Ingliz tilidan o’zbek tiliga badiiy asar tarjima qilinganda estetikaning tutgan o’rni

CC BY f
503-504
27
7
Поделиться
Хасанова, А. (2022). Ingliz tilidan o’zbek tiliga badiiy asar tarjima qilinganda estetikaning tutgan o’rni. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 503–504. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/translation_studies/article/view/6560
Азиза Хасанова, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Dunyoda tillar ko’p. Shular qatori shu tillarning so’z boyligi ham bisyordir. Har bir xalq o’z davrida so’z mulkining sultonlariga ega bo’lganlar. Xususan, o’zbek xalqida buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy, rus xalqida A.S Pushkin, ingliz xalqida Shekspir, tatarlarda Abdula To’qay va boshqalar. Bu buyuk insonlarning asarlarini o’qir ekanmiz so’zlarni naqadar o’z o’rnida ishlatganini hamda badiiy, jozibador, bo’yoqdor so’zlar topa olish san’atiga ega bo’lganliklarini ko’rib tan bermaslikning iloji yo’q albatta.


background image

502

INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA BADIIY ASAR TARJIMA QILINGANDA

ESTETIKANING TUTGAN O’RNI

Xasanova Aziza Begmurza qizi

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich talabasi

Dunyoda tillar ko’p. Shular qatori shu tillarning so’z boyligi ham bisyordir. Har bir

xalq o’z davrida so’z mulkining sultonlariga ega bo’lganlar. Xususan, o’zbek xalqida
buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy, rus xalqida A.S Pushkin, ingliz xalqida Shekspir,
tatarlarda Abdula To’qay va boshqalar. Bu buyuk insonlarning asarlarini o’qir ekanmiz
so’zlarni naqadar o’z o’rnida ishlatganini hamda badiiy, jozibador, bo’yoqdor so’zlar topa
olish san’atiga ega bo’lganliklarini ko’rib tan bermaslikning iloji yo’q albatta.

Chet el yozuvchi, shoirlarining nodir va noyob asarlarini tarjima qilishda dastlab,

ular foydalangan so’zlarning ma’nosini bilish va aslida nima demoqchi bo’layotganini
qalb hamda tafakkurimiz orqali seza olishimiz kerak.

Tarjima estetikasi

– bu tarjimaning ya’ni tarjima qilingan asarning barcha

insonlarga nafaqat yoshlarga balki keksalarga ham bir xil usulda o’z so’zlarini jozibali,
ifodali va lo’nda qilib yetkazib berish san’atidir. Tarjima estetikasining o’zi ham
quyidagi metodlarga bo’linadi:

1.

To’g’ri tanlov;

To’g’ri tanlov orqali biz quyidagi jarayonlarni amalga oshiramiz.
1) Asarning, hikoya yoki romanning odob-axloq qoidalariga mos kelishi.
2)

Barcha turdagi asardan ham insonga xos bo’lgan fazilatlarni, tarbiyaviy

jihatlarni topa bilish.

3) Asarning kitobxon yoshiga mosligi va bu uchun tavsiyalar.
Tarjima estetikasiga nazar tashlaydigan tashlaydigan bo’lsak har qanday asar

ham aslida tarjima qilish uchun loyiq topilmaydi. Zeroki, mafkuraviy jihatdan
yoshlarning ongini buzadigan, yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan
shuningd

ek ularni buzg’unchilik, talon-tarojlik, fahsh kabi ishlarga undaydigan

asarlarni tarjima qilish badiiy estetikaga mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Bunday asarlarning
tarjimasi kelajakda yoshlarning aqlini, ongini, hamda tafakkurini yemirib boradi.

2. Har qanday janrdagi asardan ham tarbiyaviy jihat topa bilish;
Yuqoridagi jihatlarni o’zida mujassam etgan holda asarlar ham turli xil

guruhlarga bo’linadi.

1) Dedektiv.
2) Fantastik.
3) Romantik.
4) Sarguzasht.
5) Tragedik.
Bu turlarning barchasidan yuqorida qayd etilgan xislatlarni topa olishimiz kerak.

Xususan, Artur Konan Doylning “Sherlok Xolms” asaridan inson atrofdagi barcha
narsalarga nisbatan diqqat e’tiborli bo’lishni, vaziyatni to’g’ri baholay olishni
o’rganadi. Ilmiy asar yoki badiiy asar bo’lishidan qat’iy nazar inson uchun yangi
ma’lumot, yangi olam kashf qilish uchun ma’lumot manbai bo’lib xizmat qila olishi
kerak.


background image

503

3. Tarjimonning bilim saviyasi;
Tarjimon tarjima jarayoning vositachisigina bo’lib qolmasdan uni kitobxonlar

ongiga aslida yozuvchi nimani nazarda tutayotganligini ham yetkazib berishi kerak.
Ingliz tilida ko’pgina sinonim so’zlar mavjud. Ushbu so’zlarni to’g’ri tanlay olish ham
tilmochning vazifadir. Fikrimizning dalili sifatida quyidagilarrni aytishimiz mumkin : “
hi ”, “ hello”, “ how do you do ?”, “ how are you ?” so’zlari o’zbek tilida “ Assalomu
alaykum ” so’ziga to’g’ri keladi. Biroq ingliz tilida salomlashish shakllari o’zbek
tilidagiga nisbatan turlichadir. Ingliz tilida rasmiy holatlarda tanimagan insonlar uchun
“how do you do?”, “hello”, “Nice to meet you”, kabi salomlashish shaklarini ishlatsak
tanigan bilgan kishilarga nisbatan umumiy salomlashishda “hi”, “hello”, “ how are you
” shakllaridan foydalaniladi. Darhaqiqat, rahbarga nisbatan “Hi boss” deb murojaat
qilish noodatiydir. Bu

nda rahbarga bo’lgan hurmat ma’nosi yo’qoladi.

Sinonimdek ko'ringan sifatlarni ham aslida o'zaro almashtirib bo’lmasligi

mumkin. Demak, “beautiful” - go'zal, “handsome” - kelishgan, “lovely” - ko'rkam, “
pretty ” - suluv so'zlari bir ma'noda kelsa ham, turlicha qo'llanadi. Ular kelishgan -
erkaklarga, otlarga, mebel qismlariga nisbatan, ko'rkam - ayol kishiga, gullarga
nisbatan, go'zal-

neytral so'z bo’lib, ko'plab kontekstda qo'llanishi mumkin. So’zlar

o'zining yangi va eskirganligiga ko'ra bir insonga qa

ratilgan bo’lsa ham ular orasida

hissiy bo'yoqda farq bo'ladi. Masalan: “ father ”, “ daddy ”, “ dad ”, “ pop ” so'zlari
leksik birliklar, ularning barchasi oldingi avloddan bo'lgan qarindosh kishini ifodalaydi.
“ Ota”-“father” so’zi hurmatni “adajon” – “daddy” - yaqinlikni ifodalaydi. Insonlar
ko’pincha so’zlami denotativ ma’nosiga e’tibor berib qolmay, ularni hissiy
bo’yoqdorligiga ham qarashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYTOTLAR RO’YXATI:

1.

O. Mo’minov, A. Qo’ldoshev, O’. Xoshimov “English for translators” (ingliz tili

darsligi) T: -2005

2.

G’aybulloh as- Salom “ Tarjima nazariyasi va amaliyoti” T: -2003

3.

Solijonov J. K “ Diplom ishi ” Termez -2006

5. w.w.w. lingvomaster.ru/files
6. w.w.w. study-english.info
7. w.w.w. Ziyo.uz

Библиографические ссылки

О. Mo’minov, A. Qo’ldoshev, О’. Xoshimov “English for translators” (ingliz tili darsligi) T: -2005

G’aybulloh as- Salom “ Tarjima nazariyasi va amaliyoti” T: -2003

Solijonov J. К “ Diplom ishi ” Termez -2006

w.w.w. Iingvomaster.ru/files

w.w.w. study-english.info

w.w.w. Ziyo.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов