Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
311
BOSHLANG‘ICH TA’LIM TABIIY FANLARIDA EKSKURSIYA
DARSLARI.
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi.
Alimardonova Mo'tabar Xolmo'minovna
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti
Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi
To'ychiyeva Sabina Azamat qizi
Kalit so'zlar:
ekskursiya, tabiiy fanlar,daraxtlar, maktab, o'qituvchilar,
o‘quvchilar , tabiat
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarning tabiiy fan darslarida
ekskursiyalar qanchalik samarali bo‘lishi haqida so'z boradi.Shu qatori bolalarning
ekskursiya orqali fanga bo‘lagan qiziqishlarini yanada ortishi shu fanni chuqurroq
o'rganishlari sabab bo‘lishi haqida aytib o‘tilgan.
Ключевые слова:
экскурсия, естественные науки, деревья, школа,
учителя, ученики, природа
Аннотация:
В статье обсуждается эффективность экскурсий на уроках
естествознания в начальной школе. В статье также обсуждается, как можно
повысить интерес детей к науке с помощью экскурсий, что приведет к более
глубокому изучению предмета.
Keywords:
excursion, natural sciences, trees, school, teachers, students, nature
Annotation:
This article discusses the effectiveness of excursions in natural
science lessons in elementary grades. It is also mentioned that the increased interest of
children in science through excursions leads to a deeper study of this subject.
Yurtimizda tabiatni asrash avaylash unga zarar yetkazmaslik, daraxtlarni
kesmaslik uchun katta chor tadbirlar kurib borilmoqda.Yuqolib borayotgan noyob
o'simliklarni muhofaza qilish ularni asrash chora tarbirlari keng miqiyosda kurib
chiqilmoqda. Shu munosabati bilan prizdentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 2025-yil
“Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.
Bilamizki, nafaqat yurtimizda balki, boshqa mamlakatlarda ham havo va
suvlarning ifloslanishi ,global darajada issiq bulib ketishi, tabiiy ofatlari ko'payib
bormoqda.Shu sababli nafaqat o'zimizda balki, boshqa mamlakatlarda ham atrof
muhitni asrash chora tarbirlari kurib borilmoqda.Yosh-u qari tabiatni asrash uni
muhofaza qilish uchun o'z hissalarini qushishmoqda.Har bir uylarda,mahallalarda,
kuchalarda,oliygohlarda, maktablarda, korxonalarda atrof-muhitni asrash yon
atrolarida kuchatlar o'tqazish chora tadbirlari kurib borilmoqda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
312
Shunday ekan biz kattalar yoshlarga o'rnak bulishimiz ularga tabiatni asrash
kerakligi haqida yoshliklaridan boshlab o'rgatib borishimiz kerak. Hozirgi kunda
maktablarimizdagi darsliklar ham ayanan shu borada boshlang‘ich sinflarning tabiiy
fanlar kitoblarida ham tabiatni sevishga uni asrashga, o'simliklar dunyosi,hayvonot
olami va shunga uxshash mavzularni kurishimiz mumkin.Boshlang'ich sinf tabiiy fan
darsliklarida ko'proq amaliy topshiriqlar har xil tabiat quyida ekskursiyalarga,
kurgazmaliliklar keltirib o'tilgan.Bular bolalarni tabiati sevish uni asrashga uni
parvarish qilishga o'rgatadi. Boshlang'ich sinflarning tabiiy fan darslarida bolalarni
tabiat quyida ularning havsizligini taminlagan holda olib chiqilsa, har xil dorivor o'tlar
bilan darxtlarning turlari bilan tanishtirish fanga bulgan qiziqishini yanada
ortiradi.Bunday
ekskursiyalar
o'quvchilarni
darsga
bulgan
qiziqishlarini
oshiradi.Darslarni yanada o'zlashtirishlariga sabab buladi.
Ekskursiya darslarida bolalar bilan birgalikda kuchatlar o'tqazilsa, ular bitta
kuchat o‘tqazishda qancha mashaqqat mehnat borligi ko'rishsa, daraxtlarni sindirish
kerak emasligini tushunishadi.Ekskursiya davomida bolalar darsni yana yaxshi
o‘zlashtirishlari, keyinchalik bu borada o‘zlari uylarida ham kuchatlar yoki biror bir
o'simlikning parvarish qilganliklarini haqida sinfdoshlariga hamda o‘qituvchilariga
so‘zlab berishlari mumkin. Ekskursiyalar o'quvchilarning dunyoqarashlarini
shakllantirish, atrof-muhitni asrash, ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fanga
bo‘lgan qiziquvchanlik xususiyatlarini shakllantirish orqali bolalar fani yana
o‘zlashtirishlarida katta yordam beradi. Albatta, ekskursiya davomida o‘quvchilarning
havsizligini taminlagan birinchi o'rinda turadi, bunda o‘qituvchi yanada e'tiborlidir
bo‘lishi zarur. Agar o‘quvchilarni ekskursiyaga olib chiqish imkoni bo'lmagan hollarda
sinf xonalarda ham ko'rsatish mumkin ekan.Masalan sinf xonaning o‘zida tuvakka
biror gul yoki nihol ekib ko‘rsatish mumkin. O‘quvchilar uylaridan har xil urug‘lar olib
kelib uni birgalikda sinf xonada ekishlari va uni necha kunda kurtak ochishini necha
kunda o'sib chiqishini kuzatishlari o‘zlari tajriba olib borishlari mumkin. Sinf
xonalarga gul olib kelish kerak bulsa xuddi o‘quvchilarga turli xil gul urug'larini olib
kelishlarini aytib, ularni ekanman so‘ng qaysi gul urug‘ necha kunda ochilishi o'sib
unishini guvohi bo‘lishlari mumkin.Bularning barchasi albatta tabiiy fanlar darslarida
bo‘lib o‘tadi.Bunday mashg'ulotlar nafaqat bolalarni yoshi kattalarga ham qiziqish
uyg‘otadi.Shunda o‘quvchilar tabiatni sevish uni asrash kerakligi haqida tushunishadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarni tabiatni sevishga uni
asrashga yoshliklaridan qiziqtirib o‘rgatib borishimiz kerak bo'ladi. Albatta, biz
kattalar bularga o'rnak bo‘lgan holda eng avvalo o'zimizdan boshlashingiz
kerak.Bizning doim sinf xonaning o‘zida dars o‘tishimiz o‘quvchilarning darsga
bulgan ishtiyoqini so‘ndirishi darsdan tezda zerikishlariga olib kelishi
mumkin.Shunday ekan o‘quvchilarning tabiat quyida sayr qildirish, ekskursiyalar
tashlik etish ,shu qatorida o‘quvchilarning havsizligini ta'minlash o‘qituvchilarning
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
42-son_1-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
313
asosiy vazifasi hisoblanadi.Bunday turdagi ekskursiyalar o‘quvchilarning
ijodkorliklari, o‘zlaridagi yashirin qobiliyatlarini ham ochib berishi hatto darsga
qiziqmagan o‘quvchilarning ham qiziqishlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ta’lim taraqqiyoti. Boshlang’ich ta’lim, «Sharq» 1999-yil, 7-maxsus son.
2.
Rustam Jo‘raqulov. Boshlang'ich ta'limning bugungi kundagi dolzarb muammolari.
Ta’lim va taraqqiyot. 25.06.2016.
3.
Boshlanǵich sinf darsliklar: Tabiiy fan 1-2-3-4-sinflar