MUSTAQIL TA`LIM OLISH KO`NIKMASI FUNKSIYALARI

Annotasiya

Mustaqil ta’lim olish jarayoni nafaqat ta’lim muassasalarida, balki hayotning boshqa jabhalarida ham muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilar uchun o‘z bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish, yangi g‘oyalarni o‘rganish va individual muvaffaqiyatlarga erishish imkonini yaratadi. O‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil o‘rganish qobiliyatlari zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatli yashash va ishlash uchun zaruriy ko‘nikmalar hisoblanadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
73-79
51

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Orinbaev, A. . (2024). MUSTAQIL TA`LIM OLISH KO`NIKMASI FUNKSIYALARI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(21), 73–79. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51501
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mustaqil ta’lim olish jarayoni nafaqat ta’lim muassasalarida, balki hayotning boshqa jabhalarida ham muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilar uchun o‘z bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish, yangi g‘oyalarni o‘rganish va individual muvaffaqiyatlarga erishish imkonini yaratadi. O‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil o‘rganish qobiliyatlari zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatli yashash va ishlash uchun zaruriy ko‘nikmalar hisoblanadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

73

MUSTAQIL TA`LIM OLISH KO`NIKMASI FUNKSIYALARI

Orinbaev Ansatbay Amanbaevich

Nukus davlat pedagogika instituti “Aniq va tabiiy

fanlarni masofadan o’qitish” kafedrasi stajyor o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14211715

Mustaqil ta’lim olish jarayoni nafaqat ta’lim muassasalarida, balki

hayotning boshqa jabhalarida ham muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilar uchun o‘z
bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish, yangi g‘oyalarni o‘rganish va
individual muvaffaqiyatlarga erishish imkonini yaratadi. O‘z-o‘zini rivojlantirish
va mustaqil o‘rganish qobiliyatlari zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatli yashash
va ishlash uchun zaruriy ko‘nikmalar hisoblanadi.

Ushbu maqolada o‘rganish jarayonida bir nechta metodologik

yondashuvlar qo‘llanilgan. Bular orasida [1]:

1.

Nazariy tahlil

: Mustaqil ta’limning nazariy asoslari va psixologik

jihatlari o‘rganildi.

2.

Empirik tadqiqot

: O‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish

ko‘nikmalarini baholash uchun so‘rovnomalar o‘tkazildi.

3.

Literaturaga tahlil

: Mustaqil ta’lim bo‘yicha mavjud adabiyotlar va

tadqiqotlar o‘rganildi.

Oliy ta’limning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalaridan biri mutaxassisni

o‘z-o‘zini rivojlantirishga, mustaqil ravishda bili- mini ko‘paytirishga,
innovatsion faoliyatga qobil bo‘lgan ijodiy shaxsiyatini shakllantirishga
yo‘naltirishdan iboratdir. Bunday vazifani amalga oshirish uchun tayyor
bilimlarni o‘qituvchi tomonidan talabaga berishning o‘zigina kamlik qiladi.
Bunday yo‘l talabani bilimlarni o‘zlashtirishning passiv iste’molchisiga aylantirib
qo‘yadi. Vaholanki, bugun bizga bilimlarni o‘zlashtirishdagi passiv iste’molchi
emas, balki uning faol ijodkori zarurdir. Natija shunday bo‘lishi kerakki, bo‘lg‘usi
mutaxassis har qanday nazariy va amaliy muammoni ifodalay oladigan, uni
yechishning yo‘llarini ilmiy yoki metodik jihatdan tahlil qilishni uddalaydigan
eng munosib va muvofiq natijalarni topib, uning to‘g‘riligini isbotlab bera
oladigan bo‘lsin.

Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar ta’lim mazmuni bilan chambarchas bog‘liq.

Yangilanishlar talabalar o‘qishini tashkil etishning yangi shakli va usullari
haqida ham bosh qotirishni talab etadi. Shu ma’noda ta- labalarning mustaqil
ishlarini tashkil etish muhim shaklgina emas, balki ta’lim jarayonining asosini
tashkil etuvchi muhim qism bo‘lishini taqozo etadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

74

Talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi — talabada o‘quv ishlarini

mustaqil bajarishda kerak bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning tashkil
topishi va rivojlanishi.

Talabalar mustaqil ishi uchun belgilangan vaqt me’yoriga binoan

kafedralarda barcha predmetlardan tashkiliy shakllar, mustaqil ish variantlari
va mustaqil bajarish topshiriqlari ishlab chiqiladi, ular fakultetning ilmiy-
metodik kengashida va kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilinib, tasdiqlanadi.

Talabalar mustaqil ishini tashkillashtirish uning metodik ta’min-

lanishining tematikasi va shakllari ro‘yxatini tuzish uchun har biri- ning maqsad
va vazifalarini ifodalab berish, yo‘riqnoma yoki metodik tavsiyalar ishlab chiqish
va ilmiy adabiyotlarni tanlash degani.

Mustaqil ta’lim

— o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik

darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda
auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim,
amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat.

Mustaqil ta’lim

— olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni

mustahkamlash, qo‘shimcha ma’lumot yoki materialni mustaqil o‘rganish
maqsadidagi o‘quv shakli.

Mustaqil ish

— o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv

vazifasini hal etadigan ta’limning faol metodi. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad
bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga
oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik,
mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka hamda barcha vazifalarni o‘z vaqtida va
mukammal tarzda bajarishga asoslangan faoliyatidir.

Ta’bir joiz bo‘lsa, bo‘lajak mutaxassisning fikrlash tarzini tarbiyalashga

qaratilgan barcha harakat-faoliyat ularning asosini tashkil etadi. Talaba mustaqil
fikri tug‘ilishiga, uning bilish faolligini oshirishga imkon beradigan har qanday
mashg‘ulot turi mustaqil ishlar bilan chambarchas bog‘liqdir.

Mustaqil ta’limni talabalarga bilim berishda ularni o‘z holiga tashlab

qo‘yib, ularga beriladigan topshiriq va yuklamalarni kamaytirish deb
tushunmaslik kerak, balki o‘qituvchilar tomonidan muntazam boshqariladigan
talabalarning interaktiv mustaqil fao- liyatidir. O‘quv jarayoni sifatini oshirishda
mustaqil ta’limning roli katta. Buni anglagan holda, yurtimiz oliy ta’lim
muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlariga ajratilayotgan mustaqil ta’lim soatlari
ulushi muntazam oshirib borilmoqda. Talaba mustaqil ta’lim uning manfaatini
ko‘zlab amalga oshirilayotganini tushunishi kerak.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

75

Aslida, talabaning mustaqil ishi degan tushuncha uning auditoriya va

undan tashqarida, o‘qituvchi rahbarligi ostida yoki o‘qituvchi ishtirokisiz amalga
oshiriladigan mustaqil ish majmuini anglatadi.

Mustaqil ish qanday sharoitlarda amalga oshiriladi:

Bevosita auditoriyada

— ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar yoki

laboratoriya ishlari bo‘yicha vazifalar berish jarayonida.

O‘qituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita muloqot

chog‘ida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida, qarzdorlikni
yo‘qotishda yakka topshiriq bajarishda va boshqalar.

Kutubxonada, uyda, talabalar uylarida, kafedralarda talaba tomonidan

o‘quv yoki ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida.

Bu ish turlari orasidagi chegaralar juda qat’iy bo‘lmasdan, bir- biriga

osonlikcha o‘tib turishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, talabalarning mustaqil
ishlari auditoriyada ham, undan tashqarida ham bo‘lishi mumkin. Auditoriyadan
tashqaridagi mustaqil ishlar asosiy o‘rin tutadi.

Mustaqil ish bo‘yicha test savollari, topshiriqlar va mashqlar ustida ishlash

asosan mustaqil bajariladi. Bu ish natijalari esa auditoriya (amaliy va
laboratoriya) mashg‘ulotlarida o‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va
baholanadi.

Demak, mustaqil ish va auditoriya mashg‘ulotlari bir-birini to‘l- diradi,

talabalarning bilim va kasbiy kompetensiyalarini oshiradi.

Talabalarning faol mustaqil ishlari faqat jiddiy va barqaror qiziqishlar

mavjud bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin. Bundagi eng jiddiy omil —
kelgusi samarali kasbiy faoliyatga tayyorgarlik. Talabalarning mustaqil ishlarini
faollashtirishga imkon beruvchi ichki omillarni ko‘rib chiqaylik:

Bajarilayotgan ishning foydaliligi. Agar talaba o‘z ish natija- larining

ma’ruza jarayonida, metodik qo‘llanmada, laboratoriya ishi- da yoki amaliy
mashg‘ulotlarda, maqolalar tayyorlashda foydalanilishi mumkinligini bilsa,
uning bajarayotgan ishiga bo‘lgan munosabati keskin tarzda yaxshi tomonga
o‘zgaradi, hamda ish sifati ham ortadi. Shunga ko‘ra, talabani ruhan bunday
ishga tayyorlash, bajariladigan ishning zarurati ko‘rsatib berilishi kerak.

Talabaning ijodiy faoliyatdagi ishtiroki. Bu nihoyatda xilma-xil

ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Xususan, kafedralar tomonidan olib boriladigan
ilmiy tadqiqot ishlari, badiiy ijod, metodik ishlar va hokazolar.

Fan olimpiadalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida, amaliy ishlar tanlovlarida

ishtirok etish va boshqalar.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

76

Bilimlarni nazorat qilishda qiziqtiruvchi omillardan foyda- lanish (reyting,

testlar, noan’anaviy imtihon shakllari v.b.). Bu omillar tegishli holatlarda
musobaqa ruhini vujudga keltiradi. Mana shu holatning o‘zi talabada o‘z ustida
ishlashni, o‘zini rivojlantirishga ichki ehtiyojini shakllantiradi va rivojlantiradi.

Mustaqil ishlarni tashkil etish mazmuni va shakllariga o‘quv jarayonida

yetarlicha vaqtning ajratilayotganligi ham talabalarning mustaqil ishlarini
faollashtirishiga imkon beradi.

Bugungi kundagi kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan oliy ta’lim

muassasalarida mustaqil ta’limning nisbati bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida
40/60 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha, magistratura mutaxassisliklarida
30/70 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha mustaqil ishga mo‘ljallangan
o‘quv rejasida mustaqil ishlarni tashkil etish belgilangan. Bundan ko‘rinib
turibdiki, mustaqil ishlar uchun yetarlicha vaqt ajratilgan. Asosiy gap ana shu
vaqtdan samarali va unumli foydalanishda, xolos.

Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlardagi faolliklarini oshirishdagi

muammolar bir qator qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Bunda mustaqil ishlarni
bajarishga ko‘pgina talabalarninggina emas, hatto ayrim professor-
o‘qituvchilarning ham tayyor emasliklarini ko‘rish mumkin.

Bu ko‘pincha kasbiy yoki psixologik yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Buning

yoniga sifatsiz informatsion ta’minotni ham qo‘shsa bo‘ladi. Ko‘p hollarda
informatsion ta’minot talab darajasida bo‘lmaydi, buning natijasida
samaradorlikning pasayib ketishi kuzatiladi. Shuningdek, talabalarda o‘ziga
bo‘lgan ishonchning yo‘qligi hamda ularda nutq madaniyatining yaxshi
rivojlanmaganligini ham ularning mustaqil ta’limda faol ishtirok etmasliklariga
sabab bo‘luvchi omillar qatoriga qo‘shishimiz mumkin.

Talabalar mustaqil ishlari (keyingi o‘rinlarda — TMI)ni tashkil etishdagi

asosiy vazifa har qanday shakldagi mashg‘ulotlarda intel- lektual tashabbus va
tafakkurni rivojlantirish uchun psixologik- didaktik sharoitlarni yaratishdan
iboratdir. TMIni tashkil etishdagi bosh tamoyil talabalarning individual
ishlashga o‘tishlarini ta’- minlash bo‘lishi kerak. Bunda ayrim topshiriqlarni
formal va passiv bajarishdan uni ongli va faol bajarish sari yo‘llash asosiy o‘rin
tutishi kerak. TMIning maqsadi avval o‘quv mazmuni bilan, keyin esa ilmiy
axborotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish, o‘z-o‘zini yo‘naltirish va
rivojlantirish asoslarini, keyinchalik o‘z malakasini muntazam oshirib borish
ko‘nikmasini hosil qilishdir.

Bunda hal qiluvchi rolni o‘qituvchi ado etadi. U, umuman, talaba bilan

emas, balki muayyan shaxs bilan ishlayotganini har doim diqqat markazida


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

77

bo‘lishi lozim. O‘z talabasining kuchli va ojiz tomonlarini yaxshi bilishi,
individual qobiliyati va qiziqishlarini nazarda tutishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘qituvchining vazifasi talabaning — bo‘lajak yuqori malakali mutaxassisning
yaxshi tomonlarini ko‘rish va ko‘paytirishdan iborat.

Amaliy mashg‘ulotlarning teng yarmi, ya’ni bir juftlikning 50 foizi masala

va mashqlarni mustaqil bajarishga sarflanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Uni quyidagicha tashkillashtirish mumkin:

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mashg‘ulot maqsadi, asosiy
masalalar)

2

Tezkor so‘rov

3

1-2 masala yoki mashqni doska yonida bajarish

4

Masala va topshiriqlarni mustaqil bajarish

5

Topshiriqlarni bajarishdagi xato va kamchiliklar ustida ishlash
(joriy mashg‘ulot oxirida yoki keyingi dars boshlanishida)

Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda mustaqil ishlar va topshiriqlarning katta banki

bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ular murakkablik darajasiga ko‘ra ajratilsa,
yanada yaxshi bo‘ladi.

Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda fanning xususiyatidan kelib chiqib, qu- yidagi

usullardan foydalanish mumkin:

Qiyinlik darajasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan bir qator topshiriq- larni berish.

Bunda muayyan vaqt oralig‘ida eng ko‘p mashq bajargan talaba yuqori baho
oladi.

Qiyinlik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar beriladi. Bunda baho

topshiriq turiga qarab belgilanadi.

Talabalar mustaqil ishining amalga oshirilishiga qaratilgan me- todik

ta’minoti va nazorati.

O‘quv jarayonining metodik ta’minoti majmuini ishlab chiqish TMI

samaradorligini ta’minlashning eng muhim shartidir. Bu majmuaga ma’ruza
matnlari, darsliklar, o‘quv va metodik adabiyotlar, laboratoriya ishlari, topshiriq
va vazifalar banki, fanning axborot bazalari va boshqalar kiradi.

O‘quv-metodik adabiyotlar faqat axborot berishgina emas, balki tash-

kiliy-nazorat qilish vazifalarini ham bajarishi kerak. O‘quv-metodik
adabiyotlarning boshqaruvchilik vazifasi sahifalar belgilashda, o‘quv
materialining asosiy qoidalarini matnda ajratib ko‘rsatishida, o‘quv
materiallarining o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatib beruvchi tarkibiy- mantiqiy
jadvallarining mavjudligida namoyon bo‘ladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

78

TMI natijali bo‘lishi esa uning faol nazorati bilan bog‘liq.
Nazoratning quyidagi turlari mavjud:

kirish (dastlabki) nazorati, bunda talabaning navbatdagi fan o‘r-

ganilishidan oldin shu fanga oid bilim va malakalari nazorat qi- linadi;

joriy nazorat, ya’ni ma’ruza, amaliy yoki laboratoriya mashg‘ulot- larida

materialning o‘zlashtirilishi muntazam ravishda nazorat qilib boriladi;

oraliq nazorat, bu kursdagi muayyan bo‘lim yoki qismning tugashiga

bog‘liq bo‘ladi;

o‘z-o‘zini nazorat qilish — fanni o‘rganish jarayonida nazorat ishlariga

tayyorlanishda talabaning o‘zi tomonidan amalga oshiriladi;

yakuniy nazorat — fan o‘qib bo‘lingach imtihon yoki sinov shaklida

o‘tkaziladi.

TMIni tashkil etishning shakl va usullari nihoyatda ko‘p. Bulardan qaysi

birini tanlash va foydalanish konkret fanga, o‘qituvchining maqsad va
vazifalariga, qolaversa, uning tajriba va mahoratiga bog‘liqdir.

Hozirda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va baja- rilayotgan

ishlar bo‘lajak mutaxassislar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha axborot hamda
ma’lumotlarni mustaqil topish va yig‘ish mahoratini, ularni tahlil eta olish
malakasini egallagan bo‘lishlarini taqozo etmoqda.

Mustaqil ishlash har bir talabadan ma’lum bir tizimga rioya qi- lishni,

tirishqoqlikni, maqsad sari intilishini talab etadi. Shuning uchun ham ko‘pchilik
talabalarda oliy o‘quv yurtidagi kundalik hayot- ni to‘g‘ri tashkil qilish
muammosi paydo bo‘ladi. Ba’zi birinchi kurs talabalari o‘rganilayotgan
materiallarni yetarli o‘zlashtirib olish uchun vaqt yetishmasligidan, yuklamalar
ko‘pligi uchun kam dam ola- yotganliklaridan shikoyat qiladi.

Bunday vaziyat o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlay olmagan, har bir daqi- qasining

qadriga yetmagan talabalardagina sodir bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mustaqil
ishlashda kun tartibiga qat’iy rioya qilgan holda ish boshlash to‘g‘ri va maqsadga
muvofiqdir. Kun tartibini maqsadga muvofiq tarzda tuzish uchun quyidagicha
ish yuritish kerak:
Bir sutkani bir qancha zaruriy ulushlarga bo‘lish kerak: bunga ishlash,
ovqatlanish, badan tarbiyasi, hordiq chiqarish, xo‘jalik ishlari va shu kabilar
kiradi.

Adabiyotlar ro`yxati:

1.

Rasulov, D. (2019). Mustaqil ta’lim: nazariy va amaliy jihatlari. Ta’lim

tadqiqotlari.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

79

2.

Nasriddinova, O. (2020). Tanqidiy fikrlash va mustaqil ta’lim. Psixologiya

va ta’lim.
3.

Tursunov, J. (2021). O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalari.

Ta’lim tizimi.
4.

Sultonov, E. (2022). Mustaqil o‘qish: strategiyalar va metodlar. O‘zbekiston

ta’lim muassasasi.

Bibliografik manbalar

Rasulov, D. (2019). Mustaqil ta’lim: nazariy va amaliy jihatlari. Ta’lim tadqiqotlari.

Nasriddinova, O. (2020). Tanqidiy fikrlash va mustaqil ta’lim. Psixologiya va ta’lim.

Tursunov, J. (2021). O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalari. Ta’lim tizimi.

Sultonov, E. (2022). Mustaqil o‘qish: strategiyalar va metodlar. O‘zbekiston ta’lim muassasasi.