Mualliflar

  • Saydulloxon Xusanov
    Andijon davlat universiteti
  • Jaloliddin Usifjonov
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110422

Kalit so‘zlar:

Biogaz mikroorganizmlar anaerob fermentatsiya gidrolitik bakteriyalar asetogen bakteriyalar metanogen arxeylar

Annotasiya

Mazkur maqolada biogaz ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi mikroorganizmlarning roli, ularning turlari, metabolik faolligi va optimal sharoitlar ostidagi faoliyati yoritilgan. Shuningdek, anaerob fermentatsiya bosqichlari va mikroorganizmlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar ham ko‘rib chiqilgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

548

YOMG‘IR CHUVALCHANGINING ICHAK MIKROFLORASI O‘RGANISH VA

BIOOG‘IT TAYYORLASH

Maxbubova Ruhshona Oybekjon qizi

Andijon niversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15579863

Annotatsiya:

Yomg‘ir chuvalchangining ichagida yashovchi foydali bakteriyalarning

oziqlanish jarayonlarini o‘rganish va ularning ishtirokida ekologik toza bioo‘g‘it tayyorlash
imkoniyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari biologik parchalanish, tuproq unumdorligini oshirish
va barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarida bioo‘g‘itlardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Kalit so‘zlar:

yomg‘ir chuvalchangi, ichak bakteriyalari, oziqlanish, bioo‘g‘it, ekologik

tozalik, parchalanish, mikroflora.

Аннотация

:

данная

научная

работа

посвящена

изучению

процессов

питания

полезных

бактерий

,

обитающих

в

кишечнике

дождевого

червя

,

а

также

возможностям

приготовления

экологически

чистого

биоудобрения

с

их

участием

.

Результаты

исследования

способствуют

лучшему

пониманию

биологического

разложения

и

позволяют

эффективно

использовать

биоудобрения

в

устойчивом

сельском

хозяйстве

.

Ключевые

слова

:

дождевой

червь

,

кишечные

бактерии

,

питание

,

биоудобрение

,

экологичность

,

разложение

,

микрофлора

.

Annotation

: this research focuses on studying the nutritional mechanisms of beneficial bacteria

living in the gut of earthworms and explores the potential of producing eco-friendly biofertilizers
using these microorganisms. The findings contribute to a deeper understanding of biological
decomposition and promote the effective use of biofertilizers in sustainable agriculture.

Key words:

earthworm, gut bacteria, nutrition, biofertilizer, eco-friendly, decomposition,

microflora.

KIRISH:

Bugungi kunda global miqyosda aholini ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan

ta’minlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bunda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida osimliklarga
kimyoviy o‘g‘itlarlarni kamaytirish, tabiiy va organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish va qo‘llash muhim
ahamiyat kasb etmoqda [1]. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bioo‘g‘itlar — ya’ni tirik organizmlar
yoki ularning metabolik mahsulotlari asosida tayyorlangan o‘g‘itlar — agrar tizimda muhim o‘rin
tutadi. Bioo‘g‘itlar nafaqat tuproq unumdorligini oshiradi, balki yerning ekologik holatini
yaxshilaydi, tuproqdagi foydali mikroflorani faollashtiradi va o‘simliklarning sog‘lom o‘sishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shular qatorida, yomg‘ir chuvalchanglari (

Lumbricus terrestris

va boshqa

turlar) ishtirokida tayyorlanadigan bioo‘g‘itlar ekologik jihatdan eng xavfsiz va samarali vosita
hisoblanadi [2]. Chuvalchanglarning hazm qilish tizimi turli mikroorganizmlar, ayniqsa bakteriyalar
bilan boy bo‘lib, ular organik qoldiqlarni parchalash, chirindilar hosil qilish va o‘g‘it sifatini
oshirishda muhim rol o‘ynaydi [1]. Ayniqsa, chuvalchang ichagidagi mikrobiota — bakteriyalar,
zamburug‘lar va aktinomitsetlar faoliyati hali to‘liq o‘rganilmagan qiziqarli sohaga kiradi. Ushbu
ilmiy ishning maqsadi — yomg‘ir chuvalchanglarining ichagida yashovchi bakteriyalarning
oziqlanish xususiyatlarini o‘rganish, ularning bioaktivligini aniqlash va bu asosda yuqori sifatli
bioo‘g‘it ishlab chiqish imkoniyatlarini baholashdir. Tadqiqot natijalari nafaqat mikrobiologik
jarayonlarni chuqurroq tushunishga, balki ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi [3].

Yomg‘ir chuvalchanglari — tuproq unumdorligini oshirish va ekologik barqaror qishloq

xo‘jaligi tizimlarida muhim rol o‘ynaydigan organizmlardan biridir. Ayniqsa, ularning hazm qilish
tizimi mikrobiologik faoliyat nuqtai nazaridan qimmatli hisoblanadi [4]. Chuvalchanglar ichagida
yashovchi bakteriyalar — enterobakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar organik moddalarni
parchalaydi, murakkab molekulalarni oddiy moddalarga aylantiradi va ularni o‘z hayotiy faoliyatlari
uchun energiya manbai sifatida ishlatadi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

549

Tadqiqot davomida

Lumbricus terrestris

turiga mansub yomg‘ir chuvalchanglari laboratoriya

sharoitida kuzatilib, ularning oziqlanish jarayonida ishtirok etuvchi ichak mikroflorasi tahlil qilindi.
Mikrobiologik tahlillar natijasida, chuvalchang ichagida eng ko‘p uchraydigan bakteriyalar —

Bacillus spp., Pseudomonas spp

. va Azotobacter spp. ekanligi aniqlandi Bu bakteriyalar organik

chiqindilarni tez va samarali parchalaydi, natijada tuproq uchun qulay bo‘lgan bioaktiv moddalarning
hosil bo‘lishiga olib keladi [5]. Yomg‘ir chuvalchanglari tomonidan hazm qilingan chiqindilar, ya’ni
vermikompost, azot, fosfor va kaliy kabi ozuqa elementlari bilan boyitilgan bo‘lib, u tuproq
mikroflorasi va fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilaydi. Tadqiqotda chuvalchanglar uchun eng
samarali ozuqa manbalari sifatida sabzavot po‘choqlari, meva qoldiqlari, choy va kofe qoldiqlari,
somon va go‘ng aralashmasi aniqlangan [6]. Bakteriyalar faoliyatini maksimal darajada faollashtirish
uchun ozuqa muhitining namligi, harorati va pH darajasi muhim omillar hisoblanadi. Tajriba
sharoitida 22–27°C haroratda va 70–80% namlikda bakteriyalarning faolligi eng yuqori bo‘lgan. Bu
sharoitlar chuvalchanglar hayot faoliyati uchun ham optimal hisoblanadi [7]. Bakteriyalar tomonidan
ishlab chiqariladigan fermentlar (proteaza, amilaza, sellyulaza) organik qoldiqlarni oddiy shakllarga
ajratib, o‘simliklar uchun mavjud shakldagi elementlarga aylantiradi. Shu tariqa, bioo‘g‘it nafaqat
oziq moddalarga boy, balki ekologik toza va biologik faol holatda bo‘ladi.

XULOSA:

