409
INGLIZ TILIDAN O‘ZBEK TILIGA BADIIY ASAR TARJIMA
QILINGANDA ESTETIKANING TUTGAN O‘RNI
Xasanova Aziza Begmurza qizi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich talabasi
Dunyoda tillar ko‘p. Shular qatori shu tillarning so‘z boyligi ham bisyordir. Har
bir xalq o‘z davrida so‘z mulkining sultonlariga ega bo‘lganlar. Xususan, o‘zbek
xalqida buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy, rus xalqida A.S. Pushkin, ingliz xalqida
Shekspir, tatarlarda Abdula To‘qay va boshqalar. Bu buyuk insonlarning asarlarini
o‘qir ekanmiz so‘zlarni naqadar o‘z o‘rnida ishlatganini hamda badiiy, jozibador,
bo‘yoqdor so‘zlar topa olish san’atiga ega bo‘lganliklarini ko‘rib tan bermaslikning iloji
yo‘q, albatta.
Chet el yozuvchi, shoirlarining nodir va noyob asarlarini tarjima qilishda
dastlab, ular foydalangan so‘zlarning ma’nosini bilish va aslida nima demoqchi
bo‘layotganini qalb hamda tafakkurimiz orqali seza olishimiz kerak.
Tarjima estetikasi
– bu tarjimaning ya’ni tarjima qilingan asarning barcha
insonlarga nafaqat yoshlarga balki keksalarga ham bir xil usulda o‘z so‘zlarini jozibali,
ifodali va lo‘nda qilib yetkazib berish san’atidir. Tarjima estetikasining o‘zi ham
quyidagi metodlarga bo‘linadi:
1.
To‘g‘ri tanlov;
To‘g‘ri tanlov orqali biz quyidagi jarayonlarni amalga oshiramiz.
1) Asarning, hikoya yoki romanning odob-axloq qoidalariga mos kelishi.
2) Barcha turdagi asardan ham insonga
xos bo‘lgan fazilatlarni, tarbiyaviy
jihatlarni topa bilish.
3) Asarning kitobxon yoshiga mosligi va bu uchun tavsiyalar.
Tarjima estetikasiga nazar tashlaydigan tashlaydigan bo‘lsak har qanday asar
ham aslida tarjima qilish uchun loyiq topilmaydi. Zeroki, mafkuraviy jihatdan
yoshlarning ongini buzadigan, yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan
shuningdek ularni buzg‘unchilik, talon-tarojlik, fahsh kabi ishlarga undaydigan
asarlarni tarjima qilish badiiy estetikaga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.Bunday asarlarning
tarjimasi kelajakda yoshlarning aqlini, ongini, hamda tafakkurini yemirib boradi.
1. Har qanday janrdagi asardan ham tarbiyaviy jihat topa bilish;
Yuqoridagi jihatlarni o‘zida mujassam etgan holda asarlar ham turli xil
guruhlarga bo‘linadi.
1) Dedektiv.
2) Fantastik.
3) Romantik.
4) Sarguzasht.
5) Tragedik.
Bu turlarning barchasidan yuqorida qayd etilgan xislatlarni topa olishimiz kerak.
Xususan, Artur Konan Doylning “Sherlok Xolms” asaridan inson atrofdagi barcha
narsalarga nisbatan diqqat
e’tiborli bo‘lishni, vaziyatni to‘g‘ri baholay olishni o‘rganadi.
Ilmiy asar yoki badiiy asar bo‘lishidan qat’iy nazar inson uchun yangi ma’lumot, yangi
olam kashf qilish uchun ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qila olishi kerak.
3.Tarjimonning bilim saviyasi;
410
Tarjimon tarjima jarayoning vositachisigina bo‘lib qolmasdan uni kitobxonlar
ongiga aslida yozuvchi nimani nazarda tutayotganligini ham yetkazib berishi kerak.
Ingliz tilida ko‘pgina sinonim so‘zlar mavjud. Ushbu so‘zlarni to‘g‘ri tanlay olish ham
tilmoch
ning vazifadir. Fikrimizning dalili sifatida quyidagilarrni aytishimiz mumkin: “hi”,
“hello”, “ how do you do ?”, “how are you ?” so‘zlari o‘zbek tilida “Assalomu alaykum”
so‘ziga to‘g‘ri keladi. Biroq ingliz tilida salomlashish shakllari o‘zbek tilidagiga
nisbatan turlichadir. Ingliz tilida rasmiy holatlarda tanimagan insonlar uchun “how do
you do?”, “hello”, “Nice to meet you”, kabi salomlashish shaklarini ishlatsak tanigan
bilgan kishilarga nisbatan umumiy salomlashishda “hi”, “hello”, “how are you”
shak
llaridan foydalaniladi. Darhaqiqat, rahbarga nisbatan “Hi boss” deb murojaat
qilish noodatiydir. Bunda rahbarga bo‘lgan hurmat ma’nosi yo‘qoladi.
Sinonimdek ko‘ringan sifatlarni ham aslida o‘zaro almashtirib bo‘lmasligi
mumkin. Demak, “beautiful” – go‘zal, “handsome” – kelishgan, “lovely” – ko‘rkam,
“pretty” – suluv so‘zlari bir ma’noda kelsa ham, turlicha qo‘llanadi. Ular kelishgan –
erkaklarga, otlarga, mebel qismlariga nisbatan, ko‘rkam – ayol kishiga, gullarga
nisbatan, go‘zal- neytral so‘z bo‘lib, ko‘plab kontekstda qo‘llanishi mumkin. So‘zlar
o‘zining yangi va eskirganligiga ko‘ra bir insonga qaratilgan bo‘lsa ham ular orasida
hissiy bo‘yoqda farq bo‘ladi. Masalan: “father”, “daddy”, “dad”, “pop” so‘zlari leksik
birliklar, ularning barchasi oldingi av
loddan bo‘lgan qarindosh kishini ifodalaydi. “Ota”
– “father” so‘zi hurmatni “adajon” – “daddy” – yaqinlikni ifodalaydi. Insonlar ko‘pincha
so‘zlami denotativ ma’nosiga e’tibor berib qolmay, ularni hissiy bo‘yoqdorligiga ham
qarashadi.
FOYDALANILGAN ADABI
YOTLAR RO‘YXATI:
1. O.
Mo‘minov, A. Qo‘ldoshev, O‘. Xoshimov “English for translators” (ingliz tili
darsligi) T.:
– 2005.
2. G‘aybulloh as-Salom “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” T.: – 2003.
3. Solijonov
J.K. “Diplom ishi” Termez – 2006.
4. www.lingvomaster.ru/files.
5. www.study-english.info.
6. www.ziyo.uz.