Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
57
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO’LGAN BOLALARNI
O’QITISH UCHUH INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI TASHKIL ETISH,
UMUMTA’LIM MUASSASALARINI MAXSUS MOSLAMALAR
(KO’TARISH QURILMASI, PANDUS, TUTQICH VA BOSHQALAR),
SHUNINGDEK TEGISHLI KADIRLAR ( MAXUS PEDAGOG, BOLALARNI
RUHIY-PEDAGOGIK KUZATISH BO’YICHA MUTAXASSISLAR) BILAN
TA’MINLASH.
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti
2-kurs talabasi
Xo’jamurodova Nasiba
JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
Djurayeva Sohiba
Annotatsiya
Inklyuziv ta’lim-bu barcha bolalarning, jumladan, alohida ta’limga ehtiyoji
bo’lgan bolalarning ham bir xil maktab va sinfxonalarda, teng sharoitlarda ta’lim
olishni ta’minlaydigan yondashuvdir. Shuningdek, alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan
bollarni o’qitish zamonaviy ta’limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Inklyuziv
ta’lim yondashuvi ushbu bolalarni umumiy ta’lim muassasalariga jalb qilish va ularga
teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Ammo, inklyuziv ta’lim samarali bo’lishi
uchun muassasalar maxsus moslamalar bilan ta’minlanishi, shuningdek, malakali
kadrlar bilan to’ldirilishi lozim.
Kalit so’zlar:
Inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar,
inklyuziv ta’lim tizimi, umumta’lim muassasalari, maxsus moslamalar, maxsus
pedagog, mutaxassislar.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar kelajak
avlodning barkamol bo’lib ulg’ayishi, hech kimdan kam bo’lmay dunyoni zabt etishi
kabi muhim masalalarni hal etish turadi. Ayniqsa, yetim va ota-ona qaramog’isiz
qolgan, nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi davlat va
jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida
O’zbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni bo’lgan kishilarning huquq va
erkinliklarini, teng imkoniyatlarini ta’minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish,
chegaralarni bartaraf etish, ta’limni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy
yondashuv, uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli
qatlamlari uchun uzviylik va uzluksizligini ta’minlash borasida talaygina ishlar amalga
oshirib borilmoqda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
58
Jumladan inklyuziv ta’limni ham joriy etish ham ma’lum bir rejalarni amalga
oshirishning asosidir. Ushbu ta’limning hayotga tadbiq etilishidan maqsad jamiyatdan
chetda qolayotgan, o’z o’rnini topishga qiynalayotgan, o’z qobig’iga o’ralib, dunyo
yutuqlaridan bexabar qolayotgan, jamiyatning ma’lum masalalarini hal etishdan
yiroqda bo’lgan insonlarni jamiyatda o’z o’rinlarini topishga ko’maklashishdan
iboratdir. Bu borasida Suleymenova R.A fikricha Agarda nogiron bollarning o’z
jamoalari va butun jamiyat ijtimoiy hayotiga jalb etishimkoniyatlari rad etilsa ularning
imkoniyatlari keskin kamayadi. Degan fikrni bildirdi [BMT 1975-yilda «Nogiron
shaxslar huquqlari to’g’risida»gi Deklaratsiya 21-bet]. Ushbu fikrlar ham alohida
ta’lim ehtiyoji bo’lgan bolalarning jamiyatdan uzilgan holda barcha imkoniyatlarini
nomoyon qilgan holda yashay olmasligini isbotlaydi.Inklyuziv ta’limning maqsadi esa
bu kabi kamchiliklarga barham berishdan iborat. Albattta,bu ishlarni amalga oshirish
oson emas.
Inklyuziv ta’limga jalb qilingan bolalar uchun ularning qay taraflama yordamga
muhtojligiga qarab ular uchun kerakli barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Ular uchun
moslashtirilgan holda dastur hamda rejalar tuziladi o’quv jarayonlari ham ularga
moslashtiriladi. Qaysi azosida nuqsoni (ko’rish, eshitish,tayanch-harakatida, nutqida
va
hokazo)
mavjudligiga
qarab
maktab
maxsus
moslamalar
bilan
jihozlantiriladi.Ularning ta’lim jarayonini o’zlashtirishda yordam berish maqsadida
maxsus pedagog va psixologlar bilan ta’minlanadi.
Inklyuziv ta’lim sinflarida o’quv ta’lim jarayoni quyidagicha tashkil
etiladi:inklyuziv ta’lim sinflaridajami o’quvchilar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.
Ushbu sinflarda umumiy o’rta ta’lim dasturlari bo’yicha ommaviy tarzda o’qiyotgan
o’quvchilar bilan birga maxsu(korreksion)dasturlar asosida o’qiyotgan alohida ta’lim
ehtiyojlari bo’lgan o’quvchilar soni 3 nafardan oshmasligi kerak.
Inklyuziv ta’lim sinflariga faqat bir xil tibbiy tashxisdagi o’quvchilar qabul
qilinadi.
Maktablarda inklyuziv ta’lim sinflari soni parallel sinflarda ikkitadan ortiq
tashkil etilmaydi. Inklyuziv ta’lim sinflarda o’qitish va tarbiyalash jarayoni
o’quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
O’quvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning o’ziga xosligini hisobga olgan holda
davlat ta’lim standartlariga muvofiq baholanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quv rejasi va
dastur asosida maxsus korreksion tuzatish usullaridan foydalanilgan holda olib
boriladi.
Inklyuziv ta’lim sainflarining o’quvchilariga individual ta’lim adsturlarini
o’zlashtirishga yordam ko’rsatish maxsus pedagoglar va tyutorlar tomonidan amalga
oshiriladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
59
Har bir inklyuziv ta’lim sinflari ochilgan maktab uchun alohida maxsus pedagog
shtat birliklari ajratiladi. [26-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi ,29.12.2023-y,09/23/705/1000-son]
O’quvchilar bilan individual ta’lim dasturlarini o’zlashtirish ,maxsus pedagoglar
tomonidan ta’lim jarayonidagi barcha darslarda , sinfda tashqari boshqa tadbirlarda
amalga oshiriladi. [27- band O’zbekisto Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 2022-yil
2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
,03.08.2022-y,09/22/425/0712-son].
Inklyuziv ta’lim sinflari ochilgan maktaablarda o’quvchilarga individual ta’lim
tizimini o’zlashtirish rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash ularga turli
ko’rinishdagi psixologik yordam berish maqsadida maxsus yordam ko’rsatish xonalari
tashkil etiladi.
Albatta, maxsus yordam ko’rsatish xonalari maxsus jihozlar bilan ta’minlanadi.
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan sinflarga tyutor (maxsus pedagog xodim) sifatida
tegishli malakaga ega bo’lgan volyontorlar oliy ta’lim muassasalarining pedagogika
yo’nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogic amaliyot bdavrida ixtiyoriylik asosida
jalb qilinadi. Inklyuziv ta’lim sinflarida o’quvchilarga oliy ma’lumotli, shuningdek,
tegishli qayta tayyorlashdan o’tgan o’qituvchi yoki defektologlar tomonidan dars
beriladi.Har bir o’quvchi uchun umumiy o’rta ta’lim dasturi va maxsus ta’lim dastridan
kelib chiqqan holda maktab tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja va mashg’ulotlar
jadvali tuziladi.Bunda o’quvchining psixojismoniy xususiyatlari ,qiziqishlari hamda
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning tavfsiyalari inobatga olinadi.
Tyutor;
Ta’lim jarayonida sodir bo’layotgan qiyinchiliklarni yengishga ko’maklashadi,
ta’lim jarayonining individuallashuvi uchun ko’maklashadi,o’quvchilarning o’quv
dasturlarini o’quv ta’lim standartlariga muvofiq darajada o’zlashtirishlariga
ko’maklashadi va b.
Maktab psixologi;
Har bir o’quvchining psixik salomatligini himoyalash, o’quvchilar bilan
guruhda mashg’ulotlar olib boorish, o’quvchilarni doimiy psixologik-pedagogik
jihatdan o’rganish va ularni tabiyalash bo’yicha ota-onalarga maslahatlar berish.
Maktabdagi
jismoniy tarbiya o’qituvchi o’quvchilarning sog’ligini
mustahkamlsh, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish vazifasini bajaradi.
Maktabdagi tibbiyot xodimi tomonidan o’quvchilarga tibbiy yordam
ko’rsatiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadagigan bo’lsam, inklyuzi ta’lim ijtimoiy himoyaga muhtoj
bolalarga juda ko’plab imkoniyatlar yaratib beradi. Ularning o’z orzu-umidlari, istak-
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
60
hoxishlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Shuningdek ushbu
imkoniyatlar ularning rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi. Yuqorida aytib
o’tganimizdek, ular uchun maxsus o’quv dasturlari tuziladi. Ularning holati, vaziyati,
rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda dars jarayoni ularga moslashtiriladi, visual
,kinestetik, eshitish usullari uyg’unlashtiriladi, nogironligi bo’lgan bolalar uvhun kirish
chiqish joylari, rampa va eshiklar kengaytiriladi. partalar harakatlanish imkoniyatiga
ega bo’lishi, yorug’lik va ovoz muhitini tartibga solinishi-kam eshitadigan yoki
ko’rishida muammosi bo’lgan o’quvchilar uchu sharoit yaratiladi, darsda
piktogramma, rasmlar, katta harfli matnlar v audiovisual resurslardan foydalaniladi,
quloq eshitish moslamalari yoi nutq sintezatorlari kabi yordamchi texnalogiyalar
qo’llaniladi, stress hamda bezovtalikni kamaytirish uchun shovqinsiz zonalar tashkil
etiladi .Ularga maxsus pedagoglar ,psixologlar,tibbiyot xodimlari biriktiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI;
1.
638 12.10. 2021-QAROR.DOC.
2.
D.SH.NAFASOV,I.X.RUZIMOVA,I.Q.SAYFULLAYEVA,N.B.DJABBOROVA
Inklyuziv ta’lim.Gospital pedagogika.’BOOKMANY PRINT’ TOSHKENT-2024.
3.
N.B.GOIPOVA.INKLYUZIV
TA’LIM.GOSPITAL
PEDAGOGIKA.NAMANGAN-2024.
4.
O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
XALQ
TA’LIM
VAZIRLIGI
.(2020).O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TO’G’RISIDAGI QONUNI.