Universal International Scientific Journal
26
Sansarova Zarina Raxmatillo qizi.,
Tojiboyev Murodali Umaraliyevich
Andijon davlat pedagogika instituti
Uzbekistan
ASKOMITSETLARNING UMUMIY TAVSIFI, AHAMIYATI, VAKILLARI
Abstract:
This article provides information on the general description, importance, and
representatives of ascomycetes. The bottom and top representatives of the class are vegetative, asexual and
sexually reproductive. Ascomycetes parasitize agricultural crops and cause various diseases. Some of them
have useful aspects, such as antibiotics, vitamins, etc.
Keywords:
false div, mycelium, pore, gametangia, ascospore, ascostroma, nudibranch, saprotroph.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada askomitsetlarning umumiy tavsifi, ahamiyati, va vakillari haqida
ma’lumot yoritib berilgan. Sinfning tuban hamda yuqori vakillari, vegetaativ, jinssiz va jinsiy ko’payishlari
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Askomitsetsimonlar qishloq xo’jalik ekinlarida parazitlik qilib har xil
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ularning foydali tomonlari ham bo’lib ba’zi turlaridan antibiotiklar,
vitaminlar va boshqa moddalar olinadi.
Kalit so‘zlar:
soxta tana, mitselliy, pora, gametangiya, askospora, askostroma, yalang’och
xaltachalilar, saprotrop.
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9
International indexes
Universal International Scientific Journal
2
7
Аннотация:
В данной статье представлена информация об общем описании, значении и
представителях аскомицетов. Нижние и верхние представители класса вегетативные, бесполые и
половоразмножающиеся. Аскомицеты паразитируют на сельскохозяйственных культурах и
вызывают различные заболевания. Некоторые из них имеют полезные свойства, например,
антибиотики, витамины и т. д..
Ключевые слова:
ложное тельце, мицелий, пора, гаметангий, аскоспора, аскострома,
голожаберник, сапротроф.
Language:
Uzbek
Citation:
Sansarova , Z., & Tojiboev , M. GENERAL DESCRIPTION, IMPORTANCE, AND
REPRESENTATIVES OF ASCOMYCETES. Universal International Scientific Journal, 1(9), 26–28.
Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1204
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14293889
Askomitsetsimonlar sinfi, zamburug’lar
bo’limining kata sinfi bo’lib, uning tarkibiga
tuzulishi va xayot tarsi xilma-xil bo’lgan 30000
ga yaqin tur kiradi. Bu sinf vakillarining
xususiyati ko’payish vaqtida sporalar alohida
xaltacha ichida hosil bo’ladi. Xaltacha ichida 8
ta askospora yetiladi. Askomitsetsimonlarning
vegetativ
tanasi
shoxlangan
gaploidli
mitseliydan iborat. Mitselliy bir yoki ko’p
yadroli, to’siqli bo’ladi. To’siq mitseliy
devorlaridan markazga tomon o’sib, o’rtada
ochiq joy qoladi bunga pora deyiladi. Pora
orqali hujayraning yadro, sitoplazma va uning
orgonoidlari harakat qiladi .Bundan tashqari,
pora orqali oziq moddalar o’tib o’sish zonasiga
yetib boradi.
Tuban
taraqqiy
etgan
askomitsetsimonlarninng
ayrim
vakillarida
mitselliy bo’lmaydi. Vegetativ tana bir
hujayrali kurtaklardan tashkil topgan. Bunday
vegetativ tanaga “soxta tana” deyiladi. Masalan,
achitqi zamburug’lar. Vegetativ tanada haqiqiy
to’qima faqat parazitlikka ixtisoslashgan
labulbenlilarda uchraydi.
Askomitsetli zamburug’larning hujayra
devorida 20-25% xitin bo’ladi. Achitqi
zamburug’larida xitin juda oz miqdorni tashkil
etib 1% ga boradi. Hujayra devorining 80-90%
ni
glyukap
moddasi
egallaydi.
Askomitsetlarning taraqqiyot shaklida jinssiz
ko’payish muhim ahamiyatga ega. Jinssiz
ko’payish vaqtida hosil bo’ladigan spora
konidiydir. Konidiy gaploidli mitselliylarning
sirtida hosil bo’ladi. Konidiylar zamburug’ning
vegetatsiya davrida hosil bo’lib tez tarqaladi.
Tuban taraqqiy etgan askomitsetlarning jinsiy
ko’payishi gametalarga ajralmagan ikki
mitselliyning uchlarini qo’shilishi bilan sodir
Universal International Scientific Journal
2
8
bo’ladi. Bunday hujayralar gametangiya
deyiladi.
Jinsiy
ko’payishga
esa
gametangigamiya
deyiladi.
Askomitsetli
zamburug’larning ko’pchilik turlarida jinsiy
organlarining qo’shilishi reduksiyalangan.
Ba’zan anteridiy o’smay qoladi, bunday
hollarda anteridiy vazifasini konidiy, vegetativ
gifalar yoki mayda hujayrachalar bajaradi.
Ba’zan 2 jinsli gametangiyalari rivojlanmasdan
qolsa,
u
vaqtda
mitselliyning
somatik
hujayralari qo’shiladi, bunga somatogamiya
deyiladi. Askosporalar har xil: sharsimon,
ellipsimon yoki ipsimon bo’ladi. Bunday
sporalar bir hujayrali yoki bo’g’inli ham
bo’lishi mumkin. Ba’zan askosporalar popukli
bo’lib tarqalishga yordam beradi. Tuban
askomitsetlarning
xaltachasi
bevosita
mitseliyda hosil bo’ladi, lekin yuqori
askomitsetlarda
xalta
mevatanalarda
askostromada
vujudga
keladi.
Askomitsetsimonlarda mevatana bo’lishi yoki
bo’lmasligiga qarab, ular 3 ta kenja sinfga
bo’linadi: 1) yalang’och xaltachalilar, 2)
euaskomitsetlilar va 3) lokulaskomitsetlilar.
Askomitsetsimonlar yer yuzining hamma
geografik
mintaqalarda
tarqalgan.
Ular
tuproqda,
o’simlik
qoldiqlarida
yashab
saprotrof oziqlanadi. Saprotrof oziqlanuvchi
askomitsetlarning ba’zi turlari oziq-ovqat va
meva sabzavotlarning ustida yashab, po’panak
hosil qiladi. Askomitsetsimonlarning ayrim
turlari yuksak o’simliklar, suv o’tlar,
lishayniklar, hayvon va odam tanasida yashab,
parazitlik
qiladi.
Har
xil
kasalliklarni
qo’zg’atadi. Askomitsetlarning ba’zi turlari
qishloq xo’jalik ekinlariga parazitlik qilib,
shudring, oidium, parsha kabi kasalliklarni
keltirib chiqaradi. Shu bilan bir vaqtda
askomitsetsimonlarning foydali tomonlari ham
bor. Ularning ba’zi turlaridan antibiotiklar,
vitaminlar, fermentlar, alkaloidlar va spirt
olinadi. Biologiya va genetika sohasida ilmiy
tadqiqotlar olib borishda askomisetsimonlardan
obyekt sifatida foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Zaxarov V.B..Mamatov S.,Обшая биология. M., 2002;
2.
Chyen-sov Yu.S., Обшая цитология, M., 1984;
3.
Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1-3. M., 1990;
4.
Mavlonov O., Biologiya (Ma’lumotnoma), T., 2003.
5.
N.Grin va boshq. "Biologiya". 1990y.
6.
A.S.Troshin va boshq. "Sitologiya". 1970y-.
7.
T.B.Boyqobilov, X.Ikromov "Sitologiya."1980y.
8.
Sattiboev M.S. "O'simlik hujayrasi".T. 1990y.
