Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
234
JADID DRAMALARIDA TA’LIM ISLOHOTLARINING BADIIY TALQINI
Bozorova G.R.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada jadid dramalarida ilgari surilgan maktab va
madrasalar islohoti, ilm-fan va dunyoviy bilimlarning ahamiyati, zamonaviy
o‘qituvchilik va ayollar ta’limi masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, ushbu asarlarda
o‘z davrining ijtimoiy-ma’naviy muammolari fonida ta’lim islohotlariga munosabat,
ularning zamonaviylikka intilishi, eskilik bilan kurash motivlari badiiy vositalar bilan
ochib berilishi tadqiq qilinadi.
Kalit so‘zlar:
dramatik asarlar, madrasalar islohoti, zamonaviy fanlar, o‘qituvchi
obrazi, ayollar ta’limi, “usuli qadim”, “usuli jadid”.
Kirish.
Yurtimiz tarixida XIX asr oxiri va XX asr boshlari alohida ahamiyatga
ega bir davr hisoblanadi. Chunki bu davrda millatimizni ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
ma’rifiy jihatdan uyg‘otishga qaratilgan jadidchilik nomi ostida katta kuch harakatga
keldi. Jadid bobolarimizning eng muhim g‘oyasi va vazifasi qullikka mahkum bo‘lgan
xalqni chin ma’noda hurlikka olib chiqish, savodsizlik zulmatida qolgan avlodga ilm-
ma’rifat ziyosini yetkazish edi. Buni jadidchilik harakatining buyuk namoyandasi,
ma’rifatparvar Avloniyning “qora xalqni oqartirmoq va ko‘zin ochmoq chorasiga”
kirishilgani haqida aytgan gaplari ham tasdiqlaydi. Ta’kidlash joizki, mazkur davrda
Turkiston milliy-taraqqiyparvarlik harakati – jadidchilikning muhim markaziga
aylangan edi. Jadidlar turli mamlakatlardagi taraqqiyot va islohotlar uchun olib
borilgan harakatlarning tajribasini milliy asosda qayta ishlashga intildi.
Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh g‘oyasi juda murakkab sharoitda
shakllanib yetildi.
Davrning ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar ana shunday murakkab va qiyin
sharoitlarda ham ezgu maqsadlaridan bir qadam ortga chekinmay ma’rifat tarqatish,
ta’lim-tarbiya sohasini isloh etishga jiddu jahd qildilar. Chunki ular faqat ta’lim-
tarbiya, ilm-ma’rifat bilangina ozodlikka, taraqqiyotga erishish mumkinligini yaxshi
anglaganlar. Hurlikka erishmagan xalq esa taraqqiyotdan ham begona bo‘ladi.
“Kamolotning yagona omili o‘z aqliga, o‘z mulkiga, o‘z mehnatiga egalikdir”, – degan
edi yirik jadidshunos olim Begali Qosimov “Mustaqillik o‘zlikni tanimoqdir” nomli
maqolasida. Ushbu ezgu maqsadlarni amalga oshirishda jadid namoyandalari drama
janri imkoniyatlaridan ham mohirlik bilan foydalandi. Jadid adabiyotida dramatik
asarlar muhim o‘rinni egallaydi va bunday asarlar sahna uchun mo‘ljallanganligi bilan
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
235
ham ahamiyatlidir. Xalqni uyg‘otish, ma’rifatli qilish uchun esa dramatik asarlar eng
muhim vosita vazifasini o‘tadi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-
son “Ma’naviy-marifiy” ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari
to‘g‘risidagi Qarorida: “Jadid ma’rifatparvarlari g‘oyalaridan yosh avlod tarbiyasida
foydalanish hamda innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish” ustivor yo‘nalish etib
belgilangan. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga
oshirish jarayoni O‘zbekistonda milliy o‘quv dasturi qabul qilinishi va amaliyotga joriy
qilinishini ta’lim va tarbiya uzluksizligining asosiy bo‘g‘ini sifatida qarash mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim va tarbiya takomillashuvi jarayoni tarixi va taraqqiyoti,
o‘tmishdagi boy meroslarni targ‘ib qilish, amalda qo‘llash biz yoshlarning zimmasiga
ulkan vazifalarni yuklaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jadidlarning
ma’rifatparvarlik faoliyati haqida: “Jadidlarning g‘oyalari yangi O‘zbekiston
strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir”, – deya ta’kidlaydilar.
Muhokama.
Taraqqiyotga erishuv yo‘lida bajarilishi lozim ishlarning boshida
avvalambor, ta’lim masalasi turishini jadidlar alohida ta’kidlab ko‘rsatgan edilar.
Bunga misol qilib 1914-yilgi jadid matbuotida chop etilgan “Taraqqiyparvarlik”
maqolasida “Har bir millatning taraqqiysi ilm, sanoat, tijorat, ziroatdan boshlanadi”, –
deyilgan so‘zlarning keltirilganini aytsa bo‘ladi. Bundan shu narsa ko‘rinib turibdiki,
millat taraqqiyotining shartida dastavval ilm, yani ta’lim va tarbiya ishi turganligi
ta’kidlab o‘tilgan. Jadidchilik harakatida faol bo‘lgan taniqli siymolar – Ismoilbek
Gaspirali, Ahmad Zaki Validiy, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla
Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Asadulla Xo‘jaev, Fayzullo Xo‘jaev,
Ashurali Zohiriy, Po‘lat Soliyev, Is’hoqxon Ibrat va boshqalar Vatan va xalq istiqboli
yo‘lida jonkuyar bo‘ldilar. Ularning deyarli barchasi musulmonlarning sanoat, hunar,
ilm va siyosatda boshqa millat vakillaridan ortda qolganliklarining muhim sababi
uzluksiz zamonaviy maktablarning yo‘qligidan deb bildilar. Bu borada yana Hoji Muin
Shukrulloning quyidagi misralarini keltiramiz: “Millatning taraqqiysi aning avval
muntazam maktablaridan boshlanur. Zotan insonning saodati maktab tarbiyasidan
vujudga kelmasmi? Til va milliy adabiyot, din va axloq talimining o‘rni maktab
bo‘lganidan, hayot va saodat basharining eshigi ilgiz maktabdur”, – deb yozgandi.
Jadidchilik harakati namoyandalarining koʻpchiligi shu davrning koʻzga
koʻringan ijodkorlari, shoir-u yozuvchilar edi. Ular oʻz asarlari bilan tarixan yangi
milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr voqealariga hamohang bordi. 1910-
illardayoq maʼrifat va ozodlik gʻoyalari uning markaziy mavzusiga aylandi. Ularning
ijodida drama janri alohida ahamiyat kasb etib, xalqni uyg‘otish va ma’rifatli qilishning
samarali yo‘li sifatida qaraldi. Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga tom maʼnodagi milliy
teatrni olib kirdi.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
236
Adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayevning “Jadid dramasi” kitobida “Jadid
dramaturglari va ilk pyesalar”
degan bob bor. Ushbu bobda Sh.Rizayev bergan
ma’lumotga ko‘ra, Turkistonda dramaturgiyaning shakllanishi va ilk pyesalarning
yaratilishi 1911–1916-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu yillarda Turkistonning Samarqand,
Toshkent, Qo‘qon, Andijon va Buxoro shaharlarida dramaturglar yetishib chiqqan va
ular ilk dramatik asarlarini yaratgan. Jumladan, Samarqandda – Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Abdulla Badriy, Hoji Muin Shukrullo, Nusratulla Qudratulla; Toshkentda –
Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, G‘ulom Zafariy; Qo‘qonda – Abdrauf Samadov,
Shahidiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy; Andijonda – Abdulhamid Cho‘lpon,
Shamsiddin
Sharafiddinov,
Xurshid;
Buxoroda
– Abdurauf Fitrat kabi
dramaturglarning nomlarini qayd etadi. Sh.Rizayevning yozishiga ko‘ra, 1911–1916-
yillar dramaturgiyasi haqida rus sharqshunos olimi A.N.Samoylovich 1916-yilda
“Драматическая литература сартов” nomli maqolasini e’lon qilgan. Ushbu maqolada
Behbudiyning “Padarkush”, Nusratula Qudratullaning “To‘y”, Abdulla Qodiriyning
“Baxtsiz kuyov”, Abdulla Badriyning “Juvonmarg”, “Ahmoq”, Xoji Muinning
“Ko‘knori”, “Eski maktab, yangi maktab” kabi dramatik asarlari yaratilgan deb
hisoblab, bu asarlarga qisqacha sharhlar yozgan.
Behbudiy 1911-yilda “Padarkush” dramasini yozdi. Bu birinchi o‘zbek dramasi
edi. Drama tuzilishi 3 parda, 4 manzaradan iborat. Milliy fojiaga asoslangan bu asarni
dastlab nashr qilish biroz cheklanadi. Bunga esa o‘sha zamondagi davlat tuzumi sabab
bo‘lgan. Asar mazmuni o‘qimagan va johil farzandning o‘z otasini o‘ldirishi haqida
edi. Padarkush so‘zining ma’nosi “ota qotili” degan ma’noni beradi. Dramada Boy,
uning o‘g‘li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning
mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo‘lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi.
Dramaturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlarning o‘zaro suhbatlari,
bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi. Jumladan, asar qahramonlaridan
Ziyoli obrazining quyidagi fikrlariga e’tibor qaratsak: “Hozir yangi va boshqa bir
zamondir. Bu zamonga ilm va hunarsiz xalqni boyligi, yeri va asbobi kundan kun
qo‘lidan ketgandek, axloq va obro‘yi ham qo‘ldan chiqar, hatto, dini ham zaif bo‘lur.
Buning uchun biz musulmonlarni o‘qutmoqg‘a sa’y qilmog‘imiz lozimdur, vaholanki,
dini sharifimiz har nav naflik ilm o‘qumoqni beshikdan mozorigacha bizlarga farz
qilgandir. Bu hukm — hukmi shariatdir. Biz musulmonlarga, alalxusus, bu zamonda
ikki sinf ulamo kerakdur: biri olimi diniy, digari olimi zamoniy.
Olimi diniy: imom,
xatib, mudarris, muallim, qozi, mufti bo‘lub, xaloyiqni diniy va axloqiy va ruhoniy
ishlarini boshqarar, bu sinfga kiraturg‘on talabalar, avvalo, Turkistonda va Buxoroda
ilmiy, diniy va arabiy va bir oz ruscha o‘qub, so‘ngra Makka, Madina, Misr va
Istanbulga borib, ulumi diniyani xatm qilsalar kerak, yoki komil mullo bo‘lsunlar…”
Ko‘rinib turibdiki, muallif o‘zining ma’rifatparvarlik g‘oyalarini, maktab va
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
237
muallimlar bilan bog‘lik muammolar haqidagi qarashlarini badiiy qahramoni nutqi
orqali ifoda etadi.
Boy obrazi orqali esa pul, mol-dunyoga ega bo‘lgan, ammo farzand tarbiyasi va
ilmiga e’tibor bermagan ota timsolini gavdalantiradi. Behbudiy yoshlar ta’lim olishi va
kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o‘rin tutishini “Padarkush”
dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan o‘z g‘oyasini:
“Bizlarni xonavayron... bevatan va bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik,
darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va
betarbiyalikning mevasi va natijasidir...”, degan yo‘sinda bayon qiladi.
“Teatr jadidlar nazdida, avvalo “ulugʻlar maktabi”, “ibratxona” boʻlib, xuddi
maktab va matbuot kabi ma’rifat, ilm olmoq gʻoyasini targʻib etishi koʻzda tutilgan
edi”. Bu dramalarda oʻsha davrda Turkiston mintaqasidagi ijtimoiy ahvol yorqin
tasvirlangan boʻlib, davriy muammolar aks etgan. Misol uchun, Abdulla Avloniyning
dramalari bunga yorqin misoldir. “Advokatlik osonmi?” asarida Yevropada
huquqshunoslik boʻyicha oʻqigan, yangi fikrli yosh bir musulmon yigiti toʻgʻrisida gap
ketadi. Asardagi ushbu obraz Abdulla Avloniyning idealidagi obraz hisoblanadi.
Yigirma to‘rt yoshda boʻlgan, aholining qilgan ishlaridan, oʻz haq - huquqini talab qila
olmasligidan, oʻzlari tuzatib boʻlmas xatoga yoʻl qoʻysalar-da, yordam berishlarini
talab qilishidan aziyat chekuvchi obrazdir. Ushbu asarda Turkistondagi ayanchli
voqealar tasvirlangan.
Shuningdek, Hoji Muinning “Eski maktab, yangi maktab” dramasida ham “usuli
qadim” va “usuli jadid” orasidagi tafovutlar ochib berilgan. Asar qahramonlari: Mullo
Ochildi, Komilboy, Domla imom kabilarning nutqlari orqali muallif eski usuldagi
maktablar va yangi usuldagi maktablar orasidagi farqlar, yangi usuldagi maktablarning
afzalliklarini ko‘rsatib beradi va xalqning farzandlarini ushbu maktablarda o‘qib tez
fursatlarda savod chiqarishga, zamonaviy bilimlarni egallashga da’vat etadi. Asarning
bosh qahramonlaridan biri – Komilboyning ushbu fikrlari e’tiborlidir: “Hozirda biz,
turkistoniylar, diniy va dunyoviy ilm va hunarlardan lozimina xabardor emasmiz. Eski
maktab-u madrasalarimiz bo‘lsa, boyqush uyasiga o‘xshash xarobalardan iboratdur.
Madrasalarimizda dunyoviy ilm nari tursin, loaqal diniy ilmlarning asli bo‘lgan tafsir
va hadis ham o‘qitulmaydur. Muallim yetishdurmoq uchun dorilmualliminimiz yo‘q.
Hunar o‘rganmoq uchun sinoatxonamiz yo‘q. Zamoncha tijorat ilmini biladurgan
savdogarlarimiz yo‘q”. Muallifning millat taqdiri borasidagi kuyunishlari ushbu
parchada Komilboy nutqi orqali badiiy talqin qilinganligini ko‘ramiz.
Xulosa.
Jadidlar o‘z asarlarida milliy taraqqiyotning iqtisodiy omillari, jamiyat
maʼnaviy-axloqiy poklanishida dinning o‘rni, fan va texnika yutuqlarini egallash
uchun maorif tizimini qayta qurish lozimligi masalalarini yoritdilar. Jamiyatning
maʼnaviy yuksalishi inson ijobiy fazilatlarining boyishi bilan bog‘liqligi masalasini
tahlil ilib, ularning uyg‘unligini taʼminlash ijtimoiy hayotning boshqa unsurlariga
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_1-qism_Iyul-2025
238
pozitiv taʼsirga ega degan, xulosaga keldilar. O‘zlarining badiiy asarlari, roman va
qissalarida, dramalari, hikoyalarida aynan mana shu masalalarni ko‘tarib chiqdilar.
Jadidlar o‘z asarlarida jamiyatni maʼrifat orqali isloh qilish bilan istiqlolga
erishish mumkinligini eʼtirof etadilar, millat o‘zligini anglash uchun tarixiy xotirani
shakllantirish lozim, degan fikrni ilgari surdilar, jamiyat aʼzolari ilmsizligining ijtimoiy
sabablarini ochishga harakat qiladilar va shu orqali barkamol avlodni tarbiyalashning
obyektiv sharoitlari va subyektiv omillarini ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ydilar.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon kabi jadid
allomalarimiz o‘z badiiy olami orqali ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarannum etdilar.
Barcha kamchiliklarning, jaholatning asosida ilmsizlar yotishini qayta – qayta
ta’kidlab, barchani ilm va ma’rifatga chaqirdilar va bu borada o‘z qarashlarini kelajak
avlod uchun dasturulamal sifatida taqdim etishdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng
imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. // “Yangi O‘zbekiston”
gazetasi. №165, 2021. – B12.
2. Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va to‘ldirilgan 3-
nashri. – T.: Ma’naviyat, 2006. – B. 278.
3. Boltaboyev H. Fitrat va jadidshunoslik. – T.: O‘zbekiston milliy kutubxonasi,
2007. – B. 283.
4. Dolimov U. Turkistonda jadid maktablari. – T.: Universitet, 2006. – B. 125.
5. Ризаев Ш. Жадид драматурглари ва илк пьесалар. Жадид драмаси, Т.:
1997. – Б. 111.
6. Bozorova, G.R. (2022). Effective ways to teach the life and creativity of
Muhammad Yusuf in school literature education. Международный журнал языка,
образования, перевода, 3(2).
7. Bozorova, G., & Eshniyazova, M. Zahiriddin muhammad Bobur hayoti va
ijodini o‘rganishda interaktiv metodlardan foydalanish. Lteachin anguage, 156.
8. Kz Abduvahobovna. New trends and modern approaches to foreign language
teaching (teaching uzbek language for russian groups). American journal of
interdisciplinary research and development 16, 160-163.