299
TARJIMASHUNOSLIK: MUAMMOLAR, YECHIMLAR
VA ISTIQBOLLAR
Yangiboyeva Shahnoza Abdukarim qizi
talaba, Media va kommunikatsiya fakulteti,
O‘zbekiston davlat jahon
tillari universiteti
Har bir til vaqt oʻtishi bilan taraqqiy etib boradi. Bu jarayonda ba’zan
muvaffaqiyatlar, bazan keskin burilishlar va muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Til millatning
koʻzgusi demakdir. Ayni millat istiqboli, kelajagi uchun ham tildagi
vujudga kelayotgan muammolar barcha uchun muhim va birinchi darajadagi omil
boʻlmogʻi kerak.
Oʻzbek tilining taraqqiy jarayonlariga alohida toʻxtaladigan bo‘lsak, XII-
XIII asrlardan XX asr boshlarigacha Lutfiy, Atoyi, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab,
Ogahiy, Feruz, Muqumiy, Furqat kabi mumtoz shoirlarimizning shoh asarlari yozilgan
eski oʻzbek tili hozirgi o‘zbek tilining shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lgan.
Oʻzbek tilining takomillashuvida Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy singari oʻnlab, yuzlab
soʻz ustalari xizmat qilgan boʻlsalar, Alisher Navoiy uning obroʻyini dunyoga tanitdi
1
XII asrdan to bugunga qadar tilimizda ulkan oʻzgarishlar yuz berdi; koʻp so‘z
iste’moldan chiqdi, qanchadan qancha yangi soʻzlar paydo boʻldi va ularning oʻrnini
egalladi. Shuningdek bugun ham tilimizda bir qancha oʻzgarishlar yuzaga kelmoqda.
Bu oʻzgarishlar, ayniqsa, tarjimashunoslik sohasida o‘z aksini topmoqda. Ma’lumki,
til soʻzga qoʻshimchalar qoʻshish orqali soʻz hosil boʻlishi, yangi ixtirolarni nomlash,
soʻzni boshqa tillardan oʻz xolicha oʻzlashtirish va tarjima amaliyoti jarayonida boyib
boradi. Til boyishining tarjima amaliyotidagi jarayoni murakkab va oʻta mas’uliyatli
jarayondir. Sababi shundaki, ti
ldagi bitta notogʻri tarjima koʻplab muammolarga sabab
boʻlishi mumkin. Mavzu davomida ayni mana shu tarjima, uning ahamiyati,
tarjimashunoslikdagi muammolar va, albatta, yechimlar va istiqbollar haqida batafsil
fikr yuritamiz.
Tarjima, atama, ixtisoslashuv, ona tili, konferensiya, tahlil va tahrir.
Tarjima nima? Tarjima soʻz, tushuncha, gap, matn, asar va hokazolarning bir
tildan ikkinchi tilga oʻgirilishidir.
Tarjima nima uchun muhim?
Uning muhimligi shundaki:
1.
O‘rganilishi kerak bo‘lgan bilimlar majmuasini kengaytiradi.
2.
Har ikki yoki undan ortiq tillardagi ma’lumotlarni o‘zaro qiyoslash, atroflicha
fikrlash imkonini yaratadi.
3.
Tillarning ichki imkoniyatlarini mukammal oʻrganishga turtki boʻladi.
4. Fikrlash doirasini kengaytirib, bahsli munozarala
rda ayni bir tildan oʻrinli
dalillarni keltira olishga koʻmaklashib, suhbatdoshlardan ustunlikni taʻminlab
beradi.Biroq soʻnggi vaqtlarda tarjimashunoslikda bir qancha muammolar paydo
boʻlmoqda:
1.
Nomutanosiblik, ya’ni bir tilda koʻzlangan aniq ma’no ikkinchi tilga tarjima
qilinganda mos kelmasligi.
Masalan, “Brain drain” soʻzini ingliz tilidan soʻzma-soʻz
tarjima qilsak, “aqllarning sizib chiqishi” tarjimasini beradi. Biroq bu soʻzning izohida
“Immigration of skilled individuals from their country, typically for higher weges or
better working conditions” yozilgan. Tarjimasi: malakali shaxslarning odatda yuqori
300
ish haqi yoki yaxshi ish sharoitlari uchun yashash joyidan boshqa mamlakatga
ketishi. Demak, yakuniy xulosa beradigan boʻlsak, “Brain drain” soʻzini “aqllarning
sizib chiqishi” deya tarjima qilish xato. Toʻgʻri muqobili “Ziyoli qatlamning ketishi”.
2.
Fikriy gʻalizlik. Soʻzma-soʻz tarjima qilinganda yanglish ma’no anglatadigan
tarjimalar.
Bevosita yana yuqorida tarjimaga qaytamiz. “Brain drain” – “aqllarning
sizib chiqishi”. Bunda “-lar” qoʻshimchasi mavhum otga bevosita bogʻlanganligi
sababli kesatish ma’nosini ifodalab qolgan. Bunday hollarda albatta, oʻrinli
ma’nodosh soʻzni topib qoʻllagan ma’qul.
3.
Ma’nosi yoʻq tarjimalar. Bunday tarjimalar hozirgi vaqtda asosan Google,
Vikipediyalarda
tez-
tez koʻzga tashlanmoqda. Masalan, “Moocksp.ru”da
joylashtirilgan tarjimalar:
1.
Agar ishtirok etsangiz, aktyor koʻtarib boʻlmaydi;
2.
Kechirasiz, teatrga taqlid qiladigan kabetga oʻxshaydi;
3. Kabaretdan
ilhomlangan teatrni koʻrish hatto erigi;
Guvohi boʻlganingizdek bu va Google ga joylangan koʻplab tarjimalarda
umuman mazmun yoʻq.
4.
Tarjima qilinmasdan oʻzlashtirilayotgan soʻzlar. Masalan, ksenofobiya,
immigratsiya, standart, ekspluatatsiya, memorandum
va shu kabi bir qator soʻzlarning
oʻzbek tilidagi muqobili boʻlishiga qaramay ulardan foydalanmaslik. Ayni mana shu oddiy
koʻringan jarayon ham kelgusida muammolarga sabab boʻlishi mumkin:
1.
Oʻzbek tilida muqobili boʻlishiga qaramay o‘zlashtirilgan atamaning
tilimizdagi ayni muqobili iste’moldan chiqishi.
2. Oʻzlashma soʻzlarning ortishi natijasida tilning tub boyligi torayib, ma’nan
qashshoqlashish.
3.
Oʻzga tillarning oʻz tilimizdan ustuvorligi.
Zamon taraqqiyoti, axborot almashinuvining jadallashganligi bois bu kabi
muammolar yuzaga kelishi tabiiy hodisa. Jarayonda faqatgina holis yondashuv
uyushqoqlik va soʻnggi qarorni koʻpchilikning muhokamasi bilan qabul qilish samara
beradi. Zeroki, til -
millat koʻzgusi va u hammaning birdek mulki!
1.
Sohalar boʻyicha kichik guruhlarga boʻlinib, ixtisoslashuv tamoyilida ishlash.
(Masalan matematika sohasiga oid atama yoki terminlar tarjimasini, albatta,
ayni shu soha egasi yaxshiroq tushunadi, his qiladi)
2. Tarjima amaliyotida sohaning ayni vakillaridan tashqari tilshunoslarni jalb
etish. (Keyinchalik til taraqqiyotiga qay darajada ta’sir etish omillarini batafsil
oʻrganish yuzasidan)
3. Maktab darsligi ona tili fani negiziga tarjimashunoslik, tarjimaning ahamiyati
ta’sir doirasiga oid kichik matnlar berib, bu haqida boshlangʻich va asosiy
tushunchalarni oʻrgatish.
4.
Ma’lum bir fan yoki sohaga oid tarjima yakunlangach, konferensiya kuni
belgilanib, oldindan tarjima matni va izohi taqdim etilgan holda shu oy yakunida
2. kundan-
5 kungacha boʻlgan muddatda tarjimani yetakchi mutaxassislar
bilan birgalikda tahlil va tahrir etish.
5.
Tahlil va tahrir jarayonida oʻgirilayotgan til (deylik oʻzbek tili) ning
imkoniyatlari, zahirasidan unumli va oʻrinli foydalanish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO’YXATI:
1.
“Moocksp.ru” tarjimalari.
2.
“O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami” Nargiza Erkaboyeva (2017-yil. 10-bet).