Mualliflar

  • Maqsadjon Ibroximov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57755

Kalit so‘zlar:

tayanch va lingvistik kompetensiya tanishuv texnologiyasi matn tahlili muomala qilish ko‘nikmalari o‘quvchi qobiliyati do‘stona munosabat va erkin fikrlash

Annotasiya

Ushbu maqolada o‘quvchilarda tayanch va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarning o‘rni, qo‘llanilish ahamiyati, tanishuv texnologiyasi natijasida o‘quvchilarning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, muloqot yuritishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam berishi, hamda matnni tahlil qila olish va muomala qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish to‘g‘risida fikr yuritilgan


background image

437

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA

TA’LIM TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Ibroximov Maqsadjon Axmedovich- NamDPI

“Aniq fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘quvchilarda tayanch va lingvistik

kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarning o‘rni, qo‘llanilish
ahamiyati, tanishuv texnologiyasi natijasida o‘quvchilarning qobiliyatlarini
ro‘yobga chiqarish, muloqot yuritishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam
berishi, hamda matnni tahlil qila olish va muomala qilish ko‘nikmalarini
takomillashtirish to‘g‘risida fikr yuritilgan.

Kalit so`zlar

: tayanch va lingvistik kompetensiya,tanishuv texnologiyasi,

matn tahlili, muomala qilish ko‘nikmalari, o‘quvchi qobiliyati, do‘stona
munosabat va erkin fikrlash.

Jahonning bir qancha ilg‘or mamlakatlarida hamda O‘zbekiston

Respublikasi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida tayanch va lingvistik
kompetensiyaning inson muloqot amaliyoti va faoliyatidagi ahamiyati, tilni
o‘rganishda testlardan foydalanishga kommunikativ yondashuvlar va uni
innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida shakllantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Dunyo miqyosida ta’lim sifatini oshirish, modulli ta’limni tashkil
qilish,zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan
foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy qilish orqali ta’limni
axborotlashtirish sharoitida o‘quvchilarda kompetensiyalarni rivojlantirish
metodikasining tizimi ishlab chiqilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim,
fan va madaniyat masalalari bo‘yicha “Ma’rifiy, ilmiy va madaniy mazmundagi
materiallarni olib kirish” to‘g‘risidagi bitimida dunyo miqyosida o‘quvchilarni
o‘qitish sifatiga nisbatan teng sharoitlar yaratish, ta’lim jarayoniga innovatsion
pedagogic texnologiyalarni joriy etish dolzarb vazifa qilib qo‘yilmoqda .
Respublikamiz ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning erkin, mustaqil
fikrlashi, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo‘lishi, dahldorlik va ijtimoiy
faollikni yanada rivojlantirish borasida ta’limning sifat samaradorligini
oshirishga ahamiyat berilmoqda. Bu esa shaxsning intellektual qirralarini
shakllantirishda, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va
muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi.

Ferdinand de Sossyur tilshunoslik fanining asosiy vazifasi til lingvistikasini

o‘rganishdir deb ta’kidlaydi. U lingvistikani ichki va tashqi lingvistikaga ajratib,
ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi, tilshunoslik fanining asosiy vazifasi ichki
lingvistikani o‘rganishi kerak deb hisobladi. Bu fan qadimdan yozuvni yaratish,
o‘qitish, boshqa tillarni tushunish kabi amaliy ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat
qilgan. Hozirda esa uning amaliy ahamiyati yanada ortib, ona tilini o‘qitish, chet
tillarni o‘rgatish, tarjima qilish, o‘qitishni dasturlash kabi masalalar ham bu fanning
vazifalariga aylandi.


background image

438

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

O‘quvchi topshiriqlarni ishlash sirlarini o‘rganib borgan sari, unda ijodiy fikr

yuritish qobiliyati shakllanadi. Shuning uchun ona tili darslarida 6-sinflarda tayanch
va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish o‘quvchilarning chuqur bilim
olishlariga imkoniyat yaratibgina qolmay, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga
imkon beradi.

O‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida

qo‘llashga o‘rgatadigan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan davlat ta’lim
standarti ta’lim jarayoniga qo‘llanilmoqda. Kompetensiyaviy ta’lim o‘quvchilarning
ma’lum bilimlar yig‘indisini egallashnigina emas, balki shaxsni rivojlantirish, anglash
va yaratish qobiliyatlarini o‘stirishni mo‘ljallaydi.Til ta’limini o‘zlashtirish
jarayonida o‘quvchilarda shu fanning o‘ziga xosligi mazmunidan kelib chiqqan holda
tayanch va har bir fanga doir kompetensiyalarni egallashi belgilangan. Bu tayanch
kompetensiyalar quyidagilardan iborat:

Kommunikativ kompetensiya - o‘quvchining ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda

birorta xorijiy tilda muloqotga kirisha olishi, muomala madaniyatiga amal qilishi,
moslashuvchan va hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatiga ega
bo‘lishini nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - darslik, o‘quv qo‘llanma va

mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab
topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, media
madaniyatga ega bo‘lish;

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va

ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, hayotiy tajribasini
mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, mustaqil qaror qabul qila olish;

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya - sinfda, maktabda, oilada, mahallada va

jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga
rioya qilish;

Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-

oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va
san’at asarlarini tushunish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish;

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limning asosiy maqsadi -

kirishuvchan, yuzaga kelgan muammoning uch-to‘rt xil yechimini topa oladigan
ijodkor o‘quvchini tarbiyalashdir.

Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tadbiqiy asosini shaxsiy faoliyatli

yondashuv, tanqidiy-ijodiy fikrlash, muammolarni xal etish, qaror qabul qilish va
jamoada hamkorlikni qaror toptirishga oid pedagogik texnologiyalarni ishlab
chiqarish extiyojini yuzaga keltirmoqda.

O‘quv jarayonida ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘quvchilarni

mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish,
mas’uliyatni his etish, tahlil qilish,qo‘shimcha vositalardan unumli foydalanishga, eng
asosiysi o‘qishga, fanga, o‘zi tanlagan kasbiga nisbatan qiziqishini kuchaytiradi,
ta’limda samarali natijalarga erishiladi. Ta’lim texnologiyalari qo‘llanilgan
mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan axborotlarni izlab topishga, mustaqil o‘rganib
tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratiladi.


background image

439

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Kompetentlilik ta’limning asosiy maqsadi sifatida namoyon bo‘ladi. U
faoliyatning turli turlarini amalga oshirishga tayyorlikni ifodalaydi. Kompetensiya
bilim, ko‘nikma, malakalardan tubdan farq qilsada, ularni inkor etmaydi.
Kompetensiya bilimlardan ular faoliyat turi haqida axborot berish bilan emas, balki
faoliyat turida mavjudligi bilan farqlanadi. Kompetensiya ko‘nikmalardan turli
vaziyatlarda turli-tuman topshiriqlarni yechish imkoniyatiga egaligi bilan ajralib
turadi. Malakalardan esa kompetensiya anglanganligi, avtomatlashmaganligi bilan
farqlanib, u o‘quvchilarga nafaqat odatiy, balki nostandart vaziyatlarda ham aniq
harakatlanish imkonini beradi. Bu shundan dalolat beradiki, bilim, ko‘nikma,
malakalarning mavqei ta’limning asosiy va oraliq maqsadlariga ko‘chib, ko‘zlangan
natijaga erishish uchun sharoit yaratadi.

So‘nggi yillarda chop etilayotgan ilmiy manbalarda bilim, ko‘nikma,

malaka va kompetensiyalarni bir yo‘la loyihalashtirish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Shu
asosdan kelib chiqqan holda bir qator yondashuvlarni ilgari surish mumkin.

Shu nuqtai nazardan yondashganda kompetensiya ta’lim mazmunining

tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular: davlat ta’lim standartlari; bitiruvchi sinf
o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar; bilim, ko‘nikma,
malakalar majmuini ifodalovchi shaxsning tayyorgarligini ta’minlovchi, ularning
shaxsiy tajribasiga kiruvchi, ular uchun ahamiyatli bo‘lgan me’yorlardan iborat.
Kompetentlilik esa kompetensiyalarni egallashni anglatib, o‘quvchining bilim,
ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan shaxsiy munosabati, ta’limning real
darajasini o‘z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. YUNESKO xalqaro me’yoriy hujjatlari. // O‘zbekcha nashrining mas’ul
muharriri

L.Saidova.

T.:

“Adolat”,

2004.

B.

19-62.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi
“Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim
standartlarini

tasdiqlash

to‘g‘risida”

gi

187-son

qarori.

3. Axmedovich, I. M. (2024). XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA
TALABALAR

IJTIMOIY-KASBIY

KOMPETENTLIGINI

RIVOJLANTIRISHDA HAMKORLIK MEXANIZMLARI. Science and
innovation,

3(Special

Issue

16),

86-88.

4. Ishmuhamedov R.J., M.T.Mirsolieva “O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim
texnologiyalari”. – Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2014.

5.

Мухитдинова

,

Ж

.

Р

. (2022).

ПРИОРИТЕТНЫЕ

НАПРАВЛЕНИЯ

РАЗВИТИЯ

ТВОРЧЕСКОГО

ПОТЕНЦИАЛА

МОЛОДЕЖИ

. In

Социально

-

экономическое

развитие

региона

:

опыт

,

проблемы

,

инновации

(pp. 85-89).

6. Ibroximov, M.

А

. (2023). PROFESSIONAL TA’LIM YO ‘NALISHI

TALABALARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA
TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI. Academic research in
educational sciences, 4(TMA Conference), 175-179.


background image

440

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

7. Abdugaffor Khurmamatov, Abdurahim Matkarimov, Alisher Auesbaev,

Usnatdin Utegenov

Results Of Experiments On Studying The Composition And

Purification Of Technical Water Of Oil And Gas Processing Plant //

Processes of

Petrochemistry and Oil Refining 2023

.-

4

8.

А

.

Маткаримов

Применение

технологии

проблемного

обучения

в

преподавании

основ

безопасности

жизнедеятельности

.

Проблемы

науки

2017

.-

7 (20)

9.

А

.

Маткаримов

Измерение

и

контроль

вибраций

при

производственном

процессе

.

Достижения

науки

и

образования

2017.

-

5

(18)

10.

А

.

Маткаримов

Проблема

охраны

труда

и

промышленная

безопасность

на

опасных

производственных

объектах

.

Достижения

науки

и

образования

2017.

-

6 (19)

Bibliografik manbalar

YUNESKO xalqaro me’yoriy hujjatlari. // O‘zbekcha nashrining mas’ul muharriri L.Saidova. – T.: “Adolat”, 2004. – B. 19-62.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-son qarori.

Axmedovich, I. M. (2024). XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA TALABALAR IJTIMOIY-KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA HAMKORLIK MEXANIZMLARI. Science and innovation, 3(Special Issue 16), 86-88.

Ishmuhamedov R.J., M.T.Mirsolieva “O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim

texnologiyalari”. – Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2014.

Мухитдинова, Ж. Р. (2022). ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА МОЛОДЕЖИ. In Социально-экономическое развитие региона: опыт, проблемы, инновации (pp. 85-89).

Ibroximov, M. А. (2023). PROFESSIONAL TA’LIM YO ‘NALISHI TALABALARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI. Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 175-179.

Abdugaffor Khurmamatov, Abdurahim Matkarimov, Alisher Auesbaev, Usnatdin Utegenov Results Of Experiments On Studying The Composition And Purification Of Technical Water Of Oil And Gas Processing Plant // Processes of Petrochemistry and Oil Refining 2023.- №4

А.Маткаримов Применение технологии проблемного обучения в преподавании основ безопасности жизнедеятельности. Проблемы науки 2017.- №7 (20)

А.Маткаримов Измерение и контроль вибраций при производственном процессе. Достижения науки и образования 2017.- №5 (18)

А.Маткаримов Проблема охраны труда и промышленная безопасность на опасных производственных объектах. Достижения науки и образования 2017.- №6 (19)