Mualliflar

  • R Latipova
    Andijon davlat universiteti
  • N Xamidullayeva
    Andijon davlat universiteti
  • M Maxkamova
    Andijon davlat universiteti
  • L Yunusova
    Andijon davlat universiteti
  • D To‘ychiyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110646

Kalit so‘zlar:

efir moylari flavonoidlar evkaliptol rozmarin kislotasi kvertsetin

Annotasiya

Dorivor rozmarin (Rosmarinus officinalis) farmatsevtika, kosmetologiya va oziq-ovqat mahsulotlarini sanoatda keng qo‘llaniladi. Rozmarin efir moylariga boy bo‘lib, uning asosiy komponentlari 1,8-sineol (evkaliptol), kamfora, borneol, alfa-pinene, beta-pinen, limonen, kamfen, verbenon va linalool kabi terpen birikmalardir. Bundan tashqari, rozmarin tarkibida flavonoidlar (apigenin, luteolin), fenolik kislotalar (rozmarin kislotasi, kofein kislotasi), triterpenoidlar (ursolik va oleanolik kislotalar), antioksidant birikmalar bor.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

234

ROZMARIN (ROSMARINUS OFFICINALIS) O‘SIMLIGINING KIMYOVIY

TARKIBI DORIVORLI XUSUSIYATLARI

R.Y. Latipova

1

, N.R. Xamidullayeva

1

, M.A. Maxkamova

1

L.K. Yunusova

2

, D.S.

To‘ychiyeva

3

ADU, Biologiya ta’limy yo`nalishi 3-bosqich talabalari

1

ADU, Genetika va bviotexnologiya kafedrasi o`qituvchisi

2

ADU, Genetika va bviotexnologiya kafedrasi professori

3

https://doi.org/10.5281/zenodo.15596994

Annotatsiya:

Dorivor rozmarin

(Rosmarinus officinalis)

farmatsevtika, kosmetologiya va

oziq-ovqat mahsulotlarini sanoatda keng qo‘llaniladi. Rozmarin efir moylariga boy bo‘lib, uning
asosiy komponentlari 1,8-sineol (evkaliptol), kamfora, borneol, alfa-pinene, beta-pinen, limonen,
kamfen, verbenon va linalool kabi terpen birikmalardir. Bundan tashqari, rozmarin tarkibida
flavonoidlar (apigenin, luteolin), fenolik kislotalar (rozmarin kislotasi, kofein kislotasi),
triterpenoidlar (ursolik va oleanolik kislotalar), antioksidant birikmalar bor.

Kalit so‘zlar:

efir moylari, flavonoidlar, evkaliptol, rozmarin kislotasi, kvertsetin.

Аннотация

:

Розмарин

лекарственный

(Rosmarinus officinalis)

широко

используется

в

фармацевтической

,

косметологической

и

пищевой

промышленности

.

Розмарин

богат

эфирными

маслами

,

основными

компонентами

которых

являются

терпеновые

соединения

,

такие

как

1,8-

цинеол

(

эвкалиптол

),

камфора

,

борнеол

,

альфа

-

пинен

,

бета

-

пинен

,

лимонен

,

камфен

,

вербенон

и

линалоол

.

Кроме

того

,

розмарин

содержит

флавоноиды

(

апигенин

,

лютеолин

),

фенольные

кислоты

(

розмариновая

кислота

,

кофейная

кислота

),

тритерпеноиды

(

урсоловая

и

олеаноловая

кислоты

)

и

антиоксидантные

соединения

.

Ключевые

слова

:

эфирные

масла

,

флавоноиды

,

эвкалиптол

,

розмариновая

кислота

,

кверцетин

.

Abstract:

Rosemary (Rosmarinus officinalis) is widely used in the pharmaceutical, cosmetic

and food industries. Rosemary is rich in essential oils, the main components of which are terpene
compounds such as 1,8-cineole (eucalyptol), camphor, borneol, alpha-pinene, beta-pinene, limonene,
camphene, verbenone and linalool. In addition, rosemary contains flavonoids (apigenin, luteolin),
phenolic acids (rosmarinic acid, caffeic acid), triterpenoids (ursolic and oleanolic acids) and
antioxidant compounds.

Keywords:

essential oils, flavonoids, eucalyptol, rosmarinic acid, quercetin.

Dorivor o

ʻ

simliklar (lot. plantae medicinalis) - yovvoyi va madaniy o

ʻ

simliklar holda o`suvchi,

odamlar va hayvonlar kasalliklarini oldini olish va davolash uchun ishlatiladigan o`simliklar guruhi.
Dorivor o‘simliklar bilan davolash tizimi fitoterapiya deb ataladi [1].

Dorivor maqsadlarda o‘simliklardan foydalanish imkoniyati ular qo‘llaniladigan dori turiga

bog'liq. Ko`p davlatlarda sog'liqni saqlash tizimida faqat dori vositalarining davlat reestriga kiritilgan
dorivor o‘simliklardan foydalanishga ruxsat berilgan [2].

2020 yil boshida, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) ma'lumotlariga ko‘ra, 320

mingga yaqin o‘simlik turlari tavsiflangan [3], ulardan faqat kichik bir qismi - 21 ming turi tibbiyotda
qo‘llanilishi kuzatilgan.

Dorivor rozmarin o‘simligining barglari tarkibida efir moyi, uning tarkibida esa 50 % gacha

pinen, kamfen, sineol, barneol va kamfora, rozmarisin, ursol kislotalari va alkaloidlar, yer ustki qismi
tarkibida efir moyi (yosh poya va gullarida 1,2% gacha) mavjud. O‘simlik tarkibida 7,6—7,8 mg %
karotin (karotinoidlarning umumiy miqdori yer ustki qismida 3% ga yetadi), 0,33—0,88%
flavonoidlar (kvertsetin, izoramnetin, izokvertsetin va boshqalar), kumarinlar (eskuletin, skopoletin,
umbelliferon), 3,44% smolalar, 4% gacha shilliq, 10,4—11,2% oshlovchi moddalar, 19% gacha
achchiq modda kalenden, 6,84% olma, pentadetsid va oz miqdorda salitsilat kislotalar, triterpen
diollar (arnidiol va faradiol), triterpen saponin-kalendulozid xamda alkaloidlar mavjud. Bargi va
to

ʻ

pguli tarkibida parfyumeriya va tibbiyotda ishlatiladigan 1,5 — 2,5% (quruq moddaga nisbatan)


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

235

efir moyi, 0,5% gacha rozmaritsin va boshqa alkaloidlar, ursol va rozmarin kislotalari bor. Foydali
ziravorning tarkibi juda ko‘p miqdorda mikro va makro elementlar, vitaminlar va yog‘ kislotalarini
o‘z ichiga oladi. Quritilgan rozmarin tarkibida uglevodlar, yog‘lar, kul, xun tolasi, suv, vitaminlardan:
A, C, PP, B guruhi, tiamin, askorbin va foliy kislatasi va piridoksin mavjud. Makronutrientlardan:
magniy, fosfir, kaltsiy, natriy va kaliy. Mikroelementlaridan: rux, mis, selen va marganets. Yog’
kislatalaridan: kaprikli, miristik, omega 3 va 6, stearik, laurik, behenik, palmitik va boshqalar
uchraydi [4,5].

