Mualliflar

  • Muxtorova Xakikat Karimjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95071

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: psixogen omillar distimik buzilish obessiv-kompulsiv buzilish

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Mazkur tezisda shaxslarda kuzatiladigan nevroz kasalligining  turlari, qisqacha 
o’rganiladi. Nevrozning klinik belgilari, tashxis qo’yish, davolash hamda profilaktik 
ishlar haqida ma’lumotlar beriladi.  

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

282

NEVROZ BUZILSHI VA DAVOLASHDA UMUMIY QONUNIYATLAR

Muxtorova Xakikat Karimjonovna

Buxoro davlat tibbiyot instituti

ANNOTATSIYA

Mazkur tezisda shaxslarda kuzatiladigan nevroz kasalligining turlari, qisqacha

o’rganiladi. Nevrozning klinik belgilari, tashxis qo’yish, davolash hamda profilaktik
ishlar haqida ma’lumotlar beriladi.

Kalit so’zlar:

psixogen omillar, distimik buzilish, obessiv-kompulsiv buzilish

АННОТАЦИЯ

В данной диссертации кратко изучены виды неврозов, наблюдаемых у

отдельных лиц. Приведены клинические симптомы невроза, диагностика,
лечение и меры профилактики.

Ключевые слова:

психогенные факторы, дистимическое расстройство,

обсессивно-компульсивное расстройство.

ABSRACT

In this dissertation, the types of neuroses observed in individuals are briefly

studied. Clinical symptoms of neurosis, diagnosis, treatment and preventive measures
are given.

Keywords:

psychogenic factors, dysthymic disorder, obsessive-compulsive

disorder.

Nevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish,

(qadimgi yunon. νεῦρον «asab» dan

yangi lot.

neurosis

) — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar

majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o’rnashib qoladigan fikrlar
yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining
vaqtinchalik pasayishi bilan ta’riflanadi. Turli hil hollarda psixogen omillar bu nizolar
(ichki yoki tashqi), psixologik travmaga olib keladigan vaziyatlar ta’siri, stress yoki
uzoq vaqt mobaynida emotsional va aqliy jarayonning zo’riqishi hisoblanadi. [1]

«Nevroz» termini hozirda Amerika Qo’shma Shtatlarida professional psixiatrik

jamiyat tomonidan ishlatilmaydi. Amerika psixik buzilishlar diagnostik va statistik
qo’llanmasining DSM-III 1980-yilda uchinchi nashridan boshlab «nevrozlar» bo’limi
bekor qilindi. Misol uchun, depressiv nevroz o’rniga

distimik buzilish

, obessiv-

kompulsiv nevroz o’rniga

obessiv-kompulsiv buzilish

, ipoxondrik nevroz o’rniga

ipoxondriya

kiritildi terminlari orqali DSM-IV holatida o’zgartirilgan. [2]

P. Pavlov o’zining fiziologik ta’limoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va

tashqi qo’z’g’atuvchilar ta’siri tufayli miya po’stlog’ida o’ta zo’riqish natijasida oliy
nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

283

«nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham

qo’llash ko’p bahs-munozaralarga olib keldi.

Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur

psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini
qondirishga to’sqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga
qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan qolaversa, uzoq vaqt saqlanadigan
ijtimoiy vaziyatlar sharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi.

Avsrtyalalik psixoanalitik Zigmund Freydning uzoq vaq iszlanishlari va

kuzatishlari bo’yicha, nizolarni «Id»ning instinktning talablarni jamiyatdagi odobaxloq
va me’yorlarni nazarda tutadigan «Super ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental
qarshiliklarda ko’rgan. [1]

Vegetotomirli distoniya — bu vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishidir.

Aqlga bo’ysunadigan va mushaklarni boshqaradigan somatik nerv tizimidan

farqli o’laroq, vegetativ asab tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va organizmning
a’zolari va tizimlari faoliyatini ta’minlaydi. [1]

Nevrotik buzilishlarning ruhiy va jismoniy belgilari

Emotsional tushkunlik (ko’pincha aniq sabablarsiz)

Ijtimoiy aloqadagi muammolar

Noadekvat o’zini baholash: past yoki haddan ziyod yuqori

Tez-tez tashvish, qo’rquv hissi, «biron narsaning tashvishli kutilishi», fobiya,

vahima hurujlari, vahimali buzilishlar.

Ko’pincha

sinizm

qayd qilinadi.

Kayfiyatning

barqarorsizligi

yani, tez-tez

va

keskin

o’zgaruvchanligi.

Qo’zg’aluvchanlik (nevrastenyia).

Stressga nisbatan yuqori sezuvchanlik — ahamiyatsiz stressli voqeaga odamlar

umidsizlik yoki tajovuzkorlik bilan munosabat bildirishadi.

Psixotravmatik

vaziyatga ko’p to’xtalib qolish.

Ishlamoqchi bo’lganda tezda charchab qolish — xotira, e’tibor va fikrlash

qobiliyatlari susayishi

Baland tovushlarga, yorqin nurlarga, harorat o’zgarishiga sezgirlik.

Uyquning buzilishi: odamning ortiqcha qo’zg’alganligi sababli uxlab qolish

qiyin kechadi; uyqu yuzaki, tashvishlantiruvchi, tetiklik bermaydigan bo’ladi; ertalab
ko’pincha uyquchanlik kuzatiladi.

Xavotirlar, qon bosimining pasayib ketishi tufayli bosh aylanishi va ko’z

qorong’ulashishi.

Jismoniy

og’riqni

psixologik

boshdan

kechirish

(psixalgiya),

ipoxondriyagacha olib boradigan o’z sog’lig’iga haddan ortiq g’amxo’rlik.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

284

Ba’zan — libido va erektsiyaning pasayishi. [1]

Nevroz kasalligini davolash

Nevrozlarni davolashning ko’p usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni davosi

antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va medikamentoz
terapiyaga asoslanadi.

Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni davolashning asosiy usuli psixoterapiya

hisoblanadi. Hozirgi vaqtda psixoterapevtik yordamning ko’plab yo’nalishlari va
usullari mavjud. Ular

patogenik

(nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi

jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan) va

simptomatik

yoki yordamchi (ular faqat patogenik

uslublar bilan birgalikdagina samarali bo’lib, o’zlari faqat alomatlarni
yengillashtiruvchi vaqtinchalik ta’sir ko’rsatadi) turlarga bo’linadi. [6]

Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, kognitiv, tizimli,

integrativ, geshtalt-terapiyani o’z ichiga oladi.

Simptomatik usublarga

esa

xulq-atvor,

gipnoz,

tana-yo’naltirilgan,

ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa terapiyasi va
boshqalar kiradi.

Nevroz insonning tiklanadigan holati bo’lib, psixoterapevtik davolanishiga

yaxshi bo’ysunadi. Dori-darmonli terapiya faqat psixoterapevtik jarayon uchun
katalizator bo’lib, hech qanday holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida
qaralmaydi. Kamdan-kam hollarda, inson shaxsiyatining o’sishi, nizoli vaziyat
ahamiyatining yo’qolishi, avvalgi turmush tarziga qaytish va hokazolar tufayli
nizoning hal bo’lishi natijasida nevrozdan mustaqil qutilish hollari ham qayd qilinadi.
[6]

Obsessiv-kompulsiv

buzilishda birinchi o’rindagi davolash sifatida

kognitivxulq terapiyasi (KXT) va

SQUSI

(serotonin qayta ushlanishining selektiv

ingibitorlari) yoki

klomipramin

guruhi antidepressantlarini qo’llash tavsiya etiladi.

Kognitiv-xulq terapiyasidan tashqari, psixodinamik terapiya yoki psixoanaliz ham
ishlatiladi, lekin ularning samaradorligi, KXT samaradorligidan farqli o’laroq, kam
isbotlangan. KXT — bu obssesiv-kompulsiv buzilishda samaradorligi nazorat ostida
o’tkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan psixoterapiyaning yagona turidir. [1]

Obsessiv-kompulsiv buzilishni kognitiv davolashda adapitvlikka o’rgatish

qo’llaniladi — bu texnikada terapevt bemorda qayta-qayta o’rnashib qolgan fikrlarni
chaqirishga harakat qiladi, natijada bunday fikrlar bemor uchun xavflilik ahamiyatini
yo’qotadi va xavotirning pasayishiga sabab bo’ladi deb taxmin qilinadi. Shuningdek
javobni oldini olishning yashirin texnikasi ham ishlatiladi: terapevtlar bemorlarni
adaptiv o’qitish davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’rnashib qolgan fikrlardan
chalg’ish yoki saqlanishga o’rgatadi. Kognitiv nazariya tarafdorlari fikrlariga ko’ra,
bunday buzilish insonning yoqimsiz, keraksiz o’ylari mavjudligi xususiyatlaridan kelib
chiqadi: ba’zi odamlar uchun yoqimsiz fikrlar shu darajada jirkanch va zo’riqtiradigan

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

285

ta’sir ko’rsatadiki, ular bunday fikrlardan qochish yoki ularni bartaraf qilishga
urinishadi. Bu sa’y-harakatlar fikrlarning o’rnashib qolishiga olib keladi, ular
noqulaylikni bir muddat pasaytiradi va qayta-qayta takrorlanaveradi, qutilishga harakat
qilish esa ular bilan bog’liq tashvishlarni yanada kuchayishiga sabab bo’ladi. [1]

Psixoanaliz metodi

Nevrozda psixoanaliz ham qo’llaniladi. Ko’pgina

psixoanalitik maktablar fikriga ko’ra, bemor o’z ziddiyatlarini tan olishi, o’zining
shaxsiyati haqida aniqroq tasavvurlarga ega bo’lishi kerak. Psixoterapiyaning asosiy
vazifasi bemorga nevroz rivojlanishiga olib kelgan barcha munosabatlar jamlanmasini
tan olishga yordam berishdir. Psixoterapiyaning natijasi bemorga uning hayotiy
tajribasi, bu tajriba asosida shakllangan atrofdagi odamlar bilan munosabatlar tizimini
ziddiyatga kelgan vaziyat va kasallikning namoyon bo’lishi bilan bo’lgan nisbatini
bemorga tushuntirishdan iborat. Nevrozni davolashda gipnoz va autogen
mashg’ulotlar juda muhim o’rin tutadi. Agar nevroz mavsumiy ruhiy tushkunlik
sababli yuzaga kelgan bo’lsa, uni davolash va oldini olish uchun, quyoshli kunlar sayr
qilish yoki nur bilan davolash ko’rsatiladi. [1]

TMS orqali davolash

Transkranial magnit stimulyatsiya (

TMS

) yoki

Transkanial magnit stimulyatsiya terapiyasi

(TMS); Bu boshning ma'lum

qismlaridan miyaga to'g'ridan-to'g'ri etib borish uchun ishlab chiqarilgan maxsus
qurilma orqali magnit impulslarni kuchaytirish orqali miya hujayralarini
rag'batlantiradigan davolashdir.

TMS usuli 1985 yildan beri qo'llanilib kelinmoqda va 2008 yilda FDA (Amerika

oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi) tomonidan klinik ma'qullangan. Bu qo'llash bilan
bog'liq klinik tadqiqotlar tobora kuchayib borayotgan davolash turi. Bugungi kunda
ushbu usulning mashhurligi ortib bormoqda. Erdem Psixiatriya, shuningdek,
mutaxassis va tajribali xodimlari bilan TMS davolashda xizmatlarni taqdim etadi. [5]

Nevrozdan xalos bo‘lish uchun qo’shimcha asoslangan umumiy tavsiysalar:

Avvallari nevroz belgilarisiz, umuman boshqa inson bo‘lib yashab, endilikda

birdan paydo bo‘luvchi salbiy fikrlar yashashingizga xalaqit qilayotgan bo‘lsa,
terapevtga ko‘rinishingiz kerak. Mutaxassis aynan qaysi jarohatlovchi voqea nevrotik
buzilishlar rivojlanishiga olib kelganini aniqlaydi hamda sizga vahima bilan
kurashishga yordam beradi. Qolaversa, nevroz sodir bo‘lishi juda kuchli bo‘lmasa,
muammoni boshqa usullar bilan hal qilishda samarali natijalar olish mumkin. [7]

1.

Ochiq havoda ko‘proq sayr qiling

Hech bo‘lmaganda kuniga 30 daqiqa.

Hattoki 15 daqiqalik sayr ham o‘zingizni yaxshiroq his qilishingizga ko‘maklashadi.

2.

Yaqin insonlar bilan suhbatlashing

Qulflanib olmang! Tug‘ishganlar va

do‘stlaringizga aynan nima sizni asabiylashishga majbur qilayotgani haqida gapiring.

Sizni qiyin daqiqalarda qo‘llab turishlarini iltimos qiling.

4.

Kofein va alkogol iste'molini cheklang

Ular ham sizdagi xavotir va hissiy

qo‘zg‘alishni oshiradi.

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

286

5.

To‘laqonli harakat qiling

Vahima bilan kurashish uchun miyaga quvvat

zarur. Nonushta, tushlik va kechki ovqatni o‘tkazib yubormaslikka va jiddiy
parhezlarni rad etishga harakat qiling.

7. Barcha nevrotik noxush hodisalarni yozib chiqing

Bu bezovtalik yanada

kuchayadigan vaziyatlarni tahlil qilishga yordam beradi. Qonuniyatlarni payqab,
o‘xshash holatlardan qochishingiz mumkin. [7]

REFERENCES

1.

Фрейд З. Знаменитые случаи из практики. М.: Когито-Центр Ольшанский
Д.А. Пять основных клинических случаев Фрейда / Психологическая газета

2.

Britanica: "Nevroz". Qabul qilingan kuni: 2018 yil 13-iyul kuni Britannica:
britannica.com.

3.

Axmat o’g’li, D. S., & Sevinch, A. (2023). BEMORLARDA NEVROTIK
HOLATLAR TAHLILI. Scientific Impulse, 1(8), 716-719.

4.

Dursunov, S. (2022). TRIXOFAGIYA TURLARIDA KUZATILADIGAN
SHAXS XUSUSIYATALARI VA MOYILLIKLARINI ANIQLASH. PEDAGOG,

5.

1(4), 63-65.

6.

Narmetova, Y. K. (2016). Organization of the psychological support in the
cardiology clinics. Theoretical & Applied Science, (7), 28-31.

7.

Нарметова, Ю. К. (2022). Особенности психокоррекционного подхода при
психосоматических заболеваниях (на примере ишемической болезни сердца).
Gospodarka i Innowacje., 21, 258-261.

8.

Нарметова, Ю. (2015). Психосоматик беморларда эмоционал холат
бузилишлари ва уларга психологик ёрдам кўрсатишнинг ўзига хослиги.
ЎзМУ хабарлари.

9.

Nasirovna, M. R. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS IN
CLINICAL PRACTICE. Conferencea, 4-6.

10.

Narmetova, Y., Melibayeva, R., Akhmedova, M., Askarova, N., & Nurmatov, A.
(2022). PSYCHODIAGNOSTICS ATTITUDE OF THE PSYCHOSOMATIC
PATIENTS’DISEASE.

11.

Мелибаева, Р.

Н. (2022).

КЛИНИК АМАЛИЁТДА

КОГНИТИВ ФУНКЦИЯЛАР ВА УЛАРНИНГ

БУЗИЛИШЛАРИ

ПСИХОДИАГНОСТИКАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 928-932.

12.

Мелибаева, Р., & Абдиназарова, И. (2020). Тиббий психодиагностика:
муаммо, мулоҳаза ва ечимлар.

13.

Рашидович, Б. Т. (2022). НЕКОТОРЫЕ МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ
ДИАГНОСТИКИ ОСОБЕННОСТЕЙ ПРЕОДОЛЕНИЯ ПОДРОСТКАМИ
КРИЗИСНЫХ СИТУАЦИЙ ЖИЗНИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(12), 224-228.

14.

HK Mukhtorova, NB Mukhamadieva, UT Rustamov The American Journal of
Medical Sciences and Pharmaceutical Research 2 (12 …2020

15.

Истамов М. Б. . (2023). НОВЫЕ ПОДХОДЫ И СОВРЕМЕННЫЕ
ИССЛЕДОВАНИЯ В ОБЛАСТИ ПСИХИАТРИИ. БОШКАРУВ ВА ЭТИКА

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

44-son_3-to’plam_May-2025

ISSN: 3030-3621

287

КОЙДАЛАРИ

ОНЛАЙН

ИЛМИЙ

ЮРНАЛИ,

3(11),

19-24.

http://sciencebox.uz/index.php/sjeg/article/view/8633

16.

MB Istamov. . (2023). NEW APPROACHES AND CURRENT RESEARCH IN
THE FIELD OF PSYCHIATRY , BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI
ONLAYN ILMIY JURNALI: BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI
ONLAYN

ILMIY

JURNALI

Vol.

3

No.

(11),

13-18.

http://sciencebox.uz/index.php/sjeg/article/view/8633

17.

IM Bahodirovich. . (2023). SHAXS XUSUSIYATI PATOLOGIYALI
O’SMIRLARDA

RUHIY

FAOL

MODDALAR

SUISTEMOL

XUSUSSIYATLARI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN
ILMIY,

3(8),

5-8.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=O6jdxv
sAAAAJ&citation_for_view=O6jdxvsAAAAJ:qjMakFHDy7sC

18.

IM Bahodirovich. . (2023). XURUJSIMON SHIZOFRENIYA REMISIYASIDA
DEPRESSIYA KLINIKASI VA DAVOLASH. IJTIMOIY FANLARDA
INNOVASIYA

ONLAYN

ILMIY,

3(6),

94-97.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=O6jdxv
sAAAAJ&citation_for_view=O6jdxvsAAи AAJ:2osOgNQ5qMEC

19.

ХК Мухтарова, М Б Истамов. . (2023). Актуальные Задачи Современной
Судебной Психиатрии. Исследовательский журнал исследований травмы и
инвалидности,

2(6),

187-193.

http://journals.academiczone.net/index.php/rjtds/article/view/1034

20.

Х.К., М. ., & М.Б., И. . (2023). ПРОБЛЕМЫ СОЦИАЛЬНОЙ ИЗОЛЯЦИИ
ПАЦИЕНТОВ ПРИ ШИЗОФРЕНИИ . Исследовательский журнал
исследований

травмы

и

инвалидности,

2(5),

206–209.

http://journals.academiczone.net/index.php/rjtds/article/view/908

21.

Rustamov U.T, Tilavov M.T., Karimova S.SH, Istamov M.B, & Jo’raev Sh.J.
(2023). Specific Characteristics And Prevalence of Mental Disorders in
Oncological Diseases of The Lung And Gastrointestinal Tract. Journal of Advanced
Zoology, 44(S4), 141–145. https://doi.org/10.17762/jaz.v44iS4.2345

22.

Истамов Мирмухсинжон Баходирович. Vol. 49 (2024): Miasto Przyszłości
Алкогольный Фактор В Криминальной Агрессии При Психопатологических
Расстройствах

Bibliografik manbalar

REFERENCES

Фрейд З. Знаменитые случаи из практики. М.: Когито-Центр Ольшанский

Д.А. Пять основных клинических случаев Фрейда / Психологическая газета

Britanica: "Nevroz". Qabul qilingan kuni: 2018 yil 13-iyul kuni Britannica:

britannica.com.

Axmat o’g’li, D. S., & Sevinch, A. (2023). BEMORLARDA NEVROTIK

HOLATLAR TAHLILI. Scientific Impulse, 1(8), 716-719.

Dursunov, S. (2022). TRIXOFAGIYA TURLARIDA KUZATILADIGAN

SHAXS XUSUSIYATALARI VA MOYILLIKLARINI ANIQLASH. PEDAGOG,

1(4), 63-65.

Narmetova, Y. K. (2016). Organization of the psychological support in the

cardiology clinics. Theoretical & Applied Science, (7), 28-31.

Нарметова, Ю. К. (2022). Особенности психокоррекционного подхода при

психосоматических заболеваниях (на примере ишемической болезни сердца).

Gospodarka i Innowacje., 21, 258-261.

Нарметова, Ю. (2015). Психосоматик беморларда эмоционал холат

бузилишлари ва уларга психологик ёрдам кўрсатишнинг ўзига хослиги.

ЎзМУ хабарлари.

Nasirovna, M. R. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS IN

CLINICAL PRACTICE. Conferencea, 4-6.

Narmetova, Y., Melibayeva, R., Akhmedova, M., Askarova, N., & Nurmatov, A.

(2022). PSYCHODIAGNOSTICS ATTITUDE OF THE PSYCHOSOMATIC

PATIENTS’DISEASE.

Мелибаева, Р. Н. (2022). КЛИНИК АМАЛИЁТДА

КОГНИТИВ ФУНКЦИЯЛАР ВА УЛАРНИНГ БУЗИЛИШЛАРИ

ПСИХОДИАГНОСТИКАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational,

natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 928-932.

Мелибаева, Р., & Абдиназарова, И. (2020). Тиббий психодиагностика:

муаммо, мулоҳаза ва ечимлар.

Рашидович, Б. Т. (2022). НЕКОТОРЫЕ МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ

ДИАГНОСТИКИ ОСОБЕННОСТЕЙ ПРЕОДОЛЕНИЯ ПОДРОСТКАМИ

КРИЗИСНЫХ СИТУАЦИЙ ЖИЗНИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF

MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(12), 224-228.

HK Mukhtorova, NB Mukhamadieva, UT Rustamov The American Journal of

Medical Sciences and Pharmaceutical Research 2 (12 …2020

Истамов М. Б. . (2023). НОВЫЕ ПОДХОДЫ И СОВРЕМЕННЫЕ

ИССЛЕДОВАНИЯ В ОБЛАСТИ ПСИХИАТРИИ. БОШКАРУВ ВА ЭТИКА КОЙДАЛАРИ ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЮРНАЛИ, 3(11), 19-24.

MB Istamov. . (2023). NEW APPROACHES AND CURRENT RESEARCH IN

THE FIELD OF PSYCHIATRY , BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI

ONLAYN ILMIY JURNALI: BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI

ONLAYN ILMIY JURNALI Vol. 3 No. (11), 13-18.

IM Bahodirovich. . (2023). SHAXS XUSUSIYATI PATOLOGIYALI

O’SMIRLARDA RUHIY FAOL MODDALAR SUISTEMOL

XUSUSSIYATLARI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN

ILMIY, 3(8), 5-8.

sAAAAJ&citation_for_view=O6jdxvsAAAAJ:qjMakFHDy7sC

IM Bahodirovich. . (2023). XURUJSIMON SHIZOFRENIYA REMISIYASIDA

DEPRESSIYA KLINIKASI VA DAVOLASH. IJTIMOIY FANLARDA

INNOVASIYA ONLAYN ILMIY, 3(6), 94-97.

sAAAAJ&citation_for_view=O6jdxvsAAи AAJ:2osOgNQ5qMEC

ХК Мухтарова, М Б Истамов. . (2023). Актуальные Задачи Современной

Судебной Психиатрии. Исследовательский журнал исследований травмы и

инвалидности, 2(6), 187-193.

Х.К., М. ., & М.Б., И. . (2023). ПРОБЛЕМЫ СОЦИАЛЬНОЙ ИЗОЛЯЦИИ

ПАЦИЕНТОВ ПРИ ШИЗОФРЕНИИ . Исследовательский журнал

исследований травмы и инвалидности, 2(5), 206–209.