Mualliflar

  • Islomjon Zokirov
    Andijon davlat universiteti
  • Gulnoraxon Zokirova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110677

Kalit so‘zlar:

shira fisiologik polimorfizm qanotli morfa partenogenez jinsiy ko‘payish moslashuvchanlik Farg‘ona vodiysi.

Annotasiya

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysida yashovchi shiralar (Aphididae) populyatsiyalarida kuzatiladigan fiziologik polimorfizm (qanotli va qanotsiz shakllar, jinsiy va partenogenetik avlodlar, hayot sikllarining turlicha namoyon bo‘lishi)ning sabablari, mexanizmlari va evolyutsion ahamiyati tahlil qilingan. Mualliflar dalada kuzatuvlar, laboratoriya tajribalari hamda molekulyar tadqiqot usullaridan foydalangan holda shiralarning yuqori moslashuvchanlik imkoniyatlari, ya’ni bir xil genotipda turli fenotiplar hosil bo‘lishini ta’minlaydigan asosiy omillarni aniqlashga intilgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

126

FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA SHIRALARNING FIZIOLOGIK

POLIMORFIZMI HAQIDA

Zokirov Islomjon Ilhomjonovich – b.f.d., prof.,

Zokirova Gulnoraxon Mamadjonovna – b.f.f.d, (PhD)

Farg‘ona davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572670

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysida yashovchi shiralar (Aphididae)

populyatsiyalarida kuzatiladigan fiziologik polimorfizm (qanotli va qanotsiz shakllar, jinsiy va
partenogenetik avlodlar, hayot sikllarining turlicha namoyon bo‘lishi)ning sabablari, mexanizmlari
va evolyutsion ahamiyati tahlil qilingan. Mualliflar dalada kuzatuvlar, laboratoriya tajribalari hamda
molekulyar tadqiqot usullaridan foydalangan holda shiralarning yuqori moslashuvchanlik
imkoniyatlari, ya’ni bir xil genotipda turli fenotiplar hosil bo‘lishini ta’minlaydigan asosiy omillarni
aniqlashga intilgan.

Kalit so‘zlar:

shira, fisiologik polimorfizm, qanotli morfa, partenogenez, jinsiy ko‘payish,

moslashuvchanlik, Farg‘ona vodiysi.

Аннотация

.

В

данной

статье

исследуется

физиологический

полиморфизм

(

наличие

крылатых

и

бескрылых

форм

,

половое

и

партеногенетическое

размножение

,

различные

жизненные

циклы

)

тлей

(Aphididae),

обитающих

в

условиях

Ферганской

долины

.

Авторы

,

опираясь

на

полевые

наблюдения

,

лабораторные

эксперименты

и

молекулярные

методы

анализа

,

стремятся

выявить

основные

факторы

,

обеспечивающие

высокую

адаптивность

тлей

,

когда

один

и

тот

же

генотип

может

формировать

различные

фенотипы

.

Ключевые

слова

:

тля

,

физиологический

полиморфизм

,

крылатая

форма

,

партеногенез

,

половое

размножение

,

адаптивность

,

Ферганская

долина

.

Annotation.

This article examines the phenomenon of physiological polymorphism (presence

of winged and wingless forms, sexual and parthenogenetic reproduction, and varied life cycles) in
aphid (Aphididae) populations inhabiting the Fergana Valley. Drawing on field observations,
laboratory experiments, and molecular analyses, the authors seek to identify the primary factors
driving high adaptability—whereby a single genotype produces multiple phenotypes.

Keywords:

aphid, physiological polymorphism, winged morph, parthenogenesis, sexual

reproduction, adaptability, Fergana Valley.

Bir xil genotipdan bir necha xil fenotiplarning hosil bo‘lishi (polimorfizm) shiralarda chuqur

namoyon bo‘ladi. Shiralarning fiziologik polimorfizmi ularning jinsiy va partenogenetik ko‘payish
almashinuvi, hayot sikllari xilma-xilligi hamda iqlim-sharoit ta’sirida morfalar paydo bo‘lishiga
asoslanadi.

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida yashovchi shiralarda fiziologik polimorfizm

omillari va evolyutsion ahamiyatini o‘rganish natijalari bayon etilgan. Izlanishlar davomida dalada
kuzatuv, laboratoriya tajribalari va molekulyar usullar uyg‘unligi asosida polimorfizm mexanizmlari
hamda ularning zararkunandalik faoliyatiga ta’siri o‘rganildi. Fiziologik morflarning paydo bo‘lishi
shiralarda sezilarli moslashuvchanlikni ta’minlab, jiddiy ekologik va qishloq xo‘jalik ahamiyatiga
ega zararli populyatsiyalarni shakllantiradi. Shuning uchun ushbu hodisaning molekulyar, genetik va
ekologik asoslarini tushunish zararkunandalarga qarshi samarali nazorat choralarini ishlab chiqish
uchun muhimdir. Mashhur afidolog M.Ahmedov shiralardagi polimorfizm xodisasi haqida o‘z
fikrlarini bayon etib,

Aphis, Cinara

urug‘i vakillarida bir turga mansub individlarda ranglarning

turlicha bo‘lishini ta’kidlagan [1, 2].

Bizning kuzatuvlarimiz vodiy sharoitida yashovchi shiralar (Aphididae) oilasining polimorfizm

xususiyatlarini keng qamrovli o‘rganish, mavjud ilmiy manbalar hamda kuzatuv natijalarini tahlil
qilish orqali bir necha muhim xulosalarni yaratishga asos bo‘ldi [3, 4, 5].


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

127

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, shiralardagi polimorfizm bir vaqtning o‘zida bir necha darajada

namoyon bo‘lishi mumkin. Avvalo, morfologik polimorfizm (qanotli va qanotsiz shakllar, ayrim
turlarda ijtimoiy “lichinkalar”) shiralarning tashqi ko‘rinishini keskin o‘zgartiradi. Qanotli morfalar
migratsiya uchun, qanotsizlar esa koloniyada tez ko‘payish uchun moslashgan. Bunga parallel
ravishda, fiziologik polimorfizm hayot sikllari va ko‘payish shakllari bo‘yicha o‘zgarishlarni
ifodalaydi. Ya’ni, jinsiy (erkak va tuxum qo‘yuvchi urg‘ochi) avlodlarning partenogenetik (jinsiz,
tirik tug‘uvchi urg‘ochi) avlodlar bilan almashinuvi, shuningdek, golosiklik (qishlov tuxumi) va
angolosiklik (faqat partenogenez orqali) hayot sikl turlari bunga misoldir. Natijalarga ko‘ra, bir xil
populyatsiya ichida ham turli omillarga javoban har ikkala polimorfizm shakli bir vaqtning o‘zida
yoki navbat bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Aynan shu “ko‘p qatlamli” moslashuvchanlik
shiralarning ekologik muvaffaqiyatiga xizmat qiladi.

Ko‘p turlarda, ayniqsa, paxta shirasi (

Aphis gossypii

), no‘xat shirasi (

Acyrthosiphon pisum

)

kabi iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan turlarda qanotli morflar paydo bo‘lishini keltirib chiqaruvchi
asosiy omillar aniqlangan. Tajriba va dala kuzatuvlariga ko‘ra, koloniyaning zichlashishi – ya’ni
miqdor soni oshishi – shiralarda qanotli avlod tug‘ilishini jadallashtiradi. Bu jarayon shiralarning bir-
biriga ko‘proq tegishi yoki ba’zi kimyoviy signallar bilan bog‘liq holda sodir bo‘lishi kuzatildi.

Ozuqa resurslari kamayishi ham yuqori zichlik bilan bog‘liq tarzda qanotli shakllar ulushini

ortishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, yirtqichlar yoki parazitlarning paydo bo‘lishi (masalan,
parazit ari yoki qo‘ng‘izlar) ham shiralarda migratsiya jarayonini faollashtiradi. Natijada xavf hissi
kuchaygan koloniyada urg‘ochi shiralar qanotli lichinkalarni ko‘proq tug‘adi. Aksincha, koloniyada
himoya qiluvchi chumolilar mavjud bo‘lsa, dushman xavfi kamaygani tufayli qanotli shakllar nisbati
pasayadi. Ushbu kuzatuvlar shiralardagi qanotli–qanotsiz polifenizm ekologik shart-sharoitlarga juda
tez va nozik moslasha olishini namoyon etadi.

Shiralarda jinsiy va jinsiz ko‘payishning almashinuvi (geterogoniya) bizning sharoitimizda

muhim hodisa ekani aniqlandi. Bahor va yoz faslida o‘simliklar yetarli oziqa beradigan paytlarda
asosan partenogenetik urg‘ochilar avlod beradi, bu populyatsiyani tez kengaytirish uchun qulay
sanaladi. Kuzgi haroratning pasayishi va kun uzunligining qisqarishi jinsiy avlodlar paydo bo‘lishiga
sabab bo‘ladi. Bu shakllar qishlovga chidamli tuxum qo‘yish orqali populyatsiyani saqlab qoladi.
Mintaqa iqlimi qanchalik sovuq bo‘lsa, qishlovchi tuxumlar miqdori ko‘p bo‘lishi aniqlandi. Nisbatan
iliq hududlarda yoki issiqxonalarda ayrim individlar jinsiy bosqichni butunlay yo‘qotib
(angolosiklik), yil bo‘yi partenogenetik ko‘payishga o‘tadi. Demak, reproduktiv polimorfizm
shiralarga mavsumiy ekstremal sharoitlarni yengib o‘tishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Kontinental iqlim – jazirama yoz va sovuq qish – shiralarning polimorfizmini yanada

keskinlashtirishi aniqlandi. Yozning oxiriga borib, ekinlar pishib bo‘lgandan keyin, ularning qurishi
yoki resurs tanqisligi yuzaga chiqadi. Bu paytda koloniyalardagi qanotli avlodlar soni sezilarli oshib,
dispersal jarayon kuchayadi. Natijada shiralar boshqa o‘simlikka o‘tib, genetik nusxa yoki
populyatsiyaning yashab qolish ehtimolini oshiradi. Kuzda esa harorat pasaya boshlagach, jinsiy
morflar shakllanadi va tuxum qo‘yish bosqichi ro‘y beradi. Bu jarayon Markaziy Osiyoning ob-havo
o‘zgarishlariga moslashgan sikl bo‘lib, aksar zararkunanda shira turlarida ham kuzatiladi. Masalan,

A.gossypii

shirasi issiq hududlarda qishlovni tirik holda o‘tkazsa, nisbatan sovuq mintaqalarda tuxum

holida qishlaydi. Bunday moslashuv mintaqadagi populyatsiyalarning genetik xilma-xilligini va
migratsiya imkoniyatlarini saqlab turadi.

Tahlil qilingan ilmiy adabiyotlar va kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatadiki, shiralardagi

polimorfizm mexanizmlari ikki turga bo‘linadi: (a) ba’zi belgilar (masalan, erkaklardagi qanotli va
qanotsizlik) sof genetik polimorfizm – ayrim xromosomadagi allellar bilan belgilanadi; (b)
urg‘ochilardagi qanotli/qanotsizlik esa ko‘p hollarda muhit omillari ta’sirida ro‘y beruvchi epigenetik
yoki gormonal polifenizm tarzida namoyon bo‘ladi.

Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, urg‘ochi shiraning ichida rivojlanayotgan embrionlar fotoperiod,

koloniya zichligi, yirtqich xavfi kabi signallar sababli ma’lum gormon balansidagi o‘zgarishlarni
“sezib”, qanotli yoki qanotsiz bo‘lib tug‘ilishi mumkin. Shu bilan birga, genetik tadqiqotlar ayrim
nusxalarda qanotli morflar paydo bo‘lish moyilligi boshqa nusxalarga nisbatan yuqori bo‘lishi


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

128

mumkinligini ko‘rsatadi, ya’ni polifenizmning o‘zi ham irsiy jihatdan turlicha plastiklik darajasiga
ega. Bu “genlar va muhit” o‘zaro ta’siri, shuningdek, DNK metilatsiyasi va histon modifikatsiyalari
kabi epigenetik jarayonlar bilan ham bog‘liqligi haqida ma’lumotlar mavjud.

Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, shiralarda kuzatiladigan polimorfizm – bu

murakkab, ko‘p bosqichli evolyutsion moslashuv mexanizmi bo‘lib, Farg‘ona vodiysi
populyatsiyalarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Qanotli va qanotsiz morflar balansi muhit
ta’sirlariga moslasha olishi, jinsiy va partenogenetik avlodlarning navbatlashuvi esa mavsumiy
o‘zgarishlarga moslashish uchun qulaylik yaratadi. Genetik va epigenetik mexanizmlarning
uyg‘unlashuvi bitta genotip doirasida turli fenotiplar rivojlanishiga keng yo‘l ochadi. Aynan shu
xususiyat, bir tomondan, shiralarning ekologik tizimlarda barqaror yashab qolishiga, ikkinchi
tomondan esa, qator turlarning iqtisodiy zararli populyatsiyalarni tez shakllantirishiga sabab bo‘ladi.

Xulos qilib aytganda, polimorfizm tabiiy va madaniy senozlarda shiralarning muhim hamda

ba’zan zararli komponent sifatida keng yoyilishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Ахмедов

М

.

Х

.

Дендрофильные

тли

Западного

Тянь

-

Шаня

(

фауна

,

формирование

и

зоогеографические

особенности

).:

Автореф

.

дис

. …

канд

.

биол

.

наук

. –

Баку

, 1980. 26

с

.

2.

Ахмедов

М

.

Х

.

Тли

-

афидиды

(Homoptera, Aphidinea, Aphididae)

аридно

-

горных

зон

Средней

Азии

(

экология

,

фауногенез

,

таксономия

) //

Дис

....

докт

.

биол

.

наук

. –

Ташкент

, 1995.

- 179

с

.

3.

Зокиров

И

.

И

.

Ўзбекистон

ляхнина

(Homoptera, Lachninae)

Ширалари

(

ҳаёт

цикли

,

этологияси

,

газлар

алмашинуви

):

Биол

.

фан

.

номз

. ...

дисс

.

автореф

. –

Тошкент

, 2009. 23

б

.

4.

Хусанов

А

.

К

.

Тенгқанотли

-

хартумли

ҳашаротлар

(Insecta, Homoptera)

нинг

паразит

-

ҳўжайин

тизимидаги

морфо

-

экологик

адаптацияси

,

озуқа

ўсимлигига

ихтисосланиши

ва

коэволюцияси

:

Биол

.

фан

.

докт

. (DSc)

дисс

. –

Тошкент

, 2020. - 200

б

.

5. Zokirova G.M. Farg‘ona vodiysi ochiq urug‘li o‘simliklarining entomofaunasi // Biologiya

fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. –
Farg‘ona, 2023. – 93 b.

Bibliografik manbalar

Ахмедов М.Х. Дендрофильные тли Западного Тянь-Шаня (фауна, формирование и зоогеографические особенности).: Автореф. дис. …канд. биол. наук. –Баку, 1980. 26 с.

Ахмедов М.Х. Тли-афидиды (Homoptera, Aphidinea, Aphididae) аридно-горных зон Средней Азии (экология, фауногенез, таксономия) // Дис.... докт. биол. наук. –Ташкент, 1995. - 179 с.

Зокиров И.И. Ўзбекистон ляхнина (Homoptera, Lachninae) Ширалари (ҳаёт цикли, этологияси, газлар алмашинуви): Биол. фан. номз. ...дисс. автореф. –Тошкент, 2009. 23 б.

Хусанов А.К. Тенгқанотли-хартумли ҳашаротлар (Insecta, Homoptera) нинг “паразит-ҳўжайин” тизимидаги морфо-экологик адаптацияси, озуқа ўсимлигига ихтисосланиши ва коэволюцияси: Биол. фан. докт. (DSc) дисс. –Тошкент, 2020. - 200 б.

Zokirova G.M. Farg‘ona vodiysi ochiq urug‘li o‘simliklarining entomofaunasi // Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. – Farg‘ona, 2023. – 93 b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари