https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
50
LEYKOSITLAR FIZOLOGIYASI HAMDA ORGANIZMDAGI
AHAMIYATI
Xalilova Zulxumor
Zarmed universiteti talabasi
Nahalboyev Alisher Aliboyevich
Zarmed universiteti assistenti
Anotatsiyasi : Leykositlar organizmda , asosan , himoya funksiyasini
bajaradi . Lekin bu funksiyasini har xil leykkositlar tomonidan turlicha amalga
oshiriladi . Fizoilogiyada asosiy vazifalaridan biri immun tizimida muhim ro’l
o’ynaydi. Regenerativ – shikastlangan to’qimalarni bitishishiga imkon yaratadi .
Kalit so’zlar : Leykositoz , Leykopeniya , Bazonafillar , Eozonafillar ,
Neytrofillar , Limfotsitlar . Monositlar ,Leykopoez , Leykoz , Granulositlar ,
Agronulositlar
Kirish
: Qon tirik organizmning hayoti uchun juda zarur. Qondagi qizil
hujayralar – eritrositlar miqdori anchja ko’p bo’lib , qonga o’z rangini bersa-da ,
oq qon hujayralarti – leykositlar ham hal qiluvchi ro’l o’ynaydi. Inson
organizmining immune tizimi tarkibida muhim elementlardan biri bo’lib ,
organizmni infeksiyalar , bakteriyalar , viruslar , ba boshqa begona zarralardan
himoya qiladi . Leykositlar qon tarkibida mavjud bo’lib , ularning asosiy vazifasi
organizmdagi begona moddalarni aniqlash , ularga qarshi kurashish va tanani
sog’lom holatda saqlashdir .
Leykositlar yoki oq qon tanachalari yadrosi bor, kattaligi 8 dan 20 mkm gacha
bo'ladi. Katta yoshdagi odamlar periferik qonida leykositlar miqdori 4,0-9,0x10⁹l
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
51
yoki 1 ml qonda 4000-9000 ni tashkil kiladi. Miqdorining ortib ketishi
leykositoz
va kamayib ketishi
leykopeniya
deyiladi. Fiziologik va patologik leykositoz
bo'lishi mumkin. Fiziologik leykositozda qonning qayta taqsimlanishi kuzatiladi va
leykositlar miqdori ortmaydi. Fiziologik leykositoz ovqatlangandan so'ng,
jismoniy ish paytida, emosional qo'zg'alganda, homiladorlik paytida kuzatiladi.
Patologik leykositozda periferik qonga yetilmagan leykositlar chiqarib
yuboriladi va bu leykositlar to’la shakllanib bo'lmaganligi tufayli o'z funksiyalarini
bajara olmaydilar, ya'ni organizmni patogen bakteriyаlardan himoya qila olmaydi.
Leykopeniya radioaktiv fon ortganda va ayrim farmokologik dorilar ta'sirida kelib
chiqadi. Leykopeniya ayrim yuqumli kasalliklarda (sepsis, miliar tuberkulyoz) ham
kuzatiladi. Leykopeniyada organizmning bakteriyalardan himoyalanish xossasi
susayadi.
Leykositlar funksiyalari:
1) Himoya (mikroorganizmlarni fagositozi, bakteriosid va antitoksik ta'sir,
immun reaksiyalarda)
2) Immun tizimida , Qonning ivishida va fibrinoliz jarayonlarida ishtiroki;
3) Regenerativ - shikastlangan to'qimalarni bitishiga yordam beradi;
4) Transport - leykositlar bir qator fermentlarni tashuvchilari hisoblanadi.
Leykositlar amyobasimon harakati natijasida - migratsiya (diapedez) kapillyar
devorlaridan o'tish qobiliyatiga ega.
Leykositlar tuzilishiga qarab 2 ta katta guruhga bo’linadi : Donachali –
Granulositlar va Donachasiz – Agronulositlar . Granulositlar – Neytrofillar ,
Eozinafillar , Bazofillarga bo’linadi . Granulositlar Limfositlar va Monositlarga
bo’linadi , Bularning har biri organizmda muhim bir vazifani bajaradi .
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
52
Bo’yoq bilan bo’yalishiga qarab Granulositlarga nom berilgan : Eozinafillar
kislotali bo’yoq (eozin) , Bazofillar ishqoriy bo’yoq (gematoksilin ) bilan bo’yaladi
, Neytrofillar esa har ikkala bo’yoq bilan ham bo’yalaveradi .
Neytrofillar
– Ular Leykositlarning eng katta guruhini tashkil qiladi (50-70%
). Neytrofillar infeksiya o’chog’iga birinchilardan yetib boradi va begona
organizmlar bilan kurashadi . Ular Fagositoz jarayoni orqali bakteriyalarni o’z
ichiga qamrab oladi . (Fagositoz hodisasi 1892-yil I.I.Mechinikov tomonidan kashf
qilingan .)
Fagositoz 3 bosqichdan, ya'ni
adgeziya
,
qamrab olish
va lizosomal fermentlar
(proteazalar, peptidazalar, oksidazalar, dezokeinukleazalar) yordamida
hazm
qilish
dan
iborat.
Neytrofillar
sitotoksik
ta'sir
ko'rsatishi
mumkin. Bu
ta'siri
shilling
deb atashadi. Sitotoksik ta'sir quyidagicha amalga oshiriladi -
neytrofill immunoglobulin IgG ishtirokida nishon hujayraga yaqinlashadi va
ma'lum masofadan turib uni halok qiladi. Bu ta'sir neytrofilldan ajralgan aktiv
kislorod - peroksid vodorod, gipoxlor kislotalari orqali amalga oshiriladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
53
Oxirgi paytlarda ma'lum bo'lishicha, neytrofillar B va T limfositlar faoliyatini
kuchaytiruvchi moddalar ham ishlab chiqarar ekan.
Bazofillar
- semiz hujayralar. Bazofillar 1877 - yili P.Erlix tomonidan kashf
qilingan. Bazofillar ikki turga bo'linadi: periferik qonda aylanib yuruvchi
granulositlar, bazofillar va to'qimalarda joylashgan to'qima bazofillari yoki semiz
hujayralar.
Bazofillarning funksiyasi uning tarkibidagi moddalarga bog'liq. Bulardan biri
gistamindir, u qon tomirlarni kengaytiradi. Bazofil tarkibida qon ivishiga qarshi
modda geparin, hamda qon- tomir o'tkazuvchanligini o'zgartiruvchi gialuron
kislotalari mavjud. Shuningdek, bazofil tarkibida trombositlarni faollashtiruvchi
omil, trombositlarni agregat holatini ta'minlovchi - tromboksan, araxidon kislotasi
mahsullari leykotriyen va prostaglandinlar bor. Bazofillar allergik reaksiyalar
paytida katta ahamiyat kasb etadi. Antigen - antitelo kompleksi ta'sirida bazofillar
parchalanadi va uning tarkibidagi biologik aktiv moddalar qonga tushadi
Eozinofillar
qon tomirlarda bir necha soatgina bo'ladi. Undan so'ng qondan
to'qimalarga o'tib ketadi va u yerda parchalanadi. Eozinofillar fagositoz qilish
xossasiga ega. Eozinofillar to'qimalarning gistamin saqlovchi - me'da va ingichka
ichakning shilliq va shilliq osti qavatlarida, o'pkada yig'iladi. Eozinofillar
gistaminni qamrab olib, gistaminaza fermentlari yordamida parchalaydi.
Eozinofillar tarkibida bazofillardan gistaminning ajralib chiqishini tormozlovchi
omil ham bor.
Gelmintlarga qarshi eozinofillar sitotoksik effektni amalga oshiradi.
Gelmintlar lichinkasi organizmga tushsa, eozinofillar unga yaqinlashib
parchalanadi, tarkibidagi oqsillar va fermentlarini (masalan peroksidazalar) shu
lichinka ustiga ajratib chiqaradi, natijada lichinkani halok qiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
54
Allergik kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin ortib ketadi. Bunga sabab,
allergik kasalliklarda bazofillarning degranulyasiyasi natijasida anafilaktik
xemotaksik omilning qonga ko'p miqdorda ajralishidir va ularni yo'qotish uchun
eozinofillarning jalb qilinishidir. Eozinofillar fagositoz qilish va faolsizlantirish
orqali bazofillarning ajratgan moddalaridan qonni «tozalaydi».
Eozinofillar tarkibida kallikrein - kinin sistemani aktivlovchi kation oqsillar
saqlanadi. Kation oqsillar qon-tomir endoteliylariga yemiruvchi ta'sir ko'rsatib
yurak qon-tomir tizimi kasalliklarida ham ahamiyatli degan fikrlar mavjud.
