Universal International Scientific Journal
3
7
Ilashov Shohjahon Xurshid o’g’li
1
.,
Ibrohimova Mohinur Hamidullo qizi
1
.,
Xusanov Saydulloxon Ilyosxon oʻgʻli
2
Andijon davlat pedagogika instituti
1
Andijon davlat universiteti
2
Uzbekistan
PIRROFIT (PYRROPHYTA) SUVO’TLARINING TABIATDAGI O’RNI
TARQALISHI VA AHAMIYATI
Abstract:
This article provides information on the morphology, anatomy, systematics, characteristics
and importance of pyrrhotite algae. Pyrrophyte algae are mainly monad, some representatives have coccoid,
palmelloid, filamentous structures, and many pigments, including carotene, xanthophyll, peridinin, are
found in their composition. The cell structure is dorsoventral, and the membranes contain ejectosome hairs.
Keywords:
dorzoventral, periplast, mastigonema, ejectosoma, mesokaryotic, histone, theca, puzule,
aplonospora, epival, antapical, hypoval.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Pirrofit suvo'tlarning morfologiyasi, anatomiyasi, sistematikasi,
o'ziga xosligi va ahamiyati haqida ma'lumot berilgan. Pirrofit suvo'tlar asosan monad, ayrim vakillari
kokkoid, palmelloid, ipsimon tuzilishli bo'lib, tarkibida ko'plab pigmentlar jumladan, karotin, ksantofil,
peridinin uchraydi. Hujayra tuzilishi dorzoventral bo'lib, membranalarida edjektosoma tukchalari mavjud.
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Universal International Scientific Journal
Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9
International indexes
Universal International Scientific Journal
3
8
Kalit so‘zlar:
dorzoventral, periplast, mastigonema, edjektosoma, mezokariotik, giston, teka,
puzul, aplonospora, epival, antapikal, gipoval.
Аннотация:
В статье представлена информация о морфологии, анатомии, систематике,
характеристике и значении пиррофитных водорослей. Водоросли-пиррофиты представляют собой
преимущественно монады, некоторые представители имеют кокковидное, пальмеллоидное,
нитевидное строение, в их составе обнаружено множество пигментов, в том числе каротин,
ксантофилл, перидинин. Строение клеток дорсовентральное, мембраны содержат волоски эектосом.
Ключевые слова:
дорзовентральный, перипласт, мастигонема, эктосома, мезокариотическая,
гистон, тека, пузула, аплоноспора, эпивал, антапикальный, гиповал.
Language:
Uzbek
Citation:
Ilashov , S., Ibrahimova , M., & Khusanov , S. DISTRIBUTION AND SIGNIFICANCE
OF PYRROPHYTA ALGAE IN NATURE. Universal International Scientific Journal, 1(9), 37–42.
Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1207
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14327455
Bo‘lim
vakillari,
asosan,
monad
tuzilishdagi
suvo‘tlaridan
iborat
bo‘lib,
kokkoid, palmelloid, va ipsimon tuzilishli
vakillari ham uchraydi. Hujayrasi o‘ziga xos
tuzilishga ega bo‘lib, unda o‘simliklar va
hayvonlarga xos belgilar mavjud. Bo‘limning
ko‘plab suvo‘tlarining hujayrasi qattiq po‘st
bilan
o‘ralgan.
Xromatofori
tarkibida
xlorofillardan
tashqari
karotin,
ksantofil,
peridinin pigmentlari mavjud bo‘lib, ular
hujayraga qo’ng‘ir, jigarrang, sariq, va tillarang
tus
berib
turadi.
Ularda
assimilyatsiya
mahsuloti sifatida hujayrasida kraxmal moddasi
to‘planadi. Ba’zi vakillarida hayvonlarga xos
bo‘lgan tuzilmalar – oziqlanishga moslashgan
paypaslovchi, sanchuvchi va yutuvchi soxta
oyoqlarning mavjudligi bilan ham ajralib turadi.
Pirrofit suvo‘tlari tallomi uchun asosiy
farqlovchi xususiyat bu ular monad tuzilishli
hujayrasining dorzoventral xolatdaligi, yani
orqa va qorin tomonining bir-biridan farq qilishi
hisoblanadi. Undan tashqari, hujayra ekvatori
bo‘ylab o‘tgan uzun chuqurchasining ustida
bo’g‘imining mavjudligi ham asosiy xos belgisi
sanaladi.
Pirrofit suvo‘tlari 2 ta katta sinfga
bo‘linadi:
1.
Kriptofitsimonlar sinfi – Cryptophyceae
2.
Dinofitsimonlar sinfi – Dinophyceae
Kriptofitsimonlar sinfi vakillari asosan,
xovuz va ifloslangan suvlarda keng tarqalgan,
ba’zan, katta suv havzalari va ko‘llarda ham
uchraydi. Hujayrasi monad shaklda, ayrimlari
kokkoid va palmelloid tuzilishga ega. Hujayrasi
dorzoventral tuzilishga ega bo‘lib, periplast
Universal International Scientific Journal
3
9
bilan o‘ralgan. Hujayraning old qismida bitta
qo’ng‘ir tusli chuqurchasi mavjud. Undan
tashqari, yana hujayra old qismida 2 ta
lentasimon, bir-biriga dayarli teng bo‘lgan
xivchini bo‘lib, ularda har birida 2 qator
mastigonema joylashgan. Xromatofori 1 ta yoki
ko‘p bo‘ladi. Xlorofill “a”, “c”, undan tashqari
karotin, ksantofill, ba’zilarida fikotsianin va
fikoeritrin pigmentlari mavjud. Assimilyatsiya
maxsuloti sifatida hujayrada kraxmal, yog,
xrizolamirin to‘planadi. Hujayrasi bitta yadroli.
Plastidasi ichida ko‘zcha bo‘ladi. Undan
tashqari edjektosoma deb ataluvchi sanchuvchi
tukchalari mavjud. Ular zich o‘ralgan
lentasimon bo‘lib, kamera ichiga joylashgan
bo‘ladi. Hujayra ta’sirlanganda kamera ochilib,
undagi edjektosoma teshik orqali otilib chiqadi.
Edjektosomalar yirik (bo’g‘izda) va kichik
hajmli
(periplast
ustida)
bo‘ladi.
Kriptofitsimonlar
hujayraning
oddiy
bo‘linishi orqali ko‘payadi. Eng keng tarqalgan
vakili – kriptomonas (Cryptomonas).
Dinofitsimonlar sinfiga hujayra yadrosi
oddiy mezokariotik tuzilgan suvo‘tlari kiradi.
Bunday suvo‘tlari yadro xromosomasi tarkibida
giston moddasi bo‘ladi. Mitoz davrida
xromosoma iplari bo‘sh ixtisislashgan bo‘lib,
uzunasiga cho‘ziladi va markazga to‘planadi
hamda doimo interfazada saqlanib qoladi.
Ushbu sinfning ko‘plab vakillari monad
tuzilishli, ayrimlari esa murakkab tuzilgan.
Murakkab tuzilganlarida zoospora harakat
qilish xususiyatini saqlab qolgan. Hujayra
dorzoventral tuzilgan, 2 ta egatchali bo‘lib,
hujayrani aylanma yoki spiral shaklda o‘rab,
bir-birini
kesib o‘tgan joyda chiqadi.
Xivchinlari 2 ta bo‘lib, uzunligi va tuzilishi har
xil. Silliq xivchin bo‘yiga cho‘zilgan egatda,
ikkinchisi lentasimon va mastigonemaga ega
bo‘lgan ko’ndalang egatda yotadi. Hujayra
maxsus teka deb nomlanuvchi qalqon bilan
qoplangan. Uning tarkibi murakkab bo‘lib,
oqsil,
galaktoza,
arabinoza
va
galaktur
kislotasiga ega. Sitoplazmada 1 ta yirik yadro
bo‘lib, u kattaligi va tashqi tuzilishi bilan
farqlanadi. Xromatoforalari turli xil shakl va
rangda bo‘lib, 3 qavat po‘st bilan o‘ralgan.
Hujayrada kraxmal, xrizolaminarin, ba’zan
glikogen va boshqa moddalar zahira sifatida
to‘planadi.
Dinofitsimonlar sinfi vakillarida puzul deb
ataluvchi organoid bo‘lib, u vakuolaga o’xshash
va ingichka kanal orqali vakuola sitemasi bilan
bog‘lanadi. Ular odatda, xivchinlar chiqadigan
joyda o‘rnashadi. Ularning ahamiyati hali
ma’lum emas. Ko‘pchilik vakillarida murakkab
tuzilishga ega stigma, yani ko‘zchasi mavjud.
Dinofitsimonlar harakatchan va harakatsiz
vegetativ organlarining bo‘linishi, zoosporalar
yoki aplonosporalar hosil qilish yo‘li bilan
jinssiz ko‘payadi. Ba’zi vakillarida, jinsiy
ko‘payish – izogamiya kuzatiladi. Ushbu sinf
Universal International Scientific Journal
40
vakillari tallomining tuzilishiga ko‘ra, 5 ta
tartibga bo‘linadi:
1.
Peridiniumlilar – Peridinales
2.
Dinamebidililar – Dinamoebidiales
3.
Gleodinimlar – Gleodinales
4.
Dinokokklilar tartibi (Dinococcales)
5.
Dinotrixlilar – Dinotrichales
1. Peridiniumlilar tartibi (Peridinales)
vakillari issiq suvli dengizlarda tarqalgan
bo‘lib, biologik xilma-xilligi yuqoriligi bilan
ajralib turadi. Ular planktonxolda yashashga
moslashgan. O‘simliklar bilan simbiont xolda
yashasa,
molyuskalar
tanasida
va
chuvalchanglarda tekinxo‘rlik qiladi. Suvda
ko‘p miqdorda to‘planib, suvga sariq va qizil
rang beradi. Sovuq suvli dengizlarda har 1
litrida 200 ming tagacha peridinium bo‘lishi
mumkin.
Gimnodinium (Gymnodinium) turining
asosiy xarakterli belgisi – hujayra devori va
sovutning bo‘lmasligi. U faqat periplast bilan
qoplangan bo‘lib, hujayrasida sarg‘ish rang
beruvchi xromatoforlari bor. Hujayraning
ekvator qismida ko’ndalang joylashgan egatcha
mavjud bo‘ladi. Unda 1 ta qayrilgan xivchin
zich o‘rnashadi, ikkinchisi osilib turadi.
Issiq suvli dengizlarda yorug chochuvchi
tun shamchasi – noktiluka (Noctiluca miliris)
turi tarqalgan. Unda ham hujayra devori
bo‘lmaydi. Uning sharsimon, rangsiz vegetativ
hujayrasining diametri 2 mm ligi bilan
peridiniumdan farq qiladi. Ularda egatchasi
bo‘lmaydi, uning o‘rniga dumga oxshash
o‘simta joylashgan. Sitoplazmasi murakkab
tuzilgan tanachalardan iborat bo‘lib, yorug‘lik
sochishni
ta’minlaydi.
Ular
yorug‘lik
sochganda dengiz tarkibidagi fosfor moddasi
ta’sirlanib, oq kumushrang yoki havorang
yorug‘lik taraladi. Bu suvo‘ti kurtaklanish yo‘li
bilan
ko‘payadi.
Zoosporalari
gimnodiniumnikiga
o’xshash
bo‘lib,
ko’ndalang egat va 1 ta xivchinga ega.
Dengiz, ko‘l va chuchuk suvlarda
peridinium
(Peridinium)
va
tseratsium
(Ceratium) turkumi vakillari plankton xolda
hayot
kechiradi.
Ularning
hujayrasi
dorzoventral tuzilishga ega. Hujayra orqa
tomondan do’ng (qabariq), qorin tomondan
egilgan va botiq shaklda bo‘ladi. Suvo‘ti qalin
sovut bilan qoplangan bo‘lib, ustida tukchalar,
tikanaklar va pora (teshik)lari bor. Sovutining
ustidagi ko’ndalang va uzunasiga ketgan
egatcha hujayrani deyarli teng ikkiga bo‘ladi.
Yuqori qismi sovutning old qismidagi tavaqa
bilan qoplangan – epival, pastki – antapikal
qismini sovutning orqa - gipoval tavaqasi o‘rab
turadi. Ko’ndalang va uzunasiga egatcha
sovutning yirik qalqonchasi oldida birlashib,
qalqon apparatini hosil qiladi. Qalqonda
yoriqcha bo‘lib, undan ikkita xivchin chiqadi,
lentasimon xivchini buralgan ko’ndalang
egatga joylashgan. Ikkinchisi hujayra harakat
qilganda,
orqasidan
cho‘zilib
turadi.
