Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
112
INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING
KONSTRUKTORLIKKA OID BILIMLARINI RIVOJLANTIRISH
Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich
Guliston davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya.
Talabalarning kasbiy xatti-harakati, faoliyatida innovatsionlik
mavjudligini bir qator holatlar namoyon etadi. Bo‘lajak muhandislar muammolarni
yangicha yondashuv asosida, nostandart shaklda yechishga harakat qiladilar.
Innovatsionlik o‘ziga xos qobiliyat tarzidagi ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladilar.
Innovatsionlik bir qator omillar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi yoki yashirin
ko‘rinish kasb etishi ham mumkin. Ta'lim oluvchilarda innovatsionlikning namoyon
bo‘lishida o‘quv jarayoni, unda qo‘llaniladigan metod va texnalogiyalar muhim
ahamiyatga ega. Bo‘lajak muhandislar turli yangi g‘oyalar va integratsiyalashgan
bilimlarga asoslangan holda kasbiy faoliyat tajribasini egallashlari lozim. Professor-
muhandislar muayyan ijodiy vaziyatlarni yaratish orqali bo‘lajak muhandislarda
kasbiy faoliyat ko‘nikmalarini hosil qiladilar. Talabalar an'anaviy tafakkur tarzidan
voz kechib yangi g‘oyalarni ilgari surish layoqatini egallaydilar. Bo‘lajak
muhandislarning innovatsionlik imkoniyatiga egaliklari ularni bilish faolligiga
undaydi. O‘z-o‘zini ijodiy jihatdan namoyon etish muayyan bilimlar doirasida amalga
oshadi.
Kalit so‘zlar:
innovatsionlik, konstruktor, integrativ, loyiha, ob'ekt, an'anaviy,
milliy, strategiya, integratsiya, nostandart, innovatsion yondashuv, verbal.
Bo‘lajak muhandislarda konstruktorlik sohasidagi innovatsionlik ularning ijodiy
faoliyatlari natijasi orqali baholanadi. Konstruktorning faoliyat natijalari verballigi,
moslashuvchan obrazli xarakterga egaligi va betakrorligida namoyon bo’ladi.
Konstruktorlik faoliyati natijalarining moslashuvchanligi strategiyalar, g‘oyalar,
qarashlarning rang-barangligida namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak konstruktorning
yo‘nalishlar orasidagi mantiqiy aloqadorlikni anglashi muhim ahamiyatga ega.
Konstruktorlik faoliyatidagi betakrorlik yangi g‘oyalarni ilgari sura olishida o‘z
ifodasini topadi.
Pedagogika entsiklopediyasida
innovatsionlik
(ijodiylik) (lot. innovation –
yaratuvchanlik, ijodkorlik) – 1) qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish layoqati,
badiiy shakl yaratish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon. 2)
shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va qabul qilishga tayyorligini tavsiflovchi ijodiy
qobiliyati ekanligi ko‘rsatilgan.
Bo‘lajak muhandisning kasbiy xatti-harakati, faoliyatida innovatsionlik
mavjudligini bir qator holatlar namoyon etadi. Bo‘lajak konstruktorlar muammolarni
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
113
yangicha yondashuv asosida, nostandart shaklda yechishga harakat qiladilar.
Innovatsionlik o‘ziga xos qobiliyat tarzidagi ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladilar.
Innovatsionlik bir qator omillar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi yoki yashirin
ko‘rinish kasb etishi ham mumkin. Ta'lim oluvchilarda innovatsionlikning namoyon
bo‘lishida o‘quv jarayoni, unda qo‘llaniladigan metod va texnalogiyalar muhim
ahamiyatga ega.
Talabalarda konstruktorlikka nisbatan qiziqishni shakllantirish muhandisning
kasbiy kompetentsiyalariga bevosita bog‘liq. Bo‘lajak konstruktorlar turli yangi
g‘oyalar va integratsiyalashgan bilimlarga asoslangan holda kasbiy faoliyat tajribasini
egallashlari lozim. Muhandislar muayyan ijodiy vaziyatlarni yaratish orqali bo‘lajak
konstruktorlarda kasbiy faoliyat ko‘nikmalarini hosil qiladilar. Bo‘lajak muhandislar
an'anaviy tafakkur tarzidan voz kechib yangi g‘oyalarni ilgari surish layoqatini
egallaydilar. Bo‘lajak muhandislarning innovatsionlik imkoniyatiga egaliklari ularni
bilish faolligiga undaydi.
Bo‘lajak muhandislarda ijodkorlik sohasida katta tajriba to‘planishiga
qaramasdan yangidan-yangi bilimlarni egallashga ehtiyoj sezadilar. Mazkur bilimlar
bo‘lajak muhandislar ham amaliy ham muayyan natijalarga erishishlarini ta'minlaydi.
Konstruktorlikka oid aniq bilimlar zahirasi darsliklalr va o‘quv adabiyotlarda
to‘laligicha o‘z ifodasini topmagan. Qolaversa bo‘lajak konstruktorning
innovatsionligiga oid yagona yondashuv mavjud emas. Shuningdek konstruktorning
innovatsionligini baholovchi yagona metodikani ishlab chiqish ehtiyoji mavjud.
Mazkur metodika bo‘lajak muhandislarning konstruktor ijodkorligini baholash
imkoniyatini berishi lozim.
K.Rodjers ta'kidlashicha innovatsionlik tushunchasi doirasida muammo
yechishning yangi usullarini hamda innovatsionlikni ifodalashning yangi yo‘llari
tushuniladi. Shuningdek taniqli mutaxasis K.Teylor innovatsionlik muammosi bilan
bog‘liq bo‘lgan to‘rtta muhim yo‘nalishni ajratgan. Ular:
-
innovatsion jarayonni amalga oshiruvchi ijodkor shaxs;
-
ijodkorlikka nisbatan ehtiyojning shakllanishi;
-
innovatsion jarayon;
-
innovatsion faoliyat natijasi;
Turli ilmiy manbalarni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijodkor shaxs bir
qator sifatlar va layoqatlarga ega bo‘ladi. Mazkur sifat va layoqatlar integrativ
xarakterga ega. Bo‘lajak muhandislarda ijodkorlikning rivojlanishi barobarida
shaxsiy sifatlari ham takomillashadi. Bunday sifatlar ijodkor shaxsning haqiqatlarni
bilishi uchun muhim hisoblanadi. Mazkur sifatlar talabalarning hamkorlikdagi
faoliyati mahsuli hisoblanadi. Bo‘lajak muhandis-konstruktorning innovatsionlik
sifatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-
turli g‘oyalarni ilgari surish;
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
114
-
nozik kechinmalar, tuyg‘ular va ranglarni his etish;
-
muammolarga nisbatan sezgirlik bilan yondashish;
-
atrof-muhitdagi voqelikni aniq baholash;
-
muayyan vaziyatlarda katta hajmdagi g‘oyalarni ilgari surish va ularni
amalga oshirishga intilish;
-
qo‘shimcha g‘oyalar, tahminlarni taklif qilish;
-
o‘z qarashlarini yumor hissi bilan boyitish va farazlarini bayon qilish;
-
kutilmagan, betakror, go‘zal hatti-harakatlarni namoyon etish;
-
dastlab yuzaga kelgan, ommaviy qabul qilingan fikrlarni bayon
qilishdan saqlanish;
-
turli nostanlartg‘oyalarni mustaqil tarzda ilgari surish;
-
o‘z qarorlarining to‘g‘riligiga ishonch bildirish;
-
faoliyatida vujudga keladigan qiyinchiliklarga qaramasdan o‘z g‘oyalarini
yuzaga chiqarish;
-
nostandart nuqtai nazarlar uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish;
-
muammoning yechimiga olshib keladigan fikrlarni qo‘llab-quvvatlash;
-
o‘z kuchiga ishonish va o‘z kuchiga tayangan holda harakatlarining
to‘g‘riligiga ishonish;
-
harakatlarining aniqligi va yetarliligin baholash kabilar.
Ijodiy aloqalar buzilgan vaziyatlarda bo‘lajak muhandis o‘z harakatlarini
tuzatishga va innovatsion yondashuvlardan foydalanishga muhtoj bo‘ladi. Bo‘lajak
muhandislar nostandart topshiriqlarni yechishga moyilliklakrini ko‘rsata olishlari
kerak. Bo‘lajak konstruktorer-pedagoglar tabiiy harakatlarni amalga oshirishga
intiladilar. Ular har doim yangi, betakror narsalarni yaratishga harakat qiladilar.
Bunday harakatlar innovatsion harakatlar sifatida baholanadi.
4
Shaxs tafakkkuridagi ijodiy jarayonlar innovatsionlikni ifodalovchi to‘rtta asosiy
sifat ko‘rsatgichlari orqali namoyon bo‘ladi. Ular:
-
obrazli moslashuvchan moyillik. Bu talaba tomonidan idrok etilgan
ob'ektning noma'lum tomonini ko‘ra olishni anglatadi.
-
tafakkurning betakrorligi. Bunda g‘oyalar va obrazlarning noodatiy,
o‘ziga xosligi nazarda tutiladi.
-
tafakkurning moslashuvchanligi. Bu ob'ektni turli tomon va turli nuqtai
nazardan ko‘ra olish, uning noma'lum jihatlarini kashf etishni anglatadi.
-
tafakkkurning mustaqilligi. Bunda nostandart vaziyatlarda turli
vaziyatlarni ilgari surish nazarda tutiladi.
Konstruktorlar turli ishlarni an'anaviy usullar yordamida milliy xususiyatlarni
hisobga olgan holda sifatli bajara olishi kerak. Shu bilan bir qatorda konstruktorlar
mahoratli hunarmand sifatida o‘zlarining ijodiy mahsulotlarini yaratishlari muhim
ahamiyatga ega. Bunda ular iste'molchilarning talablari, didilari, dunyoqarashlari,
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
115
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ijod na’munalarini yaratishlari talab etiladi.
Bo‘lajak konstruktorlarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash ushbu jarayonda
tizimli yondashuvni qo‘llashni taqozo etadi. Konstruktorning kasbiy faoliyatni
amalga oshirish jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mazkur jarayonni
tizimli tarzda tashkil etish zaruriyati kuchaymoqda. Chunki bo‘lajak konstruktorlar
turli obrazlar va qabul qilingan, tasdiqlangan chizmalar asosida ishlaydilar. Shuning
uchun ham har qanday vaziyatda ijodkorlikning yetishmasligi, bo‘lajak
konstruktorning ijodiy-kasbiy faoliyat ko‘nikmasiga ega bo‘lishini ta'minlashda
bo‘shliqlar vujudga keladi. Shuning uchun ham oliy pedagogik ta'lim muassasalarida
konstruktorlarni tayyorlash jarayoni to‘laqonli tarzda tashkil etilib, turli vositalar va
metodlarni qo‘llash asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda har bir
o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bo‘lajak muhandislarning ijodkorlik
ko‘nikmalarini rivojlantirish nazarda tutiladi. Har bir talaba bo‘lajak konstruktorni
tayyorlash jarayonida asosiy o‘quv vazifalarini bajarishga safarbar etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Edvard de Bono. Jiddiy ijodkorlik: yangi g‘oyalarni yaratish uchun lateral
fikrlash kuchidan foydalanish. HarperBusiness, 1992-yil. - 338 b.
2.
Pedagogika: entsiklopediya. III jild / tuzuvchilar:Jamoa.–Toshkent:
«O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017 – 400
3.
Креативная педагогика: методология, теория, практика / под ред. Ю. Г
Круглова. М.: МГОПУ им. М. А. Шолохова: Альфа, 2002, 240 с.
4.
Актуальные проблемы дизайна и дизайн-образования: материалы III
Междунар. науч.-практ. конф., Минск, 18–19 апр. 2019 г. / Белорус. гос. ун-т ;
редкол.: О. А. Воробьѐва (отв. ред.) [и др.]. – Минск: БГУ, 2019. – 391 с
5.
Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research
activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International
journal of discourse on Innovation, integration and education. – 2021. - Jild 2. – №.
01. – P.296-300.
6.
Juraev R. X., Qoraxanova L. M. fizika va biologiyani o'qitishda 10-sinf
o'quvchilarining tadqiqot faoliyatini tashkil etish modeli / / innovatsiya, integratsiya
va ta'lim bo'yicha xalqaro discourse jurnali. – 2021. - Jild 2. – №. 1. – P.295-299.