“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
602
O‘SMIRLARNING
BIOLOGIK
YETILISHI
JARAYONIDA
TANA
KOMPOZITSIYASI VA JINSIY DIMORFIZMNING NAMOYON BO‘LISHI
1
Kudeshova Gulchekhra Tengelbaevna.,
2
Pulatova Nafisa Alijan qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,
Umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi, dotsent
1
, 1-kurs magistrant
2
k.gulchi@karsu.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.15580073
Annotatsiya.
Mazkur adabiyotlar sharhida o‘smirlik davrida tana tarkibining jinsiy
farqlanishiga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan bo
ʻ
lib, ushbu davrda tana tarkibida, ya’ni yog‘
massasi, mushak massasi va suyak zichligida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘smirlik davri o‘sish
va jinsiy yetilishning intensiv bosqichi bo‘lib, erkak va ayol jinsida tana tarkibining farqlanishi
biologik, gormonal, genetik va tashqi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Maqolada, tana
tarkibidagi jinsiy farqlar, bu o‘zgarishlarning gormonal va tashqi omillar bilan bog‘liqligi,
shuningdek, zamonaviy diagnostika usullari (DEXA va bioimpedansometriya) yordamida olingan
ilmiy ma’lumotlar tahlil qilingan.
Kalit so‘z:
O‘smirlik davri, tana tarkibi, jinsiy differensiallik, mushak massasi, yog‘ massasi,
bioimpedansometriya
Аннотация
:
В
данном
литературном
обзоре
проанализированы
научные
исследования
,
посвящённые
половым
различиям
в
составе
тела
в
подростковом
возрасте
.
В
этот
период
происходят
значительные
изменения
в
жировой
массе
,
мышечной
массе
и
плотности
костей
.
Подростковый
возраст
является
интенсивной
стадией
роста
и
полового
созревания
,
в
ходе
которой
различия
в
составе
тела
между
мужчинами
и
женщинами
тесно
связаны
с
биологическими
,
гормональными
,
генетическими
и
внешними
факторами
.
В
статье
рассмотрены
половые
различия
в
составе
тела
,
их
связь
с
гормональными
и
внешними
факторами
,
а
также
научные
данные
,
полученные
с
помощью
современных
диагностических
методов
,
таких
как
DEXA
и
биоимпедансометрия
.
Ключевые
слова
:
подростковый
возраст
,
состав
тела
,
половые
различия
,
мышечная
масса
,
жировая
масса
,
биоимпедансометрия
Abstract:
This literature review analyzes scientific studies on gender differences in div
composition during adolescence. This period is marked by significant changes in fat mass, muscle
mass, and bone density. Adolescence represents an intensive stage of growth and sexual maturation,
during which differences in div composition between males and females are closely related to
biological, hormonal, genetic, and environmental factors. The article discusses gender differences in
div composition, their associations with hormonal and environmental influences, and scientific
findings obtained through modern diagnostic methods such as DEXA and bioimpedance analysis.
Keyword:
adolescence, div composition, gender differentiation, muscle mass, fat mass,
bioimpedance analysis
Kirish.
O‘smirlik - bu jismoniy, gormonal va psixologik o‘zgarishlarning eng faol
bosqichlaridan biridir. Bu davrda o
ʻ
g
ʻ
il va qiz bolalar o‘rtasida tana tarkibining farqlari shu jumladan
yog‘ va mushak massasi, o‘zgarishlarni talab qiladi. Ushbu farqlanishlar biologik va gormonal
omillar, irsiylik, ovqatlanish va jismoniy faollik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, tana tarkibining
o‘zgarishini har tomonlama tushunishga imkon yaratadi. O‘smirlik davri inson ontogenezining eng
muhim va murakkab bosqichlaridan biri hisoblanadi. Mazkur davrda jismoniy o‘sishning
intensivlashuvi hamda jinsiy yetilishning faol jarayonlari kuzatiladi. Ushbu yoshda tana morfometrik
ko‘rsatkichlari, ya’ni bo‘y va tana massasi o‘zining maksimal rivojlanish bosqichiga yetadi, bu esa
organizmda reproduktiv tizimning to‘liq shakllanishi va jinsiy yetilishni yakunlash uchun zarur
bo‘lgan fiziologik asosni tashkil etadi. [9; 10; 11].
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
603
O‘smirlik davrida antropometrik rivojlanishda individual farqlar mavjud bo‘lsa-da, 15 yoshga
kelib qiz o‘smirlarning aksariyatida ikkilamchi jinsiy belgilar to‘liq shakllanadi va hayz siklining
barqaror ko‘rsatkichlari kuzatiladi. Bu esa jinsiy yetilishning tugallanganlik darajasini baholashda
asosiy diagnostik mezon sifatida xizmat qiladi [6].
Balog‘atga yetish davri o‘smir organizmining faol o‘sish va rivojlanish bosqichi hisoblanadi.
Aynan shu davrda tiroksin kabi qalqonsimon bez gormonlariga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi, chunki
ular organ va to‘qimalarning differensiyalanishi, metabolizm va umumiy somatik rivojlanishda
muhim rol o‘ynaydi [10; 11].
Tana massasi indeksi (TMI) bolalar va o‘smirlarning jismoniy holatini baholashda muhim
ko‘rsatkich hisoblanadi. TMI, yosh va jinsga nisbatan standartlashtirilgan ko‘rsatkichlarga asoslanib,
bolalar va o‘smirlarning tana vaznining sog‘lom yoki patologik holatini aniqlashda yordam beradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, TMI qiymatlari ma’lum foizli distribyutsiya asosida, ya’ni 85 va 95
foizga nisbatan tahlil qilinadi, bu o‘smirlarning jismoniy holatiga nisbatan aniq ma’lumotlar beradi
[7].
TMI ko‘rsatkichlari bo‘yicha 85 foizdan pastroq qiymatlar normal tana massasiga mos keladi.
85 foiz va 94,9 foiz oralig‘idagi TMI qiymatlari ortiqcha tana vaznining borligini ko‘rsatadi. Semizlik
esa TMI 95 foizga to‘g‘ri keladigan yoki undan yuqori qiymatlarga ega bo‘lgan sub’ektlarda tashxis
qilinadi [2].
Biroq, statistik nuqtai nazardan, tana massasi indeksining normal qiymatining aniq chegarasini
aniqlashda 75-persentilni tanlash samaraliroq bo‘lishi mumkin. Bu holda normal vazn va ortiqcha
vazn o‘rtasidagi chegarani yanada aniqroq ajratib olish mumkin [4].
TMI 75-persentilini ortiqcha vazn mezoni sifatida qabul qilish zamonaviy tadqiqotlar
tomonidan tasdiqlangan. Ma GS va boshqalar olib borgan tadqiqotda, TMI 75-persentilidan yuqori
bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda triglitseridlar, past zichlikdagi lipoproteinlar, arterial gipertenziya kabi
yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ancha yuqori ekanligi ko‘rsatilgan [3].
Bundan tashqari, Bjorge T. va uning hamkasblari (2008) tomonidan olib borilgan tadqiqotda,
TMI 75 foizdan yuqori bo‘lgan 14–19 yoshli yoshlar o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklari va shu
bilan bog‘liq o‘lim xavfi sezilarli darajada ortishi aniqlangan [2]. TMI 75-persentili ortiqcha vaznni
aniqlashda samarali mezon sifatida qabul qilinishi mumkin. Bu ko‘rsatkich yurak-qon tomir
kasalliklari rivojlanishining xavf omili sifatida muhim ahamiyatga ega va uning yoshlar orasida
salomatlikni baholashda qo‘llanilishi, sog‘liqni saqlash tizimidagi profilaktik tadbirlarni yanada
samarali qilishga yordam beradi.
So‘nggi yillarda zob endemiyasi mavjud bo‘lgan hududlarda subklinik gipotireoz holatlari
ancha keng tarqalganligi haqida 10 dan 30% gacha dalillar mavjud [6]. Shu bilan birga, qalqonsimon
bezning gipofunksiyasi fonida o‘smir qizlarda hayz ko‘rish siklining buzilishi kabi klinik belgilar
qayd etilmoqda [8].
Biroq yod tanqisligi korreksiya qilinmagan sharoitlarda qiz o‘smirlarning jismoniy va jinsiy
rivojlanish xususiyatlari haqida ilmiy ma’lumotlar yetarli darajada mavjud emas. Bu esa reproduktiv
salomatlikni saqlashga qaratilgan ilg‘or sog‘liqni saqlash strategiyalarini ishlab chiqishda to‘siq
bo‘lib xizmat qiladi [5].
Xulosa.
O‘smirlik davrida tana tarkibining o‘zgarishlari inson organizmining jismoniy
rivojlanishining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Bu davrda erkak va ayol jinsidagi farqlar aniq
ko‘zga tashlanadi, ayniqsa mushak va yog‘ massalaridagi farqlar sezilarli bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar
biologik, gormonal va tashqi omillar, shu jumladan ovqatlanish va jismoniy faollik bilan bog‘liq
bo‘lib, ular tana tarkibining to‘g‘ri baholanishi va sog‘lom rivojlanishini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Tana massasi indeksi (TMI) va uning foizli taqsimoti, ayniqsa persentilining
qo‘llanilishi, o‘smirlarning sog‘lom yoki patologik jismoniy holatini aniqlashda samarali vosita
sifatida foydalaniladi. TMI ko‘rsatkichlari yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini
baholashda, shuningdek, ortiqcha vazn va semizlikning oldini olishda asosiy diagnostik mezon
sifatida muhim rol o‘ynaydi. Zob endemiyasi mavjud hududlarda o‘smirlar orasida subklinik
gipotireoz holatlarining tarqalishi va uning jismoniy va jinsiy rivojlanishga ta’siri shuni ko‘rsatadiki,
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
604
bu omillarni inobatga olgan holda salomatlikni saqlash va rivojlantirishga qaratilgan profilaktik
choralar zarur. Zamonaviy diagnostika usullari, masalan, bioimpedansometriya, tana tarkibini aniq
o‘lchashga yordam beradi va o‘smirlarning salomatligini kuzatish va ilg‘or sog‘liqni saqlash
strategiyalarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Bjorge
Т
., EngelandA., TverdalA., Smith G.D. Body mass index in adolescence in relation to
cause-specific mortality: a follow-up of 230,000 Norwegian adolescents // American Journal of
Epidemiology. 2008. -
№
168(1).-P. 30-37.
2.
Koplan J.P., Overman C.T., Kraak V.I. Preventing Childhood Obesity: Health in the Balance.
Washington, DC: National Academies Press, 2005.
3.
Ma G.S., Li Y.P., Hu X.Q. et al. Report on childhood obesity in China (2). Verification of
BMI classification reference for overweight and obesity in Chinese children and adolescents
//Biomed. Environ. Sci. 2006. -
№
19(1). -P. 1-7.
4.
Газина
Д
.
Н
.
Гендерно
-
возрастные
особенности
формирования
избыточной
массы
тела
в
детско
-
подростковом
возрасте
как
прогностический
фактор
сердечно
-
сосудистых
нарушений
Автореф
.
Дисс
.
канд
.
мед
.
наук
. -
Москва
, 2010. -141
с
.
5.
Демина
Т
.
Н
. //
Вестн
.
новых
мед
.
технологий
. - 1998. -
№
2. -
С
. 45-48, Longcope C. // The
Thyroid a Fundamental Clinical Text / eds. L. Braverman and R. Utiger. - Philadelphia - N.Y., 1996.
- P. 849-852.
6.
Касаткина
Э
.
П
.,
Шилин
Д
.
Е
.,
Федотов
В
.
П
.,
Белослудцева
Т
.
М
. //
Пробл
.
эндокринол
. -
1997. -
№
5. -
С
. 8-12.].
7.
Мелитицкая
А
.
В
.
Взаимосвязи
повышенной
массы
тела
,
метаболических
нарушений
и
артериальной
гипертензии
у
детей
подросткового
возраста
:
Автореф
.
дис
. .
к
.
м
.
н
. —
Уфа
, 2006.
— 24
с
.
8.
Репродуктивная
эндокринология
. -
Т
. 1 /
Пер
.
с
англ
.
под
ред
. C.C.K.
Йена
,
Р
.
Б
.
Джаффе
.
-
М
., 1998. -
С
. 422-531. Krassas G.E., Ponticides N., Kaltsas Th. et al. // Clin. Endocrinol. - 1999. -
V. 50. -P. 655-659.
9.
Скородок
Ю
.
Л
.
Особенности
полового
развития
девочек
с
увеличением
щитовидной
железы
/
Автореф
.
канд
.
дисс
. -
СПб
., 1996. - 19
с
.
10.
Сонькин
В
.
Д
. //
Физиология
роста
и
развития
детей
и
подростков
(
теоретические
и
клинические
вопросы
) /
Под
ред
. A.A.
Баранова
,
Л
.
А
.
Щеплягиной
. -
М
., 2000. -
С
. 185-199.
11.
Щеплягина
Л
.
А
.,
Ильин
А
.
Г
.,
Звездина
И
.
В
.
и
др
. //
Рос
.
педиат
.
журн
- 1999. -
№
2.-
С
.
31-36.
