Universal International Scientific Journal
14
Musirmonov Jamoliddin Jalgashevich
1
., Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixolikovich
2
b.f.f.d., Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
1
b.f.d., prof, Toshkent kimyo texnologiya instituti
2
Uzbekistan
Annotatsiya.
Mazkur maqolada neft va gaz qazib chiqarish korxonalaridan chiqayotgan maishiy
oqova suvlarning zararli kimyoviy elementlar bilan ifloslanish darajalar aniqlangan. Tadqiqotlar davomida,
neft-gaz qazib chiqarish korxonasida inshoatidan tozalanib chiqayotgan oqova suv tarkibida oʻrtacha
fosfatlar bilan ifloslanish koʻrsatkichi 5,66 mg/l (belgilangan me’yoridan 2,26 barovar koʻproq), xloridlar
651,74 mg/l (belgilangan me’yoridan 1,86 barovar koʻproq), sulfatlar 664,33 mg/l (belgilangan me’yoridan
1,9 barovar koʻproq), nitratlar 531,62 mg/l (belgilangan me’yoridan 11,8 barovar koʻproq), nitritlar 16,36
mg/l (belgilangan me’yoridan 5,0 barovar koʻproq) ekanligi aniqlangan.
Kalit so‘zlar:
fosfatlar, sulfatlar, nitratlar, oqava suvlarni biologik tozalash.
Аннотация:
В данной статье определены уровни загрязнения бытовых сточных вод
предприятий нефтегазодобывающей промышленности вредными химическими элементами. В ходе
исследований средний уровень загрязнения фосфатами сточных вод, выходящих из объекта
нефтегазодобывающего предприятия, составил 5,66 мг/л (в 2,26 раза больше установленной нормы),
хлоридов – 651,74 мг/л ( в 1,86 раза больше нормы), сульфатов 664,33 мг/л (в 1,9 раза больше
нормы), нитратов 531,62 мг/л (в 11 раз больше нормы в 8 раз), нитритов обнаружено 16,36 мг/л (в
5,0 раза больше нормы). чем установленная норма).
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
NEFT GAZ KORXONALARI OQOVA SUVLARNING TARKIBI VA ULARNI
ZARARSIZLANTIRISH USULLARI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 7
Published: 30.07.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
1
5
Ключевые слова:
фосфаты, сульфаты, нитраты, биологическая очистка сточных вод.
Abstract:
In this article, the levels of contamination of domestic wastewater from oil and gas
production enterprises with harmful chemical elements are determined. During the researches, the average
level of phosphate pollution in the waste water coming out of the facility at the oil and gas production
enterprise was 5.66 mg/l (2.26 times more than the established norm), chlorides were 651.74 mg/l. (1.86
times more than the standard), sulfates 664.33 mg/l (1.9 times more than the standard), nitrates 531.62 mg/l
(11 times the standard 8 times more), nitrites were found to be 16.36 mg/l (5.0 times more than the
established norm).
Keywords:
phosphates, sulfates, nitrates, biological treatment of wastewater.
Language:
Uzbek
Citation:
Musirmonov , J., & Khojamshukurov , N. (2025). COMPOSITION OF WASTEWATER
FROM OIL AND GAS ENTERPRISES AND METHODS FOR DISINFECTION. Universal International
Scientific
Journal,
2(7),
14–22.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3557
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Kirish. Jahonda neft va gaz qazib
chiqarish korxonalaridan chiqayotgan turli xil
neft va neft mahsulotlari hamda toksik zararli
kimyoviy elementlar bilan ifloslangan oqova
suvlar oʻsimliklar, hayvonlar va insonlarga juda
katta toksik ta’sir koʻrsatib ekologiya, atrof-
muhit va qishloq xoʻjaligida jiddiy ekologik,
yirik iqtisodiy va sotsial muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Dunyo miqyosida oqova suvlar
hajmi mutassil oshib bormoqda, jumladan har
yili 380 mlrd.m3 oqova suv hosil boʻlsa, mazkur
hajm 2030-yilda 24%, 2050-yilga borib 51% ga
oshib ketadi [7]. Suv va oqova suvlarni tozalash
texnologiyalari bozorining hajmi 2023-yilda
61,46 mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2028-
yilgacha 6,77% oʻsib, 85,28 mlrd. dollarga
yetishi qayd etilgan [2]. Bu esa oqova suvni
tozalashning tannarxi arzon va ekologik
jihatdan qulay boʻlgan muqobil manbalaridan
foydalanishni taqazo etmoqda.
Dunyoda global iqlim oʻzgarishining
salbiy ta’siri kundan kunga oshib bormoqda.
Global iqlim oʻzgarishiga olib kelayotgan
asosiy omillardan biri issiqxona gazlarining
haddan tashqari koʻp hosil boʻlishi hisoblanadi.
Neft va gaz qazib chiqarish korxonalari dunyo
mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishi va
energiya
mustaqilligi,
aholi
turmush
darajasining oʻsishida muhim oʻrin tutadigan
tarmogʻi boʻlib, mamlakatning transport va
sanoat ishlab chiqarish tarmoqlariga yoqilgʻi va
issiqlik manbalari yetkazib berishi bilan bir
qatorda atrof-muhitga turli xil zararli kimyoviy
elementlar bilan ifloslangan oqova suvlar va
CO2 ni eng koʻp ajratadigan tarmoqlardan biri
boʻlib qolmoqda. Neftga boʻlgan talab 2050
yilgacha 0,7% kamaysa, gazga boʻlgan talab
0,5% oʻsishi qayd etilgan [5].
Shu boisdan, jahonda neft va gaz qazib
chiqarish sanoatiga eng ilgʻor texnologiyalarni
Universal International Scientific Journal
1
6
jalb etgan holda atrof-muhit xavfsizligini
ta’minlash, CO2 miqdorini kamaytirish,
kimyoviy ifloslangan oqova suvlar tarkibini faol
zararsizlantirish,
tarmoqda
toza
muqobil
energiya manbalaridan foydalanishga alohida
e’tibor
qaratilmoqda.
Respublikamizda,
ayniqsa, mustaqillikka erishilganidan keyin
ekologik holatni barqarorlashtirish, tabiiy
resurslardan va mavjud suv zahiralaridan
oqilona
foydalanish,
suvni
tejashning
innovatsion texnologiyalarini amaliyotga keng
joriy etish orqali suv resurslarini turli xildagi
ifloslanishlardan muhofaza qilish, insonlarning
turli xil zararli moddalar bilan zararlanishining
oldini olish hamda bu borada ularning ijtimoiy-
sotsial
faolligini
oshirishni
yanada
mustahkamlashga katta e’tibor qaratildi.
Jumladan, “2030 yilgacha boʻlgan davrda
Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni
muhofaza qilish konsepsiyasi” asosida atrof
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik
holatni yaxshilashni ta’minlash boʻyicha chora-
tadbirlar rejasi ishlab chiqildi [4].
Mamlakatimizda ishlab chiqarish sanoati
har yili oʻz maqsadlari uchun 1,2 km³ suv oladi,
shundan atigi 0,58 km³ suvni qaytarmasdan
ishlatadi. Olingan suv miqdorining qariyb yarmi
sanoat oqimlari koʻrinishida orqaga qaytariladi,
ularning sifati atrof-muhit uchun ekologik xavf
tugʻdiradi. Suv havzalariga 502 sanoat obyekti
tomonidan tarkibida ogʻir metall tuzlari,
ftoridlar, fenol, neft mahsulotlari, azotlar,
biologik va tegishli sohalar uchun xos boshqa
ifloslantiruvchi moddalar boʻlgan 0,14- 0,17
km³
tozalanmagan
suv
oqiziladi
[6].
Oʻzbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida
[6] «...odamlarning ekologik xavfsiz muhitda
yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni
qayta
ishlash
komplekslarini
qurish
va
modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini
yoʻq qilish boʻyicha zamonaviy obyektlar bilan
ta’minlash...» vazifalari belgilab berilgan.
Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda,
jumladan, respublikamizda ishlab chiqarish
korxonalarida oqova suvlarni tozalashda keng
qoʻllaniladigan fizik-kimyoviy usullar bilan
birgalikda
biologik
usullarni
ham
uygʻunlashtirilgan holda qoʻllash muhim ilmiy-
amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan
dastlabki,
tadqiqotlarimiz
neft-gaz
qazib
chiqarish korxonasidan an’anaviy usulda
tozalanib
chiqayotgan
oqova
suvlarning
dastlabki tarkibini aniqlashga qaratildi.
Material va metodika. Tozalangan
maishiy- xoʻjalik oqova suvi tarkibini nazorat
qilish. Neft mahsulotlari kuniga bir marta
nazorat qilinadi. Oqova suvda boʻlmasligi
lozim. XPK-haftadi bir marta tekshiriladi,
me’yoriy koʻrsatkichi 15,0 mg/l, suzib yuruvchi
zarrachalar har kuni nazorat qilinadi, me’yoriy
koʻrsatkichi 15,0 mg/l; quruq qoldiq miqdori
kuniga tekshiriladi, me’yoriy miqdori 1000
mg/l ni tashkil etadi. pH -kuniga nazorat qilinadi
me’yoriy koʻrsatkichi pH-6,5-8,5. BPK- bir
oyda bir marta nazorat qilinadi, normativ
me’yori koʻrsatkichi 3,0 mg/l. Temir bir kunda
bir marotaba tekshiladi, me’yoriy koʻrsatkichi
0,05 mg/l; Vodorod sul’fidi (H2S) – bir kunda
bir marta nazorat qilinadi, me’yoriy koʻrsatkichi
0,05 mg/l ni tashkil etadi.
Maishiy-xoʻjalik
oqova
suvilarini
tozalashning texnologik jarayonlari. Oqova
suvlarni tozalash inshooti gazni dastlabki
tayyorlash qurilmasidan, bosh inshootdan,
tayyor mahsulot quyib joʻnatish sexidan va
vaxta qoʻrgʻonidan keladigan oqova suvlarni
tozalashga moʻljallangan. Tozalash inshoatida
sanoat oqova suvlarni mexanik usulda tozalash
boʻyicha ikkita qurilma mavjud, shuningdek,
maishiy-xoʻjalik oqova suvlarini tozalash
boʻyicha esa, biologik usulda tozalash qurilmasi
Universal International Scientific Journal
1
7
mavjud. Korxonaning maishiy-xoʻjalik oqova
suvlarini biologik usulda tozalash qurilmasi
1985-yilda ishga tushirilgan. Korxonaning
maishiy-xoʻjalik oqova suvlarini biologik
usulda tozalash qurilmasi loyihaviy quvvati esa
bir kecha-kunduzda 400 m3 ni tashkil etib,
biologik tozalash qurilmasida bosh inshoatdan
kelayotgan maishiy-xoʻjalik oqova suvlarini
tozalash jarayoni amalga oshiriladi.
Olingan
natijalar
va
ularning
muxokamasi. Tadqiqotlar davomida ob’yekt
sifatidan tanlangan «SHN va GQCHB»
inshoatidan chiqadigan tozalangan maishiy
oqava suvlarining aniqlanishi shart boʻlgan
kimyoviy tarkibi mavsumiy oʻzgaruvchan
xarakterga
ega
ekanligi
qayd
etildi.
Muammoning aniq darajasini tavsiflash uchun
tadqiqotlar korxonaning faol ish jarayonida
tozalash inshoatidan chiqayotgan, tozalangan
maishiy va sanoat suvlarining zaruriy kimyoviy
tarkiblari va fizik-biokimyoviy koʻrsatkichlari
toʻqqiz oy davomida monitoring qilib borildi.
Olingan natijalarni tahlil qilganimizda,
korxona inshoatining oqova suv koʻtarish
quvuridan olingan oqova suv tarkibi normativ
hujjatlarda qayd etilgan koʻrsatkichlardan bir
qadar yuqori ekanligi qayd etildi. Jumladan,
oqova suvning hidi va rang koʻrsatkichlari
me’yordan 2,5 barovarga koʻp ekanligi,
shuningdek, inshoatdan chiqib aerotenkga
tushadigan joyidan olingan oqova suvning hidi
ham 2,3-2,5 marotabaga normativdan yuqori
ekanligi
aniqlanib,
bu
holat
mavsumiy
xarakterga ega emasligi qayd etildi. Ammo,
inshoatning aerotenkdan chiqish qismidan
hamda korxonaning tozalash inshoatidan chiqib
ketadigan oqova suvning hidlanish darajasi bir
qadar me’yorlashib, 2022 yilning 1-dekadasida
me’yorlan 1,5- 1,0 barovar yuqori boʻlgan
boʻlsa, kuzatishning ikkinchi va uchinchi
dekadasida 2,3 va 1,5 barovarga yuqori boʻlishi
aniqlandi. Mazkur tadqiqotlarda kuzatishning
ikkinchi va uchinchi dekadalaridagi hid
koʻrsatkichlarini mavsumiy xarkterga ega deb
qabul qilishimiz mumkin. Chunki, mazkur
mavsumlarda kunning oʻrtacha harorati 22-
haroratning nisbatan me’yorlashishi hamda
tozalash inshoatlaridagi organik moddalarning
parchalanish jarayonlarining oshganligi va
bijgʻish jarayonining tezlashganligi mazkur
holatga ta’sir koʻrsatib hidlanish koʻrsatkichi
normativ koʻrsatkichlaridan yuqori boʻlishiga
sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Korxonadan oqova suvlarni tozalashda
erigan kislorod miqdori ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Olib borilgan kuzatishlar davomida
erigan
kislorod
miqdorining
oʻzgarish
dinamikasini ham turgʻun xarakterga ega
emasligi, balkim oʻzgaruvchan xarakterga ega
ekanligi kuzatildi. Bunda oʻrganishning birinchi
dekadasida
erigan
kislorod
miqdoiri
inshoatning oqova suv koʻtarish quvuridan
olingan oqova suvda 40,23 mgO2/l miqdorini
tashkil etib normativdan deyarli 1,5 barovarga
yuqrri boʻlsada, kuzatishning ikkinchi va
uchinchi dekadalarida 2,5-4,0 barovargacha
yuqori
boʻlganligi
aniqlandi.
Erigan
kislorodning miqdori kuzatishlar davomida
mavsumiy xarakterga ega ekanligi aniqlandi.
Jumladan, kuzatishning birinchi dekadasida
inshoatlar ketma ketligida tozalangan oqova
suvlardagi erigan kislorod miqdoiri mos
muvofiq ravishda 40,23, 52,41, 68.23, 52,44
mgO2/l ni tashkil etgan boʻlsa, aerotenkdan
chiqayotgan oqova suv tarkibidagi erigan
kislorod miqdori birinchi dekadaga nisbatan,
ikkinchi dekadada 2,0-10,77 40,23 mgO2/l
miqdorida yuqori boʻlganligi aniqlandi. Bu esa
mazkur tozalash ketma ketligidagi aerotenkdagi
mikrobiologik
jarayonlar
va
yuksak
suvoʻtlarining fotosintezi jarayonidagi erigan
kislorod miqdori oshgan boʻlishi mumkin. Bu
esa mazkur oqova suvda mikrobiologik
Universal International Scientific Journal
1
8
assotsiatsiyaning faol rivojlanishiga, shunga
muvofiq ravishda organik moddalarning tezroq
parchalanishiga hamda yuksak suvoʻtlarining
faol rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin.
Agarda oqova suvdagi erigan kislorod miqdori
kamayib ketgan holda patogen bakteriyalar yoki
kislorodsiz
muhitda
faol
rivojlanadigan
mikroblar faol rivojlanib, oqova suvdagi
hidlanish, suv rangining mutlashishi kabi
holatlarni
keltirib
chiqarishi
mumkin.
Korxonadan chiqayotgan oqva suv tarkibidagi
biokimyoviy
kislorodga
boʻlgan
talab
oʻrganilganda (KBS5, mgO2/l (BPK5), mazkur
koʻrsatkich ham me’yordan yuqori ekanligi
qayd etildi.
Korxonadan chiqayotgan oqova suvlar
tarkibidagi fosfatlar miqdorini shartli ravishda
uchta dekadagi boʻlib oʻrganilgan, umumiy
ifloslanish koʻrsatkichi mavsumiy oʻzgarish
xususiyatiga ega ekanligi, aniq bir koʻrsatkichni
namoyon etmasligi kuzatildi. Shu boisdan
korxonadan chiqayotgan maishiy oqova suv
tarkibidagi
fosfatlar
miqdori,
texnologik
normativ hujjatlar asosida haftalik olingan
ma’lumotlar
asosida,
haftalik
olingan
ma’lumotlar oylar kesimida va oylar kesimida
olingan ma’lumotlarni dekadalar (uch oy)
kesimida oʻrtacha umumlashtirilgan holida
ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Olingan
natijalar 1-rasmda aks ettirilgan.
1-rasm. Maishiy oqova suvlarning yillik fosfatlar bilan ifloslanishining oʻrtacha
koʻrsatkichlari
Olingan
ma’lumotlarning
uchta
dekadada oʻrtacha koʻrsatkichlari lagorifmik
hisoblar asosida hisoblanganda, inshoatning
oqova suv koʻtarish quvuridan olingan oqova
suvdagi fosfatlar miqdori oʻrtacha 6,86 mg/l,
aerotenkka kirish qismidan olingan oqova suv
oʻrtacha 6,09 mg/l miqdorida, aerotenkdan
chiqish qismidag oqova suv oʻrtacha 5,38 mg/l,
inshoatdan chiqayotgan tozalangan oqova suv
4,31 mg/l miqdorida fosfatlar bilan ifloslanishi
aniqlandi. Shu boisdan olingan uchta dekadada
oʻrtacha fosfatlar bilan ifloslanish koʻrsatkichi
5,66 mg/l miqdorida boʻlishi aniqlandi. Mazkur
koʻrsatkichni normativ koʻrsatkichlar bilan
taqqoslanganda
korxonadan
tozalanib
chiqayotgan oqova suv belgilangan me’yoridan
2,26 barovar koʻproq ifloslanayotganligi
aniqlandi. Demak, olingan natijalarga koʻra
fosfatlar miqdorini ham qoʻshimcha nazorat
qilish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.
Shuningdek,
tadqiqotlar
davomida
yillik
dekadalar
kesimida
korxona
inshoatlaridan chiqayotgan xloridlar miqdorini
aniqlashga qaratildi. Olingan natijalar qiyosiy
tahlil qilinganda korxonadan chiqayotgan
oqova suvlar tarkibidagi xloridlar miqdori ham
mavsumiy xarakterga ega boʻlib aniq bir
koʻrsatkichga ega emasligi qayd etildi. Shu
boisdan,
korxonadan
chiqayotgan
oqova suvlar tarkibidagi xloridlar miqdorining
haftalik ma’lumotlari, haftalik ma’lumotlar
asosida oylik, oyilik ma’lumotlar asosida
6,86
6,09
5,38
4,31
5,66
y = 6,9636e
-0,073x
R² = 0,4498
0,00
1,00
2,00
3,00
4,00
5,00
6,00
7,00
8,00
Inshootning oqova suv
ko‘tarish quvuri
Aerotenkaga kirish
qismi
Aerotenkadan chiqish
qismi
Inshootdan chiqish,
tozalangan oqova suv
Uch dekadaning
o‘rtacha ko‘rsatkichi
F
o
sfa
tl
a
r
,
m
g
/l
Namunalar olingan joylar
Universal International Scientific Journal
1
9
dekadalar (uch oy) kesimida ma’lumotlar
jamlanib, ularning oʻrtacha koʻrsatkichlari
aniqlandi (2-rasm).
2-rasm. Maishiy oqova suvlarning yillik xloridlar bilan ifloslanishining oʻrtacha
koʻrsatkichlari
Olingan natijalarni qiyosiy tahlil qilinib,
uchta dekadada oʻrtacha koʻrsatkichlari
lagorifmik hisoblar asosida hisoblanganda,
inshoatning oqova suv koʻtarish quvuridan
olingan oqova suvdagi xloridlar miqdori
oʻrtacha 778,93 mg/l, aerotenkka kirish
qismidan olingan oqova suv oʻrtacha 708,64
mg/l miqdorida, aerotenkdan chiqish qismidagi
oqova suv oʻrtacha 607,58 mg/l, inshoatdan
chiqayotgan tozalangan oqova suv 511,82 mg/l
miqdorida xloridlar bilan ifloslanishi aniqlandi.
Shu boisdan olingan uchta dekadada oʻrtacha
xloridlar bilan ifloslanish koʻrsatkichi 651,74
mg/l miqdorida boʻlishi aniqlandi. Mazkur
koʻrsatkichni normativ koʻrsatkichlar bilan
taqqoslanganda
korxonadan
tozalanib
chiqayotgan oqova suv belgilangan me’yoridan
1,86 barovar koʻproq ifloslanayotganligi
aniqlandi. Shu boisdan, korxonadan tozalanib
chiqayotgan oqova suv tarkibidagi xloridlar
miqdorini qoʻshimcha nazorat qilish va mazkur
ifloslanishning
yanada
tozalanishini
ta’minlaydigan
chora-tadbirlarni
amalga
oshirish lozim degan xulosaga
kelindi.
Tadqiqotlar
davomida
maishiy
oqova
suvlarning asosiy ifloslantiruvchi moddalaridan
biri sifatida qayd etiladigan sul’fatlar miqdori
ham
monitoring
qilib
borildi.
Olingan
natijalarga koʻra maishiy oqova suv tarkibidagi
sulfatlar
miqdori
ham
normatiq
koʻrsatkichlardan yuqori ekanligi qayd etildi.
Olingan natijalar qiyosiy tahlil qilinganda
korxonadan
chiqayotgan
oqova
suvlar
tarkibidagi sul’fatlar miqdori ham mavsumiy
xarakterga ega boʻlib, aniq bir koʻrsatkichga ega
emasligi qayd etildi.
Shu boisdan, korxonadan chiqayotgan
oqova suvlar tarkibidagi sulfatlar miqdorining
haftalik ma’lumotlari, haftalik ma’lumotlar
asosida oylik, oyilik ma’lumotlar asosida
dekadalar (uch oy) kesimida ma’lumotlar
jamlanib, ularning oʻrtacha koʻrsatkichlari
aniqlandi (3-rasm). Olingan natijalarni qiyosiy
tahlil
qilinib, uchta dekadada oʻrtacha
koʻrsatkichlari lagorifmik hisoblar asosida
hisoblanganda, inshoatning oqova suv koʻtarish
quvuridan olingan oqova suvdagi sul’fatlar
miqdori oʻrtacha 804,67 mg/l, aerotenkka kirish
qismidan olingan oqova suv oʻrtacha 709,72
mg/l miqdorida, aerotenkdan chiqish qismidagi
oqova suv oʻrtacha 622,30 mg/l, inshoatdan
chiqayotgan tozalangan oqova suv 520,64 mg/l
miqdorida sul’fatlar bilan ifloslanganligi qayd
etildi. Shu boisdan olingan uchta dekadada
oʻrtacha sul’fatlar bilan ifloslanish koʻrsatkichi
664,33 mg/l miqdorida boʻlishi aniqlandi.
778,93
708,64
607,58
511,82
651,74
y = 791,75e
-0,068x
R² = 0,4576
0,00
100,00
200,00
300,00
400,00
500,00
600,00
700,00
800,00
900,00
Inshootning oqova
suv ko‘tarish quvuri
Aerotenkaga kirish
qismi
Aerotenkadan chiqish
qismi
Inshootdan chiqish,
tozalangan oqova suv
Uch dekadaning
o‘rtacha ko‘rsatkichi
X
lo
r
id
la
r
,
m
g
/l
Namunalar olingan joylar
Universal International Scientific Journal
20
3-rasm. Maishiy oqova suvlarning yillik sulfatlar bilan ifloslanishining oʻrtacha
koʻrsatkichlari
Mazkur
koʻrsatkichni
normativ
koʻrsatkichlar bilan taqqoslanganda korxonadan
tozalanib chiqayotgan oqova suv belgilangan
me’yoridan
1,9
barovar
koʻproq
ifloslanayotganligi aniqlandi. Shu boisdan,
korxonadan tozalanib chiqayotgan oqova suv
tarkibidagi sul’fatlar miqdorini qoʻshimcha
nazorat qilish va mazkur ifloslanishning yanada
tozalanish imkoniyatlarini yaratish lozim
xulosaga kelindi.
Olingan
natijalar
qiyosiy
tahlil
qilinganda korxonadan chiqayotgan oqova
suvlar tarkibidagi nitaratlar va nitritlar miqdori
ham mavsumiy xarakterga ega boʻlib, aniq bir
koʻrsatkichga ega emasligi qayd etildi. Shu
boisdan, korxonadan chiqayotgan oqova suvlar
tarkibidagi nitratlar va nitritlar miqdorining
haftalik ma’lumotlari, haftalik ma’lumotlar
asosida oylik, oyilik ma’lumotlar asosida
dekadalar (uch oy) kesimida ma’lumotlar
jamlanib, ularning oʻrtacha koʻrsatkichlari
aniqlandi (4-5-rasm).
4-rasm. Tozalangan maishiy suv tarkibidagi nitratlarning oʻrtacha koʻrsatkichlari
Olingan natijalarni qiyosiy tahlil qilinib,
uchta dekadada oʻrtacha koʻrsatkichlari
lagorifmik hisoblar asosida hisoblanganda,
inshoatning oqova suv koʻtarish quvuridan
olingan oqova suvdagi nitratlar miqdori
oʻrtacha 716,29 mg/l, aerotenkka kirish
qismidan olingan oqova suv oʻrtacha 655,66
mg/l miqdorida, aerotenkdan chiqish qismidagi
oqova suv oʻrtacha 584,30 mg/l, inshoatda
chiqayotgan tozalangan oqova suv 531,62 mg/l
miqdorida nitratlar bilan ifloslanganligi qayd
etildi. Shu boisdan olingan uchta dekadada
oʻrtacha nitratlar bilan ifloslanish koʻrsatkichi
621,97 mg/l miqdorida boʻlishi aniqlandi (4-
rasm).
Mazkur
koʻrsatkichni
normativ
koʻrsatkichlar bilan taqqoslanganda korxonadan
tozalanib chiqayotgan oqova suv (531,62 mg/l)
804,67
709,72
622,30
520,64
664,33
y = -132,4ln(x) + 791,12
R² = 0,6413
0,00
100,00
200,00
300,00
400,00
500,00
600,00
700,00
800,00
900,00
Inshootning oqova suv
ko‘tarish quvuri
Aerotenkaga kirish
qismi
Aerotenkadan chiqish
qismi
Inshootdan chiqish,
tozalangan oqova suv
Uch dekadaning
o‘rtacha ko‘rsatkichi
S
u
lfa
tl
a
r
,
m
g
/l
Namunalar olingan joylar
716,29
655,66
584,30
531,62
621,97
y = -88,69ln(x) + 706,89
R² = 0,6479
0,00
100,00
200,00
300,00
400,00
500,00
600,00
700,00
800,00
Inshootning oqova
suv ko‘tarish quvuri
Aerotenkaga kirish
qismi
Aerotenkadan chiqish
qismi
Inshootdan chiqish,
tozalangan oqova suv
Uch dekadaning
o‘rtacha ko‘rsatkichi
N
itr
a
tl
a
r
,
m
g
/l
Namunalar oligan joylar
Universal International Scientific Journal
21
belgilangan me’yoridan 11,8 barovar koʻproq
ifloslanayotganligi aniqlandi.
Xulosa. Ma’lumki, butun dunyoda neft
va gaz qazib chiqarish sanoati potensil xavli
sanoat ob’yekti hisoblanadi. Shu boisdan, neft
va gaz qazib chiqarish korxonalarida ekologik
vaziyatga xafv tugʻdiradigan ob’yektlarni va
manbalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish
oʻta muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Neft
va gaz qazib chiqaradigan korxonalardan
tabiatga, jumladan atmosferaga uchuvchan
organik birikmalar sifatida chiqariladigan
chiqindilar ulushi 20% gacha boʻladi. Bundan
tashqari neft va gaz qazib chiqaradigan
korxonalardan chiqadigan ifloslangan oqova
suvlar tabiatda oʻta xavfli ekologik vaziyatlarni
keltirib chiqaradigan manba hisoblanadi. Neft
va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar oqava
suvlarining ifloslanish manbalarini, jumladan,
Qatardagi neft va gaz ishlab chiqaruvchi
korxonalar oqava suvlarining tarkibini aniqlash
boʻyicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi.
Shu jumladan poliaromatik uglevodorodlar,
fenol, ogʻir metallar, ammiak va boshqa
uglevodorodlar va uglevodorodlar (PWW rux
va temir bilan boyitilgan,
oʻn olti xil
uglevodorod
birikmalari,
shu
jumladan
asenaften,
asenaftilen,
ftoren,
antrasen,
fenantren,
benzoren
va
uglevodorodlar)
aniqlangan va tuzlar miqdori (shoʻrligi 38,2 ppt,
38,9 ppt dan 260 ppt gacha) ham standart
qiymatlardan oshib ketgan [2].
Bundan tashqari, neft va gaz ishlab
chiqaruvchi korxonalarning oqava suvlari bilan
tuproqni ifloslantirish boʻyicha tadqiqotlar olib
borildi va bu oqava suvlarda yuzlab kimyoviy
moddalar borligi ta'kidlandi, ularning aksariyati
atrof-muhit va inson salomatligiga bevosita
ta'sir qiladi [8]. Bizning tadqiqotlarimiz shuni
koʻrsatdiki, neft va gaz ishlab chiqarish
korxonalarining oqava suvlari tarkibidagi
kimyoviy moddalar belgilangan me'yoriy
me'yorlardan
oshib
ketadi.
Shuningdek,
inshootdan chiqayotgan maishiy va ishlab
chiqarish oqava suvlari tarkibidagi fosfatlar,
sulfatlar va xloridlar miqdori talab me’yoridan
oshib borayotgani qayd etildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Eldos Haneyen I., Khan Mariam., Zouari Nabil., Sayeed Suhur., Al-Ghouti Mohammad A.
Characterization and assessment of process water from oil and gas production: A case study of process
wastewater in Qatar. Case Studiyes in Chemical and Environmental Engineyering. 2022. Volume 6. 100210.
P.1-9. https://doi.org/10.1016/j.cscee.2022.100210
2.
John Pichtel. Oil and gas production wastewater: soil contamination and pollution
prevention.
appliyed
and
environmental
soil
sciyence
2016.
Vol.
24
p.
http://dx.doi.org/10.1155/2016/2707989
3.
Mordor
Intelligence
marketing
va
maslahat
firmasi
rasmiy
sayti
–
https://www.mordorintelligence.com/ (murojaat etilgan sana: 10.06.2025)
4.
Normatov Abdurahim Eminovich, & Yuldoshov Laziz Tolibovich. Neft mahsulotlari bilan
ifloslangan tuproqlar va oqava suvlarni eyxorniya yuksak suv o‘simligi yordamida tozalash. 2025. Imras,
8(3), 169-174.
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi “2030 yilgacha boʻlgan
davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida’gi PF-5863-son Farmoni.
6.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
7-fevraldagi
“O‘zbekiston
Universal International Scientific Journal
22
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947son Farmoni
7.
Yevropa investitsiya banki rasmiy sayti – https://www.eib.org/ European Investment Bank,
2022. p. 40. (murojaat etilgan sana: 15.06.2025)
