Mualliflar

  • Egamberdiyev Arslonbek Jo’rabek o’g’li
  • Joʻrayev Olim Albayevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112107

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: dasturlash tili python assembler Unicon Soft Google Colab IDLE.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Dasturlash  tillari  hozirda  rivojlanib  bormoqda.  Bu  maqola 
dasturlash tillari va ulardan qanday foydalish kerakligini, dasturlashni o’rganmoqchi 
bo’lganlar qaysi dasturlash tilidan boshlashi kerakligini tushuntirib beradi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

269

ISSN:3030-3621

DASTURLASH TILLARI: QAYSI TILDA DASTURLASHNI BOSHLASH

KERAK?

Egamberdiyev Arslonbek Jo’rabek o’g’li

Termiz Davlat Universiteti Kompyuter

Injinering yo’nalishi 1-kurs talabasi

Joʻrayev Olim Albayevich

Termiz Davlat Universiteti Dasturiy

va kompyuter injiniringi kafedrasi

mudiri(PhD), ilmiy rahbar


Annotatsiya

: Dasturlash tillari hozirda rivojlanib bormoqda. Bu maqola

dasturlash tillari va ulardan qanday foydalish kerakligini, dasturlashni o’rganmoqchi
bo’lganlar qaysi dasturlash tilidan boshlashi kerakligini tushuntirib beradi.

Kalit so’zlar

: dasturlash tili , python , assembler, Unicon Soft, Google Colab,

IDLE.

"Dasturlash — bu asosan algoritmlar va ma'lumotlar

tuzilmasini yaratish san'ati."

Donald Knuth

Kirish

Dasturlash tillarini o’rganish hozirda juda ham kerak. Hozida IT sohasi judayam

rivojlanib bormoqda. IT sohasiga kirish uchun esa biz albatta hech bo’lmaganda bitta
dasturlash tilini bilishimiz lozim. Dasturlash tillarini o’rganish darsligini biz
internetdan ham topishimiz mumkin.Daturlash tillari haqida gaplashishdan oldin avval
dasturlash tili aslida nima ekanini bilishimiz lozim.

Dasturlash tili – maʼlumotlar (axborotlar)ni va ularni elektron mashinalarda

ishlash algoritmlari (dasturlari)ni bayon qilish uchun moʻljallangan rasmiy til;
odamning elektron mashina bilan bogʻlanishi uchun ishlatiladigan shartli belgilar
tizimi. Dasturlash tili tabiiy til bilan shartli mashina tili orasidagi oʻrinni egallaydi.
Dasturlash tilining asosiy vazifasi dasturlar tuzish (dasturlash) vositasi boʻlishi, yaʼni
maʼlumotlarni ifodalash va ularni EHM (kompyuter) da ishlashda qoʻllanishidan
iborat

1

. Dasturlash tillari judayam ko’p. Bulardan Python, C++, Java, Java Script eng

mashhurlaridir. Dasturlash tillarni hozirda bizga juda kerak. Chunki hozir hammamiz
ishlatayotgan smartfonlar ichidagi hamma ilovalar va barcha qiziqarli o’yinlar qaysidir
dastur orqali yaratilgan. Dasturlash tillari tarixiga nazar tashlasak.

1

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

270

ISSN:3030-3621

Dasturlash tillari tarixi - dastlabki kompyuterlarni hujjatlashtirishdan tortib, dasturiy
taʼminotni ishlab chiqish uchun zamonaviy vositalarni oʻz ichiga oladi. Ilk dasturlash
tillari juda oʻta tor doirada qoʻllanilishga moʻljallangan boʻlib, ular matematik
belgilarga va shunga oʻxshash tushunarsiz sintaksisga tayangan

2

. Ma’lumotlarga

qaraganda birinchi dasturlash tili Assembler tili hisoblanar ekan.

Assembler (yoki

Assembly)

— bu kompyuter arxitekturasiga yaqin bo‘lgan, past darajadagi dasturlash

tili bo‘lib, u protsessorning instruktsiya to‘plami (ISA) sintaksisi va xususiyatlariga
asoslanadi. Assembler dasturlash tili mashinada bajariladigan kodga o‘ta o‘xshash,
lekin unda inson uchun tushunarliroq qilib yozilgan bo‘ladi

3

. Assembler quyi

darajadagi dasturlash tilidir. Quyi darajadagi dasturlash tili, bu muayyan turdagi
protsessorga yoʻnaltirilgan va uning xususiyatlarini hisobga oladigan dasturlash tili
demakdir. Bunday holda, „quyi“ „yomon“ degani emas, balki bu shuni anglatadiki, til
operatorlari mashina kodiga yaqin va maxsus protsessor koʻrsatmalariga qaratilgan
boʻladi. Assemblar tilining paydo boʻlishi dasturchilarning hayotini sezilarli darajada
osonlashtirdi, chunki endi ular koʻzda miltillovchi nollar va birlar oʻrniga oddiy tilga
yaqin belgilardan iborat buyruqlar bilan dastur yozishlari mumkin edi. Oʻsha vaqt
uchun bu til innovatsiya edi va mashhur edi, chunki u kichik dasturlarni yozishga
imkon berardi, bu esa oʻsha davr mashinalari uchun muhim mezon sanalgan.Ammo u
orqali yirik dasturiy taʼminotlar ishlab chiqish murakkabligi boʻlgani bois uchinchi
avlod tillari hisoblanmish yuqori darajadagi tillarning paydo boʻlishiga olib keldi.
Ammo assemblerdan foydalanish shu bilan tugamadi, u bugungi kungacha tor
doiralarda mashhur boʻlib kelmoqda. Hozirgi vaqtda u dasturlarning alohida qismlarini
yozishda yoki baʼzan dasturlarning oʻzini yozishda qoʻllanadi. Misol tariqasida,
drayverlar, oʻyinlar va operatsion tizimlar yuklagichi (

bootloader

)ni yozishda

assemblerga murojaat etiladi. Shuni unutmaslik kerakki, bu til hakerlar orasida ham
mashhurdir, chunki bu tilda yozilgan dasturning tezligi yuqori darajadagi dasturlash
tilida yozilgan dastur tezligidan ancha yuqori boʻlishidadir. Buning sababi shundaki,
assemblerda yozilgan dastur hajmi juda kichik boʻladi. Antivirus ishlab chiquvchilari
oʻz dasturlarining baʼzi modullarida assemblerdan ham foydalanadilar

4

.

Quyidagi jadvalda siz 2024-yilning yanvar oyidagi dasturlash tillaridan

foydalanish ko’rsatkichini ko’rib turibsiz(1-jadval).

2

History of programming languages. Richard L. Wexelblat. Association for Computing Machinery

New York, June 1978. 795 p.

ISBN 978-0-12-745040-7

3

https://us.uz/uz/news/post-137

Unicon Soft rasmiy sahifasi.

4

https://uz.wikipedia.org/wiki/Dasturlash_tillari_tarixi

nomli wiki sayt.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

271

ISSN:3030-3621

5

1-jadval. Dasturlash tillari top 10 taligi (2024-yil holatiga ko’ra).
Ko’rib turganimizdek bu yerda Assembler dasturlash tili kiritilmagan. Assembler
dasturlash tili juda eski bo’lgani uchun pastki pog’onalarga tushib qolgan. 2024-yil
yanvar oyidagi statistikalarga qaraganda Assembler dasturlash tili 15-o’rinda turganini
ko’ramiz. Bu haqida Unicon Soft xabar beradi. Dasturlashni qaysi dasturlash tilini
o’rganishdan boshlash lozim? Dasturlashni boshlash uchun eng qulay til Python
dasturlash tili hisoblanadi. Chunki Python dasturlash tilining boshlang’ich
tushunchalari qolgan dasturlash tillaridan osonroq. Guido van Rossum 1980-yillarning
oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va
birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi

6

. Unicon Soft

taqdim etgan jadvalda ko’rinib turganidek Python dasturlash tili dunyo bo’yicha
birinchi o’rinda turadi. Python dasturlash tilining afzallik taraflaridan biri bu undagi
dasturlash muhitlarining ko’pligidadir. Python dasturlash tilidan hattoki NASA,
Google, DreamWorks, Firaxis Games kabi dunyoga tanilgan tashkilot va kampaniyalar
foydalanadi. Python dasturlash tilidan internet orqali ham internetsiz ham
foydalanishning imkoni bor. Python dasturlash tilida turli xil dasturlash muhitlari
mavjud. Bulardan Google Colab, PyCharm, Visual Studio Code, Jupyter Notebook,
Spyder , IDLE eng mashhurlaridir. Python dasturlash tilini yaqinda boshlagan talaba
yoki o’quvchilar uchun internet orqali Google Colab internetsiz esa IDLE dasturlash
muhitlari tavsiya etiladi. Google Colab dasturlash muhiti yozilgan kodlarni saqlab
qo’yish imkonini beradi. Python dasturlash tilini o’rganish oson bo’lishi uchun
dasturchilarimiz tomonidan bir platforma yaratilgan. Bu Dasturlash Asoslari nomli
Sariq Dev platformasidir. Python dasturlash tiliga qiziquvchilar bu platformadan
foydalanishlari tafsiya etiladi.

Xulosa

5

https://us.uz/uz/news/post-137

Unicon Soft rasmiy sahifasi.

6

Rossum, Guido Van (20-yanvar 2009-

yil). „The History of Python: A Brief Timeline of Python“


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

272

ISSN:3030-3621

Dasturlash tillarini o’rganish o’zimiz uchun foydali deb hisoblayman, chunki,

biz hozir XXI asrda yashayapmiz va biz XXI asrni kompyuterlar asri deb ataymiz.
Dasturlash tillarini bilish IT sohasiga kirmoqchi bo’lgan talaba va o’quchilar uchun
juda zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2.

History of programming languages. Richard L. Wexelblat. Association for
Computing Machinery New York, June 1978. 795 p. ISBN 978-0-12-745040-7

3.

https://us.uz/uz/news/post-137 Unicon Soft rasmiy sahifasi.

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Dasturlash_tillari_tarixi nomli wiki sayt.

5.

Rossum, Guido Van (20-yanvar 2009-yil). „The History of Python: A Brief
Timeline of Python“

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

History of programming languages. Richard L. Wexelblat. Association for

Computing Machinery New York, June 1978. 795 p. ISBN 978-0-12-745040-7

https://us.uz/uz/news/post-137 Unicon Soft rasmiy sahifasi.

Rossum, Guido Van (20-yanvar 2009-yil). „The History of Python: A Brief

Timeline of Python“

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари