Universal International Scientific Journal
154
D.M Ibroximova., M.A.Shavkatbekova
Andijon dаvlаt universiteti
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ushbu maqolada radioaktiv nurlar, ularning turlari, kashf etilishi va inson salomatligi
hamda atrof-muhitga bo‘lgan ta’siri haqida ma’lumot berilgan. Radioaktivlik hodisasining tarixiy
kashfiyoti, xususan Anri Bekkerel, Mariya va Per Kyurilarning ilmiy izlanishlari yoritilgan. Shuningdek,
radioaktiv nurlarning alfa, beta va gamma turlari, ularning xususiyatlari va biologik xavflari tahlil qilingan.
Ishda ushbu nurlardan tibbiyot, energetika va sanoatda foydalanish imkoniyatlari bilan birga, xavfsizlik
choralarining ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur mavzu radioaktivlikning ilmiy asoslarini
tushunishga va uning oqibatlari haqida chuqur fikr yuritishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Radioaktivlik, alfa nurlari, beta nurlari, gamma nurlari, Anri Bekkerel, Mariya Kyuri,
Per Kyuri, yadroviy nurlanish, biologik ta’sir, mutatsiya, saraton, xavfsizlik choralari, yadro fizikasi, uran,
radiy, poloniy, tibbiyotda radioaktivlik, atrof-muhit.
Аннотация:
В статье представлена информация о радиоактивных лучах, их типах, открытии
и влиянии на здоровье человека и окружающую среду. Особое внимание уделено историческому
открытию явления радиоактивности, в частности научным исследованиям Анри Беккереля, Марии
и Пьера Кюри. Также были проанализированы альфа-, бета- и гамма-типы радиоактивных лучей, их
свойства и биологическая опасность. В работе подчеркивается потенциальное использование этих
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
RADIOAKTIV NURLAR VA ULARNING TA'SIRI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 16.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
155
лучей в медицине, энергетике и промышленности, а также важность мер безопасности. Эта тема
помогает понять научную основу радиоактивности и глубоко задуматься о ее последствиях.
Ключевые слова:
Радиоактивность, альфа-лучи, бета-лучи, гамма-лучи, Анри Беккерель,
Мария Кюри, Пьер Кюри, ядерное излучение, биологические эффекты, мутация, рак, меры
предосторожности, ядерная физика, уран, радий, полоний, радиоактивность в медицине,
окружающая среда.
Abstract:
This article provides information about radioactive rays, their types, discovery, and effects
on human health and the environment. The historical discovery of the phenomenon of radioactivity, in
particular the scientific research of Henri Becquerel, Marie, and Pierre Curie, is covered. The types of alpha,
beta, and gamma radiation, their properties, and biological hazards are also analyzed. The work shows the
possibilities of using these rays in medicine, energy, and industry, as well as the importance of safety
measures. This topic serves to understand the scientific foundations of radioactivity and to think deeply
about its consequences.
Keywords:
Radioactivity, alpha rays, beta rays, gamma rays, Henri Becquerel, Marie Curie, Pierre
Curie, nuclear radiation, biological effects, mutation, cancer, safety precautions, nuclear physics, uranium,
radium, polonium, radioactivity in medicine, environment.
Language:
Uzbek
Citation:
Ibroximova, D., & Shavkatbekova , M. (2025). RADIOACTIVE RADIATIONS AND
THEIR EFFECTS. Universal International Scientific Journal, 2(5), 154–158. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1986
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Radioaktivlik — bu ba'zi kimyoviy
elementlarning atom yadrolari beqaror bo‘lib,
o‘z-o‘zidan parchalanishi va shu jarayonda
turli zarrachalar yoki nurlar (alfa, beta,
gamma) chiqarish hodisasidir. Bu hodisa
natijasida bir element boshqa elementga
aylanishi mumkin.Radioaktivlikni ilk bor
1896-yilda fransuz olimi Anri Bekkerel kashf
etgan. U uran tuzlari yorug‘liksiz holatda ham
foto plastinkaga ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan.
Keyinchalik, Mariya va Per Kyuri bu hodisani
chuqur o‘rganib, poloniy va radiy kabi yangi
radioaktiv elementlarni topgan.Radioaktiv
nurlar uch turga bo‘linadi:
Alfa nurlari (α): og‘ir zarrachalar,
havoda uzoq yura olmaydi, lekin tirik
to‘qimalarga katta zarar yetkazadiBeta nurlari
(β): yengil zarrachalar, alfa nurlariga
qaraganda chuqurroq kiradi.
Gamma nurlari (γ): elektromagnit
to‘lqinlar, kuchli nurlanishga ega va
materiallar ichiga chuqur kira oladi.1903-yilda
Per va Mariya Kyurilar bilan birga Bekkerel
ham fizika bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga
kiritgan.Ionlovchi nurlanishning turli hossalari
Universal International Scientific Journal
15
6
uning
biologik
ta’sirini
belgilaydi.
Ionlovchinurlanish turli to’qima, hujayra va
subhujayra
strukturalariga
kirib
boradi.
Ionlovchi
nurlanishning
asosiy
harakteristikalaridan biri uning biologik
material ichiga juda chuqur kirib borishidir.
Ushbu jarayon nurlanish tabiatiga zarrachalar
zaryadi va energiyasi, nurlantirilayotgan
modda tarkibi va zichligiga bog’liq. Ionlovchi
nurlanishlarning
muhim
harakteristikasi
ularning
dozasidir.
Nurlanish
dozasi
yordamida nurlanish davrida ob’ektga
tushayotgan
energiya
miqdori
obektga
uzatiladigan nurlanish energiyasining miqdori
(yutilish
dozasi
va
nurlanish
dozasi)
aniqlanadi. Radiatsion nurlanishning biologik
ta’siri
quyidagilarga
bog’liq:
singish
qobilyatiga, yutilgan energiya miqdoriga,
uning bioto’qimalardagi hajmiy tarqalishi
ionizatsiya zichligiga, vaqtiga. Ionlovchi
nurlanishning biologik ob’ektga ko’rsatadigan
ta’siri
quyidagi
bosqichlarda
kechadi:
fizikaviy, fizik kimyoviy, kimyoviy, biologik.
Fizikaviy
bosqichda
energiya
muhit
tomonidan
qabul
qilinadiva
uning
malekulalarini qo’zg’atib ionizatsiyalaydi.
Fizik-kimyoviy bosqichda yutilgan energiya
qo’zg’atilgan
va
ionizatsiyalangan
molekulalar orasidataqsimlanib, kimyoviy
bog’lar uziladi. Ularning atrofida esa yangi
ionlar va erkin radikallar paydo bo’ladi.
Radioliz jarayonlariga yutilgan energiyaning
30% i sarf bo’ladi. Suvdan tashqari radiolizga
hujayraning
bioorganik
molekulalari
fosfolipidlar, DNK, oqsillar duchor bo’ladilar.
Ushbu jarayon juftlari bo’lmagan elektronlari
mavjud bo’lgan organik radikallarning yuzaga
kelishiga sababchi bo’ladi. Bunday radikallar
reaksiyaga juda ham tez kirishadi. Kimyoviy
bosqichda erkin radikallar o’zaro yoki boshqa
molekulalar
bilan
kimyoviy
reaksiyaga
kirishadi.
Bunga
superoksid
anion,
gidroperoksid, vodorod peroksidi, atomar va
singlet kislorod hosil bo’lib, ular organik
moddalarning kuchli oksidlanishiga sababchi
bo’ladilar. Suv radiolizi mahsulotlarning
aminokislotalar,
oqsillar,
uglevodlar,
nukleosidlar, fosfolipidlar, DNKga ta’siri
natijasida erkin organik radikallar vujudga
keladi. Biologik bosqichda hujayra, to’qima,
organlar darajasida qaytmas ozgarishlar
yuzaga keladi. Bu bosqich bir necha soat,
hafta, yil, yuz yillab davom etishi mumkin.
Radioaktiv nurlanishga bo’lgan sezgirlik
darajasi quyidagilarga bo’linadi: 1. Limfoid 2.
Miyeloid 3. Epiteliy 4. Muskul 5. Nerv 6.
Tog’ay 7. Suyak Organning radioaktivlikka
bo’gan sezgirligi uning funksional holatiga
bog’liq.
Embrional
holatda
organizm
to’qimalari juda yuqori sezgirlikka ega.
Radioaktiv nurlanish natijasida rivojlanish
nuqsonlari jismoniy va aqliy nuqsonlar,
organizm adaptiv hossalarini kamayishi
kuzatiladi.
Radioaktivlik
tibbiyot,
energetika,
qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida keng
qo‘llaniladi. Masalan, saraton hujayralarini
yo‘q qilishda, elektr stansiyalarida energiya
olishdamateriallarni nazorat qilishda.Shu bilan
birga,
radioaktiv
nurlanishning
inson
sog‘lig‘iga salbiy ta’siri ham mavjud. U
hujayralarni
shikastlaydi,
genetik
o‘zgarishlarga, saraton kasalligiga olib kelishi
mumkin. Shuning uchun radioaktiv materiallar
bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy
amal qilish muhim hisoblanadi.
Radioaktiv
nurlanishlar
ta’sirida
organizmning
umumiy
qon
aylanish
tizimining buzilishi kuzatiladi. Bunda qon
aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish
xususiyati yo'qola boradi, qon tomirlari,
ayniqsa, kapilyar qon tomirlari mo'rt bo'lib
qoladi, ovqat hazm qilish a’zolarining faoliyati
buziladi, odam ozib ketadi va organizmning
Universal International Scientific Journal
15
7
tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish
qobiliyati kamayadi. Radioaktiv moddalaning
qo'lga ta’sir qilishi oldin sezilmaydi. Vaqt
o'tishi bilan qo'l qurushqoq bo'lib qoladi, unda
yorilishlar kuzatiladi, tirnoqlar tushib ketadi.
Radioaktiv nurlarning alfa va beta nurlari
tashqaridan ta’sir ko'rsatganda organizmning
teri qavati yetarlicha qarshilik ko'rsata oladi.
Ammo bu radioaktiv nurlar ovqat hazm qilish
a’zolariga tushib qolganda ulaning zararli
ta’siri kuchayib ketadi. Ko'pchilik radioaktiv
moddalar organizmning ba’zi bir qismlarida
yig'ilish xususiyatiga ega. Masalan, jigar,
buyrak
va
suyaklarda
yig'ilishi
butun
organizmni tezda ishda chiqaradi. Ba’zi bir
radioaktiv moddalar zaharli bo'lib, ularning
zaharlilik
darajasi
eng
xavfli
zararli
moddalarnikidan
ham
yuqori
bo'ladi.
Radiatsion nurlanish barcha tirik obyektlarga,
eng oddiysi (virus va bakteriyalar) dan tortib
to insonlargacha, kuchli ta'sir qiladi ularga
shikast yetkazadi, hatto nobud qilishgacha olib
keladi. Biologik obyektning nurlanishga
radiosezgirlik deb ataladigan ta'sirchanligi va
unda
to'la
yutilgan
nurlanish
dozasi
obyektning
shikastlanish
darajasini
aniqlaydigan asosiy omillardir. Organizmning
radiatsiya
ta'sirida
zararlanishi
asosida
molekulyar
va
hujayra
strukturalar
shikastlanishining birlamchi jarayonlari atom
hamda molekulalarning ionlashishi va shu
tufayli
ularning
kimyoviy
faolligining
o'zgarishi yotadi. Buning oqibatida muhim
biologik
makromolekulalar
oqsillar,
fermentlar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar
va hokazolar nurlanish ta'sirida bir qator
o'zgarishlarga, ko'proq qaytmas o'zgarishlarga
duchor bo'ladi. Nurlanish ta'sirida biologik
makromolekulalarda
ularning
biologik
(fermentativ,
gormonal
va
hokazo)
faolligining yo'qolishi, depolimerlashish va,
aksincha, yangi kimyoviy bog'lanishning hosil
bo'lishi,
dezaminlashish
(kimyoviy
birikmadan NH2 aminoguruhni yulib ajratish),
radiatsion oksidlanish va shu kabi o'zgarishlar
yuzaga keladi. Aniqlanishicha, organizmning
temperaturasini 0,001 gradusgagina ko'tara
oladigan darajada yutilgan nurlanish dozasi
organizm hujayralarining hayot faoliyatini
izdan chiqarish uchun yetarli ekan. Tirik
hujayraning
turli
qismlari
radioaktiv
nurlanishning bir xil dozasiga nisbatan turlicha
sezgir bo'ladi. Nurlanishga hujayralarning
yadrolari,
ayniqsa,
tez
bo'linadigan
hujayralarning
yadrolari
sezgir
bo'ladi.
Shuning uchun nurlanish, birinchi navbatda,
organizmda
ilikni
shikastlaydi,
buning
natijasida qon hosil bo'lish jarayoni buziladi
(qon saratoni kasalligiga duchor qiladi),
nurlanish
ovqat
hazm
qilish
yo'lining
hujayralariga —me'da va ichaklarning shilliq
qatlamlariga
ta'sir
ko'rsatadi.
Katta
dozalardagi nurlanish nobud bo'lishga olib
keladi, kamroq dozalarda esa qator kasalliklar
(nur
kasalligi)
paydo
bo'ladi.Yadroviy
nurlanish — bu radioaktiv moddalar yoki
yadroviy
reaksiyalar
natijasida
yuzaga
keladigan nurlanishdir. U quyidagi turlarga
bo‘linadi:
Yadroviy nurlanish turlari:
1. Alfa-nurlanish (α):Og‘ir zarralar
(geliy yadrosi) chiqadi.Havoda uzoq masofani
bosib
o‘tmaydi,
hatto
qog‘oz
bilan
to‘siladi.Tashqi ta’siri kuchsiz, lekin ichki
ta’siri kuchli bo‘lishi mumkin.
2. Beta-nurlanish (β):Elektron yoki
pozitronlar chiqadi.Plastmassa yoki alyuminiy
bilan to‘siladi.Tana ichiga kirsa, hujayralarga
zarar yetkazadi.
3. Gamma-nurlanish (γ):Elektromagnit
to‘lqinlar
(yuqori
energiyali).Qurilish
materiali yoki qo‘rg‘oshin bilan to‘siladi.Ichki
organlarga chuqur kirib, katta zarar yetkazishi
mumkin.
Universal International Scientific Journal
15
8
4. Neutron nurlanishi:Asosan yadroviy
portlashlar vaqtida kuzatiladi.Moddalar orqali
oson o‘tadi, biologik ta’siri juda kuchli.
Salbiy ta’sirlari:DNKning shikastlanishi.
Yadroviy nurlanishning biologik ta’siri
organizmga tushgan ionlovchi nurlarning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita hujayralarga
zarar yetkazishi orqali sodir bo‘ladi. Quyida
uning asosiy biologik ta’sirlari keltirilgan:
1. Molekulyar darajada ta’siri.DNK
shikastlanishi:
Ionlovchi
nurlar
DNK
zanjirlarini uzib yuboradi, bu mutatsiyalarga
olib
keladi.Oksidlovchi
stress:
Suv
molekulalari parchalanib, erkin radikallar
hosil bo‘ladi. Bu radikallar hujayra tarkibiy
qismlariga zarar yetkazadi.
2. Hujayra darajasidagi ta’siri:Hujayra
o‘sishini sekinlashtiradi yoki to‘xtatadi.
Apoptoz (hujayraning o‘z-o‘zini yo‘q
qilishi)ni keltirib chiqaradi.
Mutatsiyalangan
hujayralar
saraton
kasalligiga olib kelishi mumkin.
3. To‘qima va organlarga ta’siri:Tez
yangilanadigan to‘qimalar (masalan, ichak,
suyak iligi, teri) nurlanishga juda sezuvchan.
Qon ishlab chiqarish tizimi buziladi
(anemiya,
leykopeniya).Ichki
organlar
faoliyati susayadi (ayniqsa, yurak, jigar,
buyrak).
4. Umumiy organizmga ta’siri.Luqma
dozalarda: zaiflik, ko‘ngil aynishi, soch
to‘kilishi.Yuqori
dozalarda:
nurlanish
kasalligi,
qon
ivishining
buzilishi,
immunitetning keskin pasayishi.O‘lim xavfi:
juda katta dozada qisqa vaqtda ta’sir qilsa,
halokatli bo‘lishi mumkin.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, radioaktiv nurlar
kuchli energiya manbai bo‘lishi bilan birga,
to‘g‘ri boshqarilmasa, juda xavfli bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun ularni o‘rganish,
xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va ongli
munosabatda bo‘lish har bir jamiyat va ilm-fan
vakili uchun muhim vazifadir. Shu bilan birga,
radioaktiv nurlardan tibbiyot, sanoat va
energetika
sohalarida
foydali
tarzda
foydalanish mumkin. Radioterapiya orqali
saraton
kasalligini
davolash,
sanoatda
materiallarni nazorat qilish va yadro elektr
stansiyalari orqali energiya ishlab chiqarish
bunga misol bo‘la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.Е.К. Федоров. Радиационная безопасность человека и окружающей среды. Москва,
2010.
2. Tursunov A.K. Radiatsion xavfsizlik asoslari. Toshkent, 2019.
3. IAEA (International Atomic Energy Agency). Radiation Protection and Safety of Radiation
Sources: International Basic Safety Standards, Vienna, 2014.
4. Жуков В.Я. Основы радиоэкологии. Москва, 2007.
5. Robert G. Cassarett, James K. Hall. Radiation Biology. New York, 2008.
6. UNSCEAR Report (United Nations Scientific Committee on the Effects of Atomic
Radiation), 2020.
7. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). Health Effects of Radiation Exposure, 2017.
8. M.I.Bazarbayev, I.Mullajonov, “Biofizika” Toshkent, 2017 yil 9. A.N.Remizov Tibbiy va
biologik fizika. T.: “O’zbekiston milliy ensikopediyasi”. 2005 10.I.V.Savelev, “Umumiy fizika
kursi”, 1t. “O‘qituvchi”, Toshkent, 1978-y