Qalqonlarning shakli va soni muxim sistematik
Universal International Scientific Journal
41
belgi hisoblanadi. Qalqonlar bir-biri bilan qisqa
yoki keng choklar bilan ulangan, ularning
o‘sishi hisobiga sovut yiriklashadi.
Ko‘payish vaqtida vegetativ hujayra
harakatdan to’xtab, teng ikkiga bo‘linadi. Ba’zi
turlarida sovut ichidagi protoplast ham teng
ikkiga bo‘linadi. So’ng sovutning ustida yoriq –
tuynukcha hosil bo‘ladi, undan yupqa po‘st
bilan o‘ralgan pufakcha chiqadi.
2.
Dinamebidililar
tartibi
(Dinamoebidiales) vakillari dinoflagellatlar va
ildizyoqlilar o‘rtasida qarindoshlik xususiyatiga
ega bo‘lib, muxim filogenetik ahamiyatga ega.
Dinamyobidium (Dinamoebidium varians) turi
tashqi tuzilishi jihatidan amyobaga o’xshash
bo‘ladi, bir hujayrali suvo‘tlar va hayvonlar
bilan
o‘ziqlanadi.
Ko‘paygan
vaqtida
gimnodiniumga o’xshash zoosporalar hosil
qiladi. Noqulay sharoitda tsista hosil qiladi.
3. Gleodinimlilar tartibi (Gleodinales)
palmelloid tuzilishga ega vakillardan iborat.
Ular ko‘l va botqoqlarda tarqalgan. Hozirda
faqat bitta - Gleodinium montanum turi
ma’lum. Har qaysi hujayra asosidan po‘st bilan
o‘ralishidan tashqari, yana shilimshiqlangan
po‘st bilan ham o‘ralib, hujayralar to‘plamini –
koloniyani hosil qiladi. Jinssiz ko‘paygan
vaqtida egatli zoosporalar hosil qiladi.
4. Dinokokklilar tartibi (Dinococcales)
vakillari
chuchuk
suv
havzalarida
va
dengizlarda tarqalib, plankton hayot kechiradi.
Vegetativ
hujayrasi
harakatsiz.
Jinssiz
ko‘paygan vaqtida gimnodiniumga o’xshash
zoosporalar hosil qiladi. Ba’zi vakillarida
aplonospora
vujudga
keladi.
Eng
keng
tarqalgan
turkumlariga
Dinococcus,
Tetradinium, Stylodinium turkumlari kiradi.
Synbidinium turkumi vakillari meduzalar bilan
simbioz hayot kechiradi.
5. Dinotrixlilar tartibi (Dinotrichales)
vakillarining tallomi ipsimon tuzilishga ega.
Dinotriks (Dinotrix paradoxa) dengiz suvlari
saqlanadigan akvariumlarda uchraydi. Tallomi
biroz shoxlangan ipsimon, hujayrasi yumaloq
bo‘ladi.
Jinssiz
ko‘paygan
vaqtda
gimnodiniumga o’xshash zoosporalar hosil
qiladi.
Yuqoridagi turlarda tashqari bu sinfning
dengiz hayvonlarida hamda diatom suvo‘tlarida
parazitlik qiluvchivakillari ham mavjud. Pirrofit
suvo‘tlari kislorod, uglerod, fosfor, azot
birikmalarining aylanishida muhim amaliy
ahamiyatga ega. Peridinium turlari tuzlarga va
suv muhitiga nisbatan sezuvchanligi uchun
ulardan
bioindikator
sifatida
foydalanish
mumkin. Gymnodinium fuscum turi nordon
suvlarda (pH – 7 dan past) o‘sishga moslashgan.
Universal International Scientific Journal
42
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Dariyev A. S. va bosh. Botanika o’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi –
Toshkent – “ILM-ZIYO”-2012
2.
Tojiboyev Sh. J. va Naraliyeva N.M. Botanika:Tuban O’simliklar –
“Namangan”nashriyoti-2016
Tojiboyev Sh. J. va Qarshiboyeva N.H. Mikologiya Algologiya – Jizzax “Sangzor
nashriyoti” – 2014
3.
Великанов Л. Л. Ва бошк. Тубан усимликлар – Тошкент-“Укитувчи”-
1995
4.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Suvo’tlar
5.
https://arxiv.uz/ru/documents/slaydlar/botanika/pirofit-suvo-tlar
6.
https://www.encyclopedia.com/science-and-technology/biology-and-
genetics/cell-biology/pyrrophyta
