Mualliflar

  • Firdovusxon Yusufxodjayeva
    QDPI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57669

Kalit so‘zlar:

Interfaol guruh tolalar iplar gazlamalar nazoratchilar kichik guruhlar sarja (polotno) to`qish operasiya

Annotasiya

Maqolada Texnologiya fanining servis xizmati yo`nalishini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish haqida ma’lumot berish bilan birgalikda ularga ta’lim-tarbiya berishda an’anaviy o’qitish usullari bilan chegaralanib qolmasdan, intefaol usullardan  foydalanish orqali o’qitishning sifat darajasini oshirib, hamda interfaol  metodlardan foydalanib texnologiya fanining o`qitish maqsad qilib olingan


background image

170

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Texnologiya fanining servis xizmati yo`nalishini o’qitishda interfaol

metodlardan foydalanish

Yusufxodjayeva Firdovusxon Muxtorovna QDPI v.b. dotsenti

email:

firdavshonyusufhujaeva@gmail.com

, +99890-305-65-82

Annotatsiya:

Maqolada Texnologiya fanining servis xizmati yo`nalishini

o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish haqida ma’lumot berish bilan
birgalikda ularga ta’lim-tarbiya berishda an’anaviy o’qitish usullari bilan
chegaralanib qolmasdan, intefaol usullardan foydalanish orqali o’qitishning sifat
darajasini oshirib, hamda interfaol metodlardan foydalanib texnologiya fanining
o`qitish maqsad qilib olingan.

К

alit so`zlar:

Interfaol, guruh, tolalar, iplar, gazlamalar, nazoratchilar,

kichik guruhlar, sarja (polotno) to`qish, operasiya.

Аннотация

:

В

статье

представлены

сведения

об

использовании

интерактивных

методов

в

обучении

сервисной

технологии

,

а

также

об

уровне

качества

обучения

за

счет

использования

интерактивных

методов

,

не

ограничиваясь

традиционными

методами

обучения

,

а

также

повышением

уровня

преподавания

с

использованием

технологий

.

интерактивные

методы

вот

цель

.

Ключевые

слова

:

Интерактив

,

группа

,

волокна

,

нити

,

марля

,

супервайзеры

,

малые

группы

,

вязание

сарджи

(

холста

),

операция

.

Annotation:

The article provides information about the use of interactive methods

in the teaching of the service service of technology, and the quality level of teaching
through the use of interactive methods, not limited to traditional teaching methods.
increasing, and the teaching of technology using interactive methods is the goal.

Key words:

Interactive, group, fibers, threads, gauzes, supervisors, small groups,

sarja (canvas) knitting, operation.

Mustaqil O’zbekistonimizning ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi innovatsion

jarayonlar o’z navbatida ta’lim-tarbiya sohasida ham tubdan o’zgarishlar qilishni
talab etmoqda, ya’ni har bir pedagog, mutaxassislarning o’z sohalarida interfaol
metodlardan unumli foydalanish zarurati paydo bo’lmoqda. Shu sababli
pedagogikada interfaol metodlardan foydalanish bugungi kunning dolzarb va
istiqbolli masalalaridan biridir. Chunki, o`quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda
an’anaviy o’qitish usullari bilan chegaralanib qolmasdan, intefaol usullardan
foydalanish orqali o’qitishning sifat darajasini oshirib, yuqori samaradorlikka
erishish mumkin. Buning uchun o’qituvchilar o’qitishning interfaol turlarini o’z
darslarida qo’llay olish mahoratiga ega bo’lishi zarur.

O`quvchilar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan,

o’qituvchi oldida har doim savol tug’iladi: metod qanday tanlanadi, qaysi didaktik
materiallardan foydalanish kerak, o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali
yechish mumkin? Har bir mashg’ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish
uchun o’qituvchi o’zining intellektual salohiyatini safarbar etish, ilg’or pedagogik


background image

171

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

tajribadan foydalanishi va nihoyat,metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi
lozim.

Umumiy holda metodning tanlanishi ta’lim va tarbiyaning didaktik

maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o’qituvchi va
o`quvchilar o’rtasida faoliyat turlari o’zgarib, o’zaro almashinib turadi. Tabiiyki,
bu faoliyat turlariga mos holda o’qitish metodlari ham o’zaro solishtiriladi.

O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va

metodik usullarni tanlash – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik
maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Natijada o`quvchilarga aqliy va
amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi.To’g’ri
qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarni chuqurlashtiradi va yaxlit
hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi.

“Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” deb ifodalanib, lug’aviy

ma’nosi “inter”- o’zaro, ikki tomonlama, “act”-harakat qilmoq, ish ko’rmoq
ma’nolarini anglatadi. Interfaol metodlarga quydagilarni misol qilishimiz
mumkin; kichik guruxlarda ishlash, musobaqa, aqliy xujum, baliq skleti, BBB
texnologiyasi, klaster, bahs-munozara va boshqalar. Bulardan kichik guruxlarda
ishlash usulini texnologiya fanida ko`rib chiqamiz.

Gazlamalar materialshunosligi bilan bog’liq, ularda tolalarni, iplarni

va gazlamalarini olinishi, xususiyatlari, ishlatilishi haqida ma’lumotlar berib
boriladi. Bunday mashg’ulotlarda o`quvchlarning faolligini oshirish uchuun
kichik guruxlarda ishlash usulining rolli o’yin ko’rinishini qo’llash mumkin. Bu
usulni qo’llash uchun talabalarni to’rt guruxga bo’linadi [1].

Bunda 1- guruh “Tolalar”, 2- guruh “Iplar”, 3- guruh “Gazlamalar”, 4-

guruh “Nazoratchilar” deb nomlanadi. Nomlanishidan ham ayon bo’ladiki,
“Tolalar” guruhi a’zolari tabiatda qanday tolalar borligi, tarkibi, tuzilishi va
ularning olinishi haqida; “Iplar” guruhi tola turlaridan iplarni olinishi turlari va
ishlatilishi haqida ma’lumotlar berishadi; “Gazlamalar” guruhi esa to’quvchilik
o’rilishlar, gazlama turlari va ularni ishlatilishi, gazlama qoldiqlaridan unimli
foydalanish haqida ma’lumotlarni o’rganib, o’sha tolalar, iplar va gazlamalar
timsoliga kirib gaprib berishadi. “Nazoratchilar” guruhi esa yuqoridagi ishlarga
ball qo’yib boradilar.

Yana shunday usullardanbiri musobaqa usulini 5-sinfdagi servis

xizmati yo`nalishining gazlamalarga ishlov berish bo`limida ko`rib chiqamiz.

O`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, mehnat va

kasbiy ta`lim berish uchun umumiy bo`lgan quyidagi vazifalar hal etilishi lozim;

o`qishga nisbatan ongli munosabat hosil qilish, fuqaro bo`lib etishish,

shaxsning ma`naviy va intellectual kamol topishi, jismoniy rivojlanishi;

mehnatsevarlik, mehnatga ehtiyoj, mehnat kishilariga hurmat;
tejamkorlik, sifatli, ijtimoiy mulk hamda tabiatga nisbatan g`amxo`rlik

bilan munosabatda bolish xislatlarini tarbiyalash;

ijtimoiy foydali va unumli mehnatda ishtirok etish uchun zarur bo`lgan

mehnat malakalari va o`quvchilarda texnik, texnologik va boshlang`ich iqtisodiy


background image

172

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

bilimlar hosil qilish, fan asoslaridan olingan bilimlarni, mehnat faoliyatida qollay
olishi.

Bu vazifalarni ijobiy hal etishda texnologiya darslarida olib boriladigan

amaliy mashg`ulotlar ham katta ta`sir ko`rsatadi. Umumta`lim maktablarida
texnologiya darslarining asosiy qismini amaliy mashg`ulotlar tashkil etadi.
Amaliy mashg`ulotlarni to`g`ri tashkil etish va olib borish, uning samaradorligini
oshirish o`quvchlarning qobilyati, konikma hamda malakalarini rivojlantiruvchi
asosiy omillardan biridir.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda amaliy mashg`ulotlarni yangi

pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish hozirgi kundagi muhim
vazifalardan biri bo`lib qolmoqda. Amaliy mashg`ulotlarni noan`anaviy tarizda
olib borish o`qituvchidan qo`shimch mehnat talab etsada, dars samaradorligini va
o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi.

Biz taklif etmoqchi bo`lgan noan`anaviy dars usuli darsni musobaqa

tarizda o`tkazishga asoslangan. Ma`lumki o`quvchilar orasida musobaqa
sharoitini yaratish ulardagi intilish, qiziqish, talabchanlik, jamoa uchun
jonkuyarlik singari sifatlarni namoyon etadi.

Bu usulda darsni tashkil etish va o`tkazish ishlarini 5-sinfdagi servis

xizmati yo`nalishining «Sarja (polotno) to`qish. Gazlamaning o`ng va teskari
tomonlarini, bo`ylama va ko`ndalang iplarini aniqlash» mavzusi misolida ko`rib
o`taylik [2]. O`qituvchi darsni nazariy qismini o`tib bo`lgandan so`ng,
o`quvcilarni 4-5 kishilik

guruhlarga bo`ladi va sardor tayinlaydi. Har bir guruhga bittadan ish stoli

ajratiladi. Guruh a`zolari qura tashlash yo`li bilan nomerlanadi. O`qituvchi
bajarilgan ish uchun beriladigan ballarni e`lon qiladi.

Shundan so`ng o`quvchilar amaliy ishning bajarish tartibini yana bir bor

o`rganib chiqishadi va o`qituvchining ro`xsati bilan o`quvchlar ishni bajarishga
kirishishadi.

1-operasiya 1-nomerli o`quvchilar tomonidan, 2-operasiya 2-nomerli

o`quvchilar tomonidan va hokazo tartibda bajariladi.

1-nomerli o`quvchilar 1-operasiyani batamom tugatganidan so`nggina

2-nomerli o`quvchilarga ishni boshlashga ro`hsat beriladi. Agar 1-o`quvchi 1-
operasiyani bajara olmasa, uning o`rnini ikkinchi 2-o`quvchi egallaydi, lekin
bunda bu guruhga jarima ball belgilanadi. Ishni 1-bo`lib bajargan guruhga yuqori
ball beriladi. Shu tariqa qolgan guruhlar ham baholanadi. Ish davomida guruh,
a`zolari

tomonidan to`plangan ballar ularning bajargan ishlari sifati va hajmiga ko`ra

guruh sardorlari tomonidan taqsimlanadi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, o`quvchilarni guruhlarga bo`lishda

ularni bilimi va mehnat malakalarini yaqin bo`lishiga e`tibor berish kerak. Bunday
guruhlarning o`quv yili davomida doimiy faoliyat ko`rsatib borishi maqsadga
muvofiqdir. Chunki bunda o`quvchilar guruhlarda kichik-kichik jamoa bo`lib
ishlash orqali berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida sifatli bajarishga o`rganadilar,
ayrim ish usullarini bajarishga qiynalib qolgan o`rtoqlariga yordam beradilar. Shu


background image

173

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

orqali o`quvchilarda jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam ko`satish xislatlari tarkib
topadi, ularda mehnat malakalari yanada mustahkamlanadi. Bu esa
o`quvchilarning kelgusida mustaqil va ijobiy ishlashiga asos bo`ladi.

Bu darsni olib borish jarayonida quyidagi yutuqlarga erishiladi;

1) o`quvchilarda jamoa bo`lib ishlash, bir-biriga yordam ko`satish va nazorat

qilish xislatlari shakillanadi;

2) musobaqa sharoiti yaratilganligi sababli o`quvchilarning qiziqishlari,

talabchanliklari va intiluvchanliklari ortadi;

3) dars davomida barcha o`quvchilarni baholash mumkin;

Bunday usullardandan foydalanish darsda yaxshi natijalar beradi.

O`quvchilar darsni yaxshi tushunadilar va ularning nutqi o’sadi. Bunday usulda
dars o’tish o`quvchilarda darsga qiziqish uyg’otadi. O’qitish metodlarini ma’lum
darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga, mustaqil amaliy faolyatni
faollashtirishga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1) X. Z. Ismatullayeva, A.Z. Abdullayev, M. Ismatullayeva. Maxsus

materialshunoslik. Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod-
moliya” – 2007.

2) T.A. Ochilov, N.G. Abbasova, F.J. Abdullina, Q.I. Abulniyozov.

Gazlamashunoslik. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. T.: “Cho’lpon” – 2003.

3) N.G. Abbasova, A.Z. Abdullayev “Tabiiy ipak chiqarish”. Toshkent. 1992

y. -35 b.

4) P.T. Bukayev. “Ip gazlama ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi”.

Toshkent. 1989 y. -13 b. ‘

5)

Мухитдинова

,

Ж

.

Р

. (2023).

РАЗВИТИЕ

ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО

МЫШЛЕНИЯ

СТУДЕНТОВ

С

ПОМОЩЬЮ

ДИДАКТИЧЕСКИХ

ЗАДАЧ

НА

ЗАНЯТИЯХ

ПО

ТЕХНОЛОГИИ

ШИТЬЯ

.

Проблемы

современного

образования

, (2), 240-253.

Bibliografik manbalar

X. Z. Ismatullayeva, A.Z. Abdullayev, M. Ismatullayeva. Maxsus materialshunoslik. Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod-moliya” – 2007.

T.A. Ochilov, N.G. Abbasova, F.J. Abdullina, Q.I. Abulniyozov. Gazlamashunoslik. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. T.: “Cho’lpon” – 2003.

N.G. Abbasova, A.Z. Abdullayev “Tabiiy ipak chiqarish”. Toshkent. 1992 y. -35 b.

P.T. Bukayev. “Ip gazlama ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi”. Toshkent. 1989 y. -13 b. ‘

Мухитдинова, Ж. Р. (2023). РАЗВИТИЕ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ С ПОМОЩЬЮ ДИДАКТИЧЕСКИХ ЗАДАЧ НА ЗАНЯТИЯХ ПО ТЕХНОЛОГИИ ШИТЬЯ. Проблемы современного образования, (2), 240-253.