Ayrim og'ir o'tuvchi yuqumli kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin
kamayib ketadi.
Monositlar
- qon tomirlarda 70 soatgacha aylanib yuradi, so'ngra u yerdan
chiqib to'qima (gistiositlar) makrofagiga aylanadi. Kislotali muhitda monositlar
mikroblarni fagositoz qilish xossasiga ega, bu paytda neytrofillar faolligi susayadi
. Halok bo'lgan leykositlar va jarohatlangan to'qimalarni monositlar fagosit qilib
yallig'langan sohani tozalaydilar. Monositlar komplement tizimi tarkibiy qismining
ayrimlarini sintezlaydi. Aktiv monositlar va makrofaglar sitotoksinlar, interleykin
(IL- 1), o'smalarni nekroz qiluvchi omil, interferonlarni sintezlash natijasida
o'smaga, viruslarga, mikroorganizmlarga va parazitlarga qarshi immunitet hosil
qiladi, gemopoezning boshqarilishida ishtirok etadi
Monositlar qon ivishini (tromboksan. tromboplastinlar), hamda fibrinolizni
kuchaytiradigan (plazminogen aktivatorlari) omillarni ishlab chiqaradi.
Limfositlar
- suyak ko'migida hosil bo'ladi va qonga tushgach to'qimalarda
shakllanadi. Ayrisimon bezda shakllanganlari T -limfositlar (thimus - suzidan
olingan) deb ataladi. T - limfositlarning bir necha turlari mavjud.
T - killerlar
yoki
qotillar (inglizcha to kill - o'ldirmoq) nishon hujayralarni, jumladan yuqumli
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
55
kasalliklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar, o'sma hujayralar va boshqalarni
o'ldiradi.
T - helperlar
yoki immunitet qilishda yordamchilar. Ular T - helperlar,
xujayra immunitetini kuchaytiruvchi va T - B - helperlar gumoral immunitetni
kuchaytiruvchilardan iborat. T - supressorlar T - va B -, ayniqsa, T- limfositlar
funksiyasini kuchaytiradi T - supressorlar - immun javobni susaytiruvchi
limfositlar. Ular T — supressorlar hujayra immunitetini pasaytiruvchi va T - B -
supressorlar - gumoral immunitetni pasaytiruvchilarga bo'linadi. T —
differensiyalovchi yoki Td - limfositlar qon ishlab chiqaruvchi a'zolarining o'zak
hujayralari faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni suyak ko'migida eritrositar, leykositar
va trombositar hujayralarning hosil bo'lish nisbatiga ta'sir qiladi. T -
kontrsupressorlar T -suppsssorlar faoliyatini susaytirish orqali immun javobni
kuchaytiradi. T - xotira hujayralari avval ta'sir qilgan antigenlar haqida axborotni
xotirasida saqlash orqali immun javobni tezlashtiradi.
Limfositlarning boshqa turi B-limfositlar (bursa - suzidan olingan) odam va
sutemizuvchilarda suyak ko'migida yoki ingichka ichakda joylashgan limfoid -
epitelial tizimda shakllanadi. B - limfositlar antigenlar va sitokinlar ta'sirida antitelo
ajratib chiqaruvchi
plazmatik
hujayralar
ga aylanadi. B - limfositlarning quyidagi
turlari mavjud: B - gotillar, B - xelperlar va B - supressorlar. B - killerlar ham T -
killerlar kabi vazifalarni bajaradi. B - helperlar antigenlarni tanishtiradi, Td -
limfositlar va T -supressorlar faoliyatini kuchaytiradi, hujayra va gumoral
immunitetlarda ishtrok etadi. B - supressorlar antitelo ishlab chikaruvchi xujayralar
- B - limfositlar proliferatsiyasini tormozlaydi.
T va B limfositlardan tashqari O-limfositlar xam mavjud. Ayrim
tadqiqotchilar O - limfosntlarni natural (tabiiy) killer xujayralar yoki NK -
limfositlar deb ataydilar. NK - limfositlar yot hujayralarni «teshib yuboruvchi»
perforin deb nomlanuvchi oqsil ishlab chiqaradi. Sitotoksik limfositlar (STL)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
56
protolitik fermentlar (sitolizinlar) ishlab chiqaradi va bular yot hujayralarga hosil
bo'lgan teshiklar orqali kirib, ularni halok qiladi.
Leykopoez.
Barcha leykositlar qizil ko'mikda o'zak hujayralardan hosil
bo'ladi. Limfositlar o'tmishdoshlari o'zak hujayradan birinchi bo'linib chiqadi:
limfositlarniig shakllanishi ikkilamchi limfatik a'zolarda sodir bo'ladi.
Granulositlar va monositlar hujayralarning o'tmishdoshlariga ta'sir qiluvchi
maxsus o'sish omillari orqali leykopoez kuchaytiriladi. Granulositlarning hosil
bo'lishi monositlarda, makrofaglarda va T -limfositlarda sintezlanuvchi
granulositar koloniyastimullovchi faktor (omil) (KSF - S) ta'sirida kuchayadi,
ammo
yetilgan
neytrofillarda
sintezlanuvchi
-
keylon
va
laktoferin
lar
hamda
prostaglandin - Ye
lar ta'sirida susayadi Monositopoez esa monositar
koloniyastimullovchi faktor (omil) (KSF - M), katexolaminlar ta'sirida kuchayadi.
Prostaglandin - Ye, a- va r - interferonlar monosit hosil bo'lishini tormozlaydi.
Gidrokortizonning katta miqdori monositlarning suyak ko'migidan chiqishiga
qarshilik qiladi. Leykopoezni boshqarishda interleykinning ahamiyati katta.
Ularning ayrimlari (IL-3) bazofillarni, boshqalari (IL-5) eozinofillarni o'sish,
rivojlanishini kuchaytirsa, yana boshqalari esa (IL-2, 4, b, 7) T va B- limfositlar
shakllanishini kuchaytiradi. Leykositlar va to'qimalarning parchalanishidan hosil
bo'lgan moddalar, mikroorganizmlar va ularning toksinlari, gipofizning ayrim
gormonlari, nuklein kislotalar leykopoezni kuchaytiradi. Har xil leykositlarning
yashash davomiyligi turlicha, ayrimlarining umri bir necha soat, kun, xafta davom
etsa, boshqalari odamda bir umr davomida yashashi mumkin.
Leykoz
(leykemiya) — qon ishlab chiqaradigan toʻqimalarning oʻsma
kasalligi, bunda koʻmik zararlanadi va normal qon hosil boʻlishi jarayoni buziladi;
qon yaratuvchi aʼzolarda yosh patologik hujayra elementlari oʻsib ketadi, limfa
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
57
tugunlari va taloq, kattalashadi, qonda oʻziga xos oʻzgarish sodir boʻladi
ss
. Kasallik
sababi toʻla-toʻkis aniqlanmagan. Leykozning kelib chiqishida virusli, endogen,
kimyoviy va radiatsion nazariyalar mavjud.
Xulosa qilib aytganda ,
Leykotsitlar inson organizmi uchun zarur bo‘lgan
muhim hujayralardan biri bo‘lib, ular immun tizimining asosiy elementlaridan
hisoblanadi. Ularning turli xil turlari mavjud bo‘lib, har biri o‘ziga xos
funksiyalarni bajaradi. Leykotsitlarning normal darajada bo‘lishi sog‘liq uchun
muhimdir, ularning miqdoridagi har qanday o‘zgarish esa salomatlik holatiga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, organizmda leykotsitlar darajasini muntazam
ravishda nazorat qilish va ularning miqdoridagi o‘zgarishlarni vaqtida aniqlash
muhim ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1)Rajamurodov Z.T. Odam va hayvonlar fiziologiyasi. - Toshkent: Tib kitob
nashriyoti,2010. - 432 b.
2)Alyaviya O.T., Qodirov Sh.Q. Normal fiziologiya. - Toshkent: O'zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. - 382 b.
3)Nuritdinov E. Odam fiziologiyasi. - Toshkent: 2005. - 510 l.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
58
4)Qurbonov Sh. Odam fiziologiyasi. - 2007.
5)Qodirov A.A. Normal fiziologiya. - Toshkent:Abu Ali Ibn Sino, 2010. - 318
b.
6)Alyaviya O.T. Normal fiziologiya. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati nashriyoti,2007. - 384 b.
7)Abdullayev N.H. Patologik fiziologiya. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008.
- 480 b.
8)Xusinov O.A. Patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun qo'llanma.
- Toshkent: Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2004. -496 b.
9)Karabayev A.G., Yusupov M.M., Nurimov P.B.
O'smirlar fiziologiyasi. - Samarqand: FAN BULOG'I, 2022. - 170 b.