THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
36
INFORMATIKA FANIDAN MUSTAQIL TA`LIMNI TASHKIL
ETISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Orinbaev Ansatbay Amanbaevich
Nukus davlat pedagogika instituti “Aniq va tabiiy fanlarni
masofadan o’qitish” kafedrasi stajyor o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13960191
Talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va
buning uchun barcha zaruriy shart- sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida
talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim
olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish
institutning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talaba mustaqil ishi (TMI)
- muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan
bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan
o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan
tashqarida o‘zlashtirilishiga yunaltirilgan tizimli faoliyatdir.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi
jihatlar e’tiborga olinishi lozim:
-o‘qish bosqichi;
-
muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik
darajasi;
-
talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi
(tayanch bilimi);
-
fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
-
talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. Mustaqil ish
uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va xajmi, qiyinchilik
darajasi
semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bulishiga muvofik ravishda
o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning
topshiriqlarni
bajarishdagi mustaqilligi darajasini
asta-sekin
oshirib,
ularni
topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga urgatib borish kerak
bo‘ladi.
TMIni tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
•
fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil
o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;
•
amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik
ko‘rib kelish;
•
ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
37
•
kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
•
bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun mate- riallar
to‘plash;
•
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
•
maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;
•
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozara-
li savollar va topshiriqlar tayyorlash;
•
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;
•
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
•
uy vazifalarini bajarish va boshqalar;
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun
boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga kaysi
turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi.
Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chikilgan va ma’lum maqsadga yunaltirilgan
bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkam,
chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qiziqishi kerak.
Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi
o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda
o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash
va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon
qiziqishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va
axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch
iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taallukli savollarga javob
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa,
adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o‘qituvchidan
maslahatlar oladilar.
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan matn kafedrada
himoya kilinadi.
Referat tayyorlash.
Talabaga qiyinchilik darajasi, uning shaxsiy
imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofik bo‘lgan biror mavzu
bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan
tashkari qo‘shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar,
Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.)
foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha
imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
38
o‘qituvchidan maslaxat va ko‘rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzuni bayon
qiziqish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali
materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar,
grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash
topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum
ko‘rsatmalar, yo‘l-yuriqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va
mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu
bo‘yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda
tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.
Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar
tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi xar
xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish
topshiriladi.
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli
savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish
lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yuriq beriladi.
Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo‘yilgan vazifa va talablarga
javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki
to‘ldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtirokida
himoya kilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.
Talabaga biron bir
mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham mumkin) ilmiy
(referativ) xarakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi
mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari,
dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot
manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, tahlil qiladi, zarurlarini
ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga
asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi
va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya kilinadi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash.
Bir mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondashish talab
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
39
kilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy
yondashish talab kilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar,
namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani
hal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga karatalgan bo‘lishi
kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi
topshiriqlar berish, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va
chop ettirish mumkin.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:
tizimli yondoshish;
barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; bajarilishi
ustidan kat’iy nazorat o‘rnatish;
tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish
zarur.
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffakiyatli yakunlanishi uchun quyidagi
talablar bajarilishi lozim:
maqsad (bilimni mustahkam, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy
faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va h.k.), aniq
asoslanishi;
vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi; topshiriqlarni
bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning
yetarli darajada xabardor bo‘lishi;
maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi
(yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini
tushuntirish, mua- mmoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha
berish, ayrim muammoli momentlarni birgalikda hal qilish va h.k.);
hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy se-
minar, laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun
maxsus ajratilgan vaqt; ma’ruza yo referat matni, bajarilgan topshi- riqlar
daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart
topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar; savol-javob,
bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon
qilish va h.k.).
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. Utilgan mavzuni qayta
ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi;
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
40
auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. O‘quv
dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan
vazifalarni bajarish, amaliy va laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish,
ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib
borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar
darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish
maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy
topshiriqlarni bajartirib ko‘rish va h.k. usullarda asosan amaliyot darslarida
nazorat (joriy nazorat) qilinadi.
Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirish
va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va
o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida
o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil
ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida
rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy
topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni
bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda,
maxsus belgilangan konsultatsiya soatlarida amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishini baholash.
TMI natijalari amaldagi "Oliy ta’lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qiziqish va baholashning reyting
tizimi to‘g‘risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi.
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha konsultatsiyalar tashkil etish tartibi:
1.
Talabalar mustaqil ishi (TMI) bo‘yicha konsultatsiya darsi
auditoriyadan tashkarida amalga oshirishga muljallangan mustaqil ishlarni
bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uni bajarilishini nazorat qilib
borish maqsadida tashkil kilinadi.
2.
TMI bo‘yicha konsultatsiya darsi fanning kalendar-tematik rejasiga
muvofik o‘tkaziladi.
3.
Konsultatsiya darsi tegishli fan o‘qituvchisi tomonidan o‘tkaziladi.
4.
Fan o‘qituvchisi konsultatsiya darsida quyidagi ishlarni amalga
oshiradi:
-TMI topshiriqdarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanma beradi;
-topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;
-tegishli adabiyotlar va axborot manbalarini tavsiya qiladi;
-TMI yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat, hisob-kitob va
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
41
topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.
5.
TMI bo‘yicha konsultatsiyalar o‘quv jarayonining 1 yoki 2 smenada
tashkil etilishiga qarab talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida dars jadvaliga
kiritiladi
6.
TMI bo‘yicha konsultatsiya darslari o‘qituvchi jurnalida kayd etib
boriladi yoki kafedrada tashkil etilgan fanlar bo‘yicha mustaqil ta’lim soatlari
bajarilishini qayd etish jurnalida aks ettirish ham mumkin.
Uzoq yillar davomida oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining turli
kafedralarining pedagoglari bir-biridan avtonom ravishda ishlab keldilar.
Ularning asosiy maqsadi ushbu kafedraga tegishli fan(lar) bo‘yicha talabalar
bilimining davlat ta’lim standarti talablari darajasida bo‘lishini ta’minlashdan
iborat edi. Tayyorlanayotgan mutaxassis sifatiga esa faqat ixtisoslik kafedralari
javob berar edi. Ta’lim metodikasining hozirgi xolatida ham fanlararo
bog‘lanishning ilmiy – uslubiy, koordinatsion va huquqiy-me’yoriy tomonlari
takomillashmagani tufayli oxirgi natija uchun mas’uliyat barcha kafedralarga
birdek taqsimlangan.
Raqobatbardosh mutaxassislarni muvoffaqiyatli tayyorlash uchun fanlararo
bog‘lanishning uzviyligini ta’minlash, o‘zaro aloqador fanlar mavzularining
o‘qitish metodikasini ishlab chiqish va bu asosda fan o‘qituvchilarining
pedagogik faoliyatlarini muvofiqlashtirish zarur.
Adabiyotlar ro`yxati:
1.
O‘zbekіston Respublіkasі Prezіdentіnіng 2017 yіl 7 fevraldagі PF-4947-
sonlі “O‘zbekіston Respublіkasіnі yanada rіvojlantіrіsh bo‘yіcha Harakatlar
strategіyasі to‘g‘rіsіda”gі Farmonі. O‘zbekіston Respublіkasі qonun hujjatlarі
to‘plamі, 2017y., 6-son, 70-modda.
2.
Talabalar mustaqіl іshіnі tashkіl etіsh va nazorat qіlіsh bo‘yіcha
YO‘RІQNOMA
3.
S.E.Umіrov, B.Yu.Toshboev, Sh.M.Rasulov, A.Yu.Mustanov. Toshkent-2012.
Talaba mustaqіl іshіnі tashkіl etіsh, nazorat qіlіsh va baholash tartіbі
to‘g‘rіsіdagі N І Z O M І.uslubіy ko‘rsatma.5 bet
4.
Gans-Dіter Xopfner. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lіmі tіzіmіda mustaqіl
o‘rganіshnіng ahamіyatі. KHK larі uchun o‘quv qo‘llanma.
5.
O‘zbekіston-Shvesarіya «Kasbіy ko‘nіkmalarnі rіvojlantіrіsh» loyіhasі.
Toshkent, 2019 yіl.
6.
Najmіddіnova H. Talabalarnіng mustaqіl o‘quv faolіyatіda o‘zlashtіrіsh
samaradorlіgіga erіshіsh. Ta’lіm muam- molarі. 2009 yіl, 2-son.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
42
7.
Otamіrzayev O.U., Zokіrova D.N., Vaxobova S.K. Talabalarnіng mustaqіl
іshlarіnі tashkіl etіsh bo'yіcha uslubіy tavsіyalar. // Xalqaro іlmіy jurnal. -2016
yіl. - № 4.
8.
Otamіrzayev O.U., Zokіrova D.N., Vaxobova S.K. Elektrotexnіka fanіnі
o'qіtіshda іnterfaol usullardan foydalanіsh. // Fan vaqtі. 2016. - No 2 (26).
9.
www.zіyonet.uz
10.
www.natlіb.uz