Yomg‘ir chuvalchanglari (asosan Lumbricus terrestris) tuproq biologiyasida

muhim rol o‘ynovchi organizmlar bo‘lib, ularning hazm qilish tizimi turli xil foydali
mikroorganizmlar, ayniqsa bakteriyalar bilan boyitilgan. Ushbu mikroorganizmlar, xususan
bakteriyalar, chuvalchang ichagida murakkab organik moddalarni parchalash, ularni o‘zlashtirish va
foydali metabolitlar hosil qilish orqali ekologik muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdiki, bakteriyalar chuvalchang ichagida faol fermentativ faoliyat yuritadi va bu jarayon
natijasida tuproq unumdorligini oshiruvchi moddalar ajralib chiqadi. Mazkur ilmiy ish doirasida olib
borilgan tahlillar chuvalchang ichagida yashovchi bakteriyalarning oziqlanish mexanizmlarini,
ularning fermentativ xususiyatlarini va bioaktivlik darajasini o‘rganishga qaratilgan. Olingan natijalar
asosida aniqlanishicha, bu bakteriyalar organik chiqindilarni tez va samarali parchalaydi, ularni
o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan shakllarga aylantiradi va shu orqali yuqori sifatli, ekologik toza
bioo‘g‘itlar hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida chuvalchanglar orqali tayyorlangan
bioo‘g‘itlarning afzalliklari – tuproq mikroflorasini tiklash, biologik faol moddalar bilan boyitish,
o‘simlik ildiz tizimining rivojlanishini tezlashtirish va agroekotizimda tabiiy muvozanatni saqlash
kabi jihatlar o‘z isbotini topdi. Bunday o‘g‘itlar kimyoviy vositalarga nisbatan inson salomatligi va
atrof-muhit uchun ancha xavfsiz, barqaror va iqtisodiy jihatdan ham tejamkor variant sanaladi.Shu
sababli, yomg‘ir chuvalchanglarining ichak mikrobiotasidan foydalanish nafaqat ekologik toza
texnologiyalarni rivojlantirish, balki tuproqni sog‘lomlashtirish va qishloq xo‘jaligida barqaror
hosildorlikni ta’minlashda muhim yechim bo‘lib xizmat qiladi. Kelgusida bu sohadagi tadqiqotlar
chuvalchang bakteriyalarining genomik va metabolik faoliyatini chuqurroq o‘rganishga, shuningdek,
bioo‘g‘itlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishga yo‘naltirilishi maqsadga
muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bhat, S.A., Singh, J., & Vig, A.P. (2015). Earthworms as bioengineers of soil – A review.

Environmental Skeptics and Critics, 4(2), 41–49.

2. Kurbanov A.S. “Bioo‘g‘itlar va ularning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati”. Toshkent: Fan, 2020.
3. Sinha, R. K., Heart, S., & Agarwal, S. (2010). “Earthworm Vermicompost: A Powerful Crop Nutrient

over the Conventional Compost and Protective Soil Conditioner against the Destructive Chemical Fertilizers”.
Agricultural Science Digest.

4. USDA (United States Department of Agriculture) Soil Biology Primer. (2018).
5. Islamov D.X., “Tuproq mikrobiologiyasi”. Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
6. Edwards, C. A., & Arancon, N. Q. (2004). “Vermiculture and Vermicomposting in Sustainable

Agriculture”. Journal of Environmental Quality.

7. Gajalakshmi, S., & Abbasi, S.A. (2004). Earthworms and vermicomposting. Indian Journal of

Biotechnology, 3(4), 486–494.

Bibliografik manbalar

Angelidaki, I., Treu, L., Tsapekos, P., Luo, G., Campanaro, S., & Kougias, P. G. (2018). Biogas upgrading and utilization: Current status and perspectives. Biotechnology Advances, 36(2), 452-466.

De Vrieze, J., Hennebel, T., Boon, N., & Verstraete, W. (2012). Methanosarcina: The rediscovered methanogen for heavy duty biomethanation. Bioresource Technology, 112, 1–9.

Li, Y., Zhang, R., Liu, G., & Chen, C. (2013). Anaerobic co-digestion of food waste and dairy manure: Stability and digester performance. Waste Management, 33(2), 410–416.

Appels, L., Baeyens, J., Degrève, J., & Dewil, R. (2008). Principles and potential of the anaerobic digestion of waste-activated sludge. Progress in Energy and Combustion Science, 34(6), 755–781.

Kangle, K. M., Kore, S. V., & Kore, V. S. (2012). Anaerobic digestion of kitchen waste: A review. Research Journal of Chemical Sciences, 2(6), 1–6.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари