Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
187
ISSN:3030-3621
YOSHLARNI KURASH MILLIY SPORT TURI BILAN
SHUG‘ULLANISHGA OMMAVIY JALB ETISH
R.D. Urazov
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika
instituti, Jismoniy tarbiya nazariyası va
metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
МАССОВОЕ ПРИВЛЕЧЕНИЕ МОЛОДЕЖИ К ЗАНЯТИЯМ
НАЦИОНАЛЬНЫМ ВИДОМ СПОРТА - БОРЬБОЙ КУРАШ
Р.Д. Уразов
Старший преподаватель кафедры теории
и методики физического воспитания Нукусского
государственного педагогического института имени Ажиниёза.
MASS INVOLVEMENT OF YOUTH IN THE NATIONAL SPORT OF
WRESTLING - KURASH
R.D. Urazov
Senior Lecturer of the Department of Theory
and Methods of Physical Education at Nukus
State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz.
Annotatsiya
Ushbu maqolada mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va kurash milliy
sportiga jalb etish hamda kurash milliy sportini tanlashdagi yosh toyfalari belgilash,
mushak va paylarning jarohatlanishini oldini olish, jismoniy yuklamalarni tanlashda
kurashchilar yoshi, jinsi va salomatligi darajasiga muvofiq yondoshish jismoniy
yuklamalarni rejalashtirishning asosiy mezoni haqida keng ta’rif berilib o‘tilgan.
Kalit so’zlar:
Kurash milliy sporti, sportchilar, murabbiylar, trenirovka, sportga
tanlashlar, jismoniy sifatlar, mashg‘ulotlari tashkil etish, ertalabki badan tarbiya,
sog‘likni mustahkamlash.
Аннотация
В данной статье дается широкое определение привлечения молодежи к
физическому воспитанию и национальному виду спорта - борьбе куреш в нашей
стране, а также определения возрастных категорий при выборе национального
вида спорта - борьбы куреш, предотвращения травматизма мышц и связок,
основных критериев планирования физических нагрузок с учетом
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
188
ISSN:3030-3621
соответствующего подхода к возрасту, полу и уровню здоровья борцов при
выборе физических нагрузок.
Ключевые слова:
Национальный вид спорта куреш, спортсмены,
тренеры, тренировка, спортивный отбор, физические качества, организация
занятий, утренняя физическая культура, укрепление здоровья.
Annotation
This article provides a comprehensive definition of attracting youth to physical
education and the national sport of wrestling - kurash in our country, as well as defining
age categories in choosing the national sport of wrestling - kurash, preventing muscle
and ligament injuries, and the main criteria for planning physical loads with an
appropriate approach to the age, gender and health level of wrestlers when selecting
physical loads.
Key words:
National sport kurash, athletes, coaches, training, sports selection,
physical qualities, organization of classes, morning physical education, health
strengthening.
Kirish
Bugingi kunda Mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport
sog‘lomlashtirish tadbirlaridan biri kurash mashg‘ulotlariga jalb etish hisoblanadi.
Kurash mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lishiga qaramay mustaqil
mashg‘ulotlar ham muhim o‘rinda turadi. Jismoniy fazilatlarni kurash mashg‘ulotlari
yordamida har tamonlama rivojlantirish organizm barcha funktsiyalarini muvofiqlikda
takomillashuvi, ishchanlik qobiliyatini ortirish, sog‘likni mustahkamlashga
imkoniyatlar yaratadi. Jismoniy yuklamalarni tanlashda kurashchilar yoshi, jinsi va
salomatligi darajasiga muvofiq yondoshish jismoniy yuklamalarni rejalashtirishning
asosiy mezoni bo‘ladi [1].
Yoshlarni kurash turlari bilan shug‘ullanishga ommaviy jalb etish hozirgi kunda
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib
kelmoqda. Bu muammolarni hal etishda yoshlar sportga bo‘lgan munosabatini
shakllantirishda o‘zlarini shaxs hamda jamiyat a’zosi sifatida ko‘rishlari maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Bu jarayonlarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport
sog‘lomlashtirish tadbirlariga ommaviy jalb etishda subektiv va obektiv omillar rol
o‘ynaydi [2].
Obektiv omillarga kurash zallari moddiy texnika bazasi, kurash mashg‘ulotlari
maqsadi va vazifalari, kurashchilar tayyorlashning me’yoriy talablari, kurash
mutaxassislari kasbiy mahoratlari, shug‘ullanuvchilar sog‘ligi holati, mashg‘ulotlar
o‘tkazilish soni va davomiyligi hamda mashg‘ulotlar saviyasini kiritish mumkin [3].
Subektiv omillarga esa yoshlarni kurash mashg‘ulotlari va ommaviy jismoniy
tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlariga bo‘lgan munosabatlarni ko‘rsatish mumkin.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
189
ISSN:3030-3621
Yoshlarning kurash mashg‘ulotlariga munosabatlari ularning shaxsiy qiziqishlari,
jismoniy qobiliyatlari va intilishlari zamirida shakllanadi. Shu bilan ularda kurash bilan
shug‘ullanishga extiyoj, o‘z sog‘ligini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarda ishtrok
etish istagi hosil bo‘ladi. Kurash mashg‘ulotlari yoshlar bo‘sh vaqtlarini samarali
tashkil etish, sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish, sport mahoratlarini
ortirish vazifalarini hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Yoshlarni kurash mashg‘ulotlarida
umumiy
va
maxsus
sport
tayyorgarliklarini
takomillashtirishda
mustaqil
mashg‘ulotlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi [4].
Mustaqil mashg‘ulotlar shakllari ularning maqsad va vazifalariga muvofiq
tashkil etiladi. Ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlari ertalab uyqudan turgandan so‘ng
bajariladigan umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlardan iborat bo‘ladi. Mashqlar
barcha muskul guruhlari va tana qismlari uchun berilib, egiluvchanlik va nafas olish
mashqlaridan tashkil topadi. Statik zo‘riqish talab etiladigan mashqlar bajarish tavsiya
etilmaydi. Jixozlar bilan mashqlar, arqonchada sakrash, rezina espanderlarda mashqlar,
koptoklar bilan mashqlar bajarish mumkin. Ertalabki badan tarbiya mashqlaridan so‘ng
o‘zini massaj qilish va suv muolajalarini qabul qilish tavsiya etiladi [5].
Mustaqil mashg‘ulotlarda kurash mashqlari va jismoniy fazilatlarni
rivojlantirish oilada yoki yashash joyidagi sport maydonida bajariladi. Mashg‘ulotlar
jismoniy
fazilatlarni
rivojlantirish,
harakat
malaka
va
ko‘nikmalarni
takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Shuningdek mustaqil mashg‘ulotlarda
kurashchilar yurish, yugurish, kross, suzish, harakatli va sport o‘yinlari, ritmik
gimnastika, atletizm mashg‘ulotlari, turizm va sayohatlar bilan shug‘ullanishlari
mumkin. Mustaqil mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishda kurash murabbiylari uslubiy
tavsiyalar berib boradilar [6].
Hozirgi kunda kurash milliy sporti usullariga o‘rta maktablar, kasb hunar
kollejlari, oliy ta’lim tizimi jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatilmoqda. Sport
maktablarining kurash to‘garaklarida mutaxassis sportchilar tayyorlashning pedagogik
jarayoni davr talabiga muvofiq takomillashib bormoqda. Malakali sportchi
kurashchilar tayyorlash jarayoni ko‘p bosqichli va kurashchilardan muntazam
jismoniy, texnik- taktik va nazariy hamda ma’naviy iroda tayyorgarligi, mashaqqatli
mexnat talab etadigan pedagogik jarayon hisoblanadi [7].
Kurash usullari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bolalikdan, oiladan qolaversa,
BO‘SM kurash to‘garaklaridan, sport kollejlari kurash gilamlaridan boshlanadi.
Kurashchilarni tayyorlash jarayoni boshlang‘ich mutaxassislik bosqichi,
mutaxassislikka erishish bosqichi hamda kurash sporti bo‘yicha yuksak natijalarga
erishish bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Malakali kurashchilar tayyorlash, kelajakda
yuksak natijalarga erishish asosi esa to‘g‘ri tashkil etilgan yosh kurashchilarni saralash
va sportga yo‘naltirish tadbirlari bilan hal etiladi. Shuning uchun yosh kurashchilarning
murabbiylari ancha murakkab pedagogik jarayonni boshqaradilar.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
190
ISSN:3030-3621
Jismoniy rivojlanishlar, shaxsiy qiziqishlar va qobiliyatlariga ko‘ra saralangan
kurashchilarning trenirovka mashg‘ulotlarini tashkil etishda bir qator tarbiyaviy
jarayonlar amalga oshiriladi [8].
Masalan kurashchilarning boshlang‘ich mutaxassislik bosqichida kurash
usullarining asosiy texnik harakatlari, siljishlar, gavda, qo‘l va oyoq harakatlarining
malaka va ko‘nikmalarini egallash, uloqtirish, himoyalanish, aldov harakatlari kabi
hujum va himoya texnikasi shakllari o‘rgatiladi. Shu bilan birga yosh kurashchilarning
umumiy jismoniy fazilatlaridan kuch-tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik hamda
chaqqonlik fazilatlari rivojlantiriladi. Kurashchilarning maxsus jismoniy sifatlari
hisoblangan koordinatsion qobiliyatlar-harakatlar uyg‘unligi, makonni va zamonni xis
qilish qobiliyatlari ham takomillashtirilib boriladi [9].
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan bizga ma’lumki chaqqonlik
fazilati harakatlarni tez va samarali bajara olish hamda harakat faoliyatini uyg‘un holda
tez o‘zgartira olish qobiliyatidir. Demak chaqqonlik qobiliyatining asosini tashkil
etuvchi koordinatsion qobiliyatlar fiziologik mexanizm bo‘yicha amalga oshadi. Ya’ni
koordinatsion qobiliyatlar takomillashuviga jismoniy harakatlarni bajarish, ortirilgan
refleks darajasiga ko‘tariladi. Psixologik nuqtai nazardan esa kurash harakatlarini tez
va samarali egallashda kurashchining shaxsiy qiziqishlari, ixtirochiligi, o‘zini boshqara
olish qobiliyatlari muhim o‘rin tutadi [10].
Bizga ma’lumki kurash usullari bir jihatdan raqibning harakatlari va ularni
boshqarish, undan foydalanish, usullarni qulay sharoitlarda qo‘llash bilan ajralib
turadi. Bu harakatlarning barchasi kurashchilarning koordinatsion qobiliyatlarini
takomillashtirishni talab etadi.
Ko‘rinib turibdiki kurash murabbiylarining boshlang‘ich mutaxassislik
tayyorgarligi bosqichidagi asosiy vazifalaridan biri chaqqonlikni rivojlantiruvchi
mashqlar yordamida kurashchilarning koordinatsion qobiliyatlarini shakllantirish va
izchil takomillashtirishdir [11].
Kurash bo‘yicha oliy toifali murabbiylar, yuqori malakali sportchilar tayyorlash
tizimi shakllanib kelmoqda. Kurash sporti bilan olimlarning ta’kidlashicha 10-12
yoshdan shug‘ullanish mumkin. Bu yoshda bolalarning ruhiy, axloqiy fazilatlari
shakllangan xarakter ko‘rinishlari vujudga kelgan bo‘ladi. Ularning kurash bo‘yicha
bellashish, malaka va ko‘nikmalarini egallashda muhim rol o‘ynaydi. Axloqiy
fazilatlardan qo‘rqmaslik, botirlik, mardlik, o‘z imkoniyatlarini baholash, rahim-
shavqat, izzat va hurmat, qo‘rqinchlarni enga olish qobiliyati va fazilatlari kurash
sportida etakchi o‘rinda tutadi. Shunga qaramay boshqa sport turlari kabi kurash ancha
yosharib ketgan. Bolalarning jismoniy qobiliyatlari, shaxsiy qiziqishlari hamda ruhiy
tayyorgarliklari va shaxsiy xarakterlarining xususiyatlariga muvofiq 6-7 yoshdan xam
shug‘ullanish mumkin. Bu yoshdagi bolalarning sport mashg‘ulotlari, kurash sporti
xarakatlarini egallashga hamda jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
191
ISSN:3030-3621
kerak. Bu yoshdagi kurashchilarni bellashish harakatlari, manikenlarni uloqtirishlar
shakllantirilib va rivojlantiriladi. Kurashchilarning asosiy harakatlari uloqtirish
mashqlarini egallashga qaratilgan bo‘ladi.
Murabbiylar kurashchilar trenirovka jarayonini tashkil etishda, bolalarni kurash
usullariga yo‘naltirish va dastlabki saralash tadbirlarini o‘tkazadi. Bunda deyarli bir xil
yoshdagi bolalar guruhi saralanadi. Ko‘p hollarda kurash bilan shug‘ullanishga jalb
etilgan o‘g‘il bolalar va qiz bolalar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng, shifokor
tavsiyasi bilan kurash mashg‘ulotlariga qo‘yiladi. Keyingi tibbiy nazoratda bolalarni
jismoniy rivojlanishi, organizmning morfologik funksiyalarini takomillashib borishi,
antropometrik ko‘rsatkichlarning o‘sish dinamikasi o‘rganiladi. Shunga muvofiq
murabbiylar trenirovka jarayonini rejalashtiradi, hamda jismoniy yuklamalar ta’sirini
me’yorlab turadi.
Kurash dastlabki guruh a’zolarining trenirovka mashg‘ulotlari sikli bir haftada
uch marotaba bo‘lib davomiyligi 1-1,5 soatni tashkil etadi. Takomillashtirish guruhi
a’zolari bo‘lgan kurashchilarning trenirovka mashg‘ulotlari sikli haftasiga 5 kun
tashkil etib davomiyligi 2 soatgacha bo‘ladi. Shuningdek ular reja asosida sport
musobaqalariga va tadbirlariga jalb etilgan.
Hozirgi kunga kelib barcha sport turlari kabi kurash sporti ham yosharib ketgan.
Bolalar ota-onalari tavsiyalari bilan hamda o‘z hoxishlariga ko‘ra 6-7 yoshdan kurash
bilan shug‘ullanish uchun jalb etilmoqda. Bunday yoshdagi bolalarning sport
mashg‘ulotlarini tashkil etishda murabbiylarga qo‘yiladigan pedagogik hamda metodik
tavsiyalar bolalarni ruhiy jabrlanishni oldini olish organizmiga me’yoridan ortiq
jismoniy yuklamalar bermaslik, shuningdek, bellashuv jarayonlarida keskin
uloqtirishlardan foydalanmaslik qattiq talab etiladi. Kurash mashg‘ulotlari tashkil
etishda quyidagi uslubiy tavsiyalarga katta e’tibor berish maqsadga muvofiq.
1. Kurash sport turiga bolalarni saralash, ularni jismoniy qobiliyatlari, shaxsiy
xususiyatlari hamda ruhiy tayyorgarliklarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
2. Yosh kurashchilarning dastlabki sport tayyorgarlik jarayonlari ularning texnik
va jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etishga qaratilgan bo‘ladi.
3. Yosh kurashchilarning texnik tayyorgarliklarida kurash xarakatlarining asosiy
shakllari bo‘lgan turish, qo‘l va oyoq xarakatlari, hujum xamda ximoya xarakatlarini
to‘liq egallashga e’tibor berish kerak.
4. Dastlabki sportga tayyorgarlik jarayonlarida xarakatlar texnikasini egallashda
xatolarni muvaffaqiyatli bartaraf etish va jismoniy qobiliyatlarini hamda shaxsiy
xususiyatlariga mos bo‘lgan xarakatlarni muntazam takomillashtirish tavsiya etiladi.
5. Yosh kurashchilar dastlabki sport tayyorgarilk jarayonlarida jismoniy
fazilatlar kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini ham
muvofiq ravishda rivojlantirib borish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
46-son_1-to’plam_Iyun -2025
192
ISSN:3030-3621
6. Yosh kurashchilarni dastlabki sport tayyorgarliklarida ularning axloqiy, ruhiy
va iroda tayyorgarliklariga xam katta e’tibor berish kelajakda yuqori malakali
sportchilar tayyorlashning asosiy omili bo‘ladi.
Murabbiylar kurashchilar trenirovka jarayonini tashkil etishda, bolalarni kurash
usullariga yo‘naltirish va dastlabki saralash tadbirlarini o‘tkazadi. Bunda deyarli bir hil
yoshdagi bolalar guruhi saralanadi. Ko‘p hollarda kurash bilan shug‘ullanishga 10-12
yosh o‘g‘il bolalar va 12-14 yosh qiz bolalar jalb etiladi. Ular dastlabki tibbiy ko‘rikdan
o‘tgandan so‘ng, shifokor tavsiyasi bilan kurash mashg‘ulotlariga qo‘yiladi. Jismoniy
tayyorgarlikka ega bo‘lgan, kurashga shaxsiy qiziqishlari va qobiliyatlari bo‘lgan
bolalarni kurash mashg‘ulotlariga ko‘plab jalb etish zarur. Yana shuni e’tiborga olish
kerakki Mamlakatimizda har bir oilalarida kurash usullari bilan shug‘ullanish milliy
an’ana va urf odat darajasiga ko‘tarilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1]. Ashmarin B.A., Zavyalov L.K., Kuramshin Yu.F. Pedagogika fizicheskoy
kulturo’: Uchebnoe posobie dlya studentov uchebno’x zavedeniy. SPb.; LGOU, 1999.
[2]. Vo’drin V.M. Deyatelnost spetsialistov v sfere fizicheskoy kulturo’: Uchebnoe
posobie. SPb., 1997.
[3]. Godik M.A. Sportivnaya metrologiya: Ucheb. dlya in-tov fiz. kult. – M., 1988.
[4]. Lyax V.I. Testo’v fizicheskom vospitanii shkolnikov. – M., 1998.
[5]. Maksimenko A.M. Osnovo’ teorii i metodiki fizicheskoy kulturo’. – M., 1999.
[6]. Matveev L.P. Teoriya i metodika fizicheskoy kulo’turo’. Uchebnik dlya institutov.
fiz. kulturo’. M. FiS.1991.
[7]. Matveev L.P. Obhaya teoriya sporta: Uchebnik. – M., 1997.
[8]. Smirnov Yu.I., Polevhikov M.M. Sportivnaya metrologiya: Uchebnik. – M., 2000.
[9]. Metodika fizicheskogo vospitaniya uchahixsya 10-11 klassov: Posobie dlya
uchitelya g’ Pod red. V.I.Lyaxa. – M., 1997.
[10]. Nastolnaya kniga uchitelya fizicheskoy kulturo’ g’ Pod red. L.B.Kofmana. – M.,
1998.
[11]. Osnovo teorii i metodiki fizicheskoy kulturo’: Ucheb. dlya texnikumov
fiz.kult.g’Pod red. A.A.Gujalovskogo. –M., FiS.1986.