“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
281
UDK 581+582.669.2
ACANTHOPHYLLUM TURKUMI AYRIM TURLARINI TURLI
POPULYASIYALARNING MUHIT TA’SIRIDA POYA QISMINI ANATOMIC TUZILISHI
XUSUSIYATLARI
Ro`zmatov Ergashali Yuldashevich., Madumarov Tolibjon Abdumalikovich.,
Abdujalilov Abdulatib Avazbek o`g`li
Andijon davlat universiteti, biologiya fanlari nomzodi, professor
1
E-mail:
eergashali@mail.ru
Andijon davlat universiteti, biologiya fanlari doktori, professor
2
E-mail: madumarovt@gmail.com
Andijon davlat universiteti, magistri
3
E-mail:abdulatifabdujalilov7@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15597166
Annotatsiya
: Farg‘ona vodiysining endemik turi bo‘lmish
Acanthophyllum
turkumi turlari
arealining xar xil tashqi muxit sharoitlariga ega bo‘lgan nuqtalaridan olingan o‘simlik guruhlari
poyasining ko‘ndalang kesmasi tuzilishini muxit sharoitiga karab o‘zgarishilari aniqlangan.
Kalit so‘zlar
: Muxit, areal, o‘simlik, poya, saponin, floema, ksilema, kambiy, konsentrik
bog‘lamlar.
Annotation:
Variations in the transverse stem structure of
Acanthophyllum
species, which are
endemic to the Fergana Valley, have been identified in plant groups collected from different points
of the species' range with varying environmental conditions.
Key words:
Environment, range, plant, stem, saponin, phloem, xylem, cambium, concentric
bundles.
Аннотация
:
У
видов
рода
Acanthophyllum
,
эндемиков
Ферганской
долины
,
были
выявлены
изменения
в
анатомическом
строении
поперечного
среза
стебля
у
растений
,
собранных
из
разных
точек
ареала
с
различными
внешними
экологическими
условиями
.
Ключевые
слова
:
Среда
,
ареал
,
растение
,
стебель
,
сапонин
,
флоэма
,
ксилема
,
камбий
,
концентрические
пучки
.
KIRISH:
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa qo‘shni respublikalar tabiiy o‘simliklari orasida
tikanbarg
turkumi turlari botaniklar, farmakologlar orasida katta qiziqish uyg’otadi, chunki bu
o‘simliklardan olinadigan saponinlar (glikozidlar) tekstil, parfyumeriya, qandolatchilik, farmatsevtik
sanoatida, rangli metallurgiya va boshqa halq xo‘jaligi tarmoqlarida keng miqyosda ishlatiladi.
Saponinlarga bo‘lgan talab bu o‘simliklarning tabiiy zahiralaridan foydalanib qondirilgan.
Lekin uzoq yillar davomida adirlarning o‘zlashtirilishi va insonning boshqa faoliyatlari ta’siri
natijasida yuqori darajada saponinga ega bo‘lgan ko‘pchilik turlarning tabiiy zahiralari hozirgi vaqtda
sezilarli darajada qisqarib ketdi. Buning oqibatida sanoat miqyosida foydalaniladigan zaxiralar
yo‘qotildi. Masalan Farg’ona vodiysida tarqalgan va eng ustivor emdem turlaridan bo‘lmish
Acanthophyllum albidum Schischk
va
Acanthophyllum tenuifolium Schischk.
areallari nihoyatda
qisqarib ketdi (
A. tenuifolium
Mayli-soyning Qo‘y-quloq nomli joyida, Xonguli kanalining chap
qirg’og’ida atigi 15-20 sotikcha joyida tarqalgan, boshqa joyda uchramaydi;
A. albidum
esa Farg’ona
va Namangan viloyatlari adirlarining bir necha nuqtalaridagina juda kichkina maydonlarda uchraydi.
Shuning uchun “O‘zbekiston Respublikasi qizil kitobi” ga 2006-2019 yillarda kiritilgan.
Shu sababli saponinli o‘simliklarning xom ashyosini ko‘paytirish - ularning areallariga aniqlik
kiritish maqsadida morfo-anatomik o‘rganish, himoyalash va ko‘paytirish botaniklarning oldida
turgan dolzarb muammolaridan biridir.
Tadqiqot uslubi.
Dala, morfologik, anatomik, biometrik, statistik va analitik o‘rganish usuli
asosida olib borildi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
282
Tadqiqot natijalari.
Farg‘ona vodiysining endemik turi bo‘lmish A.albidum arealining xar
xil tashqi muxit sharoitlariga ega bo‘lgan nuqtalaridan olingan o‘simlik guruhlari poyasining
ko‘ndalang kesmasi tuzilishini izlanish natijalari taxlili quyidagi muloxazaga olib keladi.
