Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
68
ISSN:3030-3621
MANTIQIY OPERATSIYALAR VA SHARTLI IFODALARDAN
FOYDALANISH
Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich
Farg‘ona davlat unversiteti katta o’qituvchisi
Abduvahobova Ozoda Begali qizi
Farg‘ona davlat unversiteti 3 – kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu mavzuda Python dasturlash tilida mantiqiy operatsiyalar
(and, or, not) va shartli ifodalar (if, elif, else) yordamida dastur oqimini boshqarish
usullari ko‘rib chiqiladi. Mantiqiy operatorlar orqali shartlarni tekshirish va ular
asosida turli qarorlar qabul qilish mexanizmlari tushuntiriladi. Amaliy misollar orqali
foydalanuvchi kiritmalariga javob qaytarish, turli holatlarni aniqlash va dastur
kodining mos ravishda ishlashini ta’minlash usullari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Python, mantiqiy operatorlar, and, or, not, if, elif, else, shartli
ifodalar, qaror qabul qilish, kod oqimi.
Annotation:
This topic explores the use of logical operations (and, or, not) and
conditional expressions (if, elif, else) in the Python programming language. It explains
how these structures are used to control program flow and make decisions based on
conditions. Practical examples demonstrate how to handle user input, evaluate
different scenarios, and execute code accordingly.
Keywords:
Python, logical operators, and, or, not, if, elif, else, conditional
expressions, decision-making, control flow.
Аннотация:
В данной теме рассматривается использование логических
операций (and, or, not) и условных выражений (if, elif, else) в языке
программирования Python. Объясняется, как с помощью этих конструкций
управлять потоком выполнения программы и принимать решения на основе
условий. Приводятся практические примеры обработки пользовательского
ввода и реализации различных сценариев поведения программы.
Ключевые слова:
Python, логические операторы, and, or, not, if, elif, else,
условные выражения, принятие решений, поток выполнения.
Kirish.
Zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar va mantiqiy muammolarni
yechishda mantiqiy operatsiyalar va shartli ifodalar muhim o‘rin egallaydi. Ular
kompyuterga qaror qabul qilish, turli holatlarni tekshirish, shartli natijalarni chiqarish
imkonini beradi. Ushbu maqolada mantiqiy operatsiyalar va shartli ifodalarning
mohiyati, turlari va ular yordamida masalalarni qanday yechish mumkinligi haqida
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
69
ISSN:3030-3621
ma’lumot beriladi. Har qanday dasturiy ta’minot foydalanuvchining harakatlariga yoki
tizim holatiga qarab turli yo‘nalishda ishlashi mumkin. Masalan, foydalanuvchi
yoshini kiritganda, tizim “voyaga yetgan” yoki “voyaga yetmagan” deb chiqarishi
kerak bo‘ladi. Bunday shartli qarorlarni dasturda amalga oshirish uchun mantiqiy
operatsiyalar va shartli ifodalar ishlatiladi.
Mantiqiy operatsiyalar — berilgan hadlari va natijasi mulohaza (fikr) dan iborat
amallar. Berilgan hadlar soniga qarab mantiqiy amallar bir oʻrinli, ikki oʻrinli va h.k.
deb yuritiladi. Bir oʻrinli mantiqiy amallar soni toʻrtta: berilgan fikrdan qatʼi nazar
natijasi doim chin (aynan haqiqat) amal, natijasi doim yolgʻon (aynan yolgʻon) amal,
natijasi berilgan fikr bilan mos tushadigan amal va nihoyat, berilgan fikr chin boʻlsa,
natijasi yolgʻon, berilgan fikr yolgʻon boʻlsa, natijasi chin boʻladigan amal. Soʻnggi
mantiqiy amal bir oʻrinli mantiqiy amallardan eng muhimi boʻlib, u inkor amal
deyiladi. A fikrning inkori ~hA kabi belgilanib, "A emas" deb oʻqiladi. Mas, 1 Oy
sayyora — "Oy sayyora emas", ( 2*2=4) — ikki karra ikki toʻrt emas. Ikkilik kodda
yozilgan mashina soʻzlari ustida Mantiqiy amallar mos razryadlar boʻyicha bajarilib, i
oʻrniga 1, l oʻrniga 0 olinadi, matn shakliga aylantiriladi va maʼlumot koʻrinishida
chiqish qurilmasiga beriladi. Mantiq-informatsion mashina tez ishlashi, "xotira"
hajmining kattaligi bilan oddiy hisoblash mashinalaridan farq qiladi. Mantiq-
informatsion mashina ilmiy tadqiqot natijalarini ishlash, adabiyot topishni
avtomatlashtirish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va transportga oid statistik maʼlumotlarni,
davolash muassasalarida bemorlarni kuzatishdan olingan natijalarni, meteorologik,
seysmologik stansiyalardan, Yer sunʼiy yoʻldoshlaridan olingan maʼlumotni ishlash va
tarjima ishlarida qoʻllaniladi.
Protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini
tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko’rib
chiqamiz. Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan
foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini
anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi
haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap. Mulohazalar sodda va murakkab
boʻlishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bogʻlanmagan hamda faqat bir holatni
ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida
amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab
mulohazalar sodda mulohazalardan “ VA ”, “ YОKI ” kabi bogʻlovchilar, “ EMAS ”
shaklidagi koʻmakchilar yordamida tuziladi.
Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan, A= “Bugun havo
issiq”) qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: “rost” yoki “yolgʻon” mantiqiy
qiymatga ega boʻlishi mumkin. Qulaylik uchun “rost” qiymatni 1 raqami bilan,
“yolgʻon” qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz. A va B sodda mulohazalar bir
paytda rost boʻlgandagina rost boʻladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
70
ISSN:3030-3621
amali mantiqiy koʻpaytirish amali deb ataladi. Bu amalni konyunksiya (lotincha:
conjunctio– bog’layman) deb ham atashadi. Mantiqiy koʻpaytirish amali ikki yoki
undan ortiq sodda mulohazalarni “VA” bogʻlovchisi bilan bogʻlaydi hamda “A va B”
, “A and B” , “A Λ B” , “A·B” kabi koʻrinishda yoziladi. Mantiqiy koʻpaytirishni
ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik jadvali deb ataladi: A va B mulohazalarning
kamida bittasi rost boʻlganda rost boʻladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish
amali mantiqiy qoʻshish amali deb ataladi. Bu amalni dizyunksiya (lotincha: disjunctio
– ajrataman) deb ham atashadi Mantiqiy qoʻshish amali ikki yoki undan ortiq sodda
mulohazalarni “YOKI” bogʻlovchisi bilan bogʻlaydi hamda va “A yoki B”, “A or B” ,
“A V B”, “A + B” kabi koʻrinishlarda yoziladi.
Mantiqiy qoʻshish amalining rostlik jadvali quyidagicha: A mulohaza rost
boʻlganda yolgʻon, yolgʻon boʻlganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish
amali mantiqiy inkor amali deb ataladi. Bu amalni inversiya (lotincha: Inversio –
to’ntaraman) deb ham atashadi Mantiqiy inkor amali “A EMAS” , “not A” , “
ᒣ
A” ,
“” koʻrinishlarda yoziladi. Mantiqiy inkor amalining rostlik jadvali quyidagicha:
Koʻrinib turibdiki, mantiqiy oʻzgaruvchilar, munosabatlar, mantiqiy amallar va qavslar
yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan. Mantiqiy ifodalarda mantiqiy
amallar quyidagi tartibda bajariladi: inkor ( ù ), mantiqiy koʻpaytirish ( Ù ), mantiqiy
qoʻshish ( Ú ). Teng kuchli yoki bir xil amallar ketma-ketligi bajarilayotganda amallar
chapdan oʻngga qarab tartib bilan bajariladi, ifodada qavslar ishtirok etganda dastlab
qavslar ichidagi amallar bajariladi. Ichma-ich joylashgan qavslarda eng ichkaridagi
qavs ichidagi amallar eng avval bajariladi.
Shartli ifodalar— bu dasturlashda yoki mantiqiy fikrlashda maʼlum bir shart
bajarilishiga qarab harakat yoki natija tanlanadigan ifodalardir. Ular odatda: rost (true)
yoki yolgʻon (false) qiymatga ega boʻladigan mantiqiy ifodalar asosida ishlaydi. “Agar
biror narsa rost boʻlsa – bu ishni qil, aks holda boshqa ishni qil” degan mantiqda
ishlaydi.
1.if Operator:
if operatori shartni tekshiradi va agar shart true bo’lsa, tegishli blokni
bajaradi.
if(shart) {
//shart true bo'lsa bajariladigan kod
}
2.else Operator:
else operatori if sharti false bo’lsa bajariladigan kodni belgilash uchun
ishlatiladi.
if (shart) {
// shart true bo'lsa bajariladigan kod
} else {
// shart false bo'lsa bajariladigan kod
}
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
71
ISSN:3030-3621
3. else if Operator:
else if operatori bir nechta shartlarni ketma-ket tekshirish uchun
ishlatiladi. Agar if sharti false bo’lsa, else if sharti tekshiriladi va u true bo’lsa tegishli
kod bloki bajariladi.
4. switch Operator:
switch operatorining ishlash logikasi yuqorida muhokama
qilingan ichma-ich joylashgan if operatorlari konstruksiyasini eslatadi. Biroq, prinsipial
farq shundaki, switch operatorida tekshirilayotgan ifoda faqat butun son yoki belgili
qiymatni qaytarishi mumkin, lekin true yoki false kabi mantiqiy qiymatlarni emas.
switch operatori bir o‘zgaruvchining qiymatini bir nechta ehtimoliy qiymatlar bilan
solishtirib, tegishli kod blokini bajaradi. Bu operator bir nechta else if dan
foydalanishdan ko‘ra qulayroq bo‘lishi mumkin.
switch (o‘zgaruvchi) {
case qiymat1:
// o'zgaruvchi qiymat1 ga teng bo'lsa bajariladigan kod
break;
case qiymat2:
// o'zgaruvchi qiymat2 ga teng bo'lsa bajariladigan kod
break;
// qo'shimcha case bloklari
default:
// o'zgaruvchi hech bir qiymatga teng bo'lmasa bajariladigan kod
}
switch operatori bajarilganida, dumaloq qavs ichidagi ifoda qiymati hisoblanadi. Keyin
bu qiymat har bir case blokining boshida keltirilgan qiymatlar bilan ketma-ketlikda,
yuqoridan pastga qarab, taqqoslanadi. Moslik topilishi bilan, mos keluvchi blokning
buyruqlari bajariladi. switch operatorining nozik jihati shundaki, moslik topilgandan
so’ng, switch operatorining oxirigacha bo’lgan barcha buyruqlar, shu jumladan pastda
joylashgan case bloklaridagi buyruqlar ham bajariladi. Agar faqat bitta blokning
buyruqlari bajarilishini xohlasangiz, bu blokni break operatori bilan yakunlash kerak.
Operatorni default bloki bilan yakunlash mumkin. Ushbu blokning buyruqlari faqat
nazorat qiymatlari bilan hech qanday moslik topilmasa bajariladi. default blok butun
tuzilmani yakunlaydigan blok bo’lgani sababli, unda break operatori ishlatilmaydi.
Xulosa:
Mantiqiy operatorlar va shartli ifodalar dasturlashning eng muhim va ko‘p
qo‘llaniladigan elementlaridandir. Ular kompyuter dasturiga tanlov qilish, qaror qabul
qilish va turli holatlarga mos harakatni bajarish imkonini beradi. Dasturchi biror
muammoni hal qilishda foydalanuvchining kiritgan ma'lumotlarini, dastur holatini yoki
tashqi muhitdagi shartlarni tekshirib, ular asosida dasturning keyingi yo‘nalishini
belgilaydi. Bu esa dasturga moslashuvchanlik va intellektual yondashuvni beradi.
Mantiqiy operatorlar (masalan, AND, OR, NOT, XOR) yordamida bir nechta shartlar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
72
ISSN:3030-3621
birgalikda tahlil qilinadi, bu esa yanada murakkab, real hayotga yaqin shartlarni
ifodalash imkonini yaratadi. Masalan, foydalanuvchining yoshi va ro‘yxatdan o‘tganligi
tekshirilib, unga muayyan ruxsat berilishi mumkin. Aynan shunday amaliy hollarda
mantiqiy operatorlar va shartli ifodalar o‘z kuchini namoyon etadi. Shartli ifodalar (if,
elif, else) esa ushbu mantiqiy tekshiruvlar asosida bajarilishi kerak bo‘lgan amallarni
aniqlaydi. Ular dastur oqimini nazorat qilishda beqiyos vositadir. Har qanday interaktiv,
foydalanuvchi bilan ishlaydigan yoki ma’lumotlarga asoslangan dasturda shartli
ifodalarsiz ishlash deyarli imkonsizdir. Xulosa qilib aytganda, dastur kodining ishlash
mantiqini belgilovchi asosiy vosita sifatida mantiqiy operatorlar va shartli ifodalarni
to‘g‘ri tushunish va ulardan samarali foydalanish — har bir dasturchi yoki texnologiya
bilan shug‘ullanuvchi shaxs uchun zarur ko‘nikmadir. Ushbu bilimlar nafaqat dastur
yozishda, balki kundalik hayotdagi muammolarni tahlil qilish va yechimini topishda
ham mantiqiy yondashuvni kuchaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Informatik ava axborot texnologiyalari: umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-
sinflar uchun darslik M. R. Faysiyeva, D. M. Sayfurov, N. S. Xaytullayeva –
Toshkent: Tasvir, 2020 – 112b
2.
Boltayev B., Azamatov A., Asqarov A., Sodiqov M., Azamatova G. Informatika
va hisoblash texnikasi asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun
darslik. Toshkent: “Cho‘lpon” nomidagi NMIU, 2015. – 160 b.
3.
Chris Roffey. Computer science. Programming book for Python. – USA:
Cambridge university press. 2017, – p. 204
4.
Chris Roffey. Python basics. Coding club. Level 1,2. – USA: Cambridge
university press. 2012, – p. 85
5.
Eric Matthes. Python crash course: a hands-on, project-based introduction to
programming. – San-Francisco: No Starch Press, 2015. – p. 562
6.
Matt Harrison. Illustrated guide to Python 3. 2017, – p. 267
7.
Dan Bader. Python tricks the book. Anja Pircher Design, 2017, – p. 299
8.
Jamie Chan. Learn python in one day and learn it well. – p. 132