Mualliflar

  • Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118919

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Bank infratuzilmasi moliyaviy institutlar to‘lov tizimi regulyator organlar axborot texnologiyalari bank tizimi infratuzilma elementlari moliyaviy barqarorlik zamonaviy bank xizmatlari raqamli infratuzilma.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada bank infratuzilmasining iqtisodiy mazmuni, uning 
bank  tizimidagi  o‘rni  va  ahamiyati  yoritilgan.  Bank  infratuzilmasining  tarkibiy 
qismlari  —  moliyaviy  institutlar,  to‘lov  tizimlari,  axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari,  regulyator  organlar  va  ularning  o‘zaro  aloqalari  tahlil  qilingan. 
Shuningdek,  maqolada  zamonaviy  bank  infratuzilmasini  rivojlantirishdagi  dolzarb 
masalalar,  xalqaro  tajribalar  va  O‘zbekistondagi  holat  misolida  amaliy  tavsiyalar 
berilgan. Infratuzilmaning samarali ishlashi moliyaviy barqarorlik va bank xizmatlari 
sifatini oshirishdagi o‘rni ham yoritib o‘tilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

41

ISSN:3030-3621

BANK INFRATUZILMASINING MOHIYATI VA UNING ASOSIY

ELEMENTLARI

Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi

Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot

fakulteti 4-kurs moliya va moliyaviy

texnologiyalar ta’lim yo’nalishi talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada bank infratuzilmasining iqtisodiy mazmuni, uning

bank tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Bank infratuzilmasining tarkibiy
qismlari — moliyaviy institutlar, to‘lov tizimlari, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, regulyator organlar va ularning o‘zaro aloqalari tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada zamonaviy bank infratuzilmasini rivojlantirishdagi dolzarb
masalalar, xalqaro tajribalar va O‘zbekistondagi holat misolida amaliy tavsiyalar
berilgan. Infratuzilmaning samarali ishlashi moliyaviy barqarorlik va bank xizmatlari
sifatini oshirishdagi o‘rni ham yoritib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Bank infratuzilmasi, moliyaviy institutlar, to‘lov tizimi, regulyator

organlar, axborot texnologiyalari, bank tizimi, infratuzilma elementlari, moliyaviy
barqarorlik, zamonaviy bank xizmatlari, raqamli infratuzilma.


O’zbekiston Respublikasi bank tizimining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi,

moliya-kredit institutlarini xalqaro miqyosga ko‘tarilishi ko‘p hollarda banklarni
moliyaviy boshqaruv muammolarin hal etishga, ya’ni bank kapitali va mablag‘larini,
umuman olganda bank xizmatlarini kompleks boshqaruviga bog‘liqdir.

Iqtisodiy adabiyotlarda hamda amaliyotda “infratuzulma” atamasini bir qancha

ma’nolarda ishlatish holatlari mavjud.

Birinchi marta harbiy lug‘atdan olingan «infratuzilma» atamasi (lotincha «infra»

- ostida, «tuzilish» - joylashish)

1

. XIX-asr 40-yillarining oxirlarida G’arb olimlarining

ilmiy ishlarida ishlatilgan. XX asrda ushbu atamani iqtisodiy muomalaga kiritilishining
asoschisi "infratuzilma" atamasini sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan atrofdagi
dunyoning mavjud sharoitlariga moslashtirish zaruriyati deb ta’kidlagan

2

. Shuni

ta’kidlash kerakki, u samarali investitsiyalarni rivojlantirishga yordam beradigan
tarmoqlarning asosiy infratuzilma vositalariga tegishli edi.

Amalda, «infratuzulma» atamasi uchta darajani qamrab oladi:

1

Финансово-кредитный словарь: в 3-х томах. /Под ред. Гарбузова В.Ф. – М.: «Финансы и статистика», 1994. –

Т.1, С. 103

2

Федько В.П., Альбеков А.У., Комарова А.М. Инфраструктура рынка: генезис проблемы. – Ростов-на-Дону,

1996. – С.71


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

42

ISSN:3030-3621

1. Faoliyat amalga oshirilayotgan va mavjud bo‘lmagan va iqtisodiy jihatdan

maqsadsiz bo‘lgan (masalan, yo‘llar, elektron xabarlar) haqiqiy moddiy tarmoqlar.

2. Operatsiyalar - infratuzilma tarmog‘ining faoliyati.
3. Infratuzulma bozorlari tarmoqlardan foydalanishga bo‘lgan talab va taklifning

kombinatsiyasi va infratuzilma elementlari o‘rtasidagi raqobat (infratuzulma
tarmoqlarining turlicha yuklatilishiga olib keladi)

3

.

Iqtisodiyotda infratuzulma tarmog‘i turli xil bo‘lib, bunda bank infratuzilmasi

muhim o‘rin tutadi. Ideal holda, bank jarayoni sub’ekt (bank) va ob’ekt (mijoz) ning
o‘zaro ta’siri sifatida infratuzilmani ishlatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Ammo
shu bilan birga, banklar ilk rivojlanish davrlaridan boshlab o‘zidan boshqa bo‘lgan
tizimlardan o‘zlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish uchun foydalanganlar.
Mavjud infratuzulma bankka qo‘shimcha afzalliklarni beradi.

O’tgan asrning o‘rtalaridan boshlab G’arb adabiyotida infratuzilma xususiy ishlab

chiqarishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ijtimoiy
ishlab chiqarishni rivojlantirishning umumiy shartlari sifatida tushunilgan edi.

4

Jumladan, P. Samuelsonning ta’kidlashicha, davlat infratuzilmani investitsiya qiladi,
chunki "... davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kapitalning ko‘payishi" -
(ijtimoiy qo‘shimcha kapital) xususiy investorlarga pul ko‘rinishidagi daromad
keltirmaydigan kapitalga nisbatan ma’lum miqdorda foyda keltiradi. Chunki xususiy
investorlarga qarzni qaytarish muddati juda uzoqligi sababli ularni daromad olishga
qiziqtirish qiyin va bu kapitalning hajmi xususiy kapital kapital bozorlaridagidan
ko‘p».

Demak bank tizimi faoliyatini rivojlanishida bank infratuzilmasidan foydalanish

bankning ma’lum foyda darajasini tashkil etadi. Bu o‘rtacha qiymat, raqobatdagi
qiymatning minimal qiymatini kafolatlaydi.

Bank infratuzilmasini rivojlantirish borasida Rossiyalik olim O.I.Lavrushin o‘z

ilmiy ishlarida bank infratuzilmasini tarkiblashga alohida e’tibor bergan. Shunisi
e’tiborliki, uning qarashlari shu davr mobaynida hech ham o‘zgarmagan. U bank
infratuzilmasini ikkita qismga (ichki va tashqi bank infratuzilmasiga) ajratishni taklif
etadi.

5

Olimning ta’kidlashicha, ichki blokning vazifasi bankning ichki barqarorligini,

tashqi blokning vazifasi esa bankning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini
ta’minlashdan iborat. Mazkur bo‘linishdan kelib chiqqan holda ichki blok qismlarini
quyidagi tarzda guruhlash taklif etiladi:

1) kredit muassasining maqomi, u tomonidan bajarilayotgan operatsiyalar

ro‘yxatini belgilovchi qonunchilik normalari;

3

Новиков В.А. Практическая рыночная экономика. Толкование 4000 терминов: Словарь – М.: «Флинта»,

Московский психолого-педагогический институт, 1999

4

Самуэльсон П. Экономика. – М.: Алгон, 1992. – Т.2, С. 324.

5

Котов А.В. Формирование и развитие банковской инфраструктуры в России. - Саратов, 2004. С 14.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

43

ISSN:3030-3621

2) qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishi, omonatchilar va bank mijozlar

manfaatlari, uning shaxsiy manfaati himoyalanishi, umuman, uslubiy jihatdan
ta’minlab beruvchi operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ichki qoidalar;

3) zamonaviy kommunikatsiya tizimlari asosida hisob yuritish, hisobot berish,

tahlil qilish, ma’lumotlarni kompyuter orqali qayta ishlash, bank faoliyatini boshqarish
tizimi;

4) bankning boshqaruv apparati.
O.I. Lavrushin bank infratuzilmasini ichki va tashqi bloklarga ajratgan holda

guruhlagan bo‘lsa, O’zbekistonlik iqtisodchi-olim A.V. Kotov esa aksincha “bank
infratuzilmasi deb, bank faoliyatini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib
beruvchi va bank xizmatlarini yaratish va ularni iste’molchilarga etkazib berishga
ko‘maklashuvchi institutlar yig‘indisi” deb ta’riflagan

6

.

Bank infratuzilmasiga nisbatan shunga o‘xshash yondashuv yana bir rus

iqtisodchi olimi E.F.Jukov tahriri ostidagi “Pul, kredit, bank” darsligida O.I.
Lavrushinning ilmiy qarashlariga mos ravishda izohlangan, ya’ni bank
infratuzilmasining to‘rtta yo‘nalishga-axborot, uslubiy, ilmiy va kadrlarga oid
yo‘nalishlariga ajratgan

7

.

Shunday qilib, bank infratuzilmasi turli xildagi korxonalarni, ya’ni, banklarning

samarali faoliyatini ta’minlaydigan agentliklar va xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar
majmuasini o‘z ichiga oladi.

Ushbu ko‘rib o‘tilganlarga asoslangan holda aytish mumkinki, bank

infratuzilmasi, xuddi uni yaratish va rivojlantirish fondi kabi ikki qismdan iborat: ichki
va tashqi.

Bank xodimlarining normal faoliyati uchun eng avvalo ichki bank

infratuzilmasini rivojlantirish talab etiladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) kredit tashkilotining maqomini belgilovchi me’yorlar va ular tomonidan

amalga oshiriladigan operatsiyalar ro‘yxati;

2) qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlash hamda o‘z manfaatlari,

shuningdek omonatchilar va bank mijozlarining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha
bitimlarning ichki qoidalari;

3) zamonaviy aloqa tizimlariga asoslangan buxgalteriya hisobi, hisobotlar, tahliliy

ma’lumotlar bazasini yaratish, kompyuterda qayta ishlash, banklarni boshqarish;

4) bank boshqaruvining tuzilmasi. Xar bir bankda uning iqtisodiy muassasa

sifatidagi maqsadlariga va bankning funksional maqsadlariga javob beradigan bir qator
bo‘linmalari bo‘lishi kerak

8

.

6

Котов А.В. Формирование и развитие банковской инфраструктуры в России. - Саратов, 2004. С 14.

7

Жуков Е.Ф. Деньги. Кредит. Банки: учеб. для вузов/ Под ред. Е.Ф.Жукова. М.ЮНИТИ-ДАНА, 2003. 600 с.

8

Миллер Р.Л., Ван-Хуз Д.Д. Современные деньги и банковское дело. - М.: ИНФРА-М, 2000. –244 C.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

44

ISSN:3030-3621

Tashqi bank infratuzilmasi o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: axborot, uslubiy,

ilmiy va kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek aloqa, kommunikatsiya va boshqalar.

Bank faoliyatini tashkil etishda banklar o‘zlarining boshqa elementlari bilan va

birinchi navbatda, bank infratuzilmasi bilan o‘zaro munosabatlardagina muvaffaqiyatli
rivojlanishi mumkin. Bu bankning hayotiyligini ta’minlaydigan elementlarning
majmuasi bo‘lib hisoblanadi.

Bank infratuzilmasi –

bank tizimining uzluksiz va samarali faoliyat yuritishi

uchun zarur sharoitlarni ta’minlovchi va mijozlarga bank xizmatlarini etkazishga
xizmat qiluvchi institut va elementlar majmuasidir.

Kengroq ma’noda bank infratuzilmasi - bu o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liq

bo‘lgan muassasalar tizimi bo‘lib, ular o‘z navbatida milliy bank tizimining kichik
tizimlari sifatida, jismoniy va yuridik shaxslarning va davlatning bank xizmatlariga
bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlaydi.

Umuman olganda, bank infratuzilmasi bank tizimining tashkiliy tuzilmasi

tarkibiga kiradi. Shuning uchun bank tizimining o‘zi yuqori darajadagi tizim - iqtisodiy
tizimning elementi sifatida ifodalanishi mumkin.

Shunday qilib, bank infratuzilmasining har qanday elementini turlicha aniqlash

mumkin va olingan ma’lumotlar asosida bank infratuzilmasini yoki bank sektori uchun
uning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish mumkin. Bunday rivojlanishga bo‘lgan
ehtiyojni bank infratuzilmasining o‘zi ko‘rsatmoqda. Bu masalalarda davlat nafaqat
manfaatdor bo‘lishi kerak, balki u rivojlanishda etakchi va asosiy bo‘lib faoliyat olib
borishi zarurdir.

Ma’lumki, zamonaviy bank faoliyati zarur infratuzilmani yaratish bilan

chambarchas bog‘liq. Shu bois yurtimizda mazkur yo‘nalishdagi ishlarga alohida
e’tibor qaratilib, buning uchun tegishli huquqiy baza mustahkamlanmoqda. Jumladan,
“Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi hamda “Garov reestri to‘g‘risida”gi
O’zbekiston Respublikasi qonunlari bank tizimi barqarorligini ta’minlash va
salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qonunlar talabidan kelib
chiqib, O’zbekiston Banklari assotsiatsiyasi qoshida “Kredit-axborot tahliliy markazi”
kredit byurosi hamda Markaziy bank huzurida “Garov reestri” davlat unitar korxonasi
tashkil etildi.

Umuman olganda moliya-kredit tizimining, jumladan, tijorat banklarining eng

muhim vazifasi, ko‘p hollarda mamlakat miqyosida etarli kredit qobiliyatiga ega
bo‘lmagan aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank xizmatlariga bo‘lgan
ehtiyojini qondirishga qaratilgan bank xizmatlarini ta’minlashdan iborat. Biroq, bu
vazifa o‘zida etarlicha mablag‘larga ega bo‘lmagan hududlarning ichki potensiali,
ayniqsa qishloq aholi punktlari darajasida ayrim banklar uchun qilgan xarajatlarning
qoplanishiga yoki kamida qo‘shimcha daromadlar olishlariga qodir emas. Bank
infratuzilmasiga turli korxonalar, shuningdek, bank faoliyatini ta’minlovchi agentlik


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

45

ISSN:3030-3621

va xizmatlar majmuasi kiradi. Bank personalining normal faoliyati uchun bank ichki
infratuzilmasini rivojlantirish talab etiladi, uning elementlariga quyidagilar kiradi:

1) kredit muassasasining nufuzi va ular bajaradigan operatsiyalar ro‘yxatini

belgilovchi qonunchilik;

2) bankning o‘z manfaatlari kabi, uning hissadorlari, mijozlarining ham himoyasi

va qonunchilik hujjati bajarilishini ta’minlovchi operatsiyalarni amalga oshirishga oid
ichki qoidalar;

3) zamonaviy kommunikatsiya tizimlari bazasida bank faoliyatini boshqarish,

ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash, tahliliy asos, hisobotni tuzish;

4) bank boshqaruvi apparatining tuzilishi. Iqtisodiy institut sifatida bank bankning

maqsadi va uning amaliy yo‘nalishlariga javob beruvchi qator bo‘linmalarga ega
bo‘lishi lozim, aynan shu maqsadlarda bankda sektorlar, bo‘limlar hamda tegishli
bo‘ysunuvga ega boshqaruv tashkil etiladi. Tashqi bank infratuzilmasiga: axborot,
uslubiy, ilmiy va kadrlar ta’minoti, shuningdek, aloqa va kommunikatsiya vositalari
kiradi. Yuqoridagi nazariy jihatlarni, iqtisodchi olimlarning qarama-qarshi fikrlarini
tahlil qilgan holda ushbu ta’riflar majmuasi mujassamlashtirildi.

Quyidagi jadvalda bank infratuzilmasining asosiy va yordamchi bloklar asosida

boshqarilishi aks ettirilgan bo‘lib, olimlarning fikrlari negizida umumlashtirilgan.

1-jadval

Bank infratuzilmasining tarkibiy elementlari tizimi

9

Ichki elementlar

Tashqi elementlar

Qonunchilik hujjatlarining bajarilishi

Qonun chiqaruvchi organlar

Ilmiy-uslubiy ta’minotni kengaytirish

Banklar assotsiatsiyasi

Axborot-komunikatsiya texnologiyalari Sug‘urta kompaniyalari

Bank mijozlari va omonatchilar
manfaatlari

Kollektorlik agentliklari

Bank boshqaruvi apparati

Auditorlik va konsalting kompaniyalari

Bankning ichki hujjatlari

AKT kompaniyalari

Bank operatsiyalarini amalga oshirish
bo‘yicha ichki qoidalar

Oliy ta’lim muassasalari

Yuqoridagi nazariy jihatlarni tadqiq etish asosida bank infratuzilmasining tarkibiy

elementlar, ya’ni tashqi va ichki elementlar asosida boshqarilishi aks ettirilgan bo‘lib,
ular olimlarning fikrlari negizida umumlashtirilgan.

Mamlakatda bank infratuzilmasining rivojlanishi bank tizimida amalga

oshirilayotgan islohotlar bilan uzviy bog‘liqdir. O’zbekiston bank tizimi rivojlanishida
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning amaliyotda qo‘llanilishini
bosqichma-bochqich amalga oshirish asosiy vazifalardan biri etib belgilandi (2-jadval).

9

Умарова М.Б. «Ўзбекистонда банк инфратузилмасини ривожлантириш истиқболлари» иқтисодиёт фанлари

бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.Т.:2020 й. 12 бет.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

46

ISSN:3030-3621

1.2-jadval

O’zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirish bosqichlari

10

Bosq

ich

Yillar

Bank tizimini rivojlantirish

choralari

Islohot natijalari

1

1991-
1994

O’tish davriga xos ikki
pog‘onali bank tizimining
shakllanishi

Respublika bank tizimining
zamonaviylashgan ko‘rinishi


2


1995-
2000

Respublika tovar aylanmasini
jadallashtirish maqsadida
inno-vatsion moliyaviy
mahsulotlar muomalasini
yanada rivojlantirish

Mamlakat tovar aylanmasi
mexanizmini jadallashtiruvchi
moliyaviy instrument va kredit
munosabati muomalaga kiritildi


3


2001-
2007

Banklarning ho‘jalik
yurituvchi sub’ektlarni
kreditlash va investitsion
jarayonlarda
keng qatnashishi

Tijorat banklari kreditlash
amaliyotining yangi turlari
tatbiq etildi


4


2008-
2010

Tijorat banklari kapitallashuvi
darajasining oshishi va
ularning iqtisodiyotni
modernizatsiyalash jarayonida
faol qatnashishi

Tijorat banklarining kapital-
lashuv darajasi oshdi va ular
iqtisodiy nochor
korxonalarning moliyaviy
barqarorlashuviga
jalb etildi


5


2011-
2015

Moliya-bank tizimini yanada
isloh qilish va barqarorligini
oshirish

Tijorat banklari yangi xizmatlar
turlari soni ortdi va innovatsion
mahsulotlar tatbiq etildi





6





2017-
2021




O’zbekiston

Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi

Bank tizimini isloh qilish bar-
qarorligini ta’minlash, banklar-
ning kapitallashuv darajasi va
depozit

bazasini

oshirish,

moliyaviy

barqarorligi

va

ishonchliligini mustahkamlash,
shuningdek,

istiqbolli

investitsiya loyihalari hamda
kichik

biznes

va

xususiy

tadbirkorlik

sub’ekt-larini

10

Умарова М.Б. «Ўзбекистонда банк инфратузилмасини ривожлантириш истиқболлари» иқтисодиёт фанлари

бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.Т.:2020 й. 13 бет.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

47

ISSN:3030-3621

kreditlashni

yanada

kengaytirish kutilmoqda


2019 yil 5 noyabrdagi O’RQ-580-son O’zbekiston Respublikasining «Banklar va

bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 2019 yil 19 sentyabrdagi «To‘lovlar va to‘lov
tizimlari to‘g‘risida»gi O’RQ-578-son Qonunida bank faoliyatini tubdan isloh etishda
bank infratuzilmasini yanada rivojlantirish, to‘lov tizimi infratuzilmalari bilan
ta’minlash, to‘lovlarning zamonaviy shakllarini joriy etish asosiy maqsad qilib
belgilandi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, banklarda infratuzilma rivojlanishi
huquqiy asoslarning joriy etilishi va ularni amaliyotda qo‘llanilishi bank tizimida
mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligini oshiradi va aholining bank
xizmatlariga bo‘lgan talabining oshishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Финансово-кредитный словарь: в 3-х томах. /Под ред. Гарбузова В.Ф. – М.:
«Финансы и статистика», 1994. – Т.1, С. 103

2.

Федько В.П., Альбеков А.У., Комарова А.М. Инфраструктура рынка: генезис
проблемы. – Ростов-на-Дону, 1996. – С.71

3.

Новиков В.А. Практическая рыночная экономика. Толкование 4000
терминов: Словарь – М.: «Флинта», Московский психолого-педагогический
институт, 1999

4.

Самуэльсон П. Экономика. – М.: Алгон, 1992. – Т.2, С. 324.

5.

Котов А.В. Формирование и развитие банковской инфраструктуры в России.
- Саратов, 2004. С 14.

6.

Жуков Е.Ф. Деньги. Кредит. Банки: учеб. для вузов/ Под ред. Е.Ф.Жукова.
М.ЮНИТИ-ДАНА, 2003. 600 с.




Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Финансово-кредитный словарь: в 3-х томах. /Под ред. Гарбузова В.Ф. – М.:

«Финансы и статистика», 1994. – Т.1, С. 103

Федько В.П., Альбеков А.У., Комарова А.М. Инфраструктура рынка: генезис

проблемы. – Ростов-на-Дону, 1996. – С.71

Новиков В.А. Практическая рыночная экономика. Толкование 4000

терминов: Словарь – М.: «Флинта», Московский психолого-педагогический

институт, 1999

Самуэльсон П. Экономика. – М.: Алгон, 1992. – Т.2, С. 324.

Котов А.В. Формирование и развитие банковской инфраструктуры в России.

- Саратов, 2004. С 14.

Жуков Е.Ф. Деньги. Кредит. Банки: учеб. для вузов/ Под ред. Е.Ф.Жукова.

М.ЮНИТИ-ДАНА, 2003. 600 с.