Mualliflar

  • XASHIMOVA KAMOLA MADIYARBEKOVNA

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111965

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: tafakkur maktabgacha yosh psixologik omillar o‘yin mobil qurilmalar uyali aloqa vositalari Interaktiv o‘yinlar Raqamli texnologiyalar mantiqiy fikrlash diqqat ko‘z salomatligi Vizual rivojlanish O‘yin orqali o‘rganish psixologik rivojlanish Raqamli ko‘z sindromi ekran vaqtining cheklanishi.

Annotasiya

Annotatsiya 
Mazkur maqolada uyali aloqa vositalarida mavjud bo‘lgan qiziqarli o‘yinlarning 
maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Bolaning 
mantiqiy  fikrlash,  muammoli  vaziyatni  hal  qilish,  xotira  va  diqqat  kabi  psixik 
jarayonlarini  rag‘batlantirishda  interaktiv  o‘yinlarning  ijobiy  ta’siri  ko‘rsatilgan. 
Shuningdek, ko‘z shifokorlari (oftalmologlar) tomonidan berilgan fiziologik tavsiyalar 
asosida,  mobil  qurilmalardan  foydalanishda  sog‘liqni  saqlash  jihatlari  ham  hisobga 
olingan.  Maqolada  ota-onalar  va  pedagoglarning  nazorati  ostida  axborot-
kommunikatsiya vositalaridan maqsadli foydalanish bolaning aqliy va vizual rivojiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

252

ISSN:3030-3621

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TAFAKKURINI

RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

XASHIMOVA KAMOLA MADIYARBEKOVNA

TOSHKENT AMALIY UNIVERSITETI

PSIXOLOGIYA YONALISHI 1-KURS

PP-08 GURUH MAGISTRANTI

Annotatsiya

Mazkur maqolada uyali aloqa vositalarida mavjud bo‘lgan qiziqarli o‘yinlarning

maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Bolaning
mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyatni hal qilish, xotira va diqqat kabi psixik
jarayonlarini rag‘batlantirishda interaktiv o‘yinlarning ijobiy ta’siri ko‘rsatilgan.
Shuningdek, ko‘z shifokorlari (oftalmologlar) tomonidan berilgan fiziologik tavsiyalar
asosida, mobil qurilmalardan foydalanishda sog‘liqni saqlash jihatlari ham hisobga
olingan. Maqolada ota-onalar va pedagoglarning nazorati ostida axborot-
kommunikatsiya vositalaridan maqsadli foydalanish bolaning aqliy va vizual rivojiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:

tafakkur, maktabgacha yosh, psixologik omillar, o‘yin, mobil

qurilmalar, uyali aloqa vositalari, Interaktiv o‘yinlar, Raqamli texnologiyalar,
mantiqiy fikrlash, diqqat, ko‘z salomatligi, Vizual rivojlanish, O‘yin orqali o‘rganish,
psixologik rivojlanish, Raqamli ko‘z sindromi, ekran vaqtining cheklanishi.

Kirish:

Maktabgacha yosh (3–6 yosh) – bu bolaning psixik rivojlanishida eng

muhim va mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Ushbu davrda bola atrof-muhitni anglaydi,
o‘ziga xos dunyoqarashga ega bo‘la boshlaydi va tafakkur jarayonlari shakllanadi. Shu
sababli, bolalarning tafakkurini rivojlantirish masalasida pedagogik va psixologik
tadqiqod metadalogiyasi va psixodiagnostik metodlarini talab etadi.

Asosiy qism:

Tafakkur – bu ongli aks ettirish, muammoni hal qilish, tahlil va sintez qilish

qobiliyatidir. Psixologiyada tafakkur kognitiv jarayon sifatida o‘rganiladi va u nutq,
tasavvur, xotira bilan chambarchas bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur
hali yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi, lekin bu davrda u asosiy shakllanish bosqichini
bosib o‘tadi.

Tafakkur turlarining namoyon bo‘lishida maktabgacha yoshdagi bolalarda

quyidagi tafakkur turlari ko‘zga tashlanadi:

1)

Ko‘rgazmali-amaliy tafakkur: Bola o‘yinchoqlar bilan harakatlar qilib,

narsalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglaydi.

2)

Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur: Tasviriy o‘yinlar, rasm chizish orqali

rivojlanadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

253

ISSN:3030-3621

3)

Og‘zaki-mantiqiy tafakkur: Savol-javob, tushuntirish, sabab-oqibatni

tushunishga asoslanadi.

Tafakkurni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar. Bola tafakkurining

shakllanishiga quyidagi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi:

Nutq rivoji, Atrof-muhit (estetik, intellektual muhit), Kattalarning muloqoti va

rag‘batlantiruvchi yondashuvi, Rivojlantiruvchi o‘yinlar va topshiriqlar.

Bolalarning tafakkurini rivojlantiruvchi psixologik jarayonlar (obrazli, amaliy,

og‘zaki-mantiqiy tafakkur) va ularni rivojlantiruvchi omillardan biridir.

Bolaning psixik rivojlanishida masalasida pedagogik va psixologik tadqiqod

metadalogiyasi va psixodiagnostik metodlarini talab etadi.


Tadqiqot metodologiyasining maqsadi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur jarayonlarining shakllanishi va

rivojlanishini o‘rganish, ularning psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda bu
jarayonga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash. Tadqiqot obyekti 3–6 yoshdagi
maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnaydigan bolalardan iboratdir.

Tadqiqot metodlari:
1-Nazariy tahlil: Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish
2- Amaliy tadqiqot: Psixodiagnostik usullar orqali tajriba o‘tkazish
3- Kuzatuv: Bolalarning o‘yin, suhbat, mashg‘ulotlaridagi faoliyatini kuzatish
4-Suhbat (intervyu): Ota-onalar, tarbiyachilar va bolalar bilan suhbatlar

o‘tkazish

5- Tajriba (eksperiment):
Rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali tafakkur faoliyatini baholash (usullar)
“Oddiy va murakkab obyektlarni taqqoslash” usuli

Maqsadi:

Bola tomonidan o‘xshashlik va farqni ajratish qobiliyatini aniqlash

Yosh:

4–6 yosh

Ko‘rinish:

Ikki rasmdagi hayvonlar, buyumlar taqdim etiladi; bola ularni

taqqoslab, farqlarni aytishi kerak

“Piramidani yig‘” testi (Ko‘rgazmali-amaliy tafakkur)

Maqsadi: Bola tafakkurining amaliy shaklini aniqlash
Topshiriq: Kichikdan kattaga qarab, halqalarni yoki bloklarni joylashtirish
Baholash: To‘g‘ri ketma-ketlik va mantiqiy tartibni aniqlay olish

“Nimani avval olamiz?” testi (Sirasini aniqlash)

Maqsadi: Voqealar ketma-ketligini tushunish, sabab-oqibat munosabatini

aniqlash

Material: Suratlar yoki kartochkalar ketma-ketlik bilan
Topshiriq: Bola suratlarni voqealar tartibida joylashtiradi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

254

ISSN:3030-3621

O‘yin, mashg‘ulot va muhitning roli- O‘yinlar tafakkurni rivojlantirishda asosiy

vositadir. Ayniqsa, mantiqiy o‘yinlar, konstruktorlar, rolli o‘yinlar, muammoli
vaziyatlar bolaning mustaqil fikrlashini shakllantiradi. Mashg‘ulotlar esa tartibli va
maqsadli bilim berishga xizmat qiladi.

Pedagog va ota-onaning o‘rni- Pedagog va ota-onaning to‘g‘ri yondashuvi

bolani mustaqil fikrlashga, muammoni tahlil qilishga va to‘g‘ri qaror qabul qilishga
o‘rgatadi. Ular bolaning har bir savoliga jiddiy yondashib, uni izlanishga undashi
kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirishning psixologik

xususiyatlari haqida mutafakkirlarning fikrlarini ko’rib chiqamiz.

J.J. Russo - “Bolaning tafakkuri tabiiy ravishda rivojlanadi. Uni shoshiltirish

emas, balki bor imkoniyatlari bilan qadamma-qadam ochib borish kerak.”

L.S.Vygotskiy - “Bola tafakkuri o‘yin faoliyati orqali ijtimoiy tajribani

o‘zlashtiradi va mantiqiy fikrlash shakllanadi. O‘yin - bu tafakkurning boshlang‘ich
bosqichidir.”

Zamonaviy jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) har bir

sohada, jumladan, ta'lim tizimida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun bu vositalardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish ularning
tafakkurini rivojlantirishda ijobiy rol o‘ynaydi.

AKT vositalari orqali bolalar yangi bilim va tasavvurlarni osonlik bilan

egallaydilar. Interaktiv o‘yinlar, multfilmlar, elektron darsliklar va ilovalar bolaning
tafakkurini o‘stirish, mantiqiy fikrlashini kuchaytirishda kattakon imkoniyatlar
yaratadi.

Masalan, interaktiv ta'lim dasturlari yordamida bola ranglar, shakllar, sonlar,

atamalar va muammolarni hal qilishni o‘rganadi. Bu jarayonda bolaning obrazli,
ko‘rgazmali-amaliy va mantiqiy tafakkuri birgalikda faollashadi. AKT vositalari
shuningdek, mustaqil fikrlashni, muammoli vaziyatda yo‘l topishni o‘rgatadi.

Tarbiya jarayonida multimedia materiallari, audio ertaklar, bolalar uchun

maxsus yaratilgan dasturlar va ilovalar maktabgacha yoshdagi bolalarda tahliliy
fikrlash, xotira, diqqat va tafakkur jarayonlarini faol ishlatishga undaydi.

Uyali aloqa vositalardagi o‘yinlarning bola tafakkuriga ijobiy ta’siri

haqida mutaxassislar fikriga nazar solsak,

Howard Gardner (AQSh, ko‘p intellekt nazariyasi muallifi) - “Raqamli o‘yinlar

bola tafakkurining muayyan turlarini — masalan, mantiqiy-matematik, fazoviy va
musiqiy intellektni rivojlantiradi.”

Seymour Papert (MIT, konstruktsionizm nazariyasi muallifi) - “Bola interaktiv

o‘yinlar orqali nafaqat o‘rganadi, balki yaratadi. Tafakkur shu yo‘l bilan chuqurlashadi
va mustahkamlanadi.”


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

255

ISSN:3030-3621

Marc Prensky - “Zamonaviy bolalar raqamli o‘yinlar orqali fikrlash

strategiyalarini, tez va aniq qaror qabul qilishni o‘rganadi. Bu tafakkurning zamonaviy
ko‘rinishidir.”

Shunday ekan hozirgi kunda mobil qurilmalar va uyali aloqa vositalari bolalar

hayotida keng o‘rin egallagan. Ular nafaqat aloqa vositasi, balki o‘yin-kulgi va ta’lim
vositasi sifatida ham faol qo‘llanilmoqda. Qiziqarli va interaktiv o‘yinlar bolalarda
tafakkur, xotira, mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish kabi ko‘plab
psixik jarayonlarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Mobil qurilmalardagi o‘yinlar
orasida mantiqiy topshiriqlar, pazllar, moslik topish, shakl va ranglarni ajratish,
matematik misollar yechish kabi ko‘plab turdagi dasturlar mavjud. Bunday o‘yinlar
bolalarning tafakkurini faollashtiradi, ularni izchil fikrlashga o‘rgatadi.

Masalan, 'ABC Kids', 'Thinkrolls', 'Logic Land', 'Math Kids' kabi o‘yinlar

orqali bola mantiqiy bog‘liqliklarni topish, qiyin vaziyatlardan chiqish, muammolarni
bosqichma-bosqich hal qilish ko‘nikmalarini egallaydi. Bunday faoliyat bola
tafakkurining ko‘rgazmali-obrazli va og‘zaki-mantiqiy turlarini rivojlantiradi.

Psixologik foydalari Uyali qurilmalardagi foydali o‘yinlar bolaning quyidagi

jihatlarini rivojlantiradi:

- Mantiqiy tafakkur
- Tahlil qilish va sintezlash
- Muammo yechishga yo‘naltirilgan fikrlash
- Mustaqil qaror qabul qilish
- Diqqat va xotira
Kelin endi biz mobil qurilmalardan meyoridan ortiqcha foydalanishning zarar

tamonlarini ko’z shifokorlarning bu boradagi fikrlarini ko’rib chiqamiz. Ko‘z
salomatligi nuqtai nazaridan ehtiyotkorlikni talab qiladi. Ko‘z shifokorlari
(oftalmologlar) bu borada fiziologik nuqtai nazar bir qator tavsiyalar beradi.

Ko‘z shifokorlarining ta’kidlashicha, mobil qurilmalardagi o‘yinlar bolalarda

mantiqiy fikrlash, tez qaror qabul qilish, diqqatni jamlash kabi tafakkur ko‘nikmalarini
shakllantiradi. Biroq, uzoq vaqt davomida ekranga tikilish ko‘z mushaklarining
charchashiga, ko‘rish keskinligining pasayishiga va ‘raqamli ko‘z sindromi’ (digital
eye strain)ga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun shifokorlar quyidagi fiziologik tavsiyalarni beradi:

Har 20 daqiqada 20 soniya davomida uzoqqa qarash (20-20 qoidasiga amal

qilish)

Mobil qurilmalardan foydalanish vaqtini cheklash (5–7 yoshdagilar uchun

kuniga 30 daqiqagacha)

Yorug‘lik yetarli bo‘lgan muhitda foydalanish
Ko‘zga mo‘ljallangan dam olish mashqlarini bajarish.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

256

ISSN:3030-3621

Ota-ona va pedagogning roli juda muhimligini ta’kidlab o’tish lozim. Mobil

qurilmalardan foydalanishda kattalarning nazorati va yo‘naltirishi muhim. Ota-onalar
bolaning yoshiga mos bo‘lgan o‘yinlarni tanlab berishlari, o‘yin vaqtini me’yorida
belgilashlari va bolaning o‘yin orqali qanday ko‘nikmalarni o‘zlashtirayotganini
kuzatib borishlari lozim.

Xulosa
Uyali aloqa vositalaridagi o‘yinlar bolaning tafakkurini rivojlantirishda foydali

bo‘lishi mumkin. Biroq bu vositalardan foydalanishda ko‘z salomatligini asrash, vaqtni
nazorat qilish va fiziologik holatni e’tiborga olish juda muhimdir. Shifokorlar nazorati
ostida va me’yorida foydalanilsa, raqamli texnologiyalar bolaning aqliy hamda vizual
rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mobil qurilmalardagi qiziqarli va interaktiv o‘yinlar bolalarning tafakkurini

rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Ular bolada ijodkorlik, tahlil qilish, mustaqil
fikrlash va muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. To‘g‘ri
tanlangan o‘yinlar va pedagogik yondashuv bolaning aqliy rivojiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur jarayonlarini rivojlantirish ularning

kelajakdagi intellektual salohiyatini belgilaydi. Shu boisdan pedagoglar, psixologlar va
ota-onalar bu jarayonda faol ishtirok etib, bolaning aqliy faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashlari zarur. Rivojlantiruvchi o‘yinlar, suhbatlar, ertaklar, savol-javoblar
bolaning tafakkurini faollashtiruvchi samarali usullardandir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Vygotskiy, L.S. Tafakkur va nutq. – Moskva: Pedagogika, 1982.

2.

Piaget, J. Bolalar tafakkurining rivojlanishi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990.

3.

Gardner, H. Multiple Intelligences: The Theory in Practice. – New York: Basic
Books, 1993.

4.

Papert, S. Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas. – MIT Press,
1980.

5.

Prensky, M. Digital Natives, Digital Immigrants. – On the Horizon, 2001.

6.

Rasulova, N. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi,
2019.

7.

Shomurodova, D. Axborot texnologiyalarining bolalar rivojiga ta’siri. – “Ta’lim va
rivojlanish” jurnali, 2021, №2.

8.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). Children and screen time: How much is
too much?, 2020.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni rivojlantirish dasturi. – Toshkent, 2022.

10.

Mahmudova, M. Raqamli vositalarning bolalar salomatligiga ta’siri. – “Psixologiya
va pedagogika” jurnali, 2023, №4.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Vygotskiy, L.S. Tafakkur va nutq. – Moskva: Pedagogika, 1982.

Piaget, J. Bolalar tafakkurining rivojlanishi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990.

Gardner, H. Multiple Intelligences: The Theory in Practice. – New York: Basic

Books, 1993.

Papert, S. Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas. – MIT Press,

Prensky, M. Digital Natives, Digital Immigrants. – On the Horizon, 2001.

Rasulova, N. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi,

Shomurodova, D. Axborot texnologiyalarining bolalar rivojiga ta’siri. – “Ta’lim va

rivojlanish” jurnali, 2021, №2.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). Children and screen time: How much is

too much?, 2020.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi. Maktabgacha yoshdagi

bolalarni rivojlantirish dasturi. – Toshkent, 2022.

Mahmudova, M. Raqamli vositalarning bolalar salomatligiga ta’siri. – “Psixologiya

va pedagogika” jurnali, 2023, №4.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари