Mualliflar

  • Nodiraxon Tojiboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Safuraxon Temirboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74116

Kalit so‘zlar:

Oila shaxs nikoh ijtimoiy muhit sevgi

Annotasiya

Hozirgi kunga kelib oilaviy shaxslararo munosabatlar ziddiyatli tarzda
bir necha salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda. Tanlangan mavzuning dolzarbligi oiladagi
ajralishlarning zamonaviy statistikasi bilan belgilanadi. Ushbu maqolada oiladagi
kelishmovchiliklarning sabab-oqibatlari, oilaviy nizolarning jamiyatga salbiy tasiri, oilaviy
nizolarni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

406

OILAVIY SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING MUAMMOLARI,

OILAVIY NIZOLAR

ADPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi

o‘qituvchisi Tojiboyeva Nodiraxon Tursunaliyevna

Temirboyeva Safuraxon Nazrilloqizi

ADPI talabasi

Annotatsiya:

Hozirgi kunga kelib oilaviy shaxslararo munosabatlar ziddiyatli tarzda

bir necha salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda. Tanlangan mavzuning dolzarbligi oiladagi
ajralishlarning zamonaviy statistikasi bilan belgilanadi. Ushbu maqolada oiladagi
kelishmovchiliklarning sabab-oqibatlari, oilaviy nizolarning jamiyatga salbiy tasiri, oilaviy
nizolarni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.

Kalitso‘zlar:

Oila, shaxs, nikoh, ijtimoiy muhit, sevgi,jamiyat,tarbiya, axloq,

destruktiv va konstruktiv nizolar.

Oiladagi nizolar va shaxslararo muammolar inson munosabatlarining universal jihati

hisoblanadi. Moliyaviy masalalardagi kelishmovchiliklardan tortib, bola tarbiyasidagi turli
fikrlargacha, oila ichidagi nizolar turli manbalardan kelib chiqishi mumkin. Ushbu
mojarolarning asosiy sabablarini tushunish va samarali muloqo tstrategiyalarini o‘rganish
uyg‘unlikni rivojlantirish va oilaviy rishtalarni mustahkamlash uchun kalit hisoblanadi.

Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi nizolardir. Oila

qanday bo‘lishidan qat’iy nazar nizolardan mutlaqo xoli (himoyalangan, kafolatlangan)
bo‘laolmaydi. Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bo‘lmaydi. Bu
nizolar ma’lum darajada er-xotin munosabatlarini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini
o‘taydi. Lekin nizoning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi, takrorlanib
turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus
mezon yo‘qki, shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa
ma’lumotlari (ko‘rsatkichlari)ni aniq belgilab berish (olish) mumkin bo‘lsa. Bunda hamma
narsa subyektning o‘ziga, uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga, uning
qo‘yilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki,
bir-birlariga aynan o‘xshash, mos ikki odamning bo‘lishi mumkin emas, chunki shaxs va
uning individualligi takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan
(individ)dan tashkil topgan oila ham ikki, uch karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun
me’yorida bo‘lgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos
kelmasligi, yoki biron-bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega bo‘lmagan nizo va uning sababi
boshqa oila a’zolarining o‘zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlar olibkelishi mumkin va
hokazo. Shunday ekan jamiki oilalarga xos bo‘lgan nizolar va ularning sabablarini yagona
bir o‘lcham yoki xarakteristikasi bilan ko‘rsatib berish masalasi ham mantiqqa to‘g‘ri
kelmaydigan ishdir. Lekin turli toifadagi oilalarni o‘rganish, ular a’zolarining o‘zaro
munosabatlarini taqqoslash va shukabilar asosida ayrim nisbiy xulosalarga, mulohazalarga
kelish mumkinki, shu nisbiylikdan har bir odam o‘zi uchun nisbatan «tegishli» xulosalar
chiqarib olishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun, biz quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi
nizolar haqida fikr yuritar ekanmiz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli ekanligini da’vo
qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy mulohazalarimizdir.

Oilaviy nizolarturlari
1. Er-xotino‘rtasidagi.
2. Qaynona-kelin o‘rtasidagi.
3. Qaynona-kuyov o‘rtasidagi.
4. Ovsinlar o‘rtasidagi.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

407

5. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi.
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va

ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar
o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir.

. Umuman oilada er-xotin o‘rtasidagi nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishi

taxminan quyida keltirilgan sxemadagidek bo‘lishi mumkin. Lekin shu nizolarning xarakteri,
ularning oqibatlariga ko‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan
farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval muvaffaqiyatli va muvaffaqiyasiz oilalarda ro‘y
beradigan nizolarni ko‘rib chiqaylik. Sxemada ko‘rinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi
nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyasiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchix arakterga ega.
Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolarshartli ravishda «konstruktiv»
(«biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolargafarqlanadi. Ular, o‘zlarining yuzaga
kelishiga asos bo‘lgan muammolar, bu muammolarning hal etilishi bartaraf etilishi,
kechinishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko‘ra bir-birlaridanf
arqlanadi. Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar va ularning
hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo‘ladi.
Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o‘z
yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila budjetini yuritish,
saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi
toifadagi nizolar misol bo‘la oladi. Ular asosan er-xotin o‘rtasidagina yuzaga keladi, ularning
ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning o‘zlarigina hisoblanadilar. Bunday nizolarning
muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-
birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o‘rganib borish, bir-birlariga moslashish,
muammolarni hal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday
nizolar «er-xotinnnig urushi — doka ro‘molning qurishi » kabi nizolar toifasiga kiradi.
Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammo va uning yechimi er-
xotinlardan birining manfaatiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday nizolarda bir tomonman faatining
hal etilishi ko‘pincha, ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi hisobiga amalgaoshadi.
Masalan, erni yoki xotinni shaxsan o‘zi uchun biron nima xarid qilishi, erning yoki xotinning
ishi tufayli, o‘zbek oilasi uchun xarakterli bo‘lgan nizolardan bo‘lmish er yoki xotinning
qarindosh-urug‘lari bilan bo‘ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular
jumlasiga kiradi. Bunday nizolarning hal qilinishi, ya’ni bir tomon manfaatlarining
qondirilishi ko‘pchilik holatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining boy berilishi hisobiga
amalga oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomondan orozilik, e’tiroz
saqlanib qoladi va bu keyinchalik yana kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos
bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo hal etilgani bilan, nizoli vaziyat
saqlanib qolaveradi. Shuningdek, ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan sabablar bevosita
er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Ularning sababchilari va ishtirokchilari ham ba’zan er-xotindan tashqari uchinchi inson
bo‘lishi mumkin, ularning hal etilishi ham er xotinlarning o‘zlarigagina emas, balki shu
uchinchi (boshqa) insonga bog‘liq bo‘ladi. Bularning oqibatida nizolarni yanada kuchayishi,
sonining ortishi kuzