THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
21
INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN
BOLALARINING OTA-ONALARI BILAN ISHLASH.
Djurayeva Sohiba Barat qizi
JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
Oltibekova Moxinur Oybek qizi
Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14185168
Annotatsiya
Maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarning jamiyatga
samarali moslashuvi hamda toʻlaqonli uygʻunlashuvini ta’minlash, ota-ona yoki
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning inklyuziv ta’limdagi o‘rni masalalariga
qaralgan.
Kalit so’zlar:
Inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar,
inklyuziv ta’lim sinfi, maxsus pedagog, ota-ona.
Hozirgi vaqtda zamonaviy jamiyat rivojlanishida imkoniyati cheklangan
bolalar va ularni ota-onalarining ijtimoiy-psixologik holatlarini o‘rganish dolzarb
ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda bunday bolalarning muvaffaqiyatli
ijtimoiylashuvini ta’minlaydigan ijtimoiy, tibbiy, psixologik va pedagogik
sharoitlarni yaratish uchun ko‘plab sa’yi-harakatlarni amalga oshirilayotganiga
qaramay, bir qator muammolar mavjud. Imkoniyati cheklangan bolada oʻziga
boʻlgan ishonchni oshirish, uning koʻnikma va qobiliyatlarini rivojlantirish,
yoshligidan ilm olishga ragʻbatlantirishda oila ishtiroki muhim. Shu sababli
inklyuziv ta’lim jarayonida ota-onalarning ahamiyati katta. Alohida ehtiyojlari
mavjud bolalarning ota-onalari farzandlari jamiyatning bir boʻlagi boʻlish
huquqiga ega ekanini tushunishlari kerak. Asosiy muammolar bu imkoniyati
cheklangan bolalarga nisbatan odamlarning ongini o‘zgartirish, inklyuziv
yondashuvni joriy etish, bu barcha bolalar uchun istisnosiz teng ta’lim va ta’lim
imkoniyatlarini taqdim etishni nazarda tutadi. Shuningdek, bu borada imkoniyati
cheklangan farzandi bo‘lgan ota-onalarga psixologik va pedagogik yordam
ko‘rsatishni ham nazardan chetda qoldirmaslik zarur. Ota-onalar oilada sogʻlom
muhitni va farzandlari orasida tenglik muhitini yaratib berishlari, imkoniyati
chegaralangan farzandlariga ta’lim olish jarayonida koʻmaklashishlari juda
muhim. Buning uchun, doimiy ravishda maktab jamoasi bilan aloqada boʻlish,
bolaning tengdoshlari orasida moslashib ketishi va oʻzlashtirish darajasini
kuzatib borish zarur. Ota-onalarga imkoniyati cheklangan bolalarni ertangi kunga
umidi, oʻziga ishonchini oshirishi, muntazam motivatsiya berib borishlari tavsiya
etiladi.Barcha ijtimoiy muassasalarning (ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya
markazlari, bolalar bog‘chalari, maktablar, qo‘shimcha ta’lim muassasalari va
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
22
boshqalar) resurs imkoniyatlari to‘plami sifatida mikro jamiyatning tibbiy-
psixologik va pedagogik infratuzilmasini rivojlantirish muammosi alohida o‘rin
tutadi. Bu imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatning to‘laqonli a’zolari sifatida
muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi.
Ko‘pincha, imkoniyati cheklangan farzandi bo‘lgan ota-onalar og‘ir psixologik
stressni boshdan kechirishadi, ular o‘z farzandlari bilan muloqot qilishga va
undan ham ko‘proq uning rivojlanishiga yordam berishga tayyor emaslar. Shu
ma’noda ota-onalar birinchi navbatda psixologik va pedagogik yordamga muhtoj,
chunki imkoniyati cheklangan bolaga yordamning keng qamrovli tizimini
yaratishda bolaning jamiyatga muvaffaqiyatli kirishishiga asos sifatida, oilaning
salohiyatiga tayanish zarur. Imkoniyati cheklangan bola bilan muomalada bo‘lgan
kattalarning psixologik holatini tushunish va hisobga olish, o‘quvchini inklyuziv
ta’limi va uning oilasiga samarali yordam ko‘rsatishda psixologik-pedagogik
qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish uchun zarurdir. Imkoniyati cheklangan bolasi
bo‘lgan ota-onalar bilan ishlash haqida gapirganda, biz ikkita yo‘nalishni
ta’kidlashni istaymiz. Birinchidan, quyidagi yo‘nalishlarda ota-onalarning
savodxonligini ta’minlashni nazarda tutadigan nazariy komponent yoki falsafiy
dunyoqarash: bola patologiyasi to‘g‘risida tibbiy va biologik bilimlar; bolaga
g‘amxo‘rlik qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, hayotni tashkil etish, kun tartibi
to‘g‘risida gigienik bilimlar, huquqlar va imtiyozlar, ijtimoiy va huquqiy bilimlar;
bolalarning yosh xususiyatlari, xulq-atvoridagi o‘zgarishlar haqida psixologik va
pedagogik bilimlar va boshqalar. Imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari
bilan ishlashning ikkinchi yo‘nalishi, bizning fikrimizcha, bola bilan aloqa
o‘rnatish, bolaga psixoterapevtik ta’sir ko‘rsatish, oilada stressli vaziyatlarni
bartaraf etish, nizolarni hal qilish qobiliyati bilan bog‘liq ma’lum amaliy bilimlar
va ko‘nikmalarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Oilada imkoniyati cheklangan
farzandning tug‘ilishi oila hayotida inqirozli vaziyatning paydo bo‘lishiga olib
keladi va uning barcha a’zolari uchun og‘ir psixologik stressdir. Ko‘pincha oilaviy
munosabatlar susayadi, chalkashlik hissi, depressiya, kasal bolaga nisbatan
doimiy tashvish, jismoniy ortiqcha yuk va surunkali charchoq oilaviy
munosabatlarning beqarorlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Umuman olganda,
sog‘lig‘i cheklangan bolaning ota-onasi o‘zini psixologik jihatdan qanchalik qulay
his qilsa, bolani reabilitatsiyasi shuncha yaxshi bo‘ladi. Bu ota-onalar nima uchun
bu biz bilan sodir bo‘ldi, boshqalar bizni tushunmaydi, biz u bilan birga borishdan
uyalamiz va hakozo qayg‘ularga berillishmaydi. Ya’ni, bunday ota-onalarning
hozirgi vaziyatga munosabati konstruktiv bo‘lib, ular bolani atrofidagi dunyo
haqida bilib olishiga yordam berish, unga boshqalar bilan muloqot qilishni,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
23
hayotdan zavq olishni o‘rgatish haqida ko‘proq o‘ylashadi. mkoniyati cheklangan
bolalarga oiladagi ota-ona munosabatlarini quyidagi turlari farqlanadi:-
avtoritar
uslubdagi
munosabatlar;-nevrotik
holatdagi
munosabatlar;-
psixosomatik holatdagi munosabatlar;-me’yordagi ijobiy munosabat.Avtoritar
uslubdagi munosabatlarda ota-onalar o‘zlarining shaxsiy his-tuyg‘ulari bilan
yashashga intiladilar. Farzand tarbiyasida asabiy, qo‘pol tanbehlar, tarbiyaviy
ishlarni olib borishdame’yoriy chegaralarning yo‘qligi, boladagi mavjud
kamchilikni katta fojea sifatida qabul qilish asosida qo‘ni-qo‘shnilardan bolani
bekitishga urinish, imkon qadar mutaxassislarga ham murojaat qilmaslik
bilan xarakterlanadi. Imkoniyati cheklangan bolalarning rivojlanishida
avtoritar uslubdagi munosabatlar juda katta salbiy ta’sir etadi. Bunday
munosabat bolaning imkoniyatlarini yanada chegaralaydi, ikkilamchi
nuqsonlarning chuqurlashib ketishiga, ijtimoiy jamiyatga moslashuvining
qiyinlashuviga va boshqa ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi.Nevrotik holatdagi
munosabatlar bolani tashqi muhit muammolaridan himoya qilish, doimo
havotirli kayfiyat, bolaga haddan tashqari ortiqcha g‘amxo‘rlik qilish bilan
xarakterlanadi. Boladagi nuqsonni bartaraf etishga umidsizlik bilan qaraydilar,
bolaga nisbatan ishonchsizlik tuyg‘usini hosil qiladilar. Bunday holatdagi
munosabatlar imkoniyati cheklangan bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat qilish
malakalarining shakllanmasligiga yoki juda kech shakllanishiga,ijtimoiy
hayotga moslashuvining qiyinlashuviga, boqimandalik kayfiyatida
voyagayetishiga olib keladi. Bunday holatdagi munosabatlar imkoniyati
cheklangan
bolalar
kelajak
hayotiga
salbiy
ta’sir
etmasdan
qolmaydi.Psixosomatik holatdagimunosabatlarda bolaga har ikkala nevrotik
va avtoritar uslubda munosabat ko‘rsatiladi. Ya’ni, ota-ona nogiron bolaga ham
haddan tashqari g‘amxo‘rlik qiladi ham bolaning imkoniyatlarini chegaralaydi.
Bunday munosabat bolaning boshqalarga qaramligining ortishiga, ijtimoiy
jamiyat haqidagi tasavvurlarining yanada torayib borishiga, nuqsonlarining
chuqurlashib ketishiga olib keladi.Me’yordagi ijobiy munosabatda ota-ona
nogiron farzandiga avvalo shaxs sifatida qaraydi. Uning kamchiligidan
uyalishi, qo‘rqish, hadiksirash hissida yashamaydi. Mutaxassislar bilan doimiy
hamkorlik o‘rnatishga intiladi. Mutaxassislar maslahatlari va ko‘rsatmalariga
amal qiladilar. Farzandining kelajagiga ishonch bilan qaraydi. Bunday holatdagi
munosabat asosida boladagi mavjud nuqsonni erta aniqlash, samarali
korreksiyalash va ikkilamchi nuqsonlarning oldini olish imkoniyatlari paydo
bo‘ladi. Bolaning o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalari yuqori darajada
rivojlanadi, ijtimoiy hayotga erta va imkon qadar to‘laqonli moslashadilar.Bundan
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
24
tashqari imkoniyati cheklangan bola tarbiyalanayotgan oila ko‘p hollarda
psixotravmatik holatda bo‘lishi kuzatiladi.Ayrim ota-onalar maslahatchi -
mutaxassislarga nisbatan ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘lib, turli xil ilmiy
va tibbiy markazlarga murojaat etib, qo‘yilgan tashxisni qabul qilsalarda,
bolaning rivojlanish imkoniyatlariga yuqori talabda ishonch bilan
qaramaydilar.Ko‘pchilik ota-onalar farzandlarining umumta’lim maktablariga
qatnagunlaricha mavjud nuqsonlarini anglamaydilar yoki e’tibor bermaydilar.
Bola maktabga chiqib, o‘zlashtirishida tengdoshlaridan orqada qola
boshlagachgina muammoning asl sababi ustida bosh qotiradilar. Tabiiyki,
ushbu bolaga maktabgacha yoshida maxsus korreksion yordam
ko‘rsatilmagan. Natijada bolaning imkoniyatlari yanada chegaralanadi,
korreksion ishning samaradorligi pasayib ketishiga olib keladi.Imkoniyati
cheklangan bolalar va ularning ota-onalari o‘rtasidagi munosabatlarni
yaxshilash, bu munosabatlardagi mavjud kamiliklarni tuzatishvaoldini olish,
mutaxassis va oila hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ota-onalarning nogiron bola va
uning o‘ziga xos xususiyatlari, oilada olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlar
mazmuni haqidagi bilimlarini oshirish, oilalardagi psixologik muhitni
yaxshilash,
bolaga
me’yordagi
ijobiy
munosabat
turida
qarashga
o‘rgatish,imkoniyati
cheklangan
bolalarning
kamchiliklarini
samarali
korreksiyalashga, bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishga, kasb-hunar
o‘rgatishga, sog‘lom tengdoshlariga tenglashtirishga, ijtimoiy jamiyatga samarali
moslashtirishga umumiy qilib aytganda inklyuziv ta’limning samaradorligini
oshirishga yuqori darajada ijobiy ta’sir etadi.Maxsus ehtiyojli bolalarni
umumta’lim sharoitida o‘qitish, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, nuqson turi,
darajasi va sinfdagi bolalar sonini e’tiborgaolganholda tashkil qilinadi. Avvalo
shuni ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning yoshlari bir xil bo‘lsada, lekin ular
bir-birlariga o‘xshamaydilar. Barcha bolalarning individual psixologik,
shaxsiyxususiyatlari, qabul qilish darajasi, zehn va idroki turlichadir. Shu bois
maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan bola ta’lim olayotgan inklyuziv sinflardagi o‘quv-
arbiya jarayonini tashkil etish masalasi yanada murakkabroq muammolarni hal
etishni talab etadi. Inklyuziv sinfda o‘qituvchibolalarning imkoniyatini e’tiborga
olib, darslarni shunga muvofiq rejalashtira olsa, bolalarning nogironligi bilim
olishiga qanday ta’sir qilishini bilib, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning
samarali yo‘llaridan foydalansa maktab va oila hamkorligini to‘la yo‘lga qo‘ya
olsa hamda nogiron bolaning kelajagiga ishonch bilan qarasagina dars
jarayonining muvaffaqiyatli kechishiga erishish mumkin. Imkoniyati cheklangan
bolali oilalarni rivojlantirishning yana bir muhim yo‘nalishi bu-ota-onalar va
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
25
bolalarni ta’lim muassasalaridagi turli xil ijodiy tanlovlarga, bolalar ishtirokidagi
bayram tadbirlariga jalb qilish orqali, ularni faol ijtimoiy hayotga qo‘shish.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, ushbu faoliyat yo‘nalishlari ta’limdagi
inklyuziv yondashuv jixatlarini o‘zida ifoda etadi. Bu borada jamoatchilik ongida
imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan bag‘rikenglik, hurmat qilish va qabul
qilish kabi fazilatlarni shakllantirish lozim. Jumladan, imkoniyati cheklangan
bolalarning barcha turdagi musobaqalarda, tadbirlarda boshqa bolalar bilan teng
huquqli ishtirok etishi, nafaqat bolalarning o‘zlari uchun, shaxslararo rivojlanishi
uchun ham kuchli turtki bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, imkoniyati cheklangan bolalarning ota-
onalarini ham qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy-psixologik yordam berishni
takomillashtirish inklyuziv ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.
Temirov Abdumalik “IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR, ULARNING
OTA-ONALARI VA PEDAGOGLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR” Educational
Research in Universal Sciences
2.
N.B.GOIPOVA INKLYUZIV TA’LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA NAMANGAN –
2024
3.
Инклюзивная педагогика - гуманная педагогика Нигматов З.Г.,
заслуженный деятель науки РФ, доктор педагогических наук, профессор
кафедры теоретической и инклюзивной педагогики ИЭУП (г. Казань)
