432
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INNOVATSION METODLARDAN
FOYDALANISH ORQALI O‘QUVCHILARNI IJTIMOIY HAYOTGA
TAYYORLASH
Ibroximov Maqsadjon Axmedovich- NamDPI
“Aniq fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada texnologiya darslarida innovatsion
usullardan foydalangan holda o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash
imkoniyatlari ko'rib chiqiladi.
Kalit so’zlar
: ijtimoiy hayot, axloq, milliy g'urur, ma'naviyat, ta'lim
sifati, kompetentsiya, olimlar merosi, hayotiy qadriyatlar, hayotiy ko'nikmalar.
Аннотация
:
в
статье
рассматриваются
возможности
подготовки
учащихся
к
общественной
жизни
за
счет
использования
инновационных
методов
на
уроках
начального
образования
.
Annotation:
the article discusses the possibilities of preparing students
for social life through the use of innovative methods in the lessons of primary
education.
Ключевые
слова
:
общественная
жизнь
,
нравственность
,
национальная
гордость
,
духовность
,
качество
образования
,
компетентность
,
наследие
ученых
,
жизненные
ценности
,
жизненные
навыки
.
Keywords:
social life, morality, national pride, spirituality, quality of
education, competence, heritage of scholars, life values, life skills.
Islohotlarimizdan ko‘zlangan maqsad va Prezidentimiz siyosatining
bosh omillaridan biri teran fikrlovchi, o‘z mustaqil dunyoqarashiga ega bo‘lgan
iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va tarbiyalashdir.
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, texnologiya fanining
xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo‘yadi.
Shunga ko‘ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o‘zgarishlar qilishi lozim.
Har bir o‘quvchida zamonaviy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun
maktabning
boshlang‘ich
sinflarida
va
hatto
ilgariroq
maktabgacha
muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani
rivojlantirish, o‘z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va
qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilimlar bilan
qurollantirish va mehnatni har tomonlama uyg‘unlashtira olishga o‘rgatishdan
iboratdir.
О
’quvchilarni mehnatga tarbiyalash va kasbga tayyorlash vazifalari
boshlang‘ich sinflarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha o'quv
predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o‘rinda mehnat darslari yetakchi rol
o‘ynaydi. Mehnatga axloqiy tayyorlash - o‘zaro do‘stona yordamni berishni,
ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishni, mehnat
kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o‘rgatishdan iboratdir. Mehnat
ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish muhim
masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o‘tkazilayotgan mehnat jarayonida
o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat
samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi.Shuningdek, ularda
tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini
433
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlaming shakllanishiga
poydevor qo‘yiladi. Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining
unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi.
Ta'lim bilan birgalikda tarbiyani har bir xil rivojlantirish faqatgina
ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi metod va usullarni yaratibgina
qolmay, tarbiya berish jarayonida ham yangicha yondashuv, yangivha metod va
usullar yaratilishi har tomonlama barkamol shaxs tarbiyalashiga zamin yaratadi.
Ta'lim tizimiga qaratilgan islohotlarning ham tub zamirida shu maqsadlar
mujassamlashtirilgan. Ayniqsa, texnologiya fanlari bu tarbiyaning ilk bo'g'ini
hisoblanadi, ularning uzviyligi-mehnat jarayonida tarbiya, tarbiya atrofida mehnat
unib chiqishi va buni o'quvchilarga dars jarayonida yetkaza olish demakdir.
Tarbiya boshlang'ich sinflardagina bo'lib qolmay, maktabgacha ta'lim
muassasalaridan tortib yuqori sinflargacha tatbiq etiladi va takomillashtirilib
boriladi. Toki, mehnat bor joyda tarbiyaga zamin yaratiladi va uning o'chog'i shu
joydan boshlanadi, mehnatni tushuna olgan, uni amaliy shakllantirgan har qanday
shaxs axloqiy, ruhiy, estetik tarbiyani ham o'zlashtira oladi. Mehnat madaniyati -
bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish, uni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil
etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish,
mehnat (ish) qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni
natijalash, uning samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat
ko‘rsatkichidir. Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining
mustaqil harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil eta
olishni ham aks ettiradi. Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir
talabi o‘quvchilami ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya borasidagi
yangiliklardan boxabar etish, ularda mehnatga nisbatan qiziqishni hosil qilish, bu
boradagi layoqat, qobiliyat va iqtidorlarini oshirib borishdan iborat. Mehnatga
ruhiy tayyorlash - o'quvchilaming yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy
xususiyatlami tarkib toptirish, o‘quvchilaming mehnat malaka va ko‘nikmalarini
egallashga qiziqishini shakllantirishdan iboratdir. O'qituvchining vazifasi
o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat malaka va ko‘nikmalarini
shakllantirish bilan birga o‘quvchilaming mehnatga qobiliyatini shakllantirish,
jamiyat rivojlanishi uchun ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini tushuntirish
juda muhimdir. Mehnatga ruhiy tayyorlash o‘quvchilardagi turli psixologik
jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular: sezib-
anglash, psixomotor, emotsional-idrok, diqqat, xotira, tafakkur- mehnatning
psixologik komponentlaridir. O‘quvchilami mehnatga o'rgatishda uning ruhiy
imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur.
Bundan tashqari bolaning xotirasini o‘stirish ham alohida ahamiyatga ega.
Chunki, mehnat faniga oid materiallarni eslab qolish va amaliy ishlarni bajarish
boshqa predmetlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Barcha yangi
asboblar, materiallarni, amaliy ishlaming nomini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
predmetni ko‘rib idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab o‘rganadilar, tushunib
oladilar. O‘qituvchi mehnat darslarida amaliy ishlami tushuntiribgina qolmay,
balki asosiy materiallar va buyumlar namunasini, asboblami materialga ishlov
434
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
berish usullarini, ish bosqichlarining izchilligini ko‘rsatadi. Shu bois mehnat
ta’limida eshitish, ko‘rish xotirasi va harakatlanuvchi xotira muhim ro‘l o‘ynaydi.
O‘quvchilarda texnologiya darsidan texnologiya darsigacha yangidan-yangi bilim
va ko‘nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotirada saqlab
qolish kerak. Texnologik ta’limini to‘g‘ri tashkil etish
о
'quvchilarni
qiyinchiliklarni yengishga, qo‘yilgan maqsadga erishish yo'lida qat’iyat bilan
mehnat qilish, boshlangan ishni chalatashlabketmay, balki oxirigayetkazishga
o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarda ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish,
lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir.
О
‘quvchilami mehnatga amaliy tayyorlash.. Shuningdek, bu bilim
kerakli amaliy ish bosqichlarini qanday va qaysi izchillikda amalga oshirish,
qanday asboblami qo’llash va uning sabablarini anglashga ko‘maklashadi.
O’quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim
omillaridan biridir. U o‘zaro bog‘langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va
moslamalardan foydalana bilish, u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov
bera olish, yo‘l qo‘yilgan xatoni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘irlay olish kabilardan
tarkib topadi.
Texnologik ta’limning mazmuniga muvofiq o‘quvchilar mazkur yosh
uchun qulay bo‘lgan materiallarga ishlov berish, qo’llaniladigan oddiy asbob va
moslamalardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob
va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.
O’quvchilar ta’lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning
ijtimoiy jamiyatda tutgan o‘rni va rolini, inson kamolotini ta’minlash omili
ekanligini, shaxsning qobiliyati va iqtidorini mehnat jarayonida takomillashib
borishini hayotiy misollar yordamida bilib olishlari lozim. Mehnat ta’limi va
tarbiyasini tashkil etishda bugungi kunda an’anaviy va noan’anaviy shakllardan
foydalanilmoqda. Xususan, mehnat bayramlari, ishlab chiqarish ko‘rgazmalari,
hashar, “Mohir qo‘llar” tanlovi, “Quvnoq shahar ustaxonasi”, “Yosh
radiotexniklar to‘garagi” va ijodiy markazlar faoliyati, shuningdek, ustozshogird
an’analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar ta’limi va
boshqalar. Mehnat tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim muassasalarida
o‘quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o‘zlarining yosh va
psixologik xusnsiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. Bunda ular o‘z-
o‘ziga xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi,
sinf xonasi ozodaligini saqlash, o‘quv qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash,
o‘quv anjomlarini darsga tayyorlash va hokazolar). Mehnatga ruhiy, axloqiy va
amaliy tayyorlash jarayonida o‘quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil
etish jarayonida intizomga bo‘ysunish, maqsadni amalga oshirish yo’lida shijoat,
qat’iyat ko‘rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi. Mehnat
ta’limi vazifalari haqida gapirilganda, o‘quvchilarda mehnatsevarlik, mas’uliyat,
intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin
emas. Shu bilan birgalikda mehnat odamlar tirikchiligining moddiy va ma’naviy
ta’minotining vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir.
435
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
O’quvchilarni barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida mehnat
ta’limining roli ko‘p qirralidir. Texnologiya o‘quvchilarning bilim olishiga
intilishlarini qo‘zg‘atuvchi vositagina emas, balki uning manbayi hamdir.
Darslarning jihozlanganligi o‘z mehnati uchun shaxsiy mas’uliyatni, mehnat
madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon
jihozlangan sinfda, qo‘pol, og‘ir va yoshlariga nomunosib asboblar bilan
shug‘ullansalar ish natijalari ko‘ngildagidek bo‘lmaydi.Agarda bola har bir
qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lozimligiga ishonch hosil qilmasa,
bolalarni tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin. Mehnat
malaka va ko‘nikmalari u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibga va
harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan
birga bo‘ladigan ko‘p mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. O'quvchilar
o‘rtasida yo'lga qo‘yilgan o‘zaro yordam esa, ularda do‘stlik, birodarlik,
umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlami tarbiyalaydi. Ta’lim muassasalarida
mehnat ta’limi va tarbiyasini olib borish maxsus dastur asosida amalga oshiriladi.
Texnologiya fani dasturi namunali xususiyatga ega. Unda maktab, o‘qituvchi va
o‘quvchilar mehnat faoliyatini baholash bo‘yicha ta’lim va tarbiya natijalariga
nisbatan davlatning minimum (eng kuchli) talablar aks etadi. Mehnat tarbiyasi
jarayonida bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish maqsadning
o‘zigina va pedagogik faoliyatning yakuniy mahsuli emas, balki eng muhim
insoniy layoqat —mehnat qilish layoqatini rivojlantirish uchun vosita hisoblanadi.
Shu bois bugungi kunning 175 talabi mehnat ta’limini tashkil etishda reproduktiv
metodlar rolini kamaytirib, yuksak darajadagi mantiqiy fikrlash hamda
yaratuvchanlik asosini hosil qiluvchi faol tadqiqot metodlaridan foydalanish
hisoblanadi.
REFERENCES
1. Ibroximov M.A. Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy
kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish.
Monografiya. – Namangan: “Fan ziyosi” nashriyoti, 2022 yil. – 120 b.
2. Axmedovich, I. M. (2024). Xorijiy tadqiqotlarda bo ‘lajak
pedagoglarning kasbiy faoliyatini ijtimoiy kompetentlik asosida rivojlantirish
zaruriyatlari. Science and innovation, 3(Special Issue 41), 446-449.
3. Ibrohimov, M. (2021). Study about cognitive linguistics.
Форум
молодых
ученых
, (4 (56)), 19-23.
4. Mamatxonovich, X. F., Erkinjonovna, S. Z., Tolibjon og, G. S., &
Kosimovich, U. S. (2024). Applications of mathematical models in the teaching
of mathematics: perspectives for geography majors.
Научный
Фокус
, 1(11), 449-
452.
5.Muzaffarkhujayevna, M. S. (2021, December). ISSUES OF TEACHING
MATHEMATICS IN SECONDARY SCHOOLS. In Archive of Conferences (pp.
69-70).
6.Ibroximov, M.
А
. (2023). Professional ta’lim yo ‘nalishi talabalarining
ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishda ta’lim va amaliyot integratsiyasi.
Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 175-179.
436
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
7.
Murtozayeva
M.M.
Ta’lim
jarayonini
ijtimoiy
pedagogik
loyihalashtirishda innovatsion usullar. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2017.
−
160 b.
8.
Мухитдинова
,
Ж
.
Р
. (2022).
Приоритетные
направления
развития
творческого
потенциала
молодежи
. In
Социально
-
экономическое
развитие
региона
:
опыт
,
проблемы
,
инновации
(pp. 85-89).
10.Ibrohimov, M. (2021). Study about cognitive linguistics.
Форум
молодых
ученых
, (4 (56)), 19-23.
11.
Abdugaffor Khurmamatov, Abdurahim Matkarimov, Alisher Auesbaev,
Usnatdin Utegenov
Results Of Experiments On Studying The Composition And
Purification Of Technical Water Of Oil And Gas Processing Plant //
Processes of
Petrochemistry and Oil Refining 2023
.-
№
4
12.
А
.
Маткаримов
Применение
технологии
проблемного
обучения
в
преподавании
основ
безопасности
жизнедеятельности
.
Проблемы
науки
2017
.-
№
7 (20)
13.
А
.
Маткаримов
Измерение
и
контроль
вибраций
при
производственном
процессе
.
Достижения
науки
и
образования
2017.
-
№
5
(18)
