Mualliflar

  • Muxlisaxon Usmonova
    Qo`qon DPI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57670

Kalit so‘zlar:

ta’lim faollikni oshirish metodi daraxt metodi ijodkorlik tuzatuvchi-tarbiyalovchi mustahkamlash muloqot qilish mehnat tarbiyasi kasb-hunar ilmiy-texnik taraqqiyot metodika

Annotasiya

Maqolada maxsus maktab internatlarida o‘qitilayotgan Texnologiya fani mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va ta’lim mazmunini loyihalashda samarali interaktiv metodlar va ulardan foydalanish metodikasi haqida so’z yuritilgan.


background image

163

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

MAXSUS MAKTAB INTERNATLARIDA O’QUVCHILARNI INTERFAOL

METODLAR ORQALI TARBIYALASH

Usmonova Muxlisaxon Sobirovna,

Qo`qon DPI dotsenti

E-mail: usmonovamuxlisaxon@gmail.com

(ORCID 0000-0003-1603-9455)

Annotatsiya.

Maqolada maxsus maktab internatlarida o‘qitilayotgan

Texnologiya fani mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va ta’lim mazmunini
loyihalashda samarali interaktiv metodlar va ulardan foydalanish metodikasi
haqida so’z yuritilgan.

Tayanch so`zlar:

ta’lim, faollikni oshirish metodi, daraxt metodi,

ijodkorlik, tuzatuvchi-tarbiyalovchi, mustahkamlash, muloqot qilish, mehnat
tarbiyasi, kasb-hunar, ilmiy-texnik taraqqiyot, metodika.

Abstract.

The article talks about effective interactive methods and methods

of their use in the effective organization of Technology classes taught in special
boarding schools and the design of educational content.

Key words:

education, method of increasing activity, tree method,

creativity, corrective-educator, strengthening, communication, labor education,
profession, scientific and technical development, methodology.

Аннотация

.

В

статье

говорится

об

эффективных

интерактивных

методах

и

методах

их

использования

при

эффективной

организации

занятий

по

технологии

преподавания

в

специальных

школах

-

интернатах

и

проектировании

образовательного

контента

.

Ключевые

слова

:

образование

,

метод

повышения

активности

,

метод

дерева

,

творчество

,

коррекционно

-

воспитательный

,

закрепление

,

общение

,

трудовое

воспитание

,

профессия

,

научно

-

техническое

развитие

,

методика

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning sifatli ta’lim

olishiga oid huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Konstitusiyaning 50-
moddasida “Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar
uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”

6

deb belgilangan bo‘lsa, “Ta’lim

to‘g‘risida”gi Qonunning 55-moddasida “Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi)
yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim
muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional
va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi. Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim

6

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y.,

03/23/837/0241-son (https://lex.uz/docs/6445145).


background image

164

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida bo‘ladi”

7

deb belgilanishi

jamiyatimizning g‘oyatda insonparvarligidan dalolat beradi.

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun texnologiya fanini o‘rgatish, nafaqat

akademik bilimlarni taqdim etish, balki ularni turmushda kerakli ko‘nikmalar
bilan ta’minlash, ijtimoiylashuvni osonlashtirish va psixologik qo‘llab-
quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Bu maqolada texnologiya fani mashg‘ulotlarini
samarali tashkil etish metodikasini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi aqliy rivojlanishida

nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitishdan iborat. Aqli qoloq
bolalarga xos umumiy nuqson – bilish jarayonlarining cheklanganligidir. Shu
sababli, ular ta’lim-tarbiyasining rivojlanishida birinchi o‘rinda bilish faoliyatini
tuzatishga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Shu ko‘rsatkichni inobatga olgan holda
Texnologiya fani mazmuni, usullari ochib beriladi.

Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning bevosita ishlab

chiqarish jarayonida qatnashishlari natijasida o‘quvchilarning ijtimoiy-huquqiy
masalalari ijobiy hal etiladi, ya’ni ular ham normal tengdoshlari qatori dam oladilar,
davolanadilar, ijtimoiy ta’minotdan foydalanadilar hamda jamiyatning teng huquqli
fuqarolari sifatida yashaydilar.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim

muassasalari o‘quvchilariga bilim berish,

tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlashda birinchi o‘rinda ma’lum mehnat
turlaridan bilim berish, ularda tegishli ko‘nikma, malakalar shakllantirish turadi.
Shunlardan kelib chiqqan holda Texnologiya fanining asosiy yetakchi vazifasi
o‘quvchilardagi nuqsonlarni tuzatishdir.

Texnologiya fanidagi barcha tuzatish ishlari qat’iy maqsad asosida izchil

amalga oshirib borilishi kerak. O‘quvchilarga biror narsani tayyorlash jarayonini
tushuntirish asosida ayrim bilish faoliyatini amalga oshirib borilishi lozim.
O‘quvchilar bilish faoliyatini takomillashtirish va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish
o‘z-o‘zidan ta’lim natijasi sifatida yuz bermaydi. Aqliy rivojlanishida nuqsoni
bo‘lgan o‘quvchilar bilan olib boriladigan Texnologiya fani va tuzatish ishlariga
taalluqli ta’lim jarayonida normal o‘quvchilarning rivoji orasida o‘xshashlik
mavjud. Bunda ta’lim yetakchi rol o‘ynaydi. Buning uchun ta’lim jarayoni
o‘qituvchi tomonidan rivojlantirish, tuzatish ruhida tashkil etilishi darkor

8

.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridagi tuzatish vazifalari umumijtimoiy
vazifalar bilan bog‘lab olib borilishi kerak. Bu borada fanning ijtimoiy va tuzatish
vazifalari o‘z navbatida bu ishning aniq, tashkiliy usul va shakllarini aniqlashga
yordam beradi, o‘quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi, o‘z navbatida,
ma’lum ish turini tanlashni taqozo etadi. Bu maktabni bitirgan o‘quvchilar asosan
birinchi va ikkinchi toifali mutaxassis bo‘lib yetishadilar. Ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalari o‘z o‘quvchilariga sodda, tor soha bilimlarini berish bilan kifoyalanadi.

7

“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

2020-yil 23-sentyabr, O‘RQ-637-son.

8

Sobirovna, U. M. (2022). INTERACTIVE LEARNING METHODS USED IN THE EFFECTIVE

ORGANIZATION OF TECHNOLOGY COURSES.

Open Access Repository

,

9

(11), 106-113.


background image

165

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Bularga temirchilik, duradgorlik, tikuv ishlari, sodda qishloq xo‘jalik
mutaxassisliklari, maishiy ishlar kabilar kiradi

9

.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan Texnologiya fani

mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va ta’lim mazmunini loyihalashda samarali
interaktiv metodlar va ulardan foydalanish metodikasi takomillashtirildi. Bunda
ko‘p yillik tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan va olib borilgan tadqiqot
ishlari natijasida sinovdan o‘tkazilgan samarali interaktiv metodlardan
foydalanildi.

1. “Faollikni oshirish” metodi.

Mazkur metod refleksiv metodlar turkumiga kiradi va odatda, undan

darslarning so‘nggida yoki avvalida foydalanish mumkin. Bu metod uchun 3-5
daqiqa vaqt ajratiladi. Kerakli o‘quv qurollari va jihozlar, didaktik tarqatmali
materiallar tayyorlab olinadi.

“Faollikni oshirish” metodidagi topshiriq asosan quyidagi savollar asosida

tashkil qilinadi:

1. Eslab ko‘ring!
2. Esimda qoldi.
3. Qo‘llayman.

Eslab ko‘ring!

Ushbu qismda o‘quvchilardan avvalgi darsda yodida

qolgan kamida 3 ta ma’lumotni yozishlari yoki eslab aytib berishlari so‘raladi.

Esimda qoldi.

Bu yerda o‘tilgan yangi dars davomida o‘quvchilar uchun

muhim bo‘lgan kamida 2 ta ma’lumotni yozishlari yoki eslab aytib berishlari
kerak bo‘ladi.

Qo‘llayman.

Ushbu qismda o‘quvchilar darsdan olgan qaysi bir xulosa

yoki muayyan bir fikr, holat yohud epizodni aynan amaliyotda – hayotda “albatta,
qo‘llayman” deb belgilagan ma’lumotlarini yozishlari yoki aytib berishlari kerak.

Ushbu metodni o‘quvchilarlar o‘z daftarlarida yakka tartibda, yozma tarzda

bajarishlari lozim bo‘ladi.

Bu metodi orqali darsdagi ma’lumotlar takrorlanadi, mustahkamlanadi va

ko‘pgina hollarda o‘quvchilarlar boshqa ishtirokchilarning tahlillari yordamida
o‘z bo‘shliqlarini to‘ldirib, kamchiliklarini to‘g‘rilab olishlari mumkin bo‘ladi.

Bu metoddan foydalanishni Texnologiya 5-sinf darsligida berilgan

quyidagi mavzu misolida ko‘rib chiqamiz.

O‘tilgan mavzu.

Daraxt turlari va ularning xususiyatlari.

Eslab ko‘ring!
3 ta ma’lumot:

yog‘och, igna bargli, yaproq bargli.

Yangi mavzu.

Yaproqli va igna bargli daraxtlarni amalda qo‘llash.

Esimda qoldi.
2 ta ma’lumot:

1-rasmda berilgan yaproqli va igna bargli daraxtlarni turlarga ajrating.

9

Sobirovna, U. M. (2022). DIDACTIC PRINCIPLES OF EFFECTIVE ORGANIZATION OF

TECHNOLOGY LESSONS


background image

166

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

1-rasm.

Yaproqli va igna bargli daraxtlar.

2-rasmda berilgan daraxt barglari yaproqli va igna bargli daraxtlarni qaysi

biriga tegishli ekanligini aniqlang.

2-rasm.

Yaproqli va igna bargli daraxt barglari.

Qo‘llayman.

Maktab hovlisida bor bo‘lgan daraxtlarni yaproqli va igna

bargli daraxtlarga ajrata olishni bilib oldim. Maktabdan uyga qaytishda yo‘ldagi
daraxtlarni va hiyobonlardagi daraxtlarni ajrata olaman. Yaproqli va igna bargli
daraxtlarni ajratishni bilib oldim va “albatta, ularni ajrata olaman” deb ishonch
bilan ayta olishadi.

Bu metoddan foydalanish o‘quvchilarda:

Ø

o‘quvchilarlarga o‘tilgan darsni yodga olishga, uni xotirada yana bir bor

takrorlab, mustahkamlab olishga yordam beradi;

Ø

ularda batafsil tahlil qila olish ko‘nikmasi rivojlanadi;

Ø

nazariy ma’lumotni amaliyot bilan bog‘lay olish tajribasi shakllanadi;

Ø

o‘quvchilarlarning og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi;

Ø

ma’lumotlarni analiz va sintez qila olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.

Bu metoddan foydalanish orqali o‘qituvchi quyidagi natijalarga

erishadi:

ü

o‘tilgan mavzuni qiziqarli va oson takrorlatib olish hamda mazkur mavzu

yuzasidagi o‘quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlab olish mumkin;

ü

o‘quvchilarlar ko‘p takrorlagan va ularning etiborini tortgan, yodida

qolgan ma’lumotlarni aniqlab olish va shu tariqa ularning o‘zlashtirishlarini
o‘rganish, tahlil qilish;

ü

darsda o‘quvchilar ko‘p ham aytib o‘tmagan mavzuga oid eng muhim

ma’lumotlarni, ya’ni darsda davomida ularning bilimlaridagi bo‘shliqlarni
korreksiyalash;

ü

o‘quvchilarlarni ma’lumotlarni analiz qila olishga o‘rgatish va analiz

qilish imkoniyatlarini aniqlab olish;


background image

167

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

ü

darsning muayyan yutuq va kamchiliklarini o‘rganish hamda keyingi dars

jarayonini tashkil etishda ushbu ma’lumotlardan samarali foydalangan holda darsni
yanada qiziqarli, foydali va maqsadli amalga oshirishda yordam beradi

10

.

2. “Daraxt” metodi.

Bu metod uchun 6-8 daqiqa vaqt ajratiladi. Kerakli o‘quv qurollari va

jihozlar, didaktik tarqatmali materiallar tayyorlab olinadi.

Daraxtning juda ko‘p shakli mavjud. Baland, past, manzarli, mevali,

mevasiz, butali. Ta’limda ham bu metodning shakli juda ham ko‘p va bu shakllar
pedagogik maqsadlarga ko‘ra o‘zgarib boradi. Shu bois, taqdim etilayotgan shakli
esa maqsadni aniq belgilab olishga qaratilgandir. O‘ylab ko‘ring, imkoniyati
cheklangan o‘quvchilarga bu metoddan foydalanib dars o‘tishingizdan sizning
maqsadingiz nima? Balki sizning javobingiz:

“O‘quvchilarni dars jarayoniga yanada qiziqtira oladigan metodlardan

foydalanish”dir. Yana bir savol, bir kunda o‘z oldingizga necha marta maqsad
qo‘yasiz?

Hayotimizda maqsadlar va ularni to‘g‘ri qo‘ya olish juda muhim. Bu

metodning quyidagi maqsadga yo‘naltirilgan shaklini ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalarida tashkil qilinayotgan Texnologiya fanida qo‘llashdan maqsad
shuki, inson hamma qilishi zarur bo‘lgan ishlarni o‘z yodida saqlay olmaydi.
Muayyan bir yumush, vazifa, yoki Siz qilishingiz lozim bo‘lgan qandaydir bir
topshiriq esingizdan chiqsa, demak bilingki, Sizning foydalilik natijangiz tushib
ketadi. Lekin uni esingizdan chiqmaydigan qilib yozib qo‘ysangiz, nimagadir
qayd qilib borsangiz natijangiz, ya’ni foydalilik darajangiz yuqori bo‘ladi.
Maqsadlar ham aynan shunday. Yana shunday narsa borki, “vaqtni boshqarish”
(time management), ya’ni vaqtni to‘g‘ri boshqarish madaniyati. Bu hozirgi
zamonaviy dunyo, shiddatli XXI asr uchun juda ham muhim hisoblanadi Ta’lim
jarayonida esa vaqtni to‘g‘ri boshqarib, maqsadlarni aniq belgilab olish darslarni
samarli va interaktiv tashkil etishga yordam beradi.

Agar bir kuningizga, bir haftangizga, bir oyingizga bir yilingizga maqsad

qo‘ysangiz, albatta, o‘z sohangizning mutaxassisiga aylanasiz. Lekin maqsad
qo‘ymasdan, bemaqsad, rejalarsiz yashaydigan bolsangiz, bu oxir-oqibat,
o‘zingizga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga, qilayotgan ishingizdan va uning
natijasidan qoniqmaslikka olib keladi. Endi o‘quvchilarni ayniqsa, imkoniyati
cheklangan o‘quvchilarni tasavvur qilib ko‘ring. Ularda o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad
qo‘ya

olish

ko‘nikmasini

shakllantirish

kelajakdagi

faoliyatlari

va

muvaffaqiyatlari uchun ko‘zlangan natijalarga erishishlarida birlamchi ahamiyat
kasb etadi. Bunday kelajak avlod maktabni bitira turib “Qaysi kasb egasi
bo‘lmoqchisan?” degan savolingizga hech ikkilanmay aniq javob ayta oladi va o‘z
kelajagini, o‘zi zabt etadigan marralarni aniq tasavvur qila oladi.

Ushbu daraxt metodi birinchi bo‘lib, Amerikada iqtisodiyot sohasida

qo‘llanilgan. Hozirda bu metodning turlicha shakllaridan dars jarayonida faol

10

Sobirovna, U. M. (2022). USE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES

IN INCREASING THE EFFICIENCY OF TECHNOLOGY LESSONS.

Open Access Repository

,

9

(11), 114-119.


background image

168

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu metodning turlicha nomlari bor. Misol uchun,
“Omad daraxti”, “Oila daraxti”, “Gapiruvchi daraxt”, “Shajara daraxti”, “Bilimlar
daraxti” kabi. Bu metoddan qaysi maqsadda foydalanilsa, “daraxt” so‘zidan keyin
shu nomni qo‘yib nomlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bugungi daraxt nomi “Maqsadlar” deb nomlanadi. Ushbu metod orqali

darsimizda maqsad qo‘yishni o‘rganamiz. Siz jarayonni quyidagicha tashkil
etishingiz kerak. Demak, ishtirokchilarga bu daraxt oddiy daraxt emasligini va bu
bugun “Maqsadlar daraxti” ekanligini aytamiz. Ularga rangli olma yoki barg
shakllaridagi maxsus yopishtirgich qog‘ozlar (stikerlar) tarqatiladi. Dars mavzusi
va qisqacha rejasi bilan tanishtiriladi. So‘ngra ishtirokchilarga topshiriq aytiladi:
Bugungi darsdan yoki mavzuni o‘rganishdan maqsadingiz nima? Qo‘lingizdagi
stikerlarga yozing. Buning uchun 2 daqiqa vaqtingiz bor. O‘quvchilar darsdan
kutayotgan, o‘rganishni xohlagan bilim, ma’lumot, yoki qandaydir hodisani bir
jumla, yoki so‘z ko‘rinishida stikerlarga yozishlari va ushbu stikerlar bilan
“Maqsadlar daraxtini” bezashlari, ya’ni to‘ldirishlari lozim. Bunda ushbu
maqsadlarni daraxtga “yopishtirish” oldidan o‘qib eshittirishlari maqsadga
muvofiq.

O‘quvchi xoh ikki qatorli jumla, xoh bir donagina so‘z yozsin. Muhimi,

maqsad qo‘yishni anglasin. Ayrim o‘quvchilar birinchi kun yoza olishmas. Lekin
topshiriqni bajargan tengdoshlari yozgan maqsadlarini eshitib, Ikkinchi kuni
yaxshiroq javob berishga harakat qilishadi. Keyingi darslardan boshlab esa,
albatta, o‘z maqsadlarini ifoda etib bera olishadi va eng muhimi, o‘zlarining oldiga
maqsad qo‘yishni o‘rgana boshlashadi. Katta-katta natijalarga erisha oladigan
kichik-kichik insonlarni biz sekin-asta ana shunday tarbiya qilib boramiz.

Bugungi kunda maqsadli ta’lim juda ham muhimligini e’tiborga olsak,

ushbu metod orqali o‘quvchilarga har bitta darsda o‘z oldilariga maqsad qo‘yishni
va unga to‘g‘ri erishishni aynan shu usul yordamida yanada samarali o‘rgatgan
bo‘lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // Qonunchilik ma’lumotlari

milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son (https://lex.uz/docs/6445145).

2. O‘zbekiston

Respublikasining

“Ta’lim

to‘g‘risida”gi

qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son).

3. Ayupova M.Y. Logopediya. O‘zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. T.:

2007, 2011

4. Axundov N., Axmedov G. i dr. Texnologiya 5: Uchebnik po predmetu

Texnologiya dlya 5-go klassa obsheobrazovatelnix shkol. – Baku:
«ASPOLIQRAF», 2017.-80 s.

5.

Sobirovna, U. M. (2022). INTERACTIVE LEARNING METHODS

USED IN THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF TECHNOLOGY
COURSES.

Open Access Repository

,

9

(11), 106-113.


background image

169

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

6. Sobirovna, U. M., & Irodaxon, T. (2022). TEXNOLOGIYA FANI

MASHG’ULOTLARINI

SAMARALI

TASHKIL

ETISH

METODLARI.

PEDAGOGS jurnali

,

21

(1), 41-44.

7. Sobirovna, U. M. (2022). Improving the educational system for children

with disabilities.

The Peerian Journal

,

4

, 20-22.

8. SOBIROVNA, U. (2021). Modernization of the content, methods and

tools of technologies in the organization of modern education.

9. Sobirovna, U. M., & Sharifjon, P. O. (2023). Choosing Organizational

Forms of Education in the Effective Organization of Technology Courses.

Journal

of Innovation, Creativity and Art

,

2

(2), 77-81..

10. Sobirovna, U. M. (2022). MODERN APPROACHES TO EFFECTIVE

ORGANIZATION OF TECHNOLOGY LESSONS.

11. Sobirovna, U. M. (2022). DIDACTIC PRINCIPLES OF EFFECTIVE

ORGANIZATION OF TECHNOLOGY LESSONS.

12.

Sobirovna,

U.

M.

(2022).

TEXNOLOGIYA

FANI

MASHG’ULOTLARINI

SAMARALI

TASHKIL

ETISHDA

SHARQ

MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDAN FOYDALANISH.

World scientific

research journal

,

9

(1), 220-224.

13. Sobirovna, U. M. (2022). USE OF INFORMATION AND

COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN INCREASING THE EFFICIENCY
OF TECHNOLOGY LESSONS.

Open Access Repository

,

9

(11), 114-119.

14.

А

.

Маткаримов

Измерение

и

контроль

вибраций

при

производственном

процессе

.

Достижения

науки

и

образования

2017.

-

5

(18)

15.

Мухитдинова

,

Ж

.

Р

. (2023).

РАЗВИТИЕ

ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО

МЫШЛЕНИЯ

СТУДЕНТОВ

С

ПОМОЩЬЮ

ДИДАКТИЧЕСКИХ

ЗАДАЧ

НА

ЗАНЯТИЯХ

ПО

ТЕХНОЛОГИИ

ШИТЬЯ

.

Проблемы

современного

образования

, (2), 240-253.

16.

А

.

Маткаримов

Проблема

охраны

труда

и

промышленная

безопасность

на

опасных

производственных

объектах

.

Достижения

науки

и

образования

2017.

-

6 (19)

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son (https://lex.uz/docs/6445145).

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son).

Ayupova M.Y. Logopediya. O‘zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. T.: 2007, 2011

Axundov N., Axmedov G. i dr. Texnologiya 5: Uchebnik po predmetu Texnologiya dlya 5-go klassa obsheobrazovatelnix shkol. – Baku: «ASPOLIQRAF», 2017.-80 s.

Sobirovna, U. M. (2022). INTERACTIVE LEARNING METHODS USED IN THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF TECHNOLOGY COURSES. Open Access Repository, 9(11), 106-113.

Sobirovna, U. M., & Irodaxon, T. (2022). TEXNOLOGIYA FANI MASHG’ULOTLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH METODLARI. PEDAGOGS jurnali, 21(1), 41-44.

Sobirovna, U. M. (2022). Improving the educational system for children with disabilities. The Peerian Journal, 4, 20-22.

SOBIROVNA, U. (2021). Modernization of the content, methods and tools of technologies in the organization of modern education.

Sobirovna, U. M., & Sharifjon, P. O. (2023). Choosing Organizational Forms of Education in the Effective Organization of Technology Courses. Journal of Innovation, Creativity and Art, 2(2), 77-81..

Sobirovna, U. M. (2022). MODERN APPROACHES TO EFFECTIVE ORGANIZATION OF TECHNOLOGY LESSONS.

Sobirovna, U. M. (2022). DIDACTIC PRINCIPLES OF EFFECTIVE ORGANIZATION OF TECHNOLOGY LESSONS.

Sobirovna, U. M. (2022). TEXNOLOGIYA FANI MASHG’ULOTLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDAN FOYDALANISH. World scientific research journal, 9(1), 220-224.

Sobirovna, U. M. (2022). USE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN INCREASING THE EFFICIENCY OF TECHNOLOGY LESSONS. Open Access Repository, 9(11), 114-119.

А.Маткаримов Измерение и контроль вибраций при производственном процессе. Достижения науки и образования 2017.- №5 (18)

Мухитдинова, Ж. Р. (2023). РАЗВИТИЕ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ С ПОМОЩЬЮ ДИДАКТИЧЕСКИХ ЗАДАЧ НА ЗАНЯТИЯХ ПО ТЕХНОЛОГИИ ШИТЬЯ. Проблемы современного образования, (2), 240-253.

А.Маткаримов Проблема охраны труда и промышленная безопасность на опасных производственных объектах. Достижения науки и образования 2017.- №6 (19)

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари