Mualliflar

  • M Maxkamova
    Andijon davlat universititeti
  • Yu Yulchiyev
    Andijon davlat universititeti
  • M Xaqulova
    Andijon davlat universititeti
  • N Mo’ydinova
    Andijon davlat universititeti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.72924

Kalit so‘zlar:

saraton kanserogenlar kanserogenez oziq-ovqat qo`shimchalari toksinlar aspartam transyog‘lar

Annotasiya

kanserogen modda maʼlum sharoitlarda organizmda rak va boshqa yomon sifatli, hayot uchun xatarli oʻsmalar hosil qiluvchi modda.Butun   dunyoda   saraton   yurak-qon   tomir   kasalliklaridan   keyin o'limning    asosiy    sababidir;    bu    dunyo    miqyosida    o'limning    ikkinchi    sababi    deb hisoblanadi.   Bunga sabab genetik jihatdan o'zgartirilgan meva va sabzavotlar va ba'zi pestitsidlar  va  kanserogenlar  ta'siriga  duchor  bo'lgan  oziq-ovqatlarni  iste'mol  qilish, chekish,  spirtli  ichimliklar  ichish  kabi  nosog'lom  turmush  tarzi  xatti-harakatlari  bo'lishi mumkin.  Kanserogen birikmalarning  ayrim  misollarini  keltirish  orqali  saraton  kasalligi va takrorlanish xavfiga o'ziga xos oziq-ovqat mahsulotlarining ta'sirini ta'kidlaydi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

53

Universaljurnal.uz

Maxkamova M.A., Yulchiyev E. Yu., Xaqulova M.Sh., Mo’ydinova N.M

Andijon davlat universititeti

Uzbekistan

andu@edu.uz

Annotatsiya:

kanserogen modda maʼlum sharoitlarda organizmda rak va boshqa yomon sifatli, hayot

uchun xatarli oʻsmalar hosil qiluvchi modda.Butun dunyoda saraton yurak-qon tomir kasalliklaridan

keyin o'limning asosiy sababidir; bu dunyo miqyosida o'limning ikkinchi sababi deb

hisoblanadi. Bunga sabab genetik jihatdan o'zgartirilgan meva va sabzavotlar va ba'zi pestitsidlar va

kanserogenlar ta'siriga duchor bo'lgan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish, chekish, spirtli ichimliklar ichish

kabi nosog'lom turmush tarzi xatti-harakatlari bo'lishi mumkin. Kanserogen birikmalarning ayrim

misollarini keltirish orqali saraton kasalligi va takrorlanish xavfiga o'ziga xos oziq-ovqat

mahsulotlarining ta'sirini ta'kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

saraton, kanserogenlar, kanserogenez, oziq-ovqat qo`shimchalari, toksinlar, aspartam,

transyog‘lar.

Аннотация:

канцерогенное вещество – вещество, вызывающее в организме при

определенных условиях рак и другие низкокачественные, опасные для жизни опухоли. Рак является

основной причиной смертности после сердечно-сосудистых заболеваний во всем мире; это

считается второй по значимости причиной смерти во всем мире. Это может быть вызвано

Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

KANSEROGEN MODDALAR VA ULARNI TIRIK ORGANIZMLARGA TA’SIRI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 3

Published: 20.03.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

5

4

нездоровым образом жизни, таким как употребление в пищу генетически модифицированных

фруктов и овощей, а также продуктов, подвергшихся воздействию определенных пестицидов и

канцерогенов, курение, употребление алкоголя. Подчеркивает влияние определенных продуктов

питания на риск возникновения и рецидива рака, приводя некоторые примеры канцерогенных

соединений.

Ключевые слова:

рак, канцерогены, канцерогенез, пищевые добавки, токсины, аспартам,

трансжиры.

Abstract:

A carcinogen is a substance that, under certain conditions, can cause cancer and other

malignant, life-threatening tumors in the div. Cancer is the leading cause of death worldwide after

cardiovascular disease; it is the second leading cause of death worldwide. This can be caused by unhealthy

lifestyle behaviors such as eating genetically modified fruits and vegetables and foods that have been

exposed to certain pesticides and carcinogens, smoking, and drinking alcohol. It highlights the impact of

specific foods on the risk of cancer and its recurrence by providing some examples of carcinogenic

compounds.

Keywords:

cancer, carcinogens, carcinogenesis, food additives, toxins, aspartame, trans fats.

Language:

Uzbek

Citation:

Mahkamova , M., Yulchiyev , Y., Khakulova , M., & Muydinova , N. (2025).

CARCINOGENIC SUBSTANCES AND THEIR EFFECTS ON LIVING ORGANISMS. Universal

International

Scientific

Journal,

2(3),

53–56.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1470

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15067622

Kanserogen

moddalar

(lotincha

cancer - rak va genes - keltirib chiqarmoq)
ma'nolarini anglatib, kanserogen moddalar
- maʼlum sharoitda organizmga taʼsir
qilganda rak va boshqa hafli oʻsmalar
paydo qiluvchi kimyoviy moddalar bo’lib,
ularni 500 ga yaqin xili maʼlum. Politsiklik
uglevodorodlar, azoboʻyoqlar, aromatik
aminlar, nitrozaminlar, ogʻir metall tuzlari,
alkaloidlar,

toksinlar

va

boshqalar

kanserogen moddalarga kiradi. Ularning
koʻpchiligi

mutagenlar

va

immunodepressantlardir.

Kanserogen

moddalar odam va hayvon organizmiga
tashqaridan kirishi (ekzogen kanserogen
moddalar) yoki organizmning oʻzida
kanserogen boʻlmagan moddalardan paydo
boʻlishi (endogen kanserogen moddalar)
mumkin. Baʼzi endogen mahsulotlar
(steroid gormonlar, triptofan metabolitlar
va b.) koʻp toʻplansa yoki sifati oʻzgarsa,
ular ham kanserogen moddalar xossasiga
ega boʻladi [1].

Kanserogen

moddalar

bora-bora

saraton o‘simtasining shakllanishi va
rivojlanishining patofiziologik jarayoni


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

55

bo‘lgan kanserogenezga olib keladi.Hatto,
foydali oziq-ovqat mahsulotlari ham agar
ularni noto‘g‘ri uslubda pishirish natijasida
kanserogen taomga aylanishi mumkin.
Masalan, o‘simlik yog‘ida qovurish,
qizartirib qovurish, sirka bilan
konservalash kabi.Qarsildoq shaklda
qovurilgan qobiqda (qovurilgan kartoshka
yoki go‘sht) zaharli birikmalar hosil
bo‘ladi –Akrilamid -Yog‘ kislotalari
metabolitlari -Turli xil aldegidlar -
Benzapiren.

Shuningdek,

bunday

zaharli

birikmalar qovurilgan bo‘g‘irsoq va teshik
kulcha (ponchik)larda, kartoshka
chipslarida, ko‘mirda dudlab pishirilgan
go‘shtda uchraydi.{1} Vazn yo‘qotish
uchun sunʼiy shirinliklardan foydalanish
organizmga zarar yetkazadi. Gazlangan
ichimliklar,

qahva

va

parhezbop

shirinliklarda mavjud bo‘lgan sintetik
shakar

o‘rnini

bosuvchi

moddalar

kilogramm yo‘qotishga emas, aksincha,
kilogramm ortishiga olib keladi. Sintetik
shakarli dietalar oshqozon va ichak
saratoni xavfini oshirishi mumkin [3].

Aspartam - xavfli shakar o‘rnini

bosuvchi modda bo‘lib, Xalqaro Saraton
Tadqiqotlari agetligi tomonidan
kanserogen moddalar ro`yxatiga
kiritilgan [2]. Shuningdek, bu modda
homiladorlik davrida katarakta va
gastroparez (hazm funksiyasining
buzilishi) bilan bir qatorda onkologik
kasalliklar, homila rivojlanishiga xavf
tug‘diradigan omillarni keltirib chiqarishi
mumkin.{1}Kolbasa, sosiska va qayta

ishlangan go‘shtlarda kanserogen bo‘lgan
kimyoviy

konservantlar

mavjud.

Butunjahon saraton kasalligini o'rganish
jamg'armasi (WCRF) odamlarga qayta
ishlangan go'shtni iste'mol qilmaslikni
tavsiya qiladi [3]. Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti bunday go‘sht
mahsulotlarini

odamlar

uchun

kanserogenlar, deb tasniflaydi.Nitritlar
kolbasalarga ishtahani ochuvchi qizil
rang beradi va ularning uzoq saqlanib
turishini taʼminlaydi. Ushbu kimyoviy
birikmalar oshqozon shirasining taʼsiri
ostida kanserogen nitrozaminlarga
aylanadi, ular oshqozon-ichak traktining
shilliq qavatiga jiddiy taʼsir ko‘rsatadi va
saraton o‘simtasining shakllanishiga olib
keladi.Natriy nitrit (E250) yo‘g‘on ichak,
oshqozon osti bezi va prostata saratoni
xavfini oshiradi.

Transyog‘lar vodorod yordamida

kimyoviy yo‘l bilan ishlab chiqariladi.
Bularga turli xil margarinlar, sut yog‘i
o‘rnini bosuvchi moddalar va boshqa tabiiy
bo‘lmagan yog‘lar kiradi.. Bunday yog‘lar
pishiriqlar va qandolat mahsulotlari,
souslar, mayonez, chipslar, yarim tayyor
oziq-ovqatlarga qo‘shiladi. Vodorodlangan
yoki qisman vodorodlangan o‘simlik
yog‘laridan isteʼmol qilish organizmdagi
hujayra membranalarining tuzilishini va
elastikligini o‘zgartiradi, bu onkologik
kasalliklarning boshlanishiga olib keladi,
yurak-qon tomir kasalliklarining
rivojlanishiga sabab bo‘ladi [1]. Alkogolsiz
ichimliklarga

qo‘shiladigan

E150

qo‘shimchasi (shakar yoki karamel rangi)


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(3)

Universaljurnal.uz

5

6

tarkibida kanserogen 4-metilimidazol
mavjud bo‘lib, u qon saratoni, jigar va
qalqonsimon bez o‘smalari rivojlanish
xavfini oshiradi [1]. Spirtli ichimliklar
ist`mol qilish og`iz bo`shlig`i, hiqildoq,
halqum, qizilo`ngach, ichak va jigar
saratoni xavfini oshiradi.

Organizmni kanserogenlar taʼsiridan

himoyalanish. Immunitetni qo‘llab-
quvvatlash va salomatlikka g‘amxo‘rlik
qilish orqali kanserogenezning oqibatlari
va kanserogenlarning taʼsiridan qochish
mumkin. Bunda yetarlicha uxlash,
jismoniy mashqlar qilish va to‘g‘ri
ovqatlanish muhimdir. Kuchli immunitet
kanserogenlarni yo‘q qiladi, organizmni
saraton

xavfidan

himoya

qiladi.

Kanserogenlarning organizmga kirib
borishini kamaytirish uchun ularning
soni va taʼsir qilish muddatini cheklash
kerak. Shu bois bir nechta tavsiyalarga
amal qilish zarurdir: - Ratsiondan kelib
chiqishi va sifati shubhali bo‘lgan oziq-
ovqatlarni chiqarib tashlash;

-

Konservantlar,

bo‘yoqlar,

transyog‘lari bo‘lgan mahsulotlardan
foydalanishni cheklash;

- Qovurilgan, dudlangan go‘sht va

panjara va ochiq olovda pishirilgan
idishlarni suiisteʼmol qilmaslik;

- Yog‘da go‘sht, baliq va boshqa

ovqatlarni qovurish o‘rniga, bug’da va
suvda pishirish;

- Chekishni tashlash;
- Spirtli ichimliklar isteʼmol qilishni

kamaytiring, iloji bo‘lsa, ularni umuman
ichmaslik.

To‘g‘ri ovqatlanish va foydali

taomlar kanserogenlarning hujumini
yengishga yordam beradi. Kimyoviy
reaksiyalar orqali organizmdagi xavfli
birikmalarning

salbiy

taʼsirlarni

bloklaydigan bir qancha mahsulotlar bor.

Kanserogen

moddalar

bilan

kurashuvchi mahsulotlarga quyidagilar
kiradi:

- Yangi karam, sabzi, lavlagi va bu

sabzavotlardan siqilgan yangi sharbatlar;

- Suvga to‘yintirilgan grechka, suli

yormasi, guruch;

- Ko‘k choy;
- Sut mahsulotlari;
- Quritilgan mevalardan tayyorlangan

kompot.

Har kuni yangi sabzavot va dukkakli

mahsulotlarni isteʼmol qilishga harakat
qilish kerak, chunki ular zaharli
neoplazmalar paydo bo‘lishidan to‘liq
himoya qiladi, oshqozon-ichak shilliq
qavatini to‘plangan kanserogenlardan
tozalashga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Нутрициолог назвала 7 групп продуктов, в которых прячутся канцерогены. Ната Гончар

//https://www.championat.com/authors/5643/1.html/

2. Exclusive: WHO's cancer research agency to say aspartame sweetener a possible

carcinogen By Jennifer Rigby and Richa Naidu //https://www.reuters.com/authors/richa-naidu/

Bibliografik manbalar

Нутрициолог назвала 7 групп продуктов, в которых прячутся канцерогены. Ната Гончар //https://www.championat.com/authors/5643/1.html/

Exclusive: WHO's cancer research agency to say aspartame sweetener a possible carcinogen By Jennifer Rigby and Richa Naidu //https://www.reuters.com/authors/richa-naidu/

Cancer and food. Better Health Channel// https://www.betterhealth.vic. gov.au › health › cancer-a...

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари