Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
53
ISSN:3030-3621
TIJORAT BANKLARNING BUGUNGI KUNDAGI FAOLIYATINING
HOLATI VA UNING TAHLILI
Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi
Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot
fakulteti 4-kurs moliya va moliyaviy
texnologiyalar ta’lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tijorat banklarining hozirgi kundagi iqtisodiy
jarayonlardagi o‘rni, ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, moliyaviy xizmatlar bozori
rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi hamda yuzaga kelayotgan muammolar yoritilgan.
Shu bilan birga, bank sektoridagi raqobatning kuchayishi, raqamli texnologiyalar joriy
etilishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilingan. Maqolada shuningdek,
O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatining statistik ko‘rsatkichlari asosida amaliy
tahlil o‘tkazilib, ularning moliyaviy barqarorligi va rivojlanish istiqbollari yuzasidan
xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Tijorat banklari, bank tizimi, moliyaviy xizmatlar, raqamli
bankchilik, iqtisodiy tahlil, kreditlash, bank ishi, moliyaviy barqarorlik, mijozlarga
xizmat ko‘rsatish, raqobatbardoshlik.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorida, shu jumladan, bank-
moliya tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida zamonaviy jahon andozalariga va
talablariga mos keladigan moliya-bank tizimi hamda bozor infratuzilmasi bosqichma-
bosqich shakllantirilmoqda, moliya-bank sohasini yanada erkinlashtirishga qaratilgan
qator qonunchilik tashabbuslari va ulardan kelib chiquvchi muhim chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank tizimi, uning
xizmatlari va moliya bozorini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini
oshirish, bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada
mustahkamlash, axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda,
ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va xizmatlar bozori ko‘lamining kengayib
borishi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
1-rasm
Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi (trln.so‘mda
)
1
1
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
54
ISSN:3030-3621
Markaziy bank 2022 yil uchun "Naqd pul muomalasi sharhi"ni taqdim qildi. Unga
ko‘ra, 2022 yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 700,3 trln. so‘mni tashkil
etgani holda, 2021 yilning mos davriga nisbatan 38,1 foizga oshgan. Jumladan, bank
kassalariga naqd pul tushumlari 343,9 trln. so‘mni, o‘z navbatida, chiqim qilingan naqd
pullar 356,4 trln. so‘mni tashkil etgan.
2022 yilda bank kassalariga jami naqd pul tushumlari 2021 yilga nisbatan 36,6
foizga oshgan bo‘lsa, savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar 28,5 foizga (36,1
trln.so‘m) va bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 60,4 foizga (43,3 trln.so‘m)
oshgan. Jami tushumlar tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar ulushi 3,0
foiz bandga kamaygan.
2022 yilda savdo va xizmatlar sohasidan jami tushumlar 259,0 trln. so‘mni tashkil
qilib, shundan, 62,8 foizi (162,7 trln.so‘m) naqd shaklda, 37,2 foizi (96,3 trln.so‘m)
terminallar orqali bank hisobraqamlariga kirim qilingan (2021 yilda 64,6 foizi naqd
shaklda, 35,4 foizi terminallar orqali bank hisobraqamlariga kirim qilingan edi).
2-rasm
Savdo va xizmatlar sohasidan pul tushumlari tarkibi va dinamikasi
(trln.so‘mda)
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
55
ISSN:3030-3621
2022 yilda bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd
pullar 2021 yilga nisbatan 39,5 foizga (100,9 trln.so‘m) ko‘paydi.
Mazkur holat bank kartalaridan naqd pul echish miqdorining 54,4 trln. so‘mga
(2021 yilga nisbatan o‘sish – 57,2%), banklar tomonidan aholidan naqd chet el
valyutasini sotib olish hajmlarining 18,1 trln. so‘mga (o‘sish – 28,3%) oshishi asosiy
omil bo‘lgan.
3-rasm: Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari
bo‘yicha tarkibiy dinamikasi (trln.so‘mda)
2
Shuningdek, 2022 yilda bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar 2021 yilga
nisbatan 1,8 barobarga (253,9 trln.so‘mga) oshib, 553,6 trln. so‘mni tashkil qildi.
Jumladan, 178,2 trln.so‘mi – pensiya, nafaqa va ish xaqi to‘lovlari, 182,3 trln.so‘mi –
kartadan kartaga o‘tkazmalar (shu jumladan, xalqaro pul o‘tkazmalar orqali), 112,5
2
https://bankers.uz/news/1025
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
56
ISSN:3030-3621
trln.so‘mi – naqd pulda va omonat hisobvaraqlardan bank kartalariga kirim qilingan
mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ushbu davrda bank kartalaridagi 149,5 trln. so‘mlik mablag‘lar aholi tomonidan
naqdlashtirib olingan bo‘lib, bu kartalarga kelib tushgan mablag‘larning 27,0 foizini
tashkil etdi.
4-rasm
Bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar va ularni naqdlashtirish
hajmlari dinamikasi (trln.so‘mda)
Banklarga tushgan naqd pullarning ularga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farq Markaziy
bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlab
borildi. Xususan, Markaziy bank tomonidan 2022 yil davomida qo‘shimcha 16,2 trln.
so‘m naqd pullar muomalaga chiqarildi. Ushbu naqd pullarning 15,7 trln. so‘mi naqd
pulga bo‘lgan talab keskin oshgan davr – aprel-iyul oylariga to‘g‘ri keladi.
5-rasm
Muomaladagi naqd pullarning pul massasidagi ulushi dinamikasi
yil
yil
yil
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
57
ISSN:3030-3621
Bank tizimi samaradorligini va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish,
shuningdek bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bank
tizimida davlat ulushini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh
qilish Strategiyasi to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq,
Ipoteka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Aloqa bank, Qishloq Qurilish bank
va Turon bankni xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2020-yilda
strategiyani amalga oshirish doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Ipoteka
bankka bankni xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash va kichik va o‘rta biznesga
kreditlarni ko‘paytirish uchun o‘zbek so‘mida 35 mln. AQSh dollari miqdorida kredit
ajratdi. Bundan tashqari, “O‘zsanoatqurilishbank” transformatsiya dasturini amalga
oshirishni boshladi. Bank o‘zining biznes modelini tijoratlashtirish va korporativ
boshqaruvni isloh qilish bo‘yicha birinchi qadamlarni qo‘ydi. 2020-yilda
“O‘zsanoatqurilishbank” va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida mahalliy
ishlab chiqaruvchilar, eksportyorlar, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun 40
mln. dollar miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risida kredit shartnomasi
imzolandi. Bank anderayting joriy etdi va bu kreditlash operatsiyalarini xodimning
ishtirokisiz amalga oshirishga imkon beradi. Pandemiya va O‘zbekistonda joriy
qilingan lokdaun masofaviy bank xizmatlarini jadal rivojlanishiga yordam berdi.
Xususan, 2021-yil 1-yanvar holatiga masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar soni
14,5 mln. kishini tashkil etdi (shundan 13,7 mln kishi jismoniy shaxslar, 822 ming kishi
tadbirkorlik sub’yektlari) bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga ko‘proqdir.
Markaziy bank tomonidan raqamli banklar va fiiallarning ishlashiga litsenziya berilishi
ham bank-moliya tizimini yanada raqamlashtirishga turtki bo‘ldi va mijoz va bank
o‘rtasidagi munosabatlarda zamonaviy yondashuvlarni vujudga kelishiga sabab
bo‘ladi, innovatsiyalar, fantexnika taraqqiyotini jadallashtiradi va shu asosda xalq
farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston moliya bozorini yanada
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
58
ISSN:3030-3621
rivojlantirish va barqarorligini oshirish uchun quyidagi ishlarni olib borish maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz:
– jahon amaliyoti talablariga muvofiq O‘zbekiston moliya bozori faoliyatini
tartibga solish, nazorat qilish va barqaror rivojlanishini taʼminlash, shuningdek,
moliyaviy xizmatlar bozori ishtirokchilari va investorlarining huquqlarini himoya
qilishning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish;
– jahon standartlari talablariga muvofiq moliya bozorini yanada erkinlashtirish,
uning barqarorligi va kapitallashuv darajasini oshirish;
– mamlakatimiz moliya bozori raqobatbardoshligini mustahkamlash va uning
yangi segmentlarini shakllantirish;
– O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, shuningdek, ustuvor ijtimoiy-
iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish uchun resurslarni shakllantirish, investitsiyalarni
jalb qilish hamda sohalar va korxonalar o‘rtasida samarali kapital oqimini tashkil
etishda moliya bozori salohiyatidan yanada keng foydalanish;
– tijorat banklari va nobank moliya institutlarining investitsion faolligini yanada
kuchaytirish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va investitsion loyihalarni
moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish;
– moliya bozorini yanada rivojlantirish hamda mablag‘lardan samarali
foydalanish maqsadida moliya bozorida hisob-kitob, kliring tizimi barqarorligini
oshirish va unga zamonaviy xalqaro tajribalarni joriy etish;
– moliya bozorida innovatsiyalarni yaratish maqsadida moliyaviy aktivlar
sekyuritizatsiyasi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;
– moliya bozoridagi likvidlilikni tartibga solish maqsadida REPO, SVOP
operatsiyalarini yanada rivojlantirish;
– moliya bozorida faoliyat yurituvchi moliya institutlari tomonidan xizmat
ko‘rsatish sifatini oshirish hamda zamonaviy moliyaviy xizmatlar ko‘lamini yanada
kengaytirish.
Milliy iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilishda mamlaktimizda shakillanib
borayotgan qimmatli qog‘ozlar bozori salohiyatidan ichki va tashqi investitsiyalarni
jalb etishning ishonchli vositasiga aylantirish muhim ahmaiyatga ega. Bu borada,
quyidagilarni taklif etamiz:
– tijorat banklari tomonidan obligatsiyalar va depozit sertifikatlarni muomalaga
chiqarish bilan bogʼliq boʼlgan jarayonlarni yanada soddalashtirish va ularning
emitentlar hamda investorlar uchun jozibadorligini oshirish;
– bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalariga muvofiq bank kapitali tarkibida
barqaror elementlar, yaʼni oddiy aktsiyalar salmog‘ini ortirish;
– qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini faollashtirish, subordinar qarzning
hajmlarini kengaytirish;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
59
ISSN:3030-3621
Bugungi kunda tijorat banklari iqtisodiyotni moliyaviy resurslar bilan
ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Ularning faoliyati mamlakatning moliyaviy
barqarorligini ta’minlash, kreditlash jarayonlarini rivojlantirish, investitsiya
loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va aholiga keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatish
orqali milliy iqtisodiyotga sezilarli hissa qo‘shmoqda. So‘nggi yillarda raqamli
texnologiyalarning joriy etilishi, bank xizmatlari sifatining oshirilishi va mijozlar
ehtiyojlariga
moslashtirilgan
mahsulotlarning
yaratilishi
bank
tizimining
raqobatbardoshligini yanada kuchaytirmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va
foydaliligi ularning samarali boshqaruv tizimiga, risklarni boshqarish siyosatiga va
mijozlar bilan aloqalarning darajasiga bevosita bog‘liq. Shu bilan birga, banklar oldida
turli muammolar — aktivlar sifati, likvidlik darajasi, inflatsiya bosimi va xalqaro
moliyaviy bozorlar ta’siri kabi tahdidlar mavjud. Kelgusida banklar o‘z faoliyatini
yanada takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va barqaror
rivojlanishni ta’minlash orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qilishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
2.
Xodjayev N., Qodirov A., Murodov Yo. Bank ishi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”,
2022.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb-sayti: www.cbu.uz
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori PQ–5611-son, 24.01.2020-yil
“Bank tizimini isloh qilish va moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda).
6.
Djalilov J. et al. (2021). Bank Performance and Efficiency in Emerging Markets:
Evidence from Central Asia. – Journal of Banking and Finance Research.
7.
Murodov D. (2020). Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda
zamonaviy yondashuvlar. – Moliyaviy tadqiqotlar jurnali, №2.
8.
IMF (International Monetary Fund) Reports on Uzbekistan’s Financial Sector,
2023.
9.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari: www.stat.uz
10.
O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi materiallari va statistik sharhlari.