Mualliflar

  • Islomjon Zokirov
    Andijon davlat universiteti
  • Shamsiqamarbegim Temirova
    Andijon davlat universiteti
  • Aziza Jumayeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110674

Kalit so‘zlar:

shira polimorfizm entomofag qanotli morfa partenogenez genetik omil ekotizim bionazorat

Annotasiya

Ushbu maqolada shiralar polimorfizmining (qanotli va qanotsiz morflar, jinsiy va partenogenetik avlodlar) entomofaglar (xonqizi, sirfida, chrysopalar) ta’sirida shakllanish jarayoni yoritiladi. Farg‘ona vodiysi sharoitida mazkur fenotipik o‘zgarishlarning genetik va ekologik omillari, zararkunandalar tarqalishi hamda biokurash choralariga ta’siri tahlil qilinadi. Polimorfizmning evolyutsion ahamiyati va urg‘ochi shiraning avlod fenotipini boshqarish roli ko‘rib chiqiladi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

135

SHIRALAR POLIMORFIZMI SHAKLLANISHIDA ENTOMOFAGLARNING O‘RNI

Zokirov Islomjon Ilhomjonovich

– b.f.d., prof.,

Temirova Shamsiqamarbegim Ilyosjon qizi

– tayanch doktorant,

Farg‘ona davlat universiteti;

Jumayeva Aziza Nu’monjon qizi

– izlanuvchi,

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15592256

Annotatsiya.

Ushbu maqolada shiralar polimorfizmining (qanotli va qanotsiz morflar, jinsiy

va partenogenetik avlodlar) entomofaglar (xonqizi, sirfida, chrysopalar) ta’sirida shakllanish jarayoni
yoritiladi. Farg‘ona vodiysi sharoitida mazkur fenotipik o‘zgarishlarning genetik va ekologik
omillari, zararkunandalar tarqalishi hamda biokurash choralariga ta’siri tahlil qilinadi.
Polimorfizmning evolyutsion ahamiyati va urg‘ochi shiraning avlod fenotipini boshqarish roli ko‘rib
chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

shira, polimorfizm, entomofag, qanotli morfa, partenogenez, genetik omil,

ekotizim, bionazorat.

Аннотация

:

В

статье

освещается

полиморфизм

тлей

(

крылатые

и

бескрылые

морфы

,

половые

и

партеногенетические

поколения

)

под

влиянием

энтомофагов

(

божьи

коровки

,

сирфиды

,

златоглазки

).

В

условиях

Ферганской

долины

рассматриваются

генетические

и

экологические

факторы

,

распространение

вредителей

и

меры

биоконтроля

.

Анализируется

эволюционное

значение

полиморфизма

и

регуляция

фенотипа

потомства

.

Особое

внимание

уделено

женским

особям

,

формирующим

варианты

потомства

.

Ключевые

слова

:

тли

,

полиморфизм

,

энтомофаги

,

крылатая

форма

,

партеногенез

,

генетический

фактор

,

экосистема

,

биоконтроль

.

Annotation:

This paper highlights aphid polymorphism (winged/wingless morphs,

sexual/parthenogenetic generations) under entomophagous influence (ladybird beetles, syrphids,
lacewings). Genetic and ecological factors, pest dispersal, and biocontrol strategies are examined in
the Fergana Valley. The evolutionary significance of polymorphism and female aphid–regulated
offspring phenotypes are analyzed. Adaptive value in resource shifts is underscored.

Keywords:

aphids, polymorphism, entomophages, winged morph, parthenogenesis, genetic

factor, ecosystem, biocontrol.

Shiralar polimorfizmi, ya’ni bitta tur doirasida muhitga bog‘liq holda turli fenotiplarning

shakllanishi, entomologiya va evolyutsion biologiyada dolzarb tadqiqot mavzularidan biridir.
Mintaqamiz sharoitida uchraydigan shiralar (Aphididae) turli iqlimiy va mavsumiy o‘zgarishlarga
moslashish uchun qanotli va qanotsiz morflar, jinsiy va partogenetik avlodlar, turli ranglarda bo‘lish
kabi polimorfik shakllarni namoyon etadi. Bu hodisa bargxo‘r zararkunandalar sifatida ular keltirishi
mumkin bo‘lgan ekologik va qishloq xo‘jaligi tahdidlarini kuchaytiradi. Shuningdek, shiralar bilan
birga yashovchi yirtqichlar va parazit hasharotlar mazkur polimorfizm jarayoniga muhim ta’sir
o‘tkazadi. Misol uchun, xonqizi lichinkalari, sirfida pashshalari va Chrysopidae oilasi vakillari kabi
entomofaglar shiralar koloniyalarini kamaytirishda asosiy tabiiy kushanda bo‘lib, shiralarning qanotli
morfalarini shakllanish tezligini kuchaytirishi mumkin.

Ushbu tezisda shiralarda kuzatiladigan polimorfizm turlari, genetik va epigenetik asoslar hamda

vodiy ekotizimlaridagi evolyutsion ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek, hayot siklida ko‘payish
xususiyatlarining almashinuvi, ya’ni geterogoniya, ushbu polimorfizm samaradorligini oshiradi.
Bunday fenotipik o‘zgarishlarning mexanizmlari va ekologik rolini o‘rganish taqozo etiladi.

Olingan natijalarning ko‘rsatishicha, morfologik polimorfizm shiralarning diqqatga sazovor

xususiyati ekanligi yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Qanotli va qanotsiz morflarning parallel
rivojlanishi, shuningdek, ba’zi ijtimoiy turlarda uchraydigan “askari” lichinkalar tufayli bir turning
o‘zida anchagina fenotipik xilma-xillik vujudga keladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, qanotli shakllar


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

136

koloniyadagi resurs tanqisligi, populyatsiya zichligi yoki yirtqich xavfi kabi omillarga javoban tez-
tez ro‘y beradi. Bu jarayonda urg‘ochi shiralar avlod embrionlarining rivojlanish bosqichida qaysi
fenotip hosil bo‘lishini belgilaydi. Ba’zi turlarda erkaklar ham qanotli va qanotsiz shakllarga ajralib,
genetik polimorfizm ko‘rinishini namoyon qiladi. Olingan kuzatuvlarga ko‘ra, no‘xat shirasi
(

Acyrthosiphon pisum

) singari turlar misolida erkaklardagi qanotli/qanotsizlik bitta xromosomaga

bog‘langan gen bilan boshqarilishi evolyutsion jihatdan dalillangan bo‘lsa, urg‘ochilarning qanotliligi
ko‘proq muhitga moslashgan plastiklik sifatida namoyon bo‘ladi.

Bundan tashqari, koloniyada tabiiy dushmanlar paydo bo‘lishi ham qanotli shakllar nisbatini

oshiradi. Yirtqich qo‘ng‘izlar yoki parazit ari kirib kelishi shiralarga xavf signali (masalan, kimyoviy
feromon) bo‘lib, urg‘ochi shira keyingi avlodni qanotli shaklda berishni tezlashtiradi. Qolaversa,
ba’zi ijtimoiy shiralar koloniyasida askar lichinkalar himoya vazifasini bajarib, entomofaglar
hujumini cheklaydi. Ushbu ixtisoslashgan morphlar yirtqich hasharotlarni to‘sib, boshqa morflarning
tez ko‘payishiga sharoit yaratadi.

Qanotli va qanotsiz morfalar o‘rtasidagi o‘zaro farqlarning anatomik va funksional

taqqoslanishi shuni ko‘rsatadiki, qanotsiz urg‘ochilar asosan tez tug‘ish (bo‘g‘inlar soni soni baland),
yirik va yaxshi rivojlangan reproduktiv organlari orqali ajralib turadi, qanotli urg‘ochilar esa uchishga
ixtisoslashganligi sababli kichikroq tana o‘lchamiga, uzun oyoq va mo‘ylovlarga ega bo‘lib, baribir
avlod tug‘ish qobiliyatini saqlab qoladi. Ko‘p hollarda to‘liq qanotli morf

а

lar koloniyani tark etib,

yangi o‘simlik yoki muhitga ko‘chish funksiyasini bajaradi. Bu dispersal jarayoni gen oqimiga ham,
ekotizimlar bo‘ylab zararkunandalar tarqalishiga ham ta’sir qiladi. Shuningdek, erkaklardagi
qanotliligi qat’iy genetik nazoratda bo‘lgan turlar misoli ayrim populyatsiyalarda qanotli erkaklar
ustunlik qilsa, boshqalarda qanotsiz erkaklar ko‘payishi ehtimoli saqlanishi mumkinligi aniqlandi.

Farg‘ona vodiysining iqlimi va o‘simlik resurslarining turlicha taqsimlanganligi polimorfizm

yanada ahamiyatli ekanini namoyon etdi. Yozgi jaziramalar va kuzgi sovuq bosqich oralig‘i juda
keskin bo‘lgani bois, shiralar yil davomida bir necha ko‘chish bosqichini (qanotli avlod migratsiyasi)
va muxolif ko‘payish usullarini (kuzda jinsiy, bahorda partenogenetik) ishga solishi kerak bo‘ladi.
Dala kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, g‘o‘za, g‘alla, sabzavot ekinlari qurib yoki hosil yig‘ib olingandan
keyin, bu o‘simliklarda yashovchi shiralar ommaviy ravishda qanotli shaklga o‘tib, chegaradosh
yaylov yoki yovvoyi o‘tlar bilan qoplanadigan hududlarga tarqaladi. Bu ko‘chish jarayonida
populyatsiyaning bir qismi nobud bo‘lishi mumkin, ammo tirik qolgan nusxalar keyingi mavsumda
yana asosiy ekinlarga qaytib keladi. Qolaversa, yirtqichlar paydo bo‘lishi yoki chumolilar
himoyasining yo‘qligi koloniyani tez migratsiyaga undaydi. Qanotli avlodlar yangi o‘simliklarga
ko‘chib, entomofaglar ta’siridan qochishi mumkin. Demak, bitta turning doimiy “o‘troq” qismi
ko‘payishni davom ettirsa, “ko‘chuvchi” qismi esa iqlim, ozuqa va yirtqichlar bosimidan qochish
chorasini amalga oshiradi. O‘simlik fenologiyasiga bog‘liq holda koloniyalarning paydo bo‘lishi,
migratsiyasi va jinsiy avlod hosil qilish davri aniq ravishda kuzatilgan.

Natijada, ushbu polimorfizm xususiyatlari qishloq xo‘jaligi va ekotizim xavfsizligi nuqtai

nazaridan ham alohida e’tibor talab etadi. Qanotli morfa bosqichi zararkunandalarning keng
hududlarga tez yoyilishiga sabab bo‘lsa, jinsiy bosqich orqali qishlovchi tuxumlar qattiq sovuqga ham
chidab, keyingi yilda populyatsiyaning tiklanishini ta’minlaydi. Tajribalarning ko‘rsatishicha,
polimorfizm mexanizmini chuqur tahlil etish zararkunanda shiralar bilan kurashishning rejalashtirish
choralarini optimallashtirishi mumkin. Masalan, qanotli avlodlar paydo bo‘lish davrini ilg‘ab,
insektitsid bilan ishlov berishni yoki biokontrol usullarini aynan o‘sha vaqtda joriy etish, tuxum
bosqichini mo‘ljalga olish orqali qarshi chora ko‘rish va hokazo. Entomofaglar, xususan, xonqizi
qo‘ng‘izlar, chrysopalar va brakonid arilar, shiralar populyatsiyasini tabiiy usulda tartibga solishda
katta ahamiyatga ega. Qanotli morfa paydo bo‘lishining erta bosqichida entomofaglar koloniya
zichligini pasaytirishi yoki migratsiyani jadallashtirishi mumkin. Shu bois, biologik kurash usullarida
entomofaglar sonini ko‘paytirish (masalan, foydalanish yoki saqlab qolish) zararkunandalarni nazorat
qilishning muhim elementi sifatida qabul qilish mumkin. Shu bois, Farg‘ona vodiysi sharoitida
shiralar polimorfizmini amaliy va fundamental jihatdan o‘rganish yanada kengaytirilishi maqsadga
muvofiq.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

137

Olingan natijalar asosida ta’kidlash kerakki, shiralar polimorfizmi – morfologik hamda

fiziologik o‘zaro chambarchas bog‘langan rivojlanish xususiyatlaridan iborat. Aynan shu xususiyatlar
ularning murakkab iqlim mintaqalarida, xususan, Farg‘ona vodiysi sharoitida omon qolishi va
tarqalishi uchun muhim moslashuv bo‘lib xizmat qiladi. Genetik va epigenetik tadqiqotlardan ma’lum
bo‘ldiki, fenotipik plastiklik javob mexanizmlari urg‘ochi shira tomonidan “avlodning kelgusi
qiyofasini” boshqarish bilan uzviy aloqador bo‘ladi. Ana shu murakkab mexanizmlar shiralar
populyatsiyasining ekologik barqarorligini ta’minlash bilan birga, ularni global iqlim o‘zgarishi
sharoitida ham ayniqsa samarali zararkunanda guruh sifatida namoyon etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Ахмедов

М

.

Х

.

Экологический

анализ

окраски

тлей

афидид

(Homoptera, Aphidinea,

Aphididae)

аридно

-

горных

зон

Средней

Азии

//

Научный

вестник

.

ФерГУ

. –

Фергана

, 1996. -

4. –

С

. 82-85.

2.

Аҳмедов

М

.

Ҳ

.

Шираларни

муваққат

биотопларда

яшашга

мосланиши

//

Ўзбекистон

биология

журнали

. -

Тошкент

, 1994. -

2. –

Б

.73-76.

3.

Хусанов

А

.

К

.,

Умарова

М

.,

Ғаниев

К

.

Шираларнинг

(Homoptera, Aphidin

еа

)

биоценоздаги

турли

хилдаги

ҳаётий

шакллари

ва

экологиясига

оид

//

АДУ

Ботаника

,

экология

,

ўсимликлар

муҳофазаси

халқаро

илмийамалий

конференция

материаллари

. –

Андижон

, 2007. – 283-

б

4. Dixon A.F.G. (1977). Aphid ecology: life cycles, polymorphism, and population regulation.

Annual

Review

of

Ecology

and

Systematics,

8:

329–353.

DOI:

10.1146/annurev.es.08.110177.001553

5. Hille Ris Lambers D. (1966). Polymorphism in Aphididae. Annual Review of Entomology,

11: 47–78. DOI: 10.1146/annurev.en.11.010166.000403

Bibliografik manbalar

Ахмедов М.Х. Экологический анализ окраски тлей афидид (Homoptera, Aphidinea, Aphididae) аридно-горных зон Средней Азии// Научный вестник. ФерГУ. –Фергана, 1996. - № 4. –С. 82-85.

Аҳмедов М.Ҳ. Шираларни муваққат биотопларда яшашга мосланиши // Ўзбекистон биология журнали. -Тошкент, 1994. - № 2. –Б.73-76.

Хусанов А.К., Умарова М., Ғаниев К. Шираларнинг (Homoptera, Aphidinеа) биоценоздаги турли хилдаги ҳаётий шакллари ва экологиясига оид // АДУ “Ботаника, экология, ўсимликлар муҳофазаси” халқаро илмийамалий конференция материаллари. – Андижон, 2007. – 283-б

Dixon A.F.G. (1977). Aphid ecology: life cycles, polymorphism, and population regulation. Annual Review of Ecology and Systematics, 8: 329–353. DOI: 10.1146/annurev.es.08.110177.001553

Hille Ris Lambers D. (1966). Polymorphism in Aphididae. Annual Review of Entomology, 11: 47–78. DOI: 10.1146/annurev.en.11.010166.000403