Авторы

  • Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich
  • Abduraximova Shaxnozabonu Axmadjon qizi.

Биографии авторов

  • Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich

    Farg‘ona davlat universiteti amaliy matematika

    va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi

  • Abduraximova Shaxnozabonu Axmadjon qizi.

    Fargʻona davlat unversiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88036

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Tizimli dasturlash Sintaksis tahlil Dasturlash tili Semantik tahlil dasturiy ta'minot Xatoliklarni aniqlash. Ключевые слова: Системное программирование Синтаксический анализ Язык программирования Семантический анализ Программное обеспечение Обнаружение ошибок. Keywords: System Programming Syntax Analysis Programming Language Semantic Analysis Software Development Error Detection.

Аннотация

Annotatsiya: Tizimli dasturlashda sintaksis tahlilining asoslari dastur kodini to‘g‘ri va samarali ishlashini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Sintaksis tahlil — bu dasturlash tilining grammatika qoidalariga mos ravishda kodni tahlil qilish jarayoni bo‘lib, dasturiy ta'minotni yaratishda yuzaga keladigan xatoliklarni oldini olishga yordam beradi. Ushbu maqolada sintaksis tahlilining nazariy asoslari, uning tizimli dasturlashda tutgan o‘rni, turli tahlil usullari va ularning amaliy qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Sintaksis tahlilning muhimligini, uning dastur ishlab chiqish jarayonidagi o‘rnini va dasturlashda samarali foydalanish usullarini ko‘rib chiqamiz.

Аннотация:Основы синтаксического анализа в системном программировании играют важную роль в обеспечении правильной и эффективной работы программного кода. Синтаксический анализ — это процесс анализа кода в соответствии с грамматическими правилами языка программирования, который помогает предотвратить ошибки, возникающие при разработке программного обеспечения. В данной статье рассматриваются теоретические основы синтаксического анализа, его роль в системном программировании, различные методы анализа и их практическое применение. Мы обсудим важность синтаксического анализа, его место в процессе разработки программного обеспечения и способы эффективного использования в программировании.

         Anontation: The fundamentals of syntax analysis in system programming play a crucial role in ensuring the correct and efficient functioning of program code. Syntax analysis is the process of analyzing the code according to the grammatical rules of a programming language, helping to prevent errors that may arise during software development. This article discusses the theoretical foundations of syntax analysis, its role in system programming, various analysis methods, and their practical applications. We explore the significance of syntax analysis, its place in the software development process, and effective methods for its use in programming.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

157

STATISTIKA SOHASIDA AXBOROT TIZIMLARI VA

TEXNOLOGIYALARINI SINTAKSIS TAXLIL QILISH.

Farg‘ona davlat universiteti amaliy matematika

va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich

israiltojimamatov@gmail.com

Abduraximova Shaxnozabonu Axmadjon qizi.

Fargʻona davlat unversiteti talabasi

shahnozabonuabdurahimova@gmail.com

Annotatsiya: Tizimli dasturlashda sintaksis tahlilining asoslari dastur

kodini to‘g‘ri va samarali ishlashini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Sintaksis

tahlil — bu dasturlash tilining grammatika qoidalariga mos ravishda kodni tahlil

qilish jarayoni bo‘lib, dasturiy ta'minotni yaratishda yuzaga keladigan xatoliklarni

oldini olishga yordam beradi. Ushbu maqolada sintaksis tahlilining nazariy

asoslari, uning tizimli dasturlashda tutgan o‘rni, turli tahlil usullari va ularning

amaliy qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Sintaksis tahlilning muhimligini, uning

dastur ishlab chiqish jarayonidagi o‘rnini va dasturlashda samarali foydalanish

usullarini ko‘rib chiqamiz.

Kalit so‘zlar: Tizimli dasturlash, Sintaksis tahlil, Dasturlash tili, Semantik

tahlil,dasturiy ta'minot, Xatoliklarni aniqlash.

Аннотация:Основы

синтаксического

анализа

в

системном

программировании играют важную роль в обеспечении правильной и

эффективной работы программного кода. Синтаксический анализ — это

процесс анализа кода в соответствии с грамматическими правилами языка

программирования,

который

помогает

предотвратить

ошибки,

возникающие при разработке программного обеспечения. В данной статье


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

158

рассматриваются теоретические основы синтаксического анализа, его роль

в системном программировании, различные методы анализа и их

практическое применение. Мы обсудим важность синтаксического анализа,

его место в процессе разработки программного обеспечения и способы

эффективного использования в программировании.

Ключевые слова: Системное программирование, Синтаксический

анализ, Язык программирования,Семантический анализ,Программное

обеспечение, Обнаружение ошибок.

Anontation: The fundamentals of syntax analysis in system programming

play a crucial role in ensuring the correct and efficient functioning of program

code. Syntax analysis is the process of analyzing the code according to the

grammatical rules of a programming language, helping to prevent errors that may

arise during software development. This article discusses the theoretical

foundations of syntax analysis, its role in system programming, various analysis

methods, and their practical applications. We explore the significance of syntax

analysis, its place in the software development process, and effective methods for

its use in programming.

Keywords:

System

Programming,Syntax

Analysis,Programming

Language,Semantic Analysis,Software Development,Error Detection.

Kirish:

I.

Mavzuning ahamiyati.

Davlat statistikasi – mamlakat iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi eng muhim

Bo’g’inlardan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy xodisalarni o’rganish, ularning

murakkab o’zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, hamda iqtisodiyotnifaoliyat


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

159

yuritish va rivojlanishga ilmiy asoslangan holda baho berishga qaratilgan.

KMB yordamida ishlab chiqilgan statistik ma’lumotlar bazalari statiskaning

sohaviy boshqarmalari mutaxassislaridan iborat, ular uchun axborot usulida

(iqtisodchining AIJda) ishlashi bo’yicha xizmat imkoniyatlarining keng

majmuasini beradi. KMB yordamida hujjat va boshqaruv respublika idoralari

hamda boshqa tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish ta’minlanadi: dialog

usulida so’rovlar bajariladi va ma’lumotlar to’plamlari shakllantiriladi, buning

uchun eksport vazifalari va eng ko’p tarqatilgan ADPning formatlaridan

foydalanadi.

Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish

buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko’rsatadi. Har

qanday iqtisodiy ob’ekt boshqarish faoliyatini asosini murakkab qurilishga ega

bo’lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, faoliyat turi korxona,

iqtisodiy ob’ekt, firmaning ko’lamiga bog’liq.

II.

Maqolaning maqsadi.

Sintaksis taxlil asoslari mavzusining asosiy maqsadi — bu tilning sintaktik

tuzilishini, ya'ni gaplarning tuzilishini, komponentlarini va ularning o'zaro

munosabatlarini o'rganishdir. Bu soha, asosan, gapdagi so'zlar va ularning

qismlarini to'g'ri joylashtirish, ular o'rtasidagi grammatik munosabatlarni

aniqlashni maqsad qiladi.

Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimini yaratish uchun baza

bo’lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o’z faoliyatini O’zbekistonda hisob

va statistika tizimida iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat tomonidan

boshqarishning muhim tayanchi ekanligiga rioya qilgan holda amalga oshiradi.

Boshqaruv ob’ektlari deganda tizimning me’yoriy faoliyat yuritishi uchun

muntazam nazorat qilish va tartibga solishni talab qiladigan element tushuniladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

160

Iqtisodiyotning sohalari, ularning korxonalari va tashkilotlari boshqaruv ob’ektlari

bo’ladi.Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi idoralari iqtisodiyot

sohalarining faoliyati haqida xabardor qilib, vazifalar ko’rinishidagi boshqaruvchi

axborot qabul qilingani va boshqaruv ob’ektlarining haqiqiy holatidan kelib

chiqqan holda qayd etilgan, muljallangan xarakatlarida aks ettiriluvchi muhim

signal vazifalarini bajaradi.

O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi tomonidan davlat statistika

idoralariga respublika darajasidagi markazlashtirilgan rahbarlik amalga oshiriladi.

U asosiy hisob – statistika markazi sifatida va O’zbekiston Respublikasi hukumati,

respublika vazirlik va qo’mitalari, boshqa tashkilotlarni statistik axborotlar bilan

ta’minlaydi.

Davlat statistika idoralari statistik ishlarning yagona uslubiyati va yagona rejasi

bo’yicha ishlaydilar, ular tegishli yuqori idoralar tomonidan tasdiqlanadi. Bu rejaga

kiritilgan vazifalar iqtisodiyot sohalariga mos keluvchi statistika sohalari bo’yicha

taqsimlangan.

Turli sohalarda hal etiladigan statistik vazifalar nuqtai nazaridan tartibga

soluvchi va so’rov vazifalariga bo’linadi. Tartibga soluvchi vazifalar deganda

statistik hisobot ma’lumotlarini vazirlikning tegishli darajasida ishlab chiqish

vazifasi tushuniladi. Har bir tartibga soluvchi vazifa, qoidaga ko’ra, statistik

hisobotning ba’zi bir aniq shakli yoki bir necha shaklining shakllanishi bilan

bog’lik.

Statistika qo’mitasida AEICHning ikki turi faoliyat yuritmoqda, ular shartli

ravishda tizimli va mahalliy AEICH deb ataladi. Tizimli AETCHdan darajalar

o’rtasidagi texnik manbalar va aloqa kanallari bo’yicha ma’lumotlarni almashtirish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

161

bilan ushbu vazifani echishda ishtirok etuvchi turli darajalardagi namunaviy

axborot

texnologiyalaridan

foydalaniladi.

Mahalliy

AEICHlar

statistik

vazifani

avtomatlashtirilgan echimini ta’minlaydi, ularda korxona va tashkilotlarning

birlamchi hisobotlari darhol Statistika qo’mitasi Bosh hisoblash markaziga

yuboriladi.

Hozirgi vaqtda AEICHlardan foydalanish asosan tizimli xarakterga ega, bu

bir qator sabablar bilan belgilanadi:

Birinchidan, tartibga soluvchi vazifalarni echishda Statistika qo’mitasining turli

darajadagi hisoblash qurilmalari ishtirok etadi.

Ikkinchidan, AEICHning faoliyat yuritish texnologiyasi statistik hisobotlar quyi

darajadagi korxonalar va tashkilotlardan birlamchi hisobotlarni kelib tushishidan

boshlab, Statistika qo’mitasining yuqori darajada yig’ma hisobotlarni ishlab

chiqishiga qadar bo’lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Bunda har bir keyingi

texnologiya oldingi darajadagi texnologiyaning mantiqiy davomi bo’ladi. Pochta

hisoboti uchun tizimli AEICHdan foydalanishning namunaviy texnologik

tadbirlari misoldida tartibga soluvchi statistik vazifalarni yechish texnologiyasini

namoyish qilamiz.

Ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar banki (KMB) dasturiy, texnologik,

tashkiliy vositalar yig’indisi ko’rinishida amalga oshirilgan va statistikaning turli

sohalari bo’yicha ma’lumotlar bazalari, ularning majmualarini yaratish uchun

foydalaniladi. KMB mahalliy hisoblash tarmoqlari va masofadan kirish usulida

ishlashda ma’lumotlarni ishlab chiqish va taqdim etishning rivojlangan vositalariga

ega. Tayyor hujjatlar banki (TXB) ba’zi axborotlar va jadvalli statistik

materiallarga ega ma’lumotlarning hujjatli – grafik bazalarini yaratish uchun


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

162

qo’llaniladi. TXB turli ob’ektlar uchun ma’lumotlar bazalariga kirishni

ta’minlovchi telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatidan iborat

bo’ladi.

KMB va TXB dasturiy majmualari Lotus 1-2-3 va Excel bilan paketli

interfeysga ega, buning natijasida ularning o’zaro birga bo’lishligi ta’minlanadi.

Axborot texnologiyalari ma’lumotlaridan foydalanish xususiyatlarini ko’rib

chiqamiz. KMB yordamida hujjat va boshqaruv respublika idoralari hamda boshqa

tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish ta’minlanadi: dialog usulida so’rovlar

bajariladi va ma’lumotlar to’plamlari shakllantiriladi, buning uchun eksport

vazifalari va eng ko’p tarqatilgan ADPning formatlaridan foydalanadi.

Respublika darajasida KMB muhitida ma’lumotlar bazasining shakllanishi,

faollashuvi va faoliyat yuritishi maьlum texnologiya buyicha amalga oshadi. KMB

muxitida ma’lumotlar bazasidan foydalanish sanoat va moliya buyicha statistik

to’plam tayyorlash va raxbar idoralarga axborotlar berish muddatlarini

qisqartirishga imkon beradi.

Ma’lumotlar bazalari ma’mur tomonidan ma’lumotlarga murojat qilishga

tegishli parollar va huquqlar o’rnatilishi tufayli ruxsatsiz kirishdan himoyalangan.

KMBni ishlab chikish asosida «mijoz-server» texnologiyasi tamoyillari yaratilgan,

bu ma’lumotlar bazalarining katta xajmlari bilan ishlash va ma’lumotlarga tezkor

murojat qilishda LXT sharoitlarida axborot ishlab chikishning yukori

unumdorligini ta’minlaydi.

THB SHKda ma’lumotlar bazalarini yaratish va olib borishning tejamkor

texnologiyasini

va

axborot-telekommunikatsion

uzeldan

foydalanishni

ta’minlaydi, foydalanuvchilar bilan telefon kanallari va mahalliy tarmoqda, hamda

«on-line» usulida ishlashga imkon beradi. THB bilan ishlashda axborotlarni

qidirish ko’p bosqichli rubrikator bo’yicha tabiiy tilda amalga oshiriladi;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

163

foydalanuvchi so’roviga javob berish bio sekunddan oshmaydi; bundan tashqari

saqlanayotgan axborotlarni qiskartirilishning yuqori darajasiga erishiladi. Iqtisodiy

tahlil vazifalarini echishni tashkil qilish. Iqtisodiy tahlilning vazifalari bu tahliliy

ma’lumotlarni axborot texnologiyalari va statistik usullarga asoslangan holda

yo’lga qo’yishdir. Ular yordamida mamlakat va uning ayrim mintaqalari

iqtisodiyoti turli sohalarining rivojlanishi doimiy va har tomonlama o’rganiladi.

Regression tahlil asosida bog’liqliklar: to’g’ri chiziqli, ijobiy, salbiy, to’g’ri

chiziqli bo’lmagan shakllarini belgilash vazifasi echiladi. Komponentli va omilli

tahlillar – ikkita bir-biridan tubdan farqlanuvchi statistik usullardir. Dasturda ular

yagona blokka birlashtirilgan, chunki bunday birlashtirish hisoblash nuqtai

nazaridan o’zini oqlaydi. Komponentli tahlil tasodifiy o’zgarishlar orasidagi

tarkibiy bog’liqlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning yordamida dastlabki

ma’lumotlarda bo’lgan deyarli barcha axborotlarga ega hodisaning qisqa bayoni

olinadi. SHK lar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilingan,

korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil

qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari

surdi. Ma’lumotlarni taqsimlash bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar

o’rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang’ich hujjatlarni

avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo’ldi va boshqaruv

masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi.

ABTlari o’z xizmatlarining keng, turli-tumanligi bo’yicha mijozlarga tez va

sifatli xizmat ko’rsatuvchiga imkon beradi. Tizimning asosiy xizmat modullari

quyidagilarni amalga oshiradi:

1.

Yuridik shaxslarga hisoblash-kassa xizmatini ko’rsatish;

2.

Bank-korrespondentlari schyotlari bo’yicha xizmat ko’rsatish;

3.

Kredit, depozit, valyuta operatsiyalari;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

164

4.

Xususiy shaxslar kiritmalarining har qanday turlari va ular bo’yicha

operatsiyalar;

5.

Fond operatsiyalari;

6.

Plastik kartochkalar yordamida hisob-kitoblar;

7.

Buxgalteriya vazifalari;

8.

Tahlil, qarorlar qabul qilish,

9.

menejment, marketing va boshqalar.

Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha ABT ning eng keng tarqalgan

tizimchalari quyidagilardir: mijozbank, plastik kartochkalar bilan ishlash

operatsiyalari.Plastik

kartochkalardan

foydalanish

mijozlarga

xizmat

ko’rsatishning samarali shakli hisoblanadi. Plastik kartalar qisqa muddatli davlat

obligatsiyalar mamlakatimizdagi davlatning qisqa muddatli obligatsiyasi

ta’minlanishining turlari bo’yicha debetli, kreditli, debit-kreditligiga bo’linadi.

Uning bilan bir qator plastik kartalar asosida vazifalarni amalga oshirish ham

mumkin: magnitli kartalar, smart kartalar, lazerli kartalar, mikroprotsessorli

kartalar. Mikroprotsessorli kartalar bilan ishlash eng ilg’or va qimmat texnologiya

bo’ladi. Savdo shahobchalari tegishli dasturiy-texnik vositalar (savdo terminallari)

bilan jihozlanadi.

Axborot

mahsulotlari

va

xizmatlari

marketingida

kompyuter

texnologiyalarini qo’llash – davr talabi. Marketing ma’lumotlarini doimo kuzatish

va saqlash tizimida axborotlarni yig’ish boshqa marketing operatsiyalari orasida

katta o’rinni egallaydi, chunki u axborotlarning xususiyatlari bo’yicha turli tuman

manbalar bilan bog’liqdir. Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish

faoliyatini boshqarish tamoyili sifatida tashkil qilinadi.

Axborot – tijorat faoliyatining predmeti sifatida. Korxona marketing axborot

tizimlarida kommunikatsion jarayonlarni ahamiyati va xususiyatlari axborotlarni

yig’ish, ro’yxatga olish va uzatish hamda korxonaning bozor va ishlab chiqarish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

165

jarayonini tartibga solishdagi teskari aloqa vazifasini amalga oshirishda eng ko’p

darajada namoyon bo’ladi. Hozirgi vaqtda har tomonlama rivojlangan jamiyatni

axborotlashgan deb ataydilar. Zamonaviy axborot texnologiyalari tufayli insonning

ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi

jahon tsivilizatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tajribalar, bilimlar va ma’naviy

boyliklarni jalb qilish hisobiga haqiqatdan ham chegarasi kengaymoqda.

Axborot bozorining tahlili. Axborot marketingi dasturining ushbu bosqichi

taklif qilinayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlari uchun ularning vazifaviy

parametrlariga mos keluvchi ehtiyojlarini aniqlash orqali bozor holatini belgilashga

qaratilgan.

Judayam tez o’zgarib va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda,

jamiyatimizning har bir a’zosidan fan va ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan

zamonaviy bilimlarni mukammal o’rganishni talab etilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini va

axborot texnologiyalarini milliy iqtisodning barcha sohalariga tadbiq qilinishi

nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki foydalanuvchi ish joyining sifat jihatdan

yuqori darajada tashkil qilinishini ta’minlaydi. Demak, axborotlashtirishning

milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida

zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya

vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish,

fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab extiyojlarini yanada to’liqroq

qondirish, jahon axborot resurslardan bahramand bo’lishni kengaytirish – jamiyat

taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-4_ Май-2025

166

Adabiyotlar va manbaalar:

1.

R.Gaziyeva,E.Ozodov(

2021)Dasturlash asoslari.

2.

Sh.A.Mengliyev,O.A.Abdug’aniyev

.Dasturlash tillari.

3.

A Brain.Friendly Guide.Eric Freeman.

Elisabeth RobsonHead First Design

Patterns.

4.

R.X.Alimov, O’.T.Xayitmatov

.Dasturlash asoslari(2015)

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Meliqo‘ziyev Sahobiddin Umidjon o‘g‘li, BERILGANLAR BAZASIDA HAYOTIY SIKL , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 5 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Meliqo‘ziyev Sahobiddin Umidjon o‘g‘li, MASHINA KODLARI BILAN ISHLASH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 5 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Madatova Ruxshona Bunyodbek qizi, Ботирова Мукаддас Рахматулла кизи, AXBOROTLARNI TAQDIM ETISH VA ULAR BILAN ISHLASH , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Madatova Ruxshona Bunyodbek qizi, Исраилова Рухшона Раимжоновна, BERILGANLAR BAZASI ADMINISTRATORI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 5 (2025)

Mo’minov Sarvarbek Ulug’bek o’g’li, Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, MOBIL OPERATSION SISTEMALARNING KELAJAGI , Лучшие интеллектуальные исследования: Том 44 № 5 (2025)