasi 2000 va 4000 Gts

chastotalarda 55 detsibeldan yuqoriligi;

nur diagnostikasi ma’lumotlariga ko‘ra, koxleovestibulyar patologiyasi,

chig‘anoq ichki yuzasining sezilarli obliteratsiyasi hamda retrokoxlear
patologiyalarning yo‘qligi.

Quyidagi holatlar koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazishga qarshi

ko‘rsatmalar hisoblanadi:

kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiyasi natijalariga ko‘ra,

chig‘anoqning elektrod zanjirini kiritishga imkon bermaydigan darajada qisman yoki
to‘liq ossifikatsiyasi;

rejali jarrohlik muolajalariga mutloq qarshi ko‘rsatma bo‘luvchi somatik

kasalliklarning (yurak-qon tomirlari, buyrak va jigarning og‘ir kasalliklari, qon
kasalliklari, qandli diabet, sil, zaxm, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi va
boshqalar) mavjudligi;

nutqning imo-ishora va daktil nutq asosida to‘liq shakllanganligi;
bemorlar, bemor bolalarning ular bilan birgalikda yashovchi ota-onalarida

koxlear implantatsiya opersiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish va
koxlear implantatdan foydalanishni qiyinlashtiruvchi ruhiy va chuqur nevrologik
buzilishlar (autizm, shizofreniya, psixopatiya, autoagressiya, epilepsiya, tutqanoq
sindromi, elektroensefalogrammada aniqlangan tutqanoqqa moyillik) mavjudligi;

retrokoxlear kasalliklar mavjudligi, auditor neyropatiyadan (chig‘anoq yoki

eshituv nervi yo‘qligi, eshituv tizimining yuqori sathlaridagi shikastlanishlar) tashqari;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

238

ISSN:3030-3613

bemorlarda, bemor bolalarning ota-onalari, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar

yoki homiylarida, koxlear implantatsiya opersiyasidan keyingi reabilitatsiya
tadbirlarini o‘tkazish imkoniyati va istagi yo‘qligi.

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar koxlear implantatsiya operatsiyasini

o‘tkazganlaridan so‘ng surdopedagog, psixolog va ota-ona bilan hamkorlikda nutqiy
muloqot jarayonini shakllantirish kompleks tarzda olib boriladi.
Koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari

Koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan uch yoshgacha bemor

bolalarda uch yil, uch va undan katta yoshdagi bemorlarda kamida besh yil davomida
Markaz tomonidan koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya
tadbirlari o‘tkazilishi zarur.Bemor, bemor bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini
bosuvchi shaxslar koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya
tadbirlari haqida Komissiya ko‘rigidan o‘tish vaqtida xabardor qilinishlari
lozim.Bemorlarning koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya
tadbirlarida ishtirok etishlarini monitoring qilish maqsadida bemorda koxlear
implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilganligi haqida ikki hafta ichida Markaz tomonidan
bemorning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga xabar
beriladi.Bemorlar koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan kundan boshlab to‘rt
hafta ichida nutq protsessorini ishga tushirish uchun Markazga kelishlari lozim.Nutq
protsessori Markazning audiolog mutaxassislari tomonidan ishga tushiriladi. Nutq
protsessorining kafolati va ehtiyot qismlari bemor, bemor bolaning ota-onalari yoki
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yozma ravishda topshiriladi hamda ularga nutq
protsessoridan foydalanish shartlari tushuntiriladi.Nutq protsessori Markazning
audiolog mutaxassislari tomonidan quyidagi muddatlarda sozlab turiladi:

birinchi sozlash — nutq protsessori ishga tushirilgan paytda, ya’ni koxlear

implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan kundan boshlab to‘rt haftadan keyin;

ikkinchi sozlash — birinchi sozlash o‘tkazilgan kundan o‘n sakkiz — yigirma

kundan keyin;

uchinchi sozlash — ikkinchi sozlash o‘tkazilgan kundan to‘rt haftadan keyin;
uchinchi sozlashdan keyingi sozlashlar — koxlear implantatsiya operatsiyasi

o‘tkazilgan kundan bir yil davomida har oyda, ikkinchi yil davomida har chorakda,
uchinchi yil davomida har olti oyda.

Koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan kundan uch yil o‘tgach, nutq

protsessori Markazning audiolog mutaxassislari tomonidan har yili bir marta
profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki eshitishda muammolari bo‘lgan bolalar

uchun koxlear implant zamonaviy yechim sifatida tan olingan. Koxlear implant
operatsiyasining samaradorligi bola bilan operatsiyadan oldin va keyin olib borilgan
pedagogik shart sharoitlarga va bolaning yosh va individual xususiyatlariga bog‘liq.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

239

ISSN:3030-3613

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mamatisayeva, S. (2025). Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’limni tashkil
etishning

dolzarb

masalalari.

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI

JURNALI

,

3

(3).

2.

Koroleva I.V. Kar bolalar va kattalami koxlear implantatsiya qilish (elektrod
eshitish protezlari). - SPb .: KARO, 2008

3.

Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘rnatilgan, zaif
eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent:

4.

Kuzmicheva E.P., Yaxnina S.Z. Kar bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish. - M.,
2003 yil.

6.

Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘matilgan, zaif
eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent: AktivPrint, 2020.

7.

Mamatisayeva, S. (2025). KOXLEAR IMPLANTAT BOLALARDA OG ‘ZAKI
NUTQNI

IDROK

ETISHNI

RIVOJLANTIRISHDA

PEDAGOGIK

USULLAR. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.1), 388-392.

8.

Adhamjonova, M., & Mamatisayeva, S. (2025). NUTQ KAMCHILIGIGA EGA
BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI.

Universal xalqaro

ilmiy jurnal

,

2

(4.1), 478-479.

9.

Mamatisayeva, S. (2025). Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’limni tashkil
etishning

dolzarb

masalalari.

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI

JURNALI

,

3

(3).


5.

Koroleva I.V. Koxlearnaya implantatsiya gluxix detey i vzroslbix
(elektrodnoye protezirovaniye sluxa) SPb.: KARO, 2009.. (15-19b).

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Mamatisayeva, S. (2025). Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’limni tashkil

etishning dolzarb masalalari. MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI

JURNALI, 3(3).

Koroleva I.V. Kar bolalar va kattalami koxlear implantatsiya qilish (elektrod

eshitish protezlari). - SPb .: KARO, 2008

Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘rnatilgan, zaif

eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent:

Kuzmicheva E.P., Yaxnina S.Z. Kar bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish. - M.,

yil.

Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘matilgan, zaif

eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent: AktivPrint, 2020.

Mamatisayeva, S. (2025). KOXLEAR IMPLANTAT BOLALARDA OG ‘ZAKI

NUTQNI IDROK ETISHNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK

USULLAR. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.1), 388-392.

Adhamjonova, M., & Mamatisayeva, S. (2025). NUTQ KAMCHILIGIGA EGA

BO‘LGAN BOLALAR NUTQNI TEKSHIRISH USULLARI. Universal xalqaro

ilmiy jurnal, 2(4.1), 478-479.

Mamatisayeva, S. (2025). Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’limni tashkil

etishning dolzarb masalalari. MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI

JURNALI, 3(3).

Koroleva I.V. Koxlearnaya implantatsiya gluxix detey i vzroslbix

(elektrodnoye protezirovaniye sluxa) SPb.: KARO, 2009.. (15-19b).

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Jo‘raxo‘jayev Muhammadaziz, Qodirova Mahzuna, Axmedova Vazira, Mamatisayeva Surayyo, O‘QITUVCHI LOGOPEDNING INNOVATSION TEXNOLOGIK FAOLIYATI , Tadqiqotlar: Jild 62 № 6 (2025)

Jo‘raxo‘jayev Muhammadaziz, Qodirova Mahzuna, Axmedova Vazira, Mamatisayeva Surayyo, O‘QITUVCHI LOGOPEDNING INNOVATSION TEXNOLOGIK FAOLIYATI , Tadqiqotlar: Jild 62 № 5 (2025)