Mualliflar

  • Bozorova G.R.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.131906

Annotasiya

Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi xalqimiz tarixini yoritishda, shuningdek, mustamlaka Turkiston sharoitida milliy ma’rifatparvarlikning ahvoli, jadidlar faoliyatida ta’lim, ayollar ta’limi, matbuot masalalarini baholashda tub burilish yasadi. Turkistonda jadidchilik harakati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. Mahalliy ziyolilar, xotin-qiz islohotchilar Chor Rossiyasining musulmon hududlarida ayollarning haqiqiy emansipatsiyasiga uchta yo‘l bilan erishish mumkinligiga qat’iy ishonishgan. Ya’ni o‘sha davrdagi zamonaviy maktablarda erkaklar va ayollarning ta’limini bosqichma-bosqich takomillashtirish orqali (jadid maktablari misolida), Chor Rossiyasi Buxoro va Xiva hududlarida (1883–1917 yillarda) musulmonlar uchun soni va tarqalishi ortib borayotgan taraqqiyparvar gazeta va jurnallar orqali islohotchilik gʻoyalarini musulmon xalqlari oʻrtasida targʻib qilishni maqsad qilishdi. Turkistonda ayollarning zamonaviy ta’lim va ma’rifatparvarlikning ildizlari XIX asrning ikkinchi yarmida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini modernizatsiya qilish harakati boshlanishi bilan bog‘liq. 


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

118

JADID DRAMALARIDA AYOLLAR TA’LIMI MASALASI

Bozorova G.R.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik

va biotexnologiyalar universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

E-mail:

bozorovagulruh77@gmail.com


Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi xalqimiz tarixini yoritishda,

shuningdek, mustamlaka Turkiston sharoitida milliy ma’rifatparvarlikning ahvoli,
jadidlar faoliyatida ta’lim, ayollar ta’limi, matbuot masalalarini baholashda tub burilish
yasadi. Turkistonda jadidchilik harakati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. Mahalliy
ziyolilar, xotin-qiz islohotchilar Chor Rossiyasining musulmon hududlarida
ayollarning haqiqiy emansipatsiyasiga uchta yo‘l bilan erishish mumkinligiga qat’iy
ishonishgan. Ya’ni o‘sha davrdagi zamonaviy maktablarda erkaklar va ayollarning
ta’limini bosqichma-bosqich takomillashtirish orqali (jadid maktablari misolida), Chor
Rossiyasi Buxoro va Xiva hududlarida (1883–1917 yillarda) musulmonlar uchun soni
va tarqalishi ortib borayotgan taraqqiyparvar gazeta va jurnallar orqali islohotchilik
gʻoyalarini musulmon xalqlari oʻrtasida targʻib qilishni maqsad qilishdi. Turkistonda
ayollarning zamonaviy ta’lim va ma’rifatparvarlikning ildizlari XIX asrning ikkinchi
yarmida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini modernizatsiya qilish harakati boshlanishi bilan
bog‘liq. Dastlab Turkiston xalqlari oʻrtasidagi islohotchilik harakati, bir tomondan,
ularning Chor Rossiyasi hukmronligiga qarshiligi, ikkinchi tomondan, Usmonlilar
imperiyasidagi islohotchilik harakatlari bilan tanishish bilan bogʻliq edi. Lekin
jadidchilik harakati dastlab Volgaboʻyi, O‘ralboʻyi (Qozon, Ufa), Qrim va
Ozarbayjonda boshlanib, keyinchalik dasht viloyatlari va Turkiston, Buxoro amirligi
va Xiva xonligi hududlariga tarqaldi. Jadichilik harakati matbuot va maorif orqali
rivojlandi. Matbuot ta’siri nuqtayi nazaridan, 1883–1918 yillarda Qrim tatar va rus
tillarida ikki tilda nashr etilgan “Tarjumon” gazetasi sovet davrigacha Turkistonda
mahalliy matbuotning rivojlanishida eng muhim rol o‘ynadi. Qrim tatar ma’rifatparvari
Ismoil Gaspirinskiy ham 1906-yilda birinchi ayollar jurnali “Alem-i Nisvan” (Ayollar
dunyosi)ni tashkil qiladi va qizi Shefika xonimni unga muharrir etib belgilaydi. Jadid
ziyolilari, ayniqsa, o‘zlarining nutqlarida va faoliyatida musulmon ayollarni ozod
qilishga e’tibor qaratdilar, chunki ular gender tengligi va ozodliksiz ularning
yangilanish harakati muvaffaqiyatli bo‘lmasligini tushunishadi. Bu harakat 1913-yilda
Ozarbayjonning Boku shahrida mahalliy jurnallardan birida istiqlolchilarning quyidagi
maqolasida o‘z aksini topgan: “Kimki o‘z xalqini sevsa va uning kelajagi buyuk
bo‘lishini istasa, o‘z ayollarining ma’rifati va tarbiyasi haqida o‘ylashi, ozodlik va
mustaqillikni tiklashi kerak. Ularning aqli va qobiliyatlarini rivojlantirishga keng
imkoniyatlar yaratishi kerak”, – deb yozadi. Ma’rifatparning bu chaqirig‘i 1913-yilda