Farg‘ona vodisining adirliklirida tarqalgan barcha
A. albidum
o‘simliklari guruhlari va
A.tenuifolium
ning (Mayli-say) bir yillik poyasi ksilemasining va birlamchi floemasining xalqali,
ikkilamchi (yosh) floemaning esa bog‘lamli tuzilishi bilan xarakterlanadi. Chimyon - Mindon va
Chust- Pop (adirlik) guruhlari poyasi ksilemasi (3)-4-5-yillarigacha yillik o‘sish 2 dugali tuzilishga
egaligi, tur arealining mazkur nuqtalarida tashqi muxit sharoitlarining nisbatan o‘xshashligi va
o‘simliklar guruhlari o‘zaro qarindoshligining isbotidir. Chust va Pop o‘simliklarida 2 dugali
ksilemaning (3)-4-yilda bo‘linib ketishi, 3-yil ksilemasi dugasining, bazi o‘simliklarda 2-3 bog‘lamga
ajralishi, keyingi -4-5-6-yillarda ko‘p bog‘lamlarga bo‘linishi va areallarining simpatrik bo‘lishi
ularning o‘zaro o‘ta yaqin qarindoshligini va, demak, bitta – Chimyon - Mindon guruhiga tegishli
ekanligini ko‘rsatadi. Chimyon va Mindon o‘simliklar guruxlarining ksilemasi yillik o‘sishining 4-
5-yillargacha 2 dugali tuzilishining saqlanishi va areallarining yaqinligi ularning o‘zaro yaqin
qarindosh ekanligini va bitta guruhga Mindon-Chimyon guruhiga taaluqli ekanligini tasdiqlaydi.
Mazkur guruhlarning ko‘p yillik poyasida tipik (o‘zak bilan floema orasidagi) ksilemaning
tuzilishi T.A. Madumarovning 2- “
A.cirtostegium
” tipiga Chust, Pop guruhiniki esa muallifning
oltinchi-
A.pungens
tipiga kiradi. Suluk-ota va Xurjun tog‘i guruhlari poyasida tipik 2 ta dugadan
iborat ksilemaning 2-3-yildan boshlab bo‘linib ketishi va shu yilning o‘zida ichki kambiyning xosil
bo‘lishi, keyingi yillarda ularning soni ortib borishi bu guruhlar ko‘p yillik poyasi ksilemasining
tuzilishi 5-“
A.tenuifolium
” tipiga tegishli ekanligini ko‘rsatadi; konsentrik bog‘lamlarning ko‘plab
xosil bo‘lishi esa arealning bu nuktalarida tashqi muxit omillarining boshka guruhlar yashash
joylarining sharoitlaridan jiddiy farq qilishining isbotidir.
Mindon-Chimyon va Xurjun tog‘i guruhlarining tur areali davomidagi tarqalgan joylariga
(nuqtalariga) asoslanib Xurjun tog‘i guruhi, Mindon-Chimyon guruhi o‘simliklaridan kelib chiqqan,
deyish mumkin. Bu fikrimizni mazkur guruhning poya epidermasining 1-2 xujayrali konussimon
tuklar bilan qalin qoplanganligi, po‘stloq parenximasining 3-4 qatorli bo‘lishi, Xurjun tog‘i guruhida
esa uning kamayishi -2 qatorligi; ikkinchi yil poyasida epiderma va po‘stloq parenximasining ba’zi
joylarda saqlanib qolishi; ksilemasining 5-6-yillardan kollateral bog‘lamlarga bo‘lina boshlashi,
Xurjun tog‘i o‘simliklarida esa bu jarayonning tezlashi- vegetatsiyaning 2-3-yilidan boshlanishi,
keyingi yillarda esa Xurjun tog‘i o‘simliklarida Mindon-Chimyonnikiga nisbatan kollateral va
konsentrik o‘tkazuvchi bog‘lamlarning floema tashqarisida xam, ichkarisida xam ko‘payib ketishi,
yani polikambiallikga o‘tishi isbotidir. Lekin bu belgi sistematik belgi emas,balki iqlimiy belgilardir,
chunki tog‘ning o‘rta mintaqasi iqlimi va tashqi muxitning boshqa sharoitlari adirlik sharoitlari-dan
jiddiy o‘zgachadir. Bunday sharoitda poya kuchli yog‘ochlanmasa yani sklerenximalanmassa,
sovuqdan xalok bo‘ladi.
Chust- Pop va Suluk-ota tog‘i guruhlarida ham o‘tkazuvchi sistema taraqiyotining shunga
o‘xshash etaplari kuzatiladi, faqat birinchi guruh poyasida 2 dugali ksilemaning bo‘linishi 4-yildan,
Suluk-ota tog‘ida, Xurjun tog‘idagi kabi, 2-3-yildan boshlanadi va shu yilning o‘zida ichki kambiy
ham xosil bo‘ladi. Mana shu olingan ma’lumotlarga asoslanib Suluk-ota tog‘i guruhi Chust- Pop
guruhidan kelib chiqqan, desak bo‘ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, adirlik guruhlari – birlamchi, tog‘ guruhlari – ikkilamchi. Bu
fikrni Suluk-ota va Xurjun tog‘i o‘simliklari poyalarida adirlik guruhlariga nisbatan yoshi ulg‘aygan
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
283
sari ikkilamchi belgi bo‘lmish ichki va konsentirik o‘tkazuvchi bog‘lamlarning paydo bo‘lishi va
ko‘payishi, ya’ni polikambiallikning ertaroq shakillanishi xam tasdiqlaydi.
A. pungens
turi arealining xar xil nuqtalaridan olingan o‘simliklar poyasining anatomik
tuzilishini o‘rganish bu tur poyasi o‘tkazuvchi sistemasining tuzilishini T.A. Madumarovning (2005)
“
A. pungens
” tipiga kiritib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Bundan kelib chiqadiki,
A. pungens
turi,
A.
albidum
turi kabi, nafaqat morfalogik (Shishkin, 1936) jixatdan, balki anatomik jixatdan ham
polimorfdir.
A. tenuifolium
o‘simligi poyasi ksilemasi yillik o‘sishining 2 dugali tuzilishi 5-6-yillardan
kollateral bog‘lamlarga ajrala boshlashi bilan Mindon - Chimyon guruhiga yaqinlashadi, lekin ichki
kambiyning xosil bo‘lishi (5-yili) uni tog‘ guruhiga yaqinlashtiradi. Bu tur arealining Suluk-ota tog‘i
guruhi areali bilan g‘arbiy Tyan’-Shanning Sharqiy yo‘nalishda joylashganligi, va ikkalasida ham
ichki kambiyning xosil bo‘lishi, birinchidan A.I. Vvedenskiyning mazkur turning
A. albidumga
yaqinligi to‘g‘risidagi fikrini tasdiqlasa, ikkinchidan - uning aynan
A. albidumning
Suluk-ota tog‘i
guruhiga yaqinlashtiradi.
Chust-Pop, Mindon-Chimyon,
A.tenuifolium
va
A.pungens
ning Janubiy Qora-tou guruhi
ksilemasi yillik o‘sishining 2 dugali tuzilishi 4-5-yillardan bog‘lamlarga ajralishi va keyingi yillarda
ko‘p kollateral bog‘lamli tuzilishga ega bo‘lishi Madumarovning 3-“A
.stenostegium
” tipiga
mansubligini ko‘rsatadi. Suluk-ota tog‘i, Xurjun tog‘i,
A.tenuifolium
turi arealining janub tomonidan
olingan o‘simliklar poyasining tuzilishi, bo‘linishi A.rungens ning Qora-qum, Qizil-qum, Balxash –
alakul, guruhlari, birinchi yil ksilemasi xalqani xosil qiladi, ikkinchi yilniki 2 ta aloxidalangan
dugadan iborat, 3-chi yildan boshlab dugalar ko‘p kolloteral radial o‘tkazuvchi bog‘lamlarga ajraladi,
yani polikambiallikga o‘tadi. Ksilemani yillik o‘sishi faqat
A.pungens
ning Balxash - alakul,
guruhlaridagina aniq ko‘rinadi. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan taksonlar poya ksilemasi tuzilishining
6-,,
A. pungens
” tipiga taaluqlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Barykina, R.P., Veselova, T.D., Deviatov, A.G., et al. (2004).
Handbook of Botanical
Microtechnique: Principles and Methods
. Moscow: Moscow State University Press.
2.
Khodzhimatov, M. (1986).
Saponin-bearing plants of the Caryophyllaceae family in Central
Asia
. Tashkent: Fan Publishing House.
3.
Мадумаров
Т
.
А
.
Морфолого
-
анатомическое
строение
представителей
сапониноносных
родов
сем
.
Са
ryo
р
hyllaceae
Juss:
Автореф
.
дис
.
д
-
ра
.
биол
.
наук
. -
Ташкент
,
2005. - 147-191
с
4.
Ruzmatov, E., Tuychieva, D., Nematova, S., & Yuldashev, Kh. (2022). Morpho-Anatomical
Structure of The Leaf of Some Plants Genus Acanthophyllum C.A.Mey. Journal of Pharmaceutical
Negative Results, 13(7), 1455-1460.
5.
Butnik, A., Ashurmetov, O., Nigmanova, R., & Begbaeva, G. (2009). Ecological anatomy of
desert plants of Central Asia. Herbage, 3, 155.
6.
Vasilevskaya, V. (1965). Structural adaptations of hot and cold deserts of Middle Asia and
Kazakhstan. Problems of current botany, 2, 5-17.
7.
Madumarov, T. (2005). Some morphological features of sand-reinforcing species of the genus
Acanthophyllum C.A.Mey. Scientific and analytical journal Higher School of Kazakhstan, 1, 81-83.
8.
Шишкин
Б
.
К
.
Колючелистник
Acanthophyllum C.A. Mey. //
Флора
СССР
. –
М
. -
Л
.:
1936.
Т
. 6. -
С
. 780-801.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 1.tom. O‘simliklar. - Toshkent: Chinor ENK, 2019.
10. Yuldashev, A., & Sultanova, B. (2011). Morpho-anatomical structure of saponin-bearing
genera of the Caryophyllaceae family.
Earth Papers Network
, 12(3), 45–52.
