Mualliflar

  • Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.119994

Annotasiya

Hozirgi paytda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarga to‘g‘ri yondashgan holda ularni amalda bajarish o‘qituvchining vazifasidir. Pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoiy bo‘lishi lozim chunki, u kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual hamda ma’naviy qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish o‘qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o‘z ishiga ijodiy yondashishni talab etadi. O‘qituvchining innovatsionligi o‘z tajribasini qayta ko‘rib chiqishi va yaxshilashi hammaga ma’lum narsalarni o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana olishi , sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

105

INNOVATSIONLIK MUHANDISLIK FAOLIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA

Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich

Guliston davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Hozirgi paytda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib

bormoqda va bu talablarga to‘g‘ri yondashgan holda ularni amalda bajarish
o‘qituvchining vazifasidir. Pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab
sohalaridan biridir. Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs
sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoiy bo‘lishi
lozim chunki, u kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual hamda ma’naviy
qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish
o‘qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o‘z ishiga
ijodiy yondashishni talab etadi. O‘qituvchining innovatsionligi o‘z tajribasini qayta
ko‘rib chiqishi va yaxshilashi hammaga ma’lum narsalarni o‘zgartira olishi va ijodiy
foydalana olishi , sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta ahamiyatga ega bo‘lib
bormoqda.

Innovatsionlik tushunchasi (lot, ing. ”create”-yaratish, ”creative” yaratuvchi,

ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilinganda ijod ma’nosini anglatadi [1. 85-bet.].

Innovatsionlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‘ziga doimiy

tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya va
pedagogika lug‘atlariga asoslanib o‘qituvchining innovatsionligi deb uning
fikirlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish,
bilish darajasi deb ta’riflash mumkun. Innovatsionlik insonda mavjud ma’lumotlarni
qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi.

“Innovatsionlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to‘rtta innovatsionlik

konikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki,
mazkur innovatsion ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun:

1.

Ravonlik. Ko‘plab g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasi ko‘p degan

so‘zga asoslanadi.

2.

Moslashuvchanlik. Turli g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasi o‘zgartirish

degan so‘zga asoslanadi.

3.

O‘ziga xoslik. Boshqalarga o‘xshamagan, ajralib turuvchi g‘oyani o‘ylab

topish ko'nikmasi noyob degan so'zga asoslanadi.

4.

Yaratuvchanlik. G‘oyalarni kengaytirish ko‘nikmasi qo‘shish degan so‘zga

asoslanadi [2. 46-bet.].

Innovatsionlik darslarida pedagoglardan ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topish (o‘ziga

xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g‘oyalar bilan solishtirish va


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

106

ulardagi bog‘liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur ko‘nikmalar
bir-biri bilan kesishadi.

Patti Drepeau tomonidan ham shaxsda innovatsionlik sifatlari ni muvaffaqiyatli

rivojlantirishning to‘rtta yo‘li ko‘rsatilgan:

Innovatsion fikirlash ko‘nikmasini shakllantirish;

Amaliy innovatsion harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish

Innovatsion faoliyat jarayonlarni tashkil etish;

Innovatsion mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish.

Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning ayniqsa

o‘qituvchining innovatsionligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi
[3. 67-bet.].

“Innovatsionlik yuqumli xususiyatga egadir; innovatsion bo‘lish uchun kishi

ko‘proq innovatsion insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo‘lishi
lozim. Har qanday ko‘nikmani shakllantirish mumkun bo‘lganiday, innovatsion
fikirlash qobilyati yoki ko‘nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu bo‘lajak
pedagoglarga ham taalluqli bo‘lib, innovatsionlik ustida ishlash bo‘lajak pedagoglarga
noodatiy tarzda fikirlashga yordam beradi. Biroq, bo‘lajak pedagoglarni ruhlantirish
va innovatsion bo‘lishga undash o‘qituvchining qay darajada malakali ekanligiga
bo‘liq. Innovatsionlik bo‘yicha

olib borilgan tadqiqotlar va innovatsionlik

ko‘nikmasini shakllantirishda qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. Bu auditoriyadagi
muhit, bo‘lajak pedagoglarda fikirlash tarzining shakllanishi, o‘qituvchining
yondashuv va strategiyalari elementlarini o‘z ichiga oladi”.

Bo‘lajak muhandislarda innovatsionlikni shakllantirish

Bo‘lajak

muhandislarni...

-

qiziqarli;

-

murakkab vazifalar;

-

aniq maqsad va vaqt bilan ta’minlash

Bo‘lajak

muhandislarga...

-

innovatsionlik muvozanatsizlik xissini yuzaga keltirishini

anglatish;

-

bezovtalik va qo‘rquv hissidan xalos bo‘lishga yordam

berish;

-

innovatsion fikirlash ko‘nikmalarini boshqa ko‘nikmalar

bilan rivojlantirishga yordam berish;

-

“qutqarib” qolish emas, balki yo‘l yo‘riq ko‘rsatish

Bo‘lajak

muhandislarni...

-

suhbatlar orqali rag‘batlantirish;

-

konstruktiv sharhlar bilan ta’minlash;

-

yangi ko‘rsatmalar bilan tanishtirib borish

Bo‘lajak

muhandislar...

-

o‘zlarida innovatsionlikning boshqa turlarini ham

rivojlantira olishlari;

-

guruhda ishlay olishlari;

-

hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikirlarga ega bo‘lishlari

uchun poydevor bo‘ladigan muhitni yaratish


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

107

Haligacha ta’lim tizimida ko‘plab yondashuv va metodlar ijodiy fikirlash emas,

talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to‘g‘ri yetkazishga, nari borsa,
bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo‘naltirilgan.

Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali

hanuz shaxs o‘zlarida hamda bo‘lajak pedagoglarda innovatsionlik sifatlarini qanday
qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.

Balki darslarni avvaldan o‘ylab, rejalashtirib o‘tilishi bo‘lajak pedagoglar uchun

qiziq bo‘lmayotgandir,balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi
bo‘lajak pedagoglar uchun hech

qanday stimul

bermayotgandir, rag‘bat

bildirmayotgandir

Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish,

muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod
mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratish zarur.

O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, bo‘lajak

pedagoglarda tanqidiy,innovatsion tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish,ularni
ijodiy fikirlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan
munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil
bo‘ladi. O‘qituvchining ijodkor va innovatsion bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki
darslarni ijodkorlik, innovatsionlik ruhida tashkil etish, yangi g‘oyalarni ta’lim
jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur.

ADABIYOTLAR

1.

Muslimov N.A. “Bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish”
/Monografiya. – T.: Fan, 2004.

2.

Muslimov N.A. “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompotentligini
shakllantirish texnologiyasi” /Monografiya. –T.: ”Fan va texnologiya” nashriyoti,
2013.

3.

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative
thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.

4.

Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. ”Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot”.
– T.: “Fan”, 2005.

5.

Sayidahmedov N.”Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya”. – T.: 2003.

Bibliografik manbalar

Muslimov N.A. “Bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish” /Monografiya. – T.: Fan, 2004.

Muslimov N.A. “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompotentligini shakllantirish texnologiyasi” /Monografiya. –T.: ”Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013.

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.

Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. ”Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot”. – T.: “Fan”, 2005.

Sayidahmedov N.”Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya”. – T.: 2003.