Mualliflar

  • Maqsadjon Ibroximov
  • Gulsanam Ergashaliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57748

Annotasiya

Texnologiya fanini o‘qitish orqali o‘quvchi yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim tizimining ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun, ta’lim tizimining moddiy-texnik ba’zasini boyitish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashni davrning o‘zi taqazo etmoqda. Zamon talabiga mos yetuk kadrlarni tarbiyalash zarurati maktab ta’lim mavqeini ham o‘zgartirdi. Shunday ekan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda maktab ta’limida darslarda didaktik o’yinlardan foydalanishning o‘rni kattadir. Tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanish ta’lim jarayonida o’quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun didaktik o‘yinlar boshlang'ich o‘quvchilarning mavzuni tushunib etishlarida juda ham muhimdir


background image

478

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Texnologiya fanini o’qitishda didaktik o’yinlarning ahamiyati

Ibroximov Maqsadjon Axmedovich- NamDPI

“Aniq fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

Ergashaliyeva Gulsanam Adashali qizi-

NamDPI “Texnologik ta’lim “ yo’nalishi 1 kurs talabasi

Annotatsiya:

Texnologiya fanini o‘qitish orqali o‘quvchi yoshlarni

barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim tizimining ahamiyatini hech narsa
bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun, ta’lim tizimining moddiy-texnik
ba’zasini boyitish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashni davrning o‘zi
taqazo etmoqda. Zamon talabiga mos yetuk kadrlarni tarbiyalash zarurati maktab
ta’lim mavqeini ham o‘zgartirdi. Shunday ekan yosh avlodni har tomonlama
barkamol qilib tarbiyalashda maktab ta’limida darslarda didaktik o’yinlardan
foydalanishning o‘rni kattadir. Tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan
foydalanish ta’lim jarayonida o’quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol
toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun didaktik o‘yinlar
boshlang'ich o‘quvchilarning mavzuni tushunib etishlarida juda ham muhimdir.

Hozirgi rivojlanayotgan O‘zbekistonimizning qay bir jabhasiga

qaramang
ulkan o‘zgarishlar, inshootlar ,yangiliklar yaratilmoqdaki, bu o‘z o‘rnida har bir
fuqarodan katta ma’suliyat talab qiladi. Ta’lim tarbiya sohasidagi islohotlar ham,
o‘qituvchi , o‘quvchi faoliyatiga alohida e’tibor berishga , zamon bilan hamnafas
ishlashga jalb qilmoqda.Ta’lim tarbiya berishda o‘qituvchining kasbiy
tayyorgarligi , mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedtexnologiyalar, interfaol
usullarni darslarda qo‘llay olishi ham juda muhimdir.

Didaktika – grekcha “didaktikas” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘qitish”

ma’nosini anglatadi.

Didaktik o‘yin – bu mos keladigan ta’lim berish usulidir. Texnologiya

ta’limida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari , shaxsiy tabiatiga ko‘ra didaktik
o‘yinlar orqali loyixalashtirish asosidagi metodlar keng qo‘llanilmoqda. Didaktik
o‘yinli

metodlar

o‘quvchi

faoliyatini

faollashtirishva

jadallashtirishga

asoslangan.Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta
ahamiyatga ega.

Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari : intelektual (aqliy) va harakatli

hamda
aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy,
ma’naviy,
ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu ko‘nikmalarni texnologiya
fanini

o‘qitishda

singdirish,

rivojlantirib

boorish

juda

ham

zarur.

Bu metod o‘quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushirishga , o‘ylashga,
erkin fikr yuritishga, muloqotga kirishishga , ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa,


background image

479

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

unda atrof-muhit , hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik,
to‘siqlarni,

qanday

yengish

va

tanqidiy

fikrlash

ko‘nikmalarini

shakllantiradi.Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o‘quvchi-larda ta’lim olish
motivlarini , ularni turli yo‘nalishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan ,
biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan , didaktik o‘yinlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy , jismoniy, rolli ,
ishchanlik, va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi.Ular o‘quvchilardagi tahlil
qilish, mantiqiy fikrlash , tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash,
kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish , guruh yoki
jamoa tarkibida ishlash , yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Didaktik o‘yinlar nafaqat o‘qitishning amaliy yo‘nalishi kuchayishiga,
balki o‘quvchilarning dars jarayonida o‘zlashtirayotgan nazariy bilimlarini
mustahkamlanishiga olib keladi. Ta’kidlash joizki, didaktik o‘yinlarni tashkil
etishdan oldin bu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Bunda asosiy
e’tibor mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlardanmavzuga
moslarini tanlash, mashg‘ulotning qaysi bosqichida ularni amalga oshirilishini
belgilash, o‘yinning shartini o‘quvchilarga aniq tushuntirish kabilarga qaratiladi.
Garchi, interfaol o‘yinlar yangi bilimlarni chuqur bermasada, darsning qiziqarli
bo‘lishini ta’minlaydi. Didaktik o‘yinlar o‘zining tashkil etilish shakillariga
ko‘ra individual (yakka) ,guruhli(kichik va katta guruhlar) va yalpi (butun sinf
o‘quvchilari ishtirokida) tarzida bo‘ladi.Pedagog xodimlarni ta’lim jarayonidagi
nazariy bilimlarni yanada rivojlantirish , ularda mustaqil fikrlash , muammoga
ijodiy yondashish layoqatlarini rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan unumli
foydalanish

ijobiy

samara

beradi

Masalan

Evrika

(o‘ylab top) o‘yini . O‘yinning bu turi o‘quvchilarni fikr

yuritishga,

to‘g‘ri

javobni

topishga

va

xulosaga

kelishga

undaydi.

Mozaika(

o‘rnini top joylashtirish) o‘yini . Bu o‘yinni texnologiya fanida

har
bir mavzuga moslashtirib tashkillash mumkin. 5-sinflarning “Fartuk tikish”
mavzusida ko‘radigon bo ‘lsak, fartuk ko‘rinishi chiziladi hamda fartuk nechta
detaldan tashkil topgan bo‘lsa, shuncha bo ‘lakka bo ‘linadi, bo‘laklarning orqa
qismiga

fartuk

mavzusiga

doir

savollar

yoziladi.

O‘quvchilar

savollarga

javobni

topib

bo‘laklar

birlashtiriladi.

Breyn-ring.

Bu o‘yin 2-guruhga kirib, unda har birida 5–6 nafardan o‘quvchi

qatnashgan jamoalar soni 2 tadan 5 tagacha bo‘lishi mumkin. Boshlovchi har bir
guruhga qisqa javobli savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo‘lib
to‘g‘ri javob bersa, qolgan barcha savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har
bir to‘g‘ri javob uchun olingan ball to‘planib boradi. Agar to‘plangan balni
vaqtida o‘z jamoasi hisobiga tushirib turmasa va o‘yinni to‘xtatmay, o‘yin
davomida noto‘g‘ri javob berib qo‘ysa, o‘sha ishtirokchi to‘playotgan barcha
ballar kuyib ketadi. Demak, qatnashuvchi o‘zi istagan paytda o‘yinni to‘xtatishi
va to‘plagan balini jamoa hisobiga tushirishi kerak. Qolgan savollarga endi
boshqa ishtirokchilar javob berishi lozim va ular ham o‘z jamoalari hisobiga ball
to‘plash imkoniga ega bo‘ladilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball.


background image

480

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Zanjir o‘yini.

Guruh 4ga bo‘linib, har bir guruhdan 1 o‘quvchi doska oldiga

chiqariladi. 1 o‘quvchi fanga tegishli atamani aytadi. Keyingi o‘quvchi oldingi
o‘quvchi aytganini va o‘zinikini qo‘shib aytadi. Undan keyingisi oldingi 2
o‘quvchi aytgan atamalarga yana o‘zi yangisini qo‘shib aytadi. O‘yin shu tariqa
davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi, eng oxiri o‘yindan chiqib
ketmay qolgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. O‘yin xotirani mustahkamlashga juda
qo‘l keladi.

Kim chaqqon?

Guruh ikkiga bo‘linib, har bir guruhdan bittadan o‘quvchi

doska oldiga chiqariladi. Bir o‘quvchi fanga tegishli atamani o‘zining maydoniga
yozadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi yozmagan qo‘shimcha atamani
ishlatadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi.
Kimning maydonida eng ko‘p to‘g‘ri, mantiqiy bog‘langan tushunchalar paydo
bo‘lsa, shu jamoa g‘olib sanaladi. O‘yin xotirani mustahkamlashda va
takrorlashda qo‘llaniladi.

Yuqoridagi

barcha

mulohazalarni

umumlashtirib,

o‘yinli

texnologiyalarni

qo‘llash natijasida quyidagi mulohazalarni o‘rinlidir:
1. Didaktik o’yinlar o’quv predmetlari bo’yicha dastur materialiga

muvofiq yo’sinda tanlanishi lozim.

2. Didaktik o’yin unda qatnashuvchilarga bilimlar bo’yicha ma'lum

talablar qo’yiladigan yo’sinda ishlab chiqilishi kerak.

3. Didaktik o’yinning muvaffaqiyatli o’tishi uning maqsadini yaqqol

aniqlashiga bog’liq. Chunki bunda o’quvchilarning fikrini maqsadli yo’nalishga
solish, ularning ishini bajarishga qiziqishini oshirish imkoniyati tug’iladi.

4. O’yinlarni tanlashda ma'lum izchillikka rioya qilish ham zarur. Mazmunan

qiyin o’yinlardan oldin osonroq o’yinlarni o’tkazib, o’quvchilarni navbatdagi
o’yinlarga puxtaroq tayyorlash juda muhimdir. Shu tariqa tahlil, sintez,
taqqoslash, tasniflashda mavhumlashtirish, muayyanlashtirish, umumlashtirish
singari aqliy operatsiyalarni asta-sekin murakkablashtirib borish shart.

5. Didaktik o’yinlarning qoidasini va tashkil etilishini tuzish va ishlab

chiqishda o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini, ularning turli (bo’sh va
kuchli, faol va loqayd) guruhlarini hisobga olish kerak.

6. O`yinning qoidalari sodda, aniq bo’lishi va yaqqol ifodalanishi lozim.
7. Har bir o’quvchi butun o’yin jarayonida faol ishtirok etishi, o’z "navbatini"

uzoq kutish o’yinga qiziqishni susaytirishi mumkinligini unutmaslik kerak.

8. Har bir o’yinga umumiy va yakka tartibda yondashish, undagi

topshiriqlarning qiyinlik darajasini va qanchasi mustaqil holda bajarilishini
hisobga olish kerak.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda biz bolani jismoniy jihatdan

o‘stiruvchi oddiy o‘yinlardan tortib, kattalar orasida ham mashhur bo‘lgan
intellektual o‘yinlardan iborat bir qancha o‘yinlar «ombori»ga egamiz. Barcha
o‘yinlarda o‘yinchi o‘yin shartlarini tezda o‘zlashtiradi va o‘ziga belgilangan
vazifani qabul qiladi. O‘yin qoidalarini bajarish jarayonida o‘yinchi o‘zining
maqbul qarorlarini o‘yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish


background image

481

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘yindagi musobaqa esa shaxsiy sifatning tinmay
yaxshilanib borishiga sabab bo‘ladi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi
natijasida, o’quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningd

е

k,

asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali ular insoniy fazilatlarni anglash,
bilimlarni chuqur o’rganish, keng fikrlash, t

е

gishli qarorlar qabul qilish

ko’nikmalari shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Yoldoshev J.G`, Usmonov C.A, “Pedagogik texnologiya asoslari”

Toshkent-2004y

2.To`xtaxo`jayeva M. X, Ashirboyev C, Hasanboyev J. Nishonova C.

Madiyarova C, Qoldibekova A, Usmonboyeva M. “Pedagogika” Toshkent-2005y
3.Hasanboyev J, Sariboyev H, Niyozov G, Hasanbayeva O, Usmonbayeva M.
“Pedagogika” o`quv qo`llanma “Fan” nashriyoti Toshkent-2006y

4. Axmedovich, I. M. (2024). XORIJIY TADQIQOTLARDA BO ‘LAJAK

PEDAGOGLARNING KASBIY FAOLIYATINI IJTIMOIY KOMPETENTLIK
ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ZARURIYATLARI. Science and innovation,
3(Special Issue 41), 446-449.

5.Ibroximov, M.

А

. (2023). PROFESSIONAL TA’LIM YO ‘NALISHI

TALABALARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA
TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI. Academic research in
educational sciences, 4(TMA Conference), 175-179.

6.Azizho’jaeva N.N.Pedagogik tehnologiya va pedagogik mahorat.

-

T.:

TDPU, 2003.

Bibliografik manbalar

Yoldoshev J.G`, Usmonov C.A, “Pedagogik texnologiya asoslari” Toshkent-2004y

To`xtaxo`jayeva M. X, Ashirboyev C, Hasanboyev J. Nishonova C. Madiyarova C, Qoldibekova A, Usmonboyeva M. “Pedagogika” Toshkent-2005y 3.Hasanboyev J, Sariboyev H, Niyozov G, Hasanbayeva O, Usmonbayeva M. “Pedagogika” o`quv qo`llanma “Fan” nashriyoti Toshkent-2006y

Axmedovich, I. M. (2024). XORIJIY TADQIQOTLARDA BO ‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY FAOLIYATINI IJTIMOIY KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ZARURIYATLARI. Science and innovation, 3(Special Issue 41), 446-449.

Ibroximov, M. А. (2023). PROFESSIONAL TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI. Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 175-179.

Azizho’jaeva N.N.Pedagogik tehnologiya va pedagogik mahorat. T.: TDPU, 2003.