Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
226
PSEUDOMONAS PUTIDA YORDAMIDA SANOATDA CHIQADIGAN
OQOVA SUVLARNI TOZALASH
Abdusaitova Hilola Vafoqulovna
Sobirova Muqaddas Botirovna
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
gmail:
hilolaabdusaitova@gmail.com
Annotatsiya
: Ushbu tezisda sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova
suvlar ekologiya va inson salomatligiga jiddiy tahdid soluvchi fenol kabi toksik
moddalarni o‘z ichiga olishi ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqotda sanoat chiqindi
suvlaridagi fenolni biologik tozalash usuli sifatida Pseudomonas putida
bakteriyasidan qanday foydalanish mumkunligi misollar yordamida
tushuntirilgan.
Shuningdek,
bu
jarayon
davomida
bakteriyalarning
immobilizatsiya texnologiyasi hamda fluidized-bed bioreaktor qo‘llanilishi
tushuntirilgan. Ushbu tadqiqot natijalari bu biologik usulning nafaqat ekologik
muhitni yaxshilashga, balki suv resurslarining ifloslanishiga qarshi kurashda ham
muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirilgan. Bundan tashqari tadqiqotda
mazkur usulning iqtisodiy jihatdan samaradorligi va sanoat miqyosida qo‘llash
imkoniyatlari ham muhokama qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu usul
sanoat chiqindilarini samarali qayta ishlashga yordam berib, suv resurslarining
barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, Pseudomonas putida
bakteriyasidan foydalanish ushbu ekologik xavfsizlikni ta’minlashda istiqbolli
yondashuvlardan biri bo‘lib, sanoatda oqova suvlarini tozalashda samarali usuli
sifatida e’tiborga loyiqdir.
Kalit so‘zlar
: Pseudomonas putida, fenol degradatsiyasi, fluidized-bed
bioreaktor, ekologik xavfsizlik, mikroorganizmlar, toksik modda, immobilizatsiya,
Monod modeli, gidravlik ushlanish, biotexnologiya.
Bugungi kunda sanoat oqova suvlaridagi fenol va uning hosilalari ekologik
hamda salomatlik muammolarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Ushbu
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
227
kimyoviy birikmalar yuqori toksikligi va qattiq biologik chidamliligi sababli atrof-
muhitga jiddiy zarar yetkazadi. Shu bois, bunday moddalarni samarali bartaraf
etish maqsadida biologik tozalash texnologiyalari hozirgi kunda asosiy
yo‘nalishlardan biri sifatida rivojlanyapdi.Bu jarayonda
Pseudomonas putida
bakteriyasi yuqori darajada samarali vosita sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, ushbu
bakteriyaning immobilizatsiya qilingan shakllaridan foydalanish biologik
degradatsiya jarayonlarini yanada samarali amalga oshirishga imkon bermoqda.
Shu tariqa, biologik tozalash usullari fenol va uning hosilalarini parchalaydigan
ekologik xavfsiz va samarali yechim sifatida ahamiyat kasb etmoqda[1].
Gonzáles va Herrera (1995) olib borgan tadqiqotlar
Pseudomonas
putida
ning fenolni parchalash qobiliyatini tahlil qilishga qaratilgan bo‘ladi, ular
erkin va immobilizatsiyalangan bakterial hujayralarni solishtirgan.Ularning
natijalari shuni ko’rsatadiki immobilizatsiyalangan hujayralar fenolni ancha
samarali parchalagan va uzoq muddat davomida faoliyat yuritishi mumkinligini
ko‘rsatgan. Ushbu usul chiqindi suvlarni bioreaktor tizimlarida samarali tozalashga
imkon beradi. Shuningdek, Van Schie va Young (2000) o‘z tadqiqotlarida fenol va
benzol kabi aromatik birikmalarning
Pseudomonas putida
tomonidan parchalash
mexanizmlarini chuqur o‘rganib, bakteriyaning genetik moslashuv qobiliyatiga ega
ekanligini aniqlab bergan. Ularning natijalari shuni tasdiqlaydiki, bakteriyalar
atrof-muhit sharoitlariga moslashib, o‘z gen ifodalanishini o‘zgartiradi, bu esa
bioremediasiya jarayonlarida samaradorlikni oshiradi. Bundan tashqari, Heinaru,
Truu va Talpsep (2001) olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
Pseudomonas
putida
nafaqat fenolni, balki turli xil uglevodorodlarni ham parchalash qobiliyatiga
ega. Bu esa ushbu bakteriyani neft va boshqa organik ifloslantiruvchi moddalar
bilan ifloslangan suvlarni tozalashda qo‘llash imkoniyatini kengaytiradi[2.3].
Masalan, mazkur tadqiqotda fenolli chiqindi suvlarni tozalash uchun
Pseudomonas
putida
bakteriyalari kaltsiy-alginat gel bochkalarida immobilizatsiya qilinib, ikki
xil rejimda—periodik va uzluksiz rejimda o‘rganiladi. Heinaru va hamkorlari
(2001) tomonidan olib borilgan izlanishlarda ham immobilizatsiyalangan
bakteriyalar yordamida biologik tozalash tizimining samaradorligi tasdiqlangan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
228
bo‘lib, ayniqsa,
Pseudomonas putida
ning ekologik muhitga moslashishi va fenolni
tezda parchalash qobiliyatlarini aniqlashdi[2]. Periodik rejimda maksimal
degradatsiya qobiliyatini baholash maqsadida fenolning 200 mg/l dan 1000 mg/l
gacha bo‘lgan konsentratsiyalari tahlil qilindi, uzluksiz rejimda esa fluidized-bed
bioreaktor sharoitida tozalash jarayonining samaradorligi baholandi. Barcha
tajribalar davomida bioreaktorda optimal harorat 30°C, pH darajasi 6.6 bo‘lib
saqlangan. Jarayon davomida pH, TOC (Total Organic Carbon), COD (Chemical
Oxygen Demand) va fenol konsentratsiyasi muntazam kuzatib borildgan,
shuningdek, bakterial populyatsiyaning o‘sish kinetikasi va uzoq muddatli
barqarorligi o’rganildi[2.3]. Alexander (1999) o‘z ishida bakteriyalarning fenolga
moslashuv jarayonlarini matematik modellashtirib, Monod kinetik modeli
yordamida degradatsiya jarayonini tahlil qilgan. Ushbu model asosida olib borilgan
hisob-kitoblar
Pseudomonas putida
ning toksik moddalarni yuqori samaradorlik
bilan parchalash imkoniyatiga egaligini ko‘rsatdi[4]. Heinaru E., Truu J o’tkazgan
tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,
Pseudomonas putida
bakteriyasi fenolning
90% dan ortig‘ini parchalash qobiliyatiga ega bo‘lib, chiqindi suvlarning ekologik
xavfsizligini oshirishda samarali vosita hisoblanadi[2]. Fluidized-bed bioreaktor
yordamida uzoq muddatli ishlash jarayonida ham bakteriyalarning degradatsiya
qobiliyati yuqori darajada saqlanib qolgan. Watanabe va Hamamura (2003)
tomonidan
olib
borilgan
tadqiqotlarda
ham
mikroorganizmlarning
uglevodorodlarni parchalash mexanizmi batafsil o‘rganishib, bakteriyalarning
uzoq muddatli bioremediatsiya jarayonlarida ham barqarorligi tasdiqlashgan[4].
Bioreaktor 4 kunlik gidravlik ushlanish vaqti bilan ishlatilib, fenol yuklama
darajasi 0.5 g/l*kun deb belgilangan. Chiqindi suvdagi fenol konsentratsiyasi
doimiy ravishda 1 mg/l dan past darajada ushlab turilgan. Ushbu biotexnologik
yondashuv ekologik xavfsizlik talablarini to‘liq qondiradi va atrof-muhitni
muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi. Gonzáles va Herrera (1995) o‘z
tadqiqotlarida immobilizatsiyalangan
Pseudomonas putida
hujayralari yordamida
uzoq muddatli tozalash jarayonlarida ham yuqori samaradorlik saqlanib qolishini
tasdiqlagan[5].
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
229
Xulosa.
Olimlarning tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
Pseudomonas putida
yordamida sanoatdagi fenolli oqova suvlarni biologik tozalash yuqori
samaradorlikka ega bo‘lib, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni
muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ularning tadqiqotlarida
bakteriyalarning immobilizatsiya qilingan shaklda qo‘llanilishi fenol
biodegradatsiyasini tezlashtirishi va uzoq muddatli barqarorlikni saqlashga yordam
berishin aniqlashdi . Ayniqsa, fluidized-bed bioreaktorlar qo‘llanilishi jarayonni
yanada samarali va iqtisodiy jihatdan tejamkor qilish usullarini tajribala orqali
kursatib berishgan. Mikroorganizmlarning fenolga moslashish qobiliyati tozalash
jarayonining barqarorligi va samaradorligini ta’minlab, toksik moddalarning
ekologik xavfsiz parchalanishini ta’minlaydi. Heinaru E., Truu J. o’tkazgan
tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, optimal sharoitlarda fenolning 90% dan ortig‘i
muvaffaqiyatli degradatsiyaga uchraydi, bu esa sanoat oqova suvlarini xavfsiz
darajaga yetkazish, shuningdek suv resurslarini muhofaza qilish imkonini beradi.
Ushbu texnologiya ayniqsa neft-kimyo, farmatsevtika va kimyo sanoati kabi
sohalardan chiqayotgan fenolli oqova suvlarni samarali tozalash uchun istiqbolli
yechim sifatida qaralmoqda.Kelajakda biologik tozalash texnologiyalarini
rivojlantirish, yangi bioreaktor tizimlarini joriy qilish va yanada samarali
mikroorganizmlar seleksiyasini amalga oshirish jarayoni natijasida oqova suvlarni
tozalashni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Van Schie, P. M., & Young, L. Y. Biodegradation of phenol and benzene by
Pseudomonas putida: Genetic adaptation mechanisms. Applied and Environmental
Microbiology 2000, 66(5), 2055–2062.
2.Heinaru E., Truu J., & Talpsep, E. Biodegradation potential of Pseudomonas
putida in petroleum-contaminated water environments. Journal of Microbial
Ecology 2001, 42(1), 79–87.
3.Alexander, M. Biodegradation and Bioremediation: The Monod Model
Application in Industrial Wastewater Treatment. Cambridge University Press
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
230
1999, 315 p.
4.Watanabe, K., & Hamamura, N. Microbial degradation of aromatic hydrocarbons
and bioremediation applications. Current Opinion in Biotechnology 2003, 14(3),
289–295.
5.Gonzáles, R., & Herrera, G. Immobilized and free Pseudomonas putida cells for
phenol degradation. Environmental Biotechnology 1995, 12(3), 187–195.