Efir moylarini o‘zida mujassam etgan dorivor o‘simliklarning 300 xilga yaqini dunyoning turli

mintaqalarida o‘sishi kuzatilgan. Ma’lumki, efir moylari o‘simlikningildizida, poya – barglarida, gul
– urug‘ va mevalarida turli miqdorda to‘planadi. Efir moylari uchuvchan xususiyatga ega bo‘lib
o‘ziga xos yoqimli, yoqimsiz xatto badbo‘y hid chiqaradi. Bunday moylar og‘riq qoldirishi, a’zolarini
qizdirishi va shu bilan birga qon bosimini pasaytirishi mumkin. Aslida efir moyi labguldoshlar,
atirguldoshlar, soyabonguldoshlar, loladoshlar va rutadoshlar, choydoshlar oilalariga mansub
o‘simliklarda ko‘proq uchraydi. Rozmarin (Rosmarinus officinalis L.) ham efir moyiga boy o‘simlik.
Efir moyi o‘z tarkibida 50% pinen, kamfen, sineol, barneol va kamfora saqlanganligi sababli ulardan
parfyumeria sanoatida, dorivor va insektatsiya preparatlari tayyorlashda foydalaniladi. O‘simlikning
yer ustki barglari va yosh poyalaridan tayyorlangan damlama va spirtdagi eritmalari (nastoykasi) bosh
og‘rig‘i, oshqozon – ichak kasalliklari, shamollashda, ayollarda uchraydigan ayrim xastaliklarni
davolashda ijobiy naf beradi.

Shu bilan birga organizmni tetiklashtirib, quvvat bag‘ishlash xususiyatiga ham ega. Barglarida

o‘ziga xos xid va ta’m berganligi sababli rozmarin go‘shtli mahsulotlarni pishirishda va ularni uzoq
vaqt saqlashda ziravor sifatida ham qo‘llaniladi. Konditer mahsulotlariga qo‘shib tayyorlanganda
o‘ziga xos ta’m va maza beradi. O‘simlik qish mavsumida ham barglarini to‘kmasligi va o‘ziga xos
hid tarqatib turishini hisobga olgan xolda u park va xiyobonlar, xovli va dam olish maskanlarida
manzarali buta sifatida o‘stiriladi [6,7].

Evkaliptol (shuningdek, sineol deb ataladi ) monoterpenoid rangsiz suyuqlik va bisiklik efirdir.

U kofurga o‘xshash yangi hid va achchiq ta'mga ega. U suvda erimaydi, lekin organik erituvchilar
bilan aralashib ketadi . Evkalipt yog'ining 70-90 foizini evkaliptol tashkil qiladi. Evkaliptol gidrogal
kislotalar, o- krezol, rezorsin va fosforik kislotalar bilan kristall qo‘shimchalar hosil qiladi . Ushbu
qo‘shimchalarning hosil bo‘lishi tozalash uchun foydalidir.O‘zining yoqimli, achchiq hidi va ta'mi
tufayli evkalipt aromatizatorlar, xushbo‘y hidlar va kosmetika ishlab chiqarishda ishlatiladi. Cineole
asosidagi evkalipt yog'i turli xil mahsulotlarda, shu jumladan non mahsulotlari, qandolatchilik, go‘sht
mahsulotlari va ichimliklarda past darajada (0,002%) aromatizator sifatida ishlatiladi. Evkaliptol
tijorat og'iz yuvish vositalarining tarkibiy qismidir va an'anaviy tibbiyotda yo‘talni bostiruvchi
sifatida ishlatilgan. Ko‘p miqdorda iste'mol qilish bosh og'rig'i va ko‘ngil aynishi va qayt qilish kabi
oshqozon buzilishiga olib kelishi mumkin [8].

Rosmarin kislotasi antioksidant va shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan turli o‘simliklarda

mavjud bo‘lgan kofein kislotasi efiridir. 1990-yillarning boshlarida mutaxassislar bibariya
antioksidantlarini o‘rganishni boshladilar, tadqiqot 36 turdagi aromatik o‘simliklarning antioksidant
ta’sirini taqqosladi. Rosmarin kislotasi tibbiyot sohasida, oziq-ovqat sanoatida, kosmetika sohasida
xom ashyo sifatida ishlatilishi mumkin.

Kvertsetin tabiatda keng tarqalgan tabiiy flavonoid birikma sifatida chuqur tadqiqotlar olib

bordi. Uning antioksidant, antiviral va yallig‘lanishga qarshi ta’siri kabi ko‘plab biologik faolliklarga
ega ekanligi aniqlandi. U hujayralar va hayvonlar tajribalarida ishlatilishi mumkin. Jigar, yurak, taloq,
o‘pka, buyrak, ortopedik kasalliklar, asab tizimi kasalliklari va boshqalarni davolashda ishlatiladi
[9,10].

Xulosa qilib shuni ayta olamanki, Rozmarin o‘simligining tarkibi uning keng farmakologik

tomonlarini belgilab beradi. Efir moy qismlari komponentlari — 1,8-sineol, kamfora, borneol va
flavonoidlar o‘simlikning antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni kamaytiruvchi ta‘sirlarini
kuchaytiradi. Rozmarin kislotasi va boshqa fenolik birikmalarning yuqori antioksidant faolligi bu
o‘simlikni yurak-qon tomir, asab va ovqat hazm qilish tizimlariga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Dorivor


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

236

rozmarin tarkibidagi biologik faol moddalar tufayli xalq tabobatida, dorishunoslikda,
kosmetologiyada va oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llanilishiga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

Лекарственные

растения

[

арх

. 17

октября

2022] //

Лас

-

Тунас

-

Ломонос

[

Электронный

ресурс

]. - 2010. -

с

. 193-196.

2.

Большая

российская

энциклопедия

: [

в

35

т

.] /

гл

.

ред

.

Ю

.

С

.

Осипов

; 2004-2017,

т

. 17). ISBN 978-5-85270-350-7.

3.

Лекарственные

растения

//

Биология

/ [

авт

.

ст

.:

Г

.

А

.

Белякова

и

др

.];

Гл

.

ред

.

А

.

П

.

Горкин

. —

М

. :

Росмэн

, 2006. — 560

с

.

4.

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Toshkent: Xalq merosi. 1993.

5.

Gubanov I.A. Lekarstvennie rasteniya, Moskva,1993

6.

Ibragimov A.YO. Dorivor va ziravor usimliklar. Toshkent, 2005y

7.

Razmarin lekarstvenniy. — Rosmarinus officinalis L./«Flora SSSR». V 30 - ti tomax

8.

T. XXVI. / pod redaktsiey akad. V.L. Komarova Izdatel`stvo Akademi Nauk SSSR, 1961

9.

Lager` A.A. Fitoterapiya - Krasnoyarsk. Izd-vo Krasnoyarskogo universiteta, 1988.

10. Balabay, I.V. Nistryan A.K. Rasteniya, kotorie nas lechat. - Kishinev, 1988, - 351 s.

Bibliografik manbalar

Лекарственные растения [арх. 17 октября 2022] //Лас-Тунас-Ломонос [Электронный ресурс]. - 2010. - с. 193-196.

Большая российская энциклопедия: [в 35 т.] / гл. ред. Ю.С.Осипов; 2004-2017, т. 17). ISBN 978-5-85270-350-7.

Лекарственные растения // Биология / [авт. ст.: Г. А. Белякова и др.]; Гл. ред. А. П. Горкин. — М. : Росмэн, 2006. — 560 с.

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Toshkent: Xalq merosi. 1993.

Gubanov I.A. Lekarstvennie rasteniya, Moskva,1993

Ibragimov A.YO. Dorivor va ziravor usimliklar. Toshkent, 2005y

Razmarin lekarstvenniy. — Rosmarinus officinalis L./«Flora SSSR». V 30 - ti tomax

T. XXVI. / pod redaktsiey akad. V.L. Komarova Izdatel`stvo Akademi Nauk SSSR, 1961

Lager` A.A. Fitoterapiya - Krasnoyarsk. Izd-vo Krasnoyarskogo universiteta, 1988.

Balabay, I.V. Nistryan A.K. Rasteniya, kotorie nas lechat. - Kishinev, 1988, - 351 s.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари