Mualliflar

  • Madina Azimova
    Buxoro muhandislik – texnologiya instituti
  • Gulnoz Temirova
    Buxoro muhandislik – texnologiya instituti
  • Salix Tashpulatov
    Buxoro muhandislik – texnologiya instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.69637

Kalit so‘zlar:

adgeziya polimer kompozisiya nano texnologiya moʻyna resurstejamkorlik ultratovush sintetik kley

Annotasiya

Maqolada moʻynadan tikilgan buyumlar ishlab chiqarishda adgezion texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyati, ularning turlari va qoʻllash usullari, shuningdek, zamonaviy sanoatda bu texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

135

Universaljurnal.uz

Azimova Madina Narzulloevna., Temirova Gulnoz Ibodovna., Tashpulatov Salix Shukurovich

Buxoro muhandislik – texnologiya instituti

Uzbekistan

amikomjon@mail.ru

Annotatsiya:

Maqolada moʻynadan tikilgan buyumlar ishlab chiqarishda adgezion texnologiyalarni

qoʻllashning ahamiyati, ularning turlari va qoʻllash usullari, shuningdek, zamonaviy sanoatda bu

texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

adgeziya, polimer kompozisiya, nano texnologiya, moʻyna, resurstejamkorlik,

ultratovush, sintetik kley.

Аннотация:

В стате анализируеця значение применения адгезионних технологий в

производстве изделий из меха, их види и методи применения, а также тенденсии развития етих

технологий в современной промишленности.

Ключевые

слова:

адгезия,

полимерная

композисия,

нанотехнологии,

мех,

ресурсоеффективност, ултразвук, синтетичэский клей.

Abstract:

The article analyzes the significance of adhesion technologies in the production of fur

products, their types and application methods, as well as trends in the development of these technologies

in modern industry.

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

MOʻYNADAN TIKILGAN BUYUMLAR UCHUN ADGEZION TEXNOLOGIYALARNING

AHAMIYATI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 2

Published: 27.02.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes

GOOGLE SCHOLAR

CROSSREF (OAK BAZA)

ZENODO

OPEN AIRE

RESEARCHGATE (OAK BAZA)

SJIF


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

13

6

Keywords:

adhesion, polymer composition, nanotechnology, fur, resource efficiency, ultrasound,

synthetic glue.

Language:

Uzbek

Citation:

Azimova , M., Temirova , G., & Tashpulatov , S. (2025). THE IMPORTANCE OF

ADHESIVE TECHNOLOGIES FOR FUR PRODUCTS. Universal International Scientific Journal, 2(2),

135–142. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1456

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14960266

Google scholar:

https://scholar.google.com/ scholar?hl=ru&as _sdt=0% 2C5 &q= MO%CA% BBY NADAN+TIK ILGA N+BUYUM LAR+U CHU N+ADGEZI ON+TE XN OLOGbil madi m cvsvIYALA RNI NG+AHAMIYATI &btnG=

Moʻynadan tikilgan buyumlar insoniyat

tarixida

azaldan

nafaqat

sovuqdan

himoyalovchi vosita, balki nafislik va boylik
ramzi sifatida e'tirof etilib kelgan. Zamonaviy
engil sanoatda moʻyna mahsulotlariga boʻlgan
talab ortib, ularning sifatini oshirish va ishlab
chiqarish

jarayonlarini

takomillashtirish

dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu nuqtai
nazardan, adgezion texnologiyalar moʻynadan
tikilgan buyumlarni yaratishda muhim oʻrin
tutadi.

Adgezion

texnologiyalari

materiallar

oʻrtasidagi mustahkam birikmani ta'minlab,
mahsulotning nafaqat tashqi koʻrinishi, balki
uning mustahkamligi va ishlash muddatiga ham
ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Bunda turli xil
yopishtiruvchi moddalar va zamonaviy ishlab
chiqarish usullaridan foydalanish orqali moʻyna
va

matoning

bir-biriga

integrasiyasi

ta'minlanadi.

Zamonaviy

engil

sanoatda

moʻynadan

tikilgan

buyumlarni

ishlab

chiqarishda resurs tejamkor texnologiyalarni
joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
An'anaviy mexanik bogʻlash (tikish) usullari
mahsulot ogʻirligini oshiradi, energiya va
mehnat sarfini koʻpaytiradi. Shuning uchun
adgezion xususiyatlari yuqori boʻlgan polimer
kompozisiyalarni

qoʻllash,

buyumlarning

mustahkamligini oshirish va ishlab chiqarish
jarayonini optimallashtirish imkonini beradi.

Moʻynadan tikilgan buyumlar ishlab

chiqarishda materiallarni biriktirish usullari
muhim oʻrin tutadi. An'anaviy mexanik
biriktirish (tikish) texnologiyalari uzoq vaqtdan
beri

qoʻllanilsa-da,

ularning

ayrim

kamchiliklari bor. Bugungi kunda adgezion
(yopishtirish) texnologiyalari yangi innovasion
echim

sifatida

ishlab

chiqarishda

keng

qoʻllanilmoqda. Ushbu maqolada moʻynadan
tikilgan

buyumlar

uchun

adgezion

texnologiyalarning

ahamiyati,

ularning

afzalliklari va qoʻllanish sohalari tahlil qilinadi.

Adgeziya va uning moʻyna sanoatidagi

oʻrni

Adgeziya – materiallar yuzasini kimyoviy

yoki fizik usullar orqali biriktirish jarayonidir.
Moʻyna sanoatida adgezion texnologiyalar
mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish
jarayonini optimallashtirish uchun ishlatiladi.

Adgeziya bu oʻzaro bogʻlangan turli

yuzalar orasidagi yopishqoqlikdir. Kiyim
tayyorlash

texnologiyasida

-

adgeziya

yordamida oʻzaro ta'sirlashuv orqali kiyim
qismlarining uzviy bogʻliqligini amalga
oshirish

muhim

ahamiyat

kasb

etadi.

Bajaradigan

vazifasiga

qarab,

yopishqoq

birikmaning tarkibiy qismlari quyidagicha
nomlanadi: yopishtiriladigan tarkibiy qismlarni
oʻz ichiga oluvchi substratlar (bu holda moʻyna
yarim tayyor mahsulot) va yopishtiruvchi


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

13

7

moddalar (kollagen tarkibli material). Bunday
vaqtda, substrat oquvchan adgeziv bilan
namlanadi, bu bogʻlanish yuzalar oʻrtasida
molekulyar aloqa vujudga kelishi natijasida,
fazalararo oʻzaro ta'sirga ega xarakteriga qarab,
u yoki bu mustahkamlikka ega boʻlgan birikma
hosil boʻlishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda
adgeziya namoyon boʻlishining oʻziga xos
xususiyatlarini oʻrganish va tushuntirishda
ularni qoʻllash sohasiga koʻproq bogʻliq
boʻlgan turli xil nazariyalar qoʻllaniladi. Qattiq
jismlar uchun deyarli barcha asosiy nazariyalar
ishlab chiqilgan.

Adgezion xususiyatlari yuqori boʻlgan

polimer kompozisiyalar

Polimer materiallari moʻyna va matolar

oʻrtasidagi bogʻlanishni mustahkamlashga
yordam

beradi.

Ularning

asosiy

turlari

quyidagilardan iborat:

1.

Biopolimerlar

asosidagi

yopishtiruvchilar

Kollagen, xitozan va alginat kabi tabiiy

polimerlardan iborat. Ekologik xavfsiz va
biodegradasiyaga uchraydi.Teri va moʻynaga
yaxshi birikib, choʻziluvchanlikni saqlaydi.

2. Nano-kompozit polimerlar. Koʻp

qatlamli nanostrukturali moddalar, grafen va
uglerod nanotubalari asosida tayyorlangan.

Yuqori

adgeziya

va

chidamlilikka

ega.Ultratovush yoki lazer texnologiyalari
orqali faollashtiriladi.

3. Termoreaktiv va fotopolimer asosli

kleylar. Ultrabinafsha (UV) yoki infraqizil (IR)
nurlanishda qotadi.Tez biriktirish va yuqori
barqarorlik ta'minlaydi.Kiyimning umumiy
estetikasiga ta'sir qilmaydi.

Moʻynadan

tikilgan

buyumlarni

loyihalash usulini takomillashtirish

1. Material tanlash va uygʻunlashtirish.

Loyihalash jarayonida moʻyna va yordamchi
matolarga

mos

keluvchi

yopishtiruvchi

polimerlar tanlanadi. Bu jarayonda quyidagi
mezonlar inobatga olinadi: Materiallarning
choʻziluvchanlik va deformasiya koeffisienti.
Yopishtiruvchining

mexanik

ta'sirga

barqarorligi.Namlik va harorat oʻzgarishlariga
chidamliligi.

2.

Kompyuter

modellashtirish

va

simulyasiya

Resurs tejamkorlikka erishish uchun

adgezion bogʻlanishlarning kuchini aniqlashda
kompyuter modellashtirish qoʻllaniladi. Bu
orqali: Adgeziya kuchini taxmin qilish.

Kamchiliklarni bartaraf etish.
Optimal konstruksiya echimlarini topish

imkoni paydo boʻladi.

3. Adgeziya jarayonini avtomatlashtirish

natijasida sanoat ishlab chiqarish jarayonida
avtomatlashtirilgan robot tizimlari yordamida
adgezion bogʻlanishlar amalga oshiriladi. Bu
usulning afzalliklari: kam sarf-xarajat hamda
chiqindilarni kamaytirish. Yuqori aniqlik va
sifat kafolati.








Rasm-1. Adgeziya vositasida biriktirish usullari.

Polimer yopishtiruvchilar

organik va sintetik kleylar

Adgeziya vositasida

biriktirish usullari

Termoreaktiv

yopishtiruvchilar

Ultratovushli va lazerli

adgeziya

Nano-texnologik adgezivlar


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

13

8


Adgeziya

vositasida

biriktirishning

quyidagi usullarini koʻrib chiqish mumkin

Polimer yopishtiruvchilar – organik va

sintetik kleylar, nano-texnologik adgezivlar –
yuqori

adgeziyaga

ega

innovasion

moddalar,termoreaktiv yopishtiruvchilar –
issiqlik

ta'sirida

qotadigan

moddalar,ultratovushli va lazerli adgeziya –
mexanik

ta'sirsiz

biriktirish

usullari.

Tikuvchilikda

adgeziya

vositasining

afzalliklari shundan iboratki, ishlab chiqarish
jarayonida vaqt sarfi kamayadi, tikuv
mashinasidan foydalanishga hojat qolmaydi,
mehnatni tejaydi. Tikuvlarsiz biriktirilgan
mahsulotning estetik koʻrinishini yaxshilaydi,
zamonaviy

dizayn

yaratadi.Adgeziya

vositasida biriktirilgan qismlar qattiq va
mexanik ta'sirga chidamli boʻladi.Turli xil
materiallarni bir-biriga oson va sifatli
biriktirish imkoniyatiga ega.















Rasm-2. Adgezion texnologiyalarning afzalliklari


1. Engillik va yumshoqlik An'anaviy

tikish usullarida qoʻshimcha iplar va matolar
ishlatiladi,

bu

esa

mahsulotning

ogʻirlashishiga

olib

keladi.

Adgezion

texnologiyalar orqali bu muammo bartaraf
etilib, buyumlar engil va ergonomik boʻladi.

2. Estetik koʻrinish va yuqori sifat Tikish

jarayonida material yuzasida iplar koʻrinib
qolishi mumkin, bu esa mahsulotning tashqi
koʻrinishiga salbiy ta'sir qiladi. Adgeziya
usulida

esa

koʻzga

koʻrinmaydigan

mustahkam bogʻlanish hosil boʻladi va

mahsulot tabiiy koʻrinishni saqlab qoladi.

3. Choʻziluvchanlik va mustahkamlik.

Adgezion

texnologiyalar

moʻyna

va

yordamchi matolar oʻrtasida mustahkam
bogʻlanish hosil qiladi. Bu esa mahsulotning
chidamliligini oshiradi va uni uzoq muddatli
ishlatish imkonini beradi.

4. Ob-havo va namlikka chidamlilik.

Koʻplab adgeziv materiallar suv va namlik
ta'sirida mustahkamligini saqlab qoladi, bu esa
moʻynadan tayyorlangan kiyimlar uchun
muhim jihat hisoblanadi.

Adgezion

texnologiyalarning

afzalliklari

yengillik va

yumshoqlik

Estetik koʻrinish va

yuqori sifat

Choʻziluvchanlk va

mustahkamlik

Ob-havo va

namlikka

chidamlilik

Ekologik tozalik va

resurstejamkorlk


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

13

9

5. Ekologik tozalik va resurs tejamkorlik.

Zamonaviy biopolimer asosli yopishtiruvchi
moddalar

an'anaviy

(mexanik)

yopishtiruvchilarga nisbatan atrof-muhitga
kamroq zarar etkazadi va resurs tejamkorlikni
ta'minlaydi.




Rasm-3. Ipak matoga moʻyna boʻlaklarini shaxmat usulida yacheykalarga terib joylashtirish

usuli

1-moʻyna boʻlaklari, 2-ipak mato
Ta'riflangan usulda, moʻynali paket

tayyorlashning kamchiligi shundaki, bunda
moʻynani kichik qismlarga ajratish zarurati
tufayli

ularning

ishlab

chiqarish

jarayonlarining

murakkablashishiga

olib

keladi.

Tabiiy

moʻynali

paketdan

kiyim

tayyorlashning yana bir ma'lum usuli, bu
terilarning nostandart qismlarini hamda
moʻynali

terining

oyoq

qiyqimlarini

ishlatishdan iborat. Bu usul mato (zamsh) va
moʻynali teridan kesilgan tasmalarning oʻzaro
biriktirilishi

tufayli

ularning

chiziqli

oʻlchamlari sezilarli darajada oshishi bilan
bogʻliq. Usul naqshga muvofiq boʻlaklarni
qirqish natijasida hosil boʻlgan nostandart
moʻynali xomashyoni qayta ishlashni ma'lum
darajada kengaytiradi.

Ipak matoga moʻyna boʻlaklarini

shaxmat

usulida

yacheykalarga

terib

joylashtirish – bu moʻyna boʻlaklarini ipak
asosida shaxmat taqsimotiga oʻxshash tarzda
joylashtirish va biriktirish usulidir.

Usulni bajarish jarayoni quyidagicha

amalga oshiriladi: Matoni tayyorlash, ipak
mato tekislanadi va uning ustidan maxsus
belgilar

yordamida

shaxmat

usulida

yacheykalar chiziladi. Moʻyna boʻlaklari
tayyorlanadi va bir bir xil oʻlchamda kesiladi.
Ular jun yoʻnalishiga qarab terib chiqiladi.
Moʻyna

boʻlaklari

matoda

chizilgan

yacheykalarga shaxmat tarzida joylashtiriladi.
Bunda har bir qatorda boʻlaklar aylanma
joylashtiriladi. Boʻlaklar adgeziya usuli bilan
ipak matoga biriktiriladi.

Yakuniy ishlov berishda mahsulot yuzasi

tekshiriladi, tegishli holatda qirqim va
tekislash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu
usulning afzalliklari shundaki,mahsulotda
noyob

tekstura

va

koʻrkamlik

hosil


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

1

4

0

qiladi.Moʻynani tejab ishlatish imkonini
beradi.

Ipak va moʻynaning kombinasiyasi

engillik va nafislikni ta'minlaydi.

Bu usul koʻpincha ustki kiyimlar va

aksessuarlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.


Qoʻllanish sohalari:
1. Moʻynadan turli xil kiyim-kechaklar

jumladan, paltolar,kurtkalar, jiletlar tikiladi,
undan tashqari turli xil aksessuarlar, jumladan
qoʻlqop, sharf va bosh kiyimlar ham
tayyorlanadi. Shuningdek poyabzal sanoatida
moʻyna va charmni biriktirishda adgeziyani
ahamiyati katta. Moʻyna va charmni
biriktirishda adgeziyani qoʻllash natijasida
oyoq kiyimlarning chidamliligi oshiriladi.
Avtomobil

va

mebel

sanoatida

avtomobillarning salonlarini moʻyna bilan
bezatish mumkin

Moʻynadan tikilgan buyumlar uchun

adgezion

texnologiyalarning

ahamiyati

shundan iboratki, tikish jarayonida mexanik
bogʻlashdan foydalanish ba'zi kamchiliklarga
olib keladi: buyum ogʻirlashadi, chunki
qoʻshimcha iplar va matolar talab qilinadi,
deformasiya xavfi yuzaga keladi, ayniqsa,
nozik va yupqa moʻynada, choʻziluvchanlik
pasayadi, bu esa kiyimning ergonomik
xususiyatlarini pasaytiradi.

Adgezion usullardan foydalanish esa

quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Engil konstruksiya – mahsulotning

umumiy ogʻirligini kamaytiradi. Yupqalik va
jipslik – biriktiruvchi materiallar juda ingichka
boʻlgani uchun moʻynaning tabiiy koʻrinishi

saqlanadi. Yuqori mexanik barqarorlik –
qattiq, chidamli va uzoq muddatli bogʻlanish
hosil qiladi. Ekologik xavfsizlik – an'anaviy
kimyoviy kleylarga nisbatan resurs tejamkor
moddalardan foydalanish.


Xulosa
Moʻynadan

tikilgan

buyumlarni

loyihalashda adgezion xususiyatlari yuqori
boʻlgan

polimer

kompozisiyalarning

qoʻllanilishi

mahsulotning

engilligini,

mustahkamligini va ekologik xavfsizligini
ta'minlaydi. Resurs tejamkor texnologiyalar
esa ishlab chiqarish jarayonida energiya
sarfini

kamaytiradi

va

samaradorlikni

oshiradi.

Adgezion

texnologiyalar

moʻyna

sanoatida yuqori sifatli, engil va chidamli
mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Bu texnologiyalar mahsulot ogʻirligini
kamaytiradi,

estetik

koʻrinishni

yaxshilaydi,mustahkamlik va chidamlilikni
oshiradi

hamda

ekologik

xavfsizlikni

ta'minlaydi. Adgeziya usullarini mexanik
tikish jarayonlari bilan uygʻunlashtirish
natijasida

polimer

va

biopolimer

yopishtiruvchilardan

foydalanishni

kengaytirib, nano-texnologiyalar asosida
yangi yopishtiruvchi materiallar ishlab chiqish
muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib,
moʻynadan

tikilgan

buyumlar

ishlab

chiqarishda

adgezion

texnologiyalarni

qoʻllash sanoatni yangi bosqichga olib chiqish
va mahsulotlarning sifatini oshirishga xizmat
qiladi.

ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.M.N.Azimova. Rol plyonkaobrazovateley v formirovanii kachestva naturalnix koj //


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

1

4

1

Mejdunarodnaya nauchnaya konferensiya, posvyashennaya 135-letiyu so dnya rojdeniya
professora V.E.Zotikova. Sbornik nauchnix trudov Chast 1 Moskva,2022.S.25-30

2.Tashpulatov S.Sh., Azimova M.N., Subxonova I. Issledovanie adgezionnix svoystv

mexovix paketov s ispolzovaniem kollagensoderjashix materialov // Scientific progress,
2022. № 3(2). - s.157-168.

3.Razrabotka sposoba izgotovleniya mexovix izdeliy na osnove resursosberejeniya //

Universum: texnicheskie nauki : elektron. nauchn. jurn. Tashpulatov S.Sh. [i dr.]. 2021.
11(92). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/12555 (data obrasheniya:
14.09.2023).

4.Azimova, M. N., Temirova, G. I., & Tashpulatov, S. Sh. (2023). PUTI

SOVERShENSTVOVANIYa METODOV PROEKTIROVANIYa I TEXNOLOGII
IZGOTOVLENIYa MEXOVIX IZDELIY NA OSNOVE RESURSOEFFEKTIVNOSTI.
Universum: texnicheskie nauki, (9-3 (114)), 22-26.

5.Azimova, M. N. (2022). DIZAYN I ISKUSSTVO SOVREMENNOGO

UZBEKISTANA. MOYa PROFESSIONALNAYa KARERA Uchrediteli: Obshestvo s
ogranichennoy otvetstvennostyu" Moya professionalnaya karera", 1(33), 87-92.

6.Azimova, M. N. (2022). VIShITIE UZORI I SVETI V UZBEKSKIX

NASIONALNIX KOSTYuMAX SOSTAV I ISTORIYa. In Innovasii i texnologii k razvitiyu
teorii sovremennoy modi," Moda (Materiali. Odejda. Dizayn. Aksessuari)",
posvyashyonnaya Fyodoru Maksimovichu Parmonu (pp. 176-179).

7.Temirova, G. I. (2020). PERSPEKTIVI RAZVITIYa SPOSOBOV NANESENIYa I

UKREPLENIYa DEKORATIVNIX ELEMENTOV IZ NATURALNOGO MEXA.
International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences, 1(2), 52-58.

8.AZIMOVA M., ERGASHEVA M. COMPOSITION AND MODERN STYLE

//EURASIAN JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY. – 2019. – T. 1. – №. 2.

9.Rajabova G. et al. Designing rational, multi-range flexible technological flows in the

sewing industry //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2022. – T. 2467. – №. 1.

10. Gaybullaeva, N. (2024). SPESIALNAYa ODEJDA DLYa RABOTNIKOV

AGROSANOATA: OBESPEChENIE BEZOPASNOSTI I KOMFORTA. PROBLEMS
AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH, 1(6), 10-12.

11.Negmatovna, N. G., & Erkinovna, U. V. MEANING OF SPIRITUAL HERITAGE

OF KHODJA ALI ROMITANIY. International Journal of Early Childhood, 14(03), 2022.

12. Temirova, G. I., Tashpulatov, S. S., & Cherunova, I. V. (2018). PRODUCTION

TECHNOLOGY FROM NATURAL POWER ON THE FULL-TERMOLOGICAL
TECHNOLOGY. In The latest research in modern science: experience, traditions and
innovations (pp. 44-48).

13. Ubaydova, V., Azimova, M., & Khudoyberdieva, S. (2024, January). Creation of a


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(2)

Universaljurnal.uz

1

4

2

mathematical model of computer-aided design of patterns and ornaments for gold
embroidery. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2969, No. 1). AIP Publishing.

Bibliografik manbalar

M.N.Azimova. Rol plyonkaobrazovateley v formirovanii kachestva naturalnix koj // Mejdunarodnaya nauchnaya konferensiya, posvyashennaya 135-letiyu so dnya rojdeniya professora V.E.Zotikova. Sbornik nauchnix trudov Chast 1 Moskva,2022.S.25-30

Tashpulatov S.Sh., Azimova M.N., Subxonova I. Issledovanie adgezionnix svoystv mexovix paketov s ispolzovaniem kollagensoderjashix materialov // Scientific progress, 2022. № 3(2). - s.157-168.

Razrabotka sposoba izgotovleniya mexovix izdeliy na osnove resursosberejeniya // Universum: texnicheskie nauki : elektron. nauchn. jurn. Tashpulatov S.Sh. [i dr.]. 2021. 11(92). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/12555 (data obrasheniya: 14.09.2023).

Azimova, M. N., Temirova, G. I., & Tashpulatov, S. Sh. (2023). PUTI SOVERShENSTVOVANIYa METODOV PROEKTIROVANIYa I TEXNOLOGII IZGOTOVLENIYa MEXOVIX IZDELIY NA OSNOVE RESURSOEFFEKTIVNOSTI. Universum: texnicheskie nauki, (9-3 (114)), 22-26.

Azimova, M. N. (2022). DIZAYN I ISKUSSTVO SOVREMENNOGO UZBEKISTANA. MOYa PROFESSIONALNAYa KARERA Uchrediteli: Obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu" Moya professionalnaya karera", 1(33), 87-92.

Azimova, M. N. (2022). VIShITIE UZORI I SVETI V UZBEKSKIX NASIONALNIX KOSTYuMAX SOSTAV I ISTORIYa. In Innovasii i texnologii k razvitiyu teorii sovremennoy modi," Moda (Materiali. Odejda. Dizayn. Aksessuari)", posvyashyonnaya Fyodoru Maksimovichu Parmonu (pp. 176-179).

Temirova, G. I. (2020). PERSPEKTIVI RAZVITIYa SPOSOBOV NANESENIYa I UKREPLENIYa DEKORATIVNIX ELEMENTOV IZ NATURALNOGO MEXA. International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences, 1(2), 52-58.

AZIMOVA M., ERGASHEVA M. COMPOSITION AND MODERN STYLE //EURASIAN JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY. – 2019. – T. 1. – №. 2.

Rajabova G. et al. Designing rational, multi-range flexible technological flows in the sewing industry //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2022. – T. 2467. – №. 1.

Gaybullaeva, N. (2024). SPESIALNAYa ODEJDA DLYa RABOTNIKOV AGROSANOATA: OBESPEChENIE BEZOPASNOSTI I KOMFORTA. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH, 1(6), 10-12.

Negmatovna, N. G., & Erkinovna, U. V. MEANING OF SPIRITUAL HERITAGE OF KHODJA ALI ROMITANIY. International Journal of Early Childhood, 14(03), 2022.

Temirova, G. I., Tashpulatov, S. S., & Cherunova, I. V. (2018). PRODUCTION TECHNOLOGY FROM NATURAL POWER ON THE FULL-TERMOLOGICAL TECHNOLOGY. In The latest research in modern science: experience, traditions and innovations (pp. 44-48).

Ubaydova, V., Azimova, M., & Khudoyberdieva, S. (2024, January). Creation of a mathematical model of computer-aided design of patterns and ornaments for gold embroidery. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2969, No. 1). AIP Publishing.