Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
264
ISSN:3030-3621
SUNʼIY INTELLEKT VA UNING KUNDALIK HAYOTIMIZDAGI OʻRNI
Egamberdiyev Arslonbek Jo’rabek o’g’li
Termiz Davlat Universiteti Kompyuter
Injiniringi yo’nalishi 1-kurs talabasi
Joʻrayev Olim Albayevich
Termiz Davlat Universiteti Dasturiy
va kompyuter injiniringi kafedrasi
mudiri(PhD), ilmiy rahbar
Annotatsiya:
Ushbu maqola mamlakatimizda balki butun dunyoda kundan-
kunga rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt(SI; inglizcha: artificial intelligence, AI)
haqidadir. Maqolada sun’iy intellekt tarixi, sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslanib
ishlaydigan ilovalar va sohalardagi o‘rni ta’riflangan.
Kalit so’zlar:
sun’iy intellekt, intellekt, chatgpt, alexa, bank ishi, jarrohlik,
superkompyuter.
Аннотация:
Данная статья посвящена искусственному интеллекту (ИИ;
англ. artificial intelligence, AI), который с каждым днем продолжает развиваться
не только в нашей стране, но и во всем мире. В статье описывается история
искусственного интеллекта, приложения, основанные на технологиях ИИ, а
также его роль в различных областях.
Ключевые слова:
искусственный интеллект, интеллект, chatgpt, alexa,
банковское дело, хирургия, суперкомпьютер.
Abstract
: This article is about artificial intelligence (SI; English: artificial
intelligence, AI), which is developing day by day in our country, but also in the whole
world. The article describes the history of artificial intelligence, applications and
industries based on artificial intelligence technologies.
Keywords
: artificial intelligence, intelligence, chatgpt, alexa, banking, surgery,
supercomputer.
Kirish
Sun’iy intellekt bu informatika fanining bir sohasi bo’lib , u odatda inson ongi
bilan bog’liq bo’lgan imkoniyatlar: tilni tushunish, tarjima qilish, izohlash, o’rgatish,
muhokama qilish, masalalarni yechish va shunga o’xshash bo’lgan bir qancha
imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. U hozirgi
kunda iqtisod, ta’lim, tibbiyot, transport, marketing kabi turli sohalarda kundan kunga
rivojlanib borayotgan sohadir. Biz bu maqolada sun’iy intellektning tarixi, turlari,
sohalardagi o’rni hamda kamchiliklarini ochishga harakat qildik.
Asosiy qism
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
265
ISSN:3030-3621
Sun'iy intellekt nima?
Intellekt (lotincha: intellects — bilish, tushunish, idrok qilish) — insonning
aqliy qobiliyati; hayotni, atrof muhitni ongda aynan aks ettirish va oʻzgartirish,
fikrlash, oʻqish-oʻrganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati;
turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea-hodisalarni
oldindan koʻra bilish layoqati hisoblanadi.
Sunʼiy — yasama, ishlangan, tayyorlangan, biror usul bilan tabiiyga
o'xshatilgan degan ma'nolarni anglatadi.
Ikkala so'zni birlashtirib, ya'ni sun'iy intellekt so'ziga ta'rif bersak bu birikma
bevosita inson ongiga taqlid qiluvchi, insonga o'xshashga harakat qiluvchi, bir so'z
bilan aytganda taqlidchi degan ma'noni beradi.
Sun'iy intellekt tarixi.
Alang Turing sun’iy intellekt sohasida olib borilgan ilk tadqiqot muallifi
hisoblanadi Sun’iy intelllektga 1956-yili mustaqil fan sifatida asos solingan bo’lib shu
yilning yozida Dartmouth kollejida bo’lib o’tgan anjumanda Jon McCarthy ,,Sun’iy
intellekt “ atamasini birinchi marta ishlatgan va tarixga mazkur atama muallifi bo’lib
kirgan.Sunʼiy intellekt boʻyicha tadqiqotlar XX asr oʻrtalaridan beri qilinib kelinsa-
da, unga nisbatan ommaviy qiziqish 2012-yilda chuqur oʻrganuv boshqa sunʼiy
intellekt metodlaridan ustunligini namoyon etganda hamda 2017-yilda transformer
arxitekturasida erishilgan yutuqlar ortidan keskin ortgan. 2020-yillar boshlarida
mazkur soha gurkirab rivojlanib, koʻplab shirkatlar, universitetlar va laboratoriyalar
sunʼiy intellekt sohasida sezilarli yutuqlarga erishib kelishmoqda[1, 376-381].Bu
so'zlarga qo'shimcha qiladigan bo'lsak 1990 yillarda Sun’iy intellekt taraqqiyotida
yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha
jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.Sun’iy
intellektning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib,
u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi.
Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi
Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni Sun’iy intellektning
yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng
ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini
qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining
keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan
insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi[2, 157-160]. Sun'iy
intellekt sohasidagi yutuqlar juda ko’p.Masalan: Chatgpt, Alexa, Grammarly kabi
ilovalar haqiqatdan sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlardandir.
ChatGPT (inglizcha: Generative Pre-trained Transformer) – OpenAI
tomonidan 2022-yil noyabr oyida ishga tushirilgan chatbot. U OpenAI ning GPT-3
katta til modellari oilasi ustiga qurilgan va nazorat ostidagi mustahkamlovchi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
266
ISSN:3030-3621
oʻrganish texnikasi bilan yaxshilangan.ChatGPT prototip sifatida 2022-yil 30-
noyabrda ishga tushirilgan hamda koʻplab bilim sohalarida batafsil javoblari va aniq
javoblari bilan tezda omma eʼtiborni tortdi. Uning notekis faktik aniqligi muhim
kamchilik sifatida qaraladi. ChatGPT chiqqandan keyin OpenAI 29 milliard dollarga
baholangani xabar qilingan. Chatbotning asosiy vazifasi inson suhbatdoshiga taqlid
qilish boʻlsada, jurnalistlar ChatGPTning koʻp qirrali va improvizatsiya
koʻnikmalarini, jumladan, kompyuter dasturlarini yozish va disk raskadrovka qilish
qobiliyatini ham qayd etishdi. ChatGPT musiqa, telespektakl, ertak va talabalar
insholarini yaratish, test savollariga javob berish (baʼzan, testga qarab, oʻrtacha
imtihonchidan yuqori darajada), sheʼr va qoʻshiq matni yozish, Linux tizimiga taqlid
qilish, butun suhbat xonasini simulyatsiya qilish va tic-tac-toe kabi oʻyinlarni oʻynash
vazifalarini bajargan. ChatGPT oʻquv maʼlumotlari man sahifalari va internet
hodisalari va dasturlash tillari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, misol uchun
bulletin board tizimlari va Python dasturlash tili.Koʻpgina chatbotlardan farqli oʻlaroq,
ChatGPT xuddi shu suhbatda unga berilgan oldingi koʻrsatmalarni eslab qoladi;
jurnalistlar bu ChatGPT dan shaxsiylashtirilgan terapevt sifatida foydalanishga imkon
berishini taklif qilishgan. ChatGPTga haqoratomuz natijalar taqdim etilishi va ishlab
chiqarilishining oldini olish uchun soʻrovlar OpenAI kompaniyasining moderator
APIsi orqali filtrlanadi va irqchilik yoki jinsiy aloqa boʻlishi mumkin boʻlgan takliflar
rad etiladi[3].
Amazon Alexa yoki Alexa (Aleksa) 2013-yilda Amazon tomonidan sotib
olingan, Ivona nomli nutq aniqlash texnologiyasidan keng foydalanadigan virtual
yordamchi. Birinchi marta Amazon Echo aqlli kalonkasida va Amazon Lab126
tomonidan ishlab chiqilgan Echo Dot, Echo Studio va Amazon Tap dinamiklarida
ishlatilgan. Aleksa ovozli aloqa, musiqa tinglash, ishlar roʻyxatini yaratish,
podkastlarni uzatish, audiokitoblarni ijro etish, ob-havo, tirbandlik, sport, real vaqt
rejimida boshqa maʼlumotlar va yangiliklarni taqdim etish kabi vazifalar bajara oladi.
Shuningdek, Aleksa uyni avtomatlashtirish tizimi sifatida bir nechta aqlli qurilmalarni
boshqarishi mumkin. Aleksaning imkoniyatlarini kengaytirish uchun uchinchi tomon
ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqilgan qoʻshimcha dasturlarni, masalan,
ob-havo yoki audio dasturlarni oʻrnatish kerak boʻladi[4].
Sun’iy intellektning sohalardagi o‘rni.
Sun’iy intellektning sohalardagi o‘rnini aniqlash va ta’riflash uchun bizdan
oldin taqdiqot olib borgan tadqiqotchilarning maqola, dissertatsiya, jurnallaridan
misollar keltirsak bo‘ladi.
Avvalo, A. Toshxodjayev o’zining “Bank ishida sun’iy intellekt imkoniyatlar
va muammolar’’ nomli maqolasida bank sohasida sun’iy intellektning o‘rni,
imkoniyatlari va kelib chiqadigan muammolar haqida batafsil ma’lumot beradi[5,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
267
ISSN:3030-3621
85-88]. U sun’iy intellektning bank sektoriga integratsiyalashuvi ko‘plab imkoniyatlar
va muammolar keltirib chiqaradi deb ta’kidlaydi.
F. Norboyev o‘zining “Ta'limda sun’iy intellekt texnologiyalarning tatbiqi”
nomli maqolasida ta‘lim sohasida sun’iy intellekt o‘rnini ifodalagan maqola
yozgan[6, 223-231]. U ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarining joriy
etilishi yangi imkoniyatlar olib kelishi bilan birga ko‘plab muammo va xavotir keltirib
chiqarishini ta’kidlagan. Biroq sun’iy intellekt inson kabi fikrlashi va insoniy
munosabat bildira olmasligini ham aytgan. Biz ham ta’lim sohasida sun’iy
intellektning o‘qituvchi sifatida emas balki o’quvchi va talabalarga yordamchi sifatida
qo’llanilishi yaxshi deb fikrladik va so‘rovnoma o’tkazdik. Quyida natijalarni
ko’rishingiz mumkin. Natijalar ijobiy.
A. Amdumanonov va A. Botiraliyev tadqiqotchilar “Tibbiyotning jarrohlik
sohasida sun’iy intellekt” nomli maqolalarida tibbiyot yohud jarrohlikda sun’iy
intellekt qo’llanilishini ta’riflagan[7, 43-48].
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki sun‘iy intellekt kundan-kunga
rivojlanib bormoqda va yana ham rivojlanadi. U asta-sekinlik bilan yarim ishni,
keyinchalik esa butun boshli ishni o‘z nazoratiga oladi. Oldinlari haydovchisiz
mashina, poyezd, tramvaylarni kinolarda ko’rib hayron qolishgan bo’lsa, 2030-
yillarga kelib bu narsalardan ommaviy foydalaniladigan bo‘ladi.Sun‘iy intellekt
birgina ta‘lim sohasida o‘qituvchi sifatida qo‘llansa, foyali tomonlari vaqtni tejaydi,
energiya iste’molini kamaytiradi, zararlari esa o‘qituvchini o’quvchidan
uzoqlashtiradi. O‘quvchi o‘qiluvchidan olishi mumkin bo’lgan insoniy xislatlar:
tarbiya, mehr, odob va bir qancha odatlar yo’qolishi mumkin. Sun‘iy intellektni
rivojlantirishlik kerak, ammo o‘ziga xos sohalarda. Yuqorida aytganim kabi inson
omili bilan bo‘ladigan jarayonlarda “Asalni ham ozi shirin” maqolga amal qilgan
holda kerakliligicha rivojlantirish kerak.
Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Najmiddinova G. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarblik muammolari.
Toshkent: SCIENCEPROBLEMS TEAM, 2024. 381 b.
2.
Otaqulov Oybek, Pulatova Gulxayo, Pulatov G'iyos. Sun'iy intellekt va uning
insoniyat faoliyatida tutgan o'rni. O'zbekiston: Scientific Progress, 2021. 7 b.
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/ChatGPT
4.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Amazon_Alexa
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
268
ISSN:3030-3621
5.
Toshxodjayev A. Bank ishida sun’iy intellekt imkoniyatlar va muammolar.
Qo’qon: HERALD SCIENTIFIC E – JOURNAL, 2024. 10 b.
6.
Norboyev F. Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarning tatbiqi. Denov:
Tadbirkorlik va pedagogika ilmiy-uslubiy jurnal, 2024. 235 b.
7.
Amdumanonov A. va Botiraliyev A. Tibbiyotning jarrohlik sohasida sun’iy
intellekt. ActaCAMU Scientific journal, 2024. 6 b.