XXI ASRDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM
TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR
Volume 03, Issue 01, 2025
141
XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NAMUNASINI RADIOMETRIK-
SPEKTROMETRIK ANIQLASHGA TAYYORLASH
Umirqulova F.A., Babamuratov B.E., Eshkaraev S.Ch.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Termiz sh, Farovon massivi 4B-uy
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi radionuklidlar inson organizmiga tushgach,
ovqat hazm qilish tizimida turli onkologik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli
oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi radionuklidlarni aniqlash muhim analitik
ahamiyatga ega [1]. Analitik tahlillarning aniqligi va ishonchliligi esa namuna tanlash
va namunani tahlilga tayyorlashga bog’liq bo’ladi. Barcha analitik tahlillarda namuna
olish va namunani tahlilga tayyorlash alohida e’tiborga molik jarayon hisoblanib,
bunda namunaning agregat holati, kimyoviy tarkibi va tuzilishi, uchuvchanligi,
zaharliligi, tez aynib qolishi va boshqa biokimyoviy jarayonlar hisobga olinishi kerak
bo’ladi [2]. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlaridan namuna olish o’ziga xos
qiyinchiliklar tug’diradi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarining turlicha agregat
holatda (qattiq - go’sht, baliq, kolbasa, vetchina, sariyog’, tvorog, margarin va
boshqalar, suyuq – moy, sut, sharbat, emulsiya – qiyom, murabbo, bo’tqa, qatiq va
boshqalar) bo’lishdan tashqari, turli xil tarkibli va turli maqsadlarda tayyor va yarim
tayyor mahsulotlarga bo’linadi [3]. Bundan tashqari, sabzavotlar, ko’katlar, mevalar,
ziravorlar va boshqa ko’pgina oziq-ovqat turlari bo’lib, ularning har birida alohida
namuna tahlilga tayyorlanishi mumkin. Shu sababli, radiometrik-spektrometrik
aniqlashda umumiy namunani tayyorlash bo’yicha me’yyoriy hujjat bo’lmaydi.
Radionuklidlarni tahlil qilish uchun oziq-ovqat namunalarini tayyorlash aniq
natijalarni olish uchun juda muhim uchta asosiy bosqichni o'z ichiga oladi:
1). Oziq-ovqat namunasi begona jinslar (suyak, olma yadrosi, yong'oq va tuxum
qobig'i kabi yirik zarralar hamda qo’shimchalar) dan tozalanadi. Bitta ovqatning har
qanday qulay miqdori (qismi) dan namuna olish mumkin va radionuklid tarkibi og'irlik
yoki hajm asosida aniqlanishi mumkin.
2). Oziq-ovqat namunalarini tayyorlashda ikkinchi operatsiya namunani bir xil
massaga keltirishdir. Buning uchun oziq-ovqat namunasi blender yoki mikserda
o’lchami 1-2 mm gacha qilib maydalanadi.
XXI ASRDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM
TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR
Volume 03, Issue 01, 2025
142
XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR
3). Uchinchi namunani eritmaga o’tkazishdir. Buning uchun 50 g o’lchangan
namunani 200 ml distillangan suvda eritib, unga 5 ml 2% li sulfat kislota eritmasi
qo’shiladi va elektr plitada 20 daqiqa 60
0
C gacha qizidirladi. Qizdirish mo’rili shkafda
malga oshiriladi, chunki eritma tarkibidagi uchuvchan gamma-zarrachalar ajralib
chiqadi. Eritma tarkibidagi Cs-137, Sr-90 va K-40 radionuklidlari uchub ketmasligi
uchun haroratni 60
0
C dan oshirmaslik lozim. Oziq-ovqat namunalari suv
o'tkazmaydigan idishlarga qadoqlanishi kerak va agar saqlash paytida muzlatilgan
bo'lsa, oldin eritilib, tahlil qilish lozim. Ushbu usulda namunalarga konservant qo'shish
zarur bo’lmaydi. Namunani 48 soat ichida tahlil qilish talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Eshkaraev Sadridin, Babamuratov Nurmamat, Safarov Azamat.
Radiometric determination of the presence of cesium-137 and strontium-90
radionuclides in food. European Journal of Molecular & Clinical Medicine ISSN
2515-8260 Volume 7, Issue 11, 2020.
2.
Eshkaraev Sadridin, Normamatov Nemat, Rakhimov Murod. Radiometric
determination of the presence of caesium-137 and strontium-90 radionuclides in
products of the fodder industry. European Journal of Molecular & Clinical Medicine
ISSN 2515-8260 Volume 7, Issue 11, 2020.
