Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
42
ONKOLOGIK KASALLIKLAR HAQIDA TUSHUNCHA
Djurayeva Sohiba
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti maxsus pedagogika
kafedrasi oʻqituvchisi
Xotamova Lobar
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Oʻzbek tili va
adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi
KALIT SOʻZLAR:
onkologiya, saraton, gemablastoz, oʻsma, Gippokrat, ibn
Sino, eksperimental, klinik, nazariy, radiatsion, kimyoviy.
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada onkologiya, onkologik kasalliklari haqida
maʼlumotlar keltirilgan. Onkologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, uning oldini
olish yoʻllari tahlili keltirilgan. Va shu bilan birga onkologiya faniga hissa qoʻshgan
olimlar haqida ham toʻxtab oʻtilgan.
Onkologiya (yun.onkos - shish, oʻsma va logost - taʼlimot) tibbiy-biologik fan
boʻlib, odam, hayvon va oʻsimliklarda onkogenezni nazariy, eksperimental va klinik
jihatdan oʻrganadi va oʻsimtalarni aniqlash, davolash hamda oldini olish usullarini
ishlab chiqadi. Onkologiyaning rivojlanishida, ayniqsa, Gippokrat, ibni Sino, nemis
olimi R. Virxov, rus olimlari M.A. Novinskiy, N.N. Petrov va boshqalarning xizmatlari
katta. L.A. Zilber oʻsmalarning virus - genetik nazariyasini ishlab chiqdi. Klinik
onkologiyaning
jadal
rivojlanishi
xirurgiya,
radiologiya,
kimyoterapiya,
immunologiyaning muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq.
Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida oʻzining shaxsiy eksperimental va
klinik tajribalari bilan birga oʻsmalarning kelib chiqishi, belgilari, ularni taniy olish va
davolash usullarini ham bayon qilgan.
Oʻzbekistonda onkologiya fanining rivojlanishi P.F.Borovskiy, L.D.Vasilenko
va boshqa olimlar nomlari bilan bogʻliq. Oʻzbekiston onkologlari tomonidan oʻsmalar
bilan birga uchraydigan kasalliklar quyosh nurining oʻsma toʻqimalaridagi
almashinuviga taʼsiri, oʻsma kasalliklari epidemiologiyasi va onkologik yordamni
tashkil etish, oʻsmalarni rentgenologik, ultratovush va radioizotop usullar orqali
aniqlash yoʻllari takomillashtirildi.
Dunyoda har yili 16 mln.ga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan,
Oʻzbekistonda 100 mingdan ziyod bemor onkologik kasalliklar boʻyicha roʻyxatda
turadi. Shuni afsus bilan taʼkidlash joizki, 50% idan ortiq holatlarda ushbu kasalliklar
kechki, yaʼni uchinchi va toʻrtinchi bosqichlarda aniqlanmoqda, bunda esa ularni
toʻlaqonli davolash mushkul boʻladi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kuniga birgina
pomidor yeyish onkologik kasalliklarga sabab boʻluvchi saraton hujayralarining paydo
boʻlish xavfini anchaga kamaytiradi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
43
Bugungi kunda bolalar oʻrtasida ham onkologik kasalliklar koʻp uchramoqda.
Ular ichida gemablastozlar qariyb 40% ini tashkil etadi. Shuningdek, markaziy asab
tizimi oʻsmalari, neyroblastomalar, buyrak, suyak, yumshoq toʻqimalar, quloq, tomoq,
burun, jigar va jinsiy aʼzolar xavfli oʻsmalari uchrab turadi. Insonlarda buning oldini
qanday olish mumkin? degan savol tugʻilishi tabiiy. Bolalarda onkologik kasalliklar
yuzaga kelishida embrional omillar asosiy oʻrin tutadi. Bolalarda xavfli oʻsma
kasalliklarining oldini olish uchun, avvalo, ota-ona sogʻlom boʻlishi, oilada sogʻlom
muhit yaratilishi, inson zararli illatlardan xoli boʻlishi, shuningdek, ekologik muhit
musaffoligi juda muhim hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, kasallikni davolagandan koʻra, uning oldini olish oson.
Xasta boʻlmasdan turib har bir inson onkolog - shifokorga profilaktika uchun hech
boʻlmaganda 1-2 yilda bir marta uchrasa maqsadga muvofiq boʻladi. Shunda inson
salomatligi bilan bogʻliq koʻpgina nohush holatlarning oldi olinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
D. Oʻrazbayeva "Onkologiya sohasida psixologik xizmat" uslubiy qoʻllanma.
2.
Y.M.Fayziyev, E.H.Eshboyev "Umumiy va tibbiy psixologiya".
3.
X.Q.Shodmonov, X.Sh.Eshmurodov, O.T.Tursunova "Asab va ruhiy kasalliklar".
4.
https://uza.uz internet sayti.
5.
https://uz.wikipedia.org internet sayti.