GENDER DISKRIMINATSIYAGA QARSHI KURASHISHDA MA’NAVIYATNING AHAMIYATI

Annotasiya

Ushbu maqola gender diskriminatsiyasi nima ekanligi, uning jamiyatdagi salbiy ta’sirlari, unga qarshi qanday choralar ko‘rish kerakligi va bu yo‘lda ma’naviyatning qanchalik ahamiyatga ega ekanligi ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy jamiyatda gender diskriminatsiyasining ko‘rinishlari, uning ijtimoiy va shaxsiy salbiy oqibatlari, shuningdek, ma’naviyatning bu jarayonga qarshi kurashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ma’naviyatni inson qadriyatlarini rivojlantirish, teng imkoniyatlar asosida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida ko‘rsatuvchi ushbu maqolada aynan ma’naviyat gender tengligi sari olib boruvchi transformatsion strategiya sifatida tahlil qilingan.. Adabiyotlar tahlili, kontent-tahlil, falsafiy-tarixiy tahlillardan foydalanilgan holda xulosa qismida ma’naviyatning gender rollaridagi ahamiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
54-59
11

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Hamrayeva , D. . (2025). GENDER DISKRIMINATSIYAGA QARSHI KURASHISHDA MA’NAVIYATNING AHAMIYATI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(15), 54–59. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/106550
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola gender diskriminatsiyasi nima ekanligi, uning jamiyatdagi salbiy ta’sirlari, unga qarshi qanday choralar ko‘rish kerakligi va bu yo‘lda ma’naviyatning qanchalik ahamiyatga ega ekanligi ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy jamiyatda gender diskriminatsiyasining ko‘rinishlari, uning ijtimoiy va shaxsiy salbiy oqibatlari, shuningdek, ma’naviyatning bu jarayonga qarshi kurashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ma’naviyatni inson qadriyatlarini rivojlantirish, teng imkoniyatlar asosida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida ko‘rsatuvchi ushbu maqolada aynan ma’naviyat gender tengligi sari olib boruvchi transformatsion strategiya sifatida tahlil qilingan.. Adabiyotlar tahlili, kontent-tahlil, falsafiy-tarixiy tahlillardan foydalanilgan holda xulosa qismida ma’naviyatning gender rollaridagi ahamiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

54

GENDER DISKRIMINATSIYAGA QARSHI KURASHISHDA

MA’NAVIYATNING AHAMIYATI

Hamrayeva Dilnavoz Akbarali qizi

A.Qodiriy nomidagi JDPU

Ma’naviyat asoslari yo’nalishi

2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15629075

Annotatsiya:

Ushbu maqola gender diskriminatsiyasi nima ekanligi, uning

jamiyatdagi salbiy ta’sirlari, unga qarshi qanday choralar ko‘rish kerakligi va bu
yo‘lda ma’naviyatning qanchalik ahamiyatga ega ekanligi ilmiy-nazariy asosda
tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy jamiyatda gender diskriminatsiyasining
ko‘rinishlari, uning ijtimoiy va shaxsiy salbiy oqibatlari, shuningdek,
ma’naviyatning bu jarayonga qarshi kurashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan
birga, ma’naviyatni inson qadriyatlarini rivojlantirish, teng imkoniyatlar asosida
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida ko‘rsatuvchi ushbu maqolada
aynan ma’naviyat gender tengligi sari olib boruvchi transformatsion strategiya
sifatida tahlil qilingan.. Adabiyotlar tahlili, kontent-tahlil, falsafiy-tarixiy
tahlillardan foydalanilgan holda xulosa qismida ma’naviyatning gender
rollaridagi ahamiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan.

Kalit

so'zlar:

gender,

gender

tengligi,

diskriminatsiya,

gender

diskriminatsiyasi, ijtimoiy adolat, ma’naviyat, qadriyatlar, axloq, jamiyat.

Аннотация:

В данной статье с научно-теоретической точки зрения

анализируется, что такое гендерная дискриминация, её негативные
последствия для общества, какие меры необходимо предпринимать
против неё, а также значимость духовности в этом процессе. В статье
рассматриваются проявления гендерной дискриминации в современном
обществе, её социальные и личностные негативные последствия, а также
роль духовности в борьбе с данным явлением. Кроме того, в статье
духовность рассматривается как инструмент развития человеческих
ценностей и обеспечения социальной стабильности на основе равных
возможностей, а также как трансформационная стратегия на пути к
гендерному равенству. С использованием анализа литературы, контент-
анализа и философско-исторического анализа в заключительной части
представлены рекомендации по повышению значимости духовности в
гендерных ролях.

Ключевые слова:

гендер, гендерное равенство, дискриминация,

гендерная дискриминация, социальная справедливость, духовность,
ценности, нравственность, общество.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

55

Abstract:

This article provides a scientific-theoretical analysis of what

gender discrimination is, its negative impact on society, the necessary measures
to combat it, and the significant role of spirituality in this process. The article
explores the manifestations of gender discrimination in modern society, its
social and personal negative consequences, as well as the role of spirituality in
countering this issue. Furthermore, spirituality is examined as a means of
developing human values and ensuring social stability based on equal
opportunities, and as a transformational strategy leading towards gender
equality. Using literature analysis, content analysis, and philosophical-historical
methods, the conclusion presents recommendations on enhancing the
importance of spirituality in shaping gender roles.

Keywords:

gender, gender equality, discrimination, gender discrimination,

social justice, spirituality, values, ethics, society.

Jahon miqyosida insoniyat taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarilar ekan,

jamiyat hayotining turli jabhalarida gender masalalari tobora dolzarb
mavzulardan biriga aylanib bormoqda. Ayniqsa, gender diskriminatsiyasiga oid
holatlar ko‘pgina jarayonlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bugungi
globallashuv davrida erkak va ayol o‘rtasidagi ijtimoiy rollarning yangicha
mazmun kasb etayotgani, ularning oiladagi, jamiyatdagi va mehnat bozoridagi
o‘rni borasidagi qarashlarning o‘zgarishi ushbu muammoni chuqur falsafiy va
ma’naviy nuqtayi nazardan tadqiq qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Inson
tafakkuri, xulq-atvori, ijtimoiy faolligini belgilovchi asosiy omillardan biri
bo‘lgan ma’naviyat jamiyatdagi gender rollarining shakllanishiga kuchli ta’sir
ko’rsatadi.

Gender tenglikka erishish bo‘yicha chora tadbirlar masalasi 2019-yil 2-

sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq
va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Ayollarni qo‘llab-quvvatlash
va gender tengligini ta’minlashga doir davlat siyosatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi [1] PF–87-son Farmonida ham alohida qayd etilgan.

Ushbu maqolaning maqsadi gender rollari va diskriminatsiyasining

shakllanishi, o‘zgarishi va ularning ma’naviyat bilan aloqadorligini ijtimoiy-
falsafiy jihatdan tahlil qilish, genderga oid stereotiplar va ularni yengishda milliy
va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarning rolini ilmiy asoslashdan iboratdir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

56


Metodologiya va adabiyotlar tahlili

Ushbu tadqiqot adabiyotlar tahlili metodologiyasiga asoslangan bo'lib,

mavzu bo'yicha milliy va xalqaro manbalarni o'rganishni o'z ichiga oladi.

Xorij olimlari adabiyotlari va qarashlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, fransuz

faylasufi va feministik nazariyotchi Simone de Beauvoir o‘zining mashhur asari
“The Second Sex”[2] da ayollar jamiyatda “ikkinchi jins” sifatida tasvirlanishini
tanqid qilgan hamda u gender rollari biologik emas, balki ijtimoiy konstruksiya
ekanligini ta’kidlaydi. Nancy Fraser esa iqtisodiy va madaniy tengsizlikni tahlil
qiladi. U gender adolatsizlikni tan olish va resurslarni qayta taqsimlash bilan
bartaraf etish zaruratini ilgari suradi: “Adolat – bu tan olish va qayta
taqsimlashni birlashtirgan siyosiy strategiyadir” [3].

O‘zbek olimlari tahliliga keladigan bo‘lsak, Sh.Abdullayeva gender tenglikni

ijtimoiy adolatning muhim ko‘rinishi sifatida ko‘radi va diskriminatsiya
holatlarini ijtimoiy ongdagi tarixiy stereotiplar bilan bog‘laydi: “ Gender
tengsizligining ildizi – ayollarga nisbatan tarixan shakllangan stereotiplar va
ularni jamiyatda faol ishtirok etishdan to‘suvchi omillardir”[4]. T.Jo‘rayev o‘z
tadqiqotlarida gender munosabatlarining ma’naviy-tarbiyaviy asoslarini ochib
bergan. Uning fikricha, gender tenglik ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilishi
kerak[5].

Natijalar va muhokama

Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, diskriminatsiya

jinsi, irqi, etnik kelib

chiqishi, dini, nogironligi, jinsiy orientatsiyasi yoki boshqa ijtimoiy qurilgan
toifalar kabi xususiyatlar asosida shaxslar yoki guruhlarga nisbatan differentsial
va adolatsiz munosabatni bildiradi. Ilmiy nuqtayi nazardan, diskriminatsiya
noto‘g‘ri qarashlar, stereotiplar va institutsional kuch dinamikasiga asoslangan
ijtimoiy xatti-harakatlar sifatida tushuniladi.

Shu nuqtayi nazardan, diskriminatsiya tushunchasi odamlar orasida teng

muomala qilmaslik yoki farqli munosabatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi[6].
Masalan, 1979-yilda qabul qilingan “Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha
shakllarini yo‘q qilish to‘grisida”gi Konvensiya (CEDAW) da “ayollarga nisbatan
kamsitish” deganda, “har qanday farq, istisno yoki cheklov, u ayollarni o‘z
huquqlaridan, inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan to‘laqonli foydalanish,
amalga oshirish imkoniyatidan mahrum qilsa” deb ta’riflanadi[7].

Demokratik davlatlarning qonunchiligida va xalqaro huquq normalarida

diskriminatsiyaning barcha shakllari ta’qiqlangan. Xususan, Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

57

pakt kabi hujjatlar diskriminatsiyaga qarshi kurashish uchun huquqiy asos bo‘lib
xizmat qiladi.

Global miqyosda ayollarning zaifligi – bu inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqat,

garchi ularni himoya qilishga qaratilgan huquqiy vositalar ishlab chiqilgan bo‘lsa
ham. Jinsga asoslangan kamsitish, avvalo, inson huquqlari buzilishiga olib keladi.
Garchi ayollarga nisbatan kamsitish, diniy va madaniy normalar aniq ko‘rinishga
ega bo‘lsa-da, ko‘pincha bu qadriyatlar gender tengligiga qarshi vosita sifatida
ishlatiladi[8].

Gender diskriminatsiyasi ayollar yoki, ba’zida erkaklar uchun ta’lim,

bandlik, sog‘liqni saqlash va siyosiy ishtirokda cheklovlar keltirib chiqaradi.
Masalan, mehnat bozorida diskriminatsiya quyidagi shakllarda namoyon
bo‘ladi:

U quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
Ishga qabul qilishda gender asosidagi ustuvorlik;
Ayollarga nisbatan kamroq maosh to‘lash;
Lavozimga ko‘tarilishda to‘siqlar;
Homiladorlik yoki onalik tufayli ishdan bo‘shatish;
Jinsiy zo‘ravonlik yoki noqulay muhit;
Stereotiplarga asoslangan kiyinish qoidalari.
Gender tengsizligi ta’lim tizimida tarixiy, madaniy va iqtisodiy sabablarga

ko‘ra yuzaga kelgan murakkab ijtimoiy muammo hisoblanadi. Ayniqsa, qiz
bolalar, ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy to‘siqlar tufayli erkak tengdoshlariga
nisbatan ko‘proq kamsitilishadi. Bu holat ularning ta’limga kirish
imkoniyatlarini, ishtirokini va natijalarini cheklaydi.

Siyosiy ishtirokda gender asosida kamsitish – ayollar va erkaklarning

siyosiy hayotdagi teng imkoniyatlarga ega bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimlar,
harakatlar hamda madaniy to‘siqlarni anglatadi. Gender tengsizligi va
diskriminatsiyasi jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasida huquq, imoniyat va
resurslarga teng kirish imkoniyatning yo‘qligi nafaqat inson huquqlarining
buzilishi, balki iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy barqarorlik uchun ham jiddiy
tahdid hisoblanadi va natijada jamiyatning umumiy farovonlik darajasi zarar
ko‘radi.

Ma’naviyat – bu insonning axloqiy, ruhiy, estetik va intellektual qadriyatlar

qadriyatlar tizimidir. U jamiyatdagi muammolarga shaxsiy va ijtimoiy ong orqali
yechim topish imkonini beradi. Zero, prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’rifi bilan
aytganda: “ ..insoniyat dunyosining buyuk bir yoritqichi – ma’naviyat chirog‘i
bor. Bu chiroqning boshqalardan farqi shuki, u insonning ongi va tafakkurini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

58

yotiradi, qalbi, vijdonini uyg‘otadi, odamiylik hissini kuchaytiradi”[4]. Gender
diskriminatsiyasiga qarshi kurashishda ma’naviyat quyidagi jihatlar orqali
muhim ahamiyat kasb etishini quyidagilar isbotlaydi:

Tenglik g‘oyasini targ‘ib qiladi: ma’naviy tarbiya orqali jamiyatda har bir

insonning qadr-qimmati, jinsidan qat’iy nazar, teng ekanligi haqidagi tushuncha
shakllanishiga ta’sir qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, adolatli ijtimoiy munosabatlar
asosini yaratadi.

O‘ziga ishonch va mustaqillikni rivojlantiradi: gender stereotiplari bilan

kurashiahda, ayniqsa ayollar uchun, o‘z qobiliyatiga ishonch juda muhim hamda
ma’naviyat bu ishonchni kuchaytirishga xizmat qiladi, ijtimoiy bosimlarga
bardosh berishga yordam beradi.

Gender stressni kamaytiradi: an’anaviy gender rollariga mos kelmaslikdan

kelib chiqadigan ruhiy zo‘riqish ma’naviy qadriyatlar orqali kamaytiriladi, bu esa
psixologik barqarorlikni ta’minlaydi.

Adolat va ijtimoiy o‘zgarishlarga turtki beradi: ma’naviy qadriyatlar –

adolat, tenglik, haqiqat, hurmat va bag‘rikenglik – ijtimoiy tizimdagi
nohaqliklarni tanqidiy tahlil qilish va ularni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Oilada sog‘lom gender munosabatlarini shakllantiradi: oila gender

stereotiplarining birlamchi shakllanish joyi hamda ma’naviyat orqali hurmat,
sabr-toqat, teng mas’uliyat kabi qadriyatlar oilaviy hayotda mustahkamlanadi.

Xulosa

Metodologik yondashuvlardan shunday xulosaga kelish mumkinki,

ma’naviyat shaxsning ichki dunyosini boyitadi, tenglikni qadrlashni o‘rgatadi,
o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi, stress darajasini kamaytiradi, adolat uchun
kurashishga undaydi va oilaviy hayotda sog‘lom gender munosabatlarini
shakllantirishga yordam beradi.

Gender tengligini ma’naviyat asosida mustahkamlashga qaratilgan, davlat,

jamoatchilik va ta’lim muassasalari darajasida amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan quyidagicha taklif va chora-tadbirlar maqsadga muvofiqdir:

1.

Diniy va milliy qadriyatlarni gender tengligini targ‘ib etishda to‘g‘ri talqin

qilish;

2.

O‘zbek xalq madaniyatidagi ijobiy ayol obrazlarini ommalashtirish;

3.

Gender tengligi masalasi yuzasidan ta’lim tizimini isloh qilish;

4.

Gender stereotiplari va diskriminatsiyasini yengishda OAV larning rolini

yanada oshirish;

5.

Mahalla tizimi orqali ma’naviy-gender targ‘ibotini kuchaytirish


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

59

Shunday qilib, gender tengligiga to‘sqinlik qilayotgan stereotiplar va

kamsitish holatlarini yengishda insonparvarlik, tenglik, adolat va bag‘rikenglik
kabi ma’naviy qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Gender muammolarini
hal etishda faqatgina huquqiy choralar yoki ularning amaldagi holatlari bilan
cheklanmasdan, balki ma’naviy-ma’rifiy tomonlama ham yondashish barqaror
natijalarni ta’minlaydi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

https://lex.uz/uz/docs/-5899498?ONDATE=07.03.

2.

Beauvoir S.de. The Second Sex. – Vintage books, 1949.

3.

Fraser, N. (2003). Social Justice in the Age of Identity Politics:

Redistribution, Recognition, and Participation. In Fraser, N., Redistribution or
Recognition?. Verso.
4.

Abdullayeva Sh.(2020). Gender tenglik va jamiyat taraqqiyoti. T,:O‘zR FA

Falsafa instituti nashriyoti.
5.

Jo‘rayev T. (2018). Oila va gender munosabatlari: ma’naviy-tarbiyaviy

yondashuvlar. T.: Ma’naviyat.
6.

Fombad C.M. The constitutional protection against discrimination in

Botswana //International Comparative Law Quarterly. – 2004.
7.

Article1,CEDAW.1979.//

http://archive.ipu.org/pdf/publications]/cedaw_en.pdf
8.

Farrior S. Human rights advocacy on gender issues: challenges ang

opportunities//Journal of Human Rights Practice. – Volume 1. – Issue 1. –
March 2009.

Bibliografik manbalar

https://lex.uz/uz/docs/-5899498?ONDATE=07.03.

Beauvoir S.de. The Second Sex. – Vintage books, 1949.

Fraser, N. (2003). Social Justice in the Age of Identity Politics: Redistribution, Recognition, and Participation. In Fraser, N., Redistribution or Recognition?. Verso.

Abdullayeva Sh.(2020). Gender tenglik va jamiyat taraqqiyoti. T,:O‘zR FA Falsafa instituti nashriyoti.

Jo‘rayev T. (2018). Oila va gender munosabatlari: ma’naviy-tarbiyaviy yondashuvlar. T.: Ma’naviyat.

Fombad C.M. The constitutional protection against discrimination in Botswana //International Comparative Law Quarterly. – 2004.

Article1,CEDAW.1979.// http://archive.ipu.org/pdf/publications]/cedaw_en.pdf

Farrior S. Human rights advocacy on gender issues: challenges ang opportunities//Journal of Human Rights Practice. – Volume 1. – Issue 1. – March 2009.