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

119

Qrimdagi “Tarjumon” gazetasida Hariye Hanim Machabilining muharrirga yo‘llagan
maktubida yanada ochiqroq o‘z aksini topgan: “Bizning huquqlarimiz Qur’onda va
payg‘ambarning so‘zlarida aniq belgilab berilgan. Lekin sizlar (erkaklar), din nomidan
bizga zulm qilyapsizlar, shariat (islom qonuni) nomi bilan bizni halok qilyapsizlar.
Buning uchun kim azob chekadi va yutqazadi? Yana siz (erkaklar) bo‘lasiz”. Adib
Xolid o‘zining Turkistondagi musulmon istiqlolchilik (jadidchilik) siyosatiga oid
mukammal tadqiqotida sovet tuzumidan oldingi davrda jadidlar yozgan asosiy
yo‘nalishni quyidagicha e’tirof etadi. Jadidlar ayollarga nisbatan katta hamdardlik va
o‘z mavqeyini yaxshilash uchun ajralib turadi. Gaspirinskiyning qizi Shefika Xonim
tomonidan Bog‘chasaroyda tahrir qilingan “Alem-i Nisvan” (Ayollar dunyosi) va
1913–1917-yillarda Qozonda chiqqan “Suyum Bike” kabi jurnallar ayollarning yangi
nutqlarida ayol ovozini yaratgan edi. Ammo keyinroq Adib Xolid “Turkistonda 1917-
yilgacha paranjini tashlash hech qachon ochiq-oydin koʻtarilmagan va gender
masalalariga jadidlarning munosabati konservativ boʻlib qolgan, deb taʼkidlaydi. XIX
asr oxiri XX asr boshlarida yashagan va o‘zining adolatparvarlik g‘oyalari bilan
mashur bo‘lgan Anbar otin o‘z ijodida ayollarning ahvoli, yashash sharoiti, oila va
jamiyatdagi o‘rnini aks ettirishga harakat qiladi. Chunki o‘rganilayotgan davr
manbalarida yozilishicha, “... bizda xotin-qizlar masalasi eng ayanchli masaladir. Xatto
mashrug‘ bo‘lgan hurriyat va maorif hali bular orasig‘a kira olmasdan turadir, kirsa
ham tor doiraginadur. Bunga sabab umuman musulmon dunyosini necha asrlar
bo‘yicha o‘rab olgan hurofot va diniyotga taassubdir, nodonlikdur, ongsizlikdur”
A.Fitrat ham o‘zining “Munozara” asarida bu haqda fikr yuritib, aksariyat
mudarrislarning Turkiston ayollari tahsil olishi “behuda va ayollarning yaratilishidagi
hikmat tavolud va tanosul (tug‘ish va nasl qoldirish)dir” degan fikriga farangining unga
qarshi fikr mulohazalarini keltiradi. A.Fitrat kelajak avlodlarning ongsiz, irodasiz,
tarbiyasiz, nodon va johil bo‘lmasliklari uchun xotin-qizlar o‘qimishli, sog‘liqni
saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor bo‘lishlari kerakligini zarur deb biladi. Jadid
ziyolilarining ijtimoiiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy qarashlarida ta’lim jarayoniga,
ayollar ta’limiga alohida e’tibor berganliklari jadidchilik harakatining Turkistonni
ravnaq ettirish yo‘lidagi, xalq ta’limi va pedagogikasini rivojlantirishdagi intilishlarini
yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu qarashlar jadid ziyolilarining quyidagi g‘oyalarining
hayotga tadbiq etilishi bilan namoyon bo‘ldi: oilada ayollarning o‘rnini belgilsh orqali
ularning jamiyatdagi mavqeyini oshirish; xotinqizlar o‘qimishli, sog‘liqni saqlash va
bolalar tarbiyasidan xabardor bo‘lishlari kerakligini; ma’rifatli oilaning yosh avlodni
ijtimoiy, axloqiy va mehnat tarbiyasidagi o‘rnini ko‘rsatish va hokazo.

Jadid dramalarida ham ayollar timsoli o‘ziga xos hisoblanadi. Jumladan,

“Padarkush” dramasida eski va yangi dunyo o‘rtasidagi ziddiyat, jaholat va ilm
o‘rtasidagi kurash aks ettirilgan bo‘lib, dramani o‘qish davomida shu narsa
anglashiladiki, ikki ayol obrazi bir-biriga qarama-qarshi tarzda gavdalantirilgan. Liza


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

120

obrazi butun jamiyatga kushnadalik qilayotgan buzuqlik timsoli, Boybuchcha timsoli
esa ana shu Lizadek ayol kasofatiga jabrlangan jabrdiyda ayol sifatida yoritib o‘tilgan.
Lizadek ayollar jamiyatdan ketmas ekan, Boybuchchadek ayollar jabrlanaveradilar,
jamiyat ham ilmsizlikdan, ham fahshdan azoblanib, taraqqiyotdan ortda qolaveradi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy ayollar ta’limi va ularning jamiyatdagi o‘rniga katta

e’tibor qaratgan jadid ziyolilaridan biri edi. Unga ko‘ra, millat taraqqiyoti faqatgina
erkaklarning savodli bo‘lishi bilan emas, balki ayollarning ham ilm olishiga bog‘liq
edi. Chunki savodsiz ona o‘z farzandiga yetarlicha bilim bera olmaydi va bu butun
jamiyatning ortga qaytishiga sabab bo‘ladi.

Behbudiy ayollar ta’limi bo‘yicha shunday fikr bildirgan: “Millatni taraqqiy

ettirish uchun avvalo onalarimizni tarbiyalashimiz lozim”. Shu sababdan u ayollar
uchun ham yangi usul maktablarini tashkil etish kerakligini ta’kidlagan va bunday
maktablarni ochishga harakat qilgan. Behbudiy faoliyati natijasida ayollar ta’limi
rivojlandi. U ayollar ta’limiga e’tibor qaratgani sababli jamiyatda ayollar o‘qitilishiga
bo‘lgan munosabat asta-sekin o‘zgarib bordi.

Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” asaridagi Rahima obrazi esa, yorga

vafodor, yori uchun o‘z jonini fido qiluvchi ayollar timsolini gavdalantiradi. U yorining
qiyin ahvolini ko‘rib yuragi achishadi, yori uchun hatto o‘z jonini fido qiladi. Bu asar
qahramoni Rahimaning eri to‘y orqasidan katta qarzga botib qoladi va qiyinchiliklar
girdobida qoladi. Ana shu holat asarning asosini tashkil etadi.

Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi” dramasi bir pardalik kulgi

hisoblanadi. Asar qatnashchilari sakkiz kishi. Asar markazida 24 yoshli advokat
Davronbek turadi. Shuningdek, Mehriniso ham jabrdiyda ayollar timsoli sifatida
markazda gavdalanadi. Mehriniso – 32 yoshli, eridan jabrlangan ayol obrazi. U
jabrdiyda ayollarning ma’naviy timsoli sifatida yoritiladi. U yordam so‘rab
Davronbekning yoniga keladi. O‘n besh yildan beri zolim qo‘lida majruhga aylangan
ayol o‘z haq-huquqi uchun, shu insondan ajrash uchun harakat qiladi. Mehriniso kabi
o‘sha davr ayollari timsolini boshqa asarlarda ham uchratishimiz tabiiy. Zebi timsolini
keltirsak ham bunga dalil bo‘la oladi. Mehrinisodan ham Zebidan ham ixtiyor
so‘ralmay turmushga berib yuboriladi. Bunda ularni xuddi bir hayvondek, quldek sotib
yuborishgani inson qalbida g‘alat hissiyot paydo qiladi. Zebidan ham, Mehrinisodan
ham so‘ramay taqdirini hal qilishadi. Va ular tanlagan taqdirda bu mushtiparlar jabr
tortadi. Bu asarlar orqali ayollar erkinligi uchun harakat muallif tomonidan ilgari
surilganini ko‘rishimiz mumkin.

Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asari

qahramoni Maryam timsolida ham buni ko‘rishimiz mumkin. Maryam ilmga tashna
ayol timsoli. Ushbu asar janrini Hamza “Turkiston maishatidan olingan qiz va kuyov
fojiasi” deb ataydi. Mazkur fojiada dramaturg, birinchi navbatda boy va kambag‘al
o‘rtasidagi sinfiy tengsizlik, gender tenglik muammolarini namoyish etadi. Chin


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

121

insoniy fazilatlar hisoblangan sevgi-muhabbatga o‘rin yo‘qligini ko‘rsatadi. Xotin-
qizlarning haq-huquqsiz, himoyasiz ekanligi, ushbu holatdan din peshvolari, imom-u
eshonlar iflos nafsi, jirkanch shahvoniy hirsini qondirish yo‘lida o‘zlari istagandek
foydalanishi tasvir etilgan.

Xulosa.

A.Fitrat o‘zining “Munozara” asarida fikr yuritib, aksariyat

mudarrislarning Turkiston ayollari tahsil olishi “behuda va ayollarning yaratilishidagi
hikmat tavolud va tanosul (tug‘ish va nasl qoldirish)dir” degan fikriga farangining unga
qarshi fikr mulohazalarini keltiradi. A.Fitrat kelajak avlodlarning ongsiz, irodasiz,
tarbiyasiz, nodon va johil bo‘lmasliklari uchun xotin-qizlar o‘qimishli, sog‘liqni
saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor bo‘lishlari kelrakligini zarur deb biladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Jadid ziyolilarining ijtimoiiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy
qarashlarida ta’lim jarayoniga, ayollar ta’limiga alohida e’tibor berganliklari
jadidchilik harakatining Turkistonni ravnaq ettirish yo‘lidagi, xalq ta’limi va
pedagogikasini rivojlantirishdagi intilishlarini yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu qarashlar
jadid ziyolilarining quyidagi g‘oyalarining hayotga tadbiq etilishi bilan namoyon
bo‘ldi: oilada ayollarning o‘rnini belgilsh orqali ularning jamiyatdagi mavqeyini
oshirish; xotin qizlar o‘qimishli, sog‘liqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor
bo‘lishlari kerakligini; ma’rifatli oilaning yosh avlodni ijtimoiy, axloqiy va mehnat
tarbiyasidagi o‘rnini ko‘rsatish va hokazo.

Shunday qilib, jadid dramalarida ayollar timsoli, ularning ta’lim-tarbiyasi o‘ziga

xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ayollarning erk-ozodligi, ilm-ma’rifatga qiziqishi, ota-
onasi ra’yidan chiqolmay taqdir hukmiga bo‘yin egishi asarlarda bir-biriga qarama-
qarshi konflikt tarzda jadid adabiyoti mafkurasini yoritib bera oldi. Jadidchilarning
kichik-kichik hikoyalaridan tortib, katta janrdagi barcha asarlarida, barcha-barcha
ma’rifatparvar ijodkorlar ijodida ayollar timsoli o‘ziga xos mavzuga aylana oldi. O‘sha
davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib, ayollarni qul sifatida baholash, ayollarni nazir
sifatida taqdim etish, ularni o‘z erkidan, ilm-ma’rifatdan yiroq qilish holatlari ko‘plab
uchrab turishi jadid adabiyotida chinakam mavzuga aylandi, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Mirziyoyev Sh.M. Jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro-

konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigidan. 2023-yil 6-mart.

2. Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va to‘ldirilgan 3-

nashri. –T.: Ma’naviyat, 2006. – B. 278.

3. Fitrat Abdurauf. Tanlangan asarlar. 1-4-jildlar. – T.: Ma’naviyat, 2000-2006.
4. Hamza. To‘la asarlar to‘plami. 5 tomlik. –T.: Fan, 1998.

5. Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Sunnat Ahmedov. Milliy

uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. –T.: Ma’naviyat, 2004.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

122

6. Bozorova, G.R. (2022). Effective ways to teach the life and creativity of

Muhammad Yusuf in school literature education. Международный журнал языка,
образования, перевода, 3(2).

7. Bozorova, G., & Eshniyazova, M. Zahiriddin muhammad Bobur hayoti va

ijodini o‘rganishda interaktiv metodlardan foydalanish. Lteachin anguage, 156.

8. G.Bozorova.

Milliy ruh-millat ko‘zgusi

. Til ta’limining uzviyligini

ta’minlashda innovatsion texnologiyalar: muammo va yechimlar respublika ilmiy-
amaliy onlayn konferensiya. – Navoiy, 2021.

9. GR Bozorova.

Turfa zakovatlar nazariyasi asosida o‘quv topshiriqlarini ishlab

chiqish

. “Veterinariya sohasini rivojlantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni”

mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – Samarqand,
2023.

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh.M. Jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro-konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigidan. 2023-yil 6-mart.

Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va to‘ldirilgan 3-nashri. –T.: Ma’naviyat, 2006. – B. 278.

Fitrat Abdurauf. Tanlangan asarlar. 1-4-jildlar. – T.: Ma’naviyat, 2000-2006.

Hamza. To‘la asarlar to‘plami. 5 tomlik. –T.: Fan, 1998.

Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Sunnat Ahmedov. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. –T.: Ma’naviyat, 2004.

Bozorova, G.R. (2022). Effective ways to teach the life and creativity of Muhammad Yusuf in school literature education. Международный журнал языка, образования, перевода, 3(2).

Bozorova, G., & Eshniyazova, M. Zahiriddin muhammad Bobur hayoti va ijodini o‘rganishda interaktiv metodlardan foydalanish. Lteachin anguage, 156.

G.Bozorova. Milliy ruh-millat ko‘zgusi. Til ta’limining uzviyligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar: muammo va yechimlar respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiya. – Navoiy, 2021.

GR Bozorova. Turfa zakovatlar nazariyasi asosida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish. “Veterinariya sohasini rivojlantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – Samarqand, 2023.