2-TOM, 4-SON
46
TUPROQ TARKIBIDAGI ALYUMINIY(III) IONINI ORGANIK REAGENTLAR
YORDAMIDA ANIQLASH
Xurramov A.B. -
TerDU kimyo fakulteti talabasi
Eshkaraev S.Ch. -
TISU katta o’qituvchisi, k.f. PhD.
Tuproq(qum) —litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida
oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil
topgan tabiiy tuzulma; Yer po’stlog’ining yuza va unumdor qatlami. Tuproqning nuragan
tog’ jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir. 5gr tuproq
tarkibidagi Al (III) ionini aniqlashda EDTA dan foydalanib 0,8 gr natija olindi.
Alyuminiy kationining reaksiyalari
1.O‘yuvchi ishqorlar alyuminiy ioni bilan ta’sirlashganda avval oq rangli A1(OH)
3
cho‘kmasi hosil bo‘lib, ishqor eritmasidan ko‘proq qo‘shilsa, alyuminiy va alyuminiy
gidroksidning amfoterligi tufayli cho‘kma erib ketadi:
A1
3+
+ 3 OH
-
→ A1(OH)
3
↓ A1(OH)
3
↓+ OH
-
→ A1O
2
-
+ 2H
2
O A1(OH)
3
ni to‘la cho‘ktirishda eritmaning pH qiymati 5 atrofida bo‘lishi kerak. Alyuminiy va
A1(OH)
3
cho‘kmasining amfoterligini tekshirish uchun ko‘proq ishqor qo‘shib, hosil
bo‘lgan eritmaga tomchilatib suyultirilgan xlorid kislota eritmasi qo‘shilsa, avval A1(OH)3
cho‘kmasi hosil bo‘ladi, so‘ngra ko‘proq kislota qo‘shilsa, u erib ketadi:
А1О
2-
+ Н
+
+ Н
2
О →A1(OH)
3
↓ A1(OH)
3
↓ + 3Н
+
→A1
3+
+ ЗН
2
О
Reaksiyani bajarish uchun 4-5 tomchi alyuminiy tuzi eritmasiga 1 tomchi 2 N NaOH
eritmasini tomizing. Hosil bo‘lgan loyqa eritmaning bir qismini olib, unga xlorid kislota
eritmasidan bir necha tomchi tomizib, loyqaning erib ketishini kuzating. Loyqa eritmaning
ikkinchi qismiga ham bir necha tomchi ishqor eritmasidan tomizib ко'ring. Bunda ham loyqa
erib ketadi.
2. Alizarin (dioksiantraxinon) – C
I4
H
6
O
2
(OH)
2
alyuminiy tuzi va ammiak eritmasi
bilan qaynatilganda, to‘q sariq-qizil rangli ichki kompleks birikma - «alyuminiyli alizarin
loki»ni hosil qiladi: Alyuminiyli lok sirka kislotada erimaydi. Eritma sovigach, cho‘kmaga
biroz sirka kislotasi qo‘shilsa, rang intensivligining pasayishini kuzatish mumkin.
Reaksiyani bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi alyuminiy tuzi eritmasi va 3 tomchi ammiak
eritmasi tomizib hosil qilingan A1(OH)
3
cho‘kmasiga yangi tayyorlangan alizarin
eritmasidan ham bir necha tomchi tomiziladi. Aralashma qaynatilganda cho‘kma hosil
bo‘ladi. Yaxshi natijaga erishish uchun reaksiyani tomchi usulida bajarish maqsadga
2-TOM, 4-SON
47
muvofiq. Masalan, tekshiriladigan eritmaning bir tomchisi filtr qog‘oziga tomiziladi va
chinni kosacha ustida ammiak bug‘lari bilan ishlanadi. Natijada filtr qog‘ozida hosil bo‘lgan
A1(OH)
3
dog‘i alizarinning spirtdagi eritmasi bilan ho‘llanib, yana ammiak bug‘lari bilan
ishlansa, qizg‘ish alyuminiyli lok hosil bo‘lganini ko‘ramiz. Agar filtr qog‘ozi quritilsa, rang
yanada sezilarli ko‘rinadi. Bunday reaksiyaga temir, marganets, uranil va xrom kirishib,
rangli alizarin loklarini hosil qiladi. Bu ionlarni cho‘ktirib ajratish uchun filtr qog‘ozi avval
K
4
[Fe(CN)
6
] eritmasi bilan ho‘llanadi va asta quritiladi. So‘ngra filtr qog‘oziga
aralashmadan bir necha tomchi tomizilsa, ferrosianid ta’siridan cho‘kadigan uchinchi guruh
kationlari nam dog‘ning markazida qoladi. Alyuminiy ioni esa diffuziya tufayli dog‘ning
chetiga suriladi. Agar dog‘ning chetlari alizarinning spirtli eritmasi bilan ishlansa, sariq-
qizil rangli alyuminiyli alizarin lokining hosil bo‘lganini ko‘ramiz.
3. 8-oksixinoIin – C
9
H
6
N(OH) pH=5 bo‘lganda (atsetatli bufer aralashma ishtirokida)
sag‘ish- yashil alyuminiy oksixinolyat kristallari hosil qiladi:
4.Kobalt (II) nitrati bilan reaksiyasi. Kobalt nitratni alyuminiy tuzlari bilan
kuydirilishi natijasida «Tenar ko‘ki» deb ataluvchi ko‘k rangli kobalt alyuminatni hosil
qiladi:
2Al(NO
3
)
3
+ Co(NO
3
)
2
= Co(AlO
2
)
2
+ 8NO
2
(g) + 2О
2
(g)
Reaksiyani bajarilishi: Filtr qog‘oziga tartib bilan 1-2 tomchidan alyuminiy va kobalt
nitrati tuzlari eritmasidan tomiziladi. Qog‘oz quritiladi va yоndiriladi. Co(AlO
2
)
2
ning hosil
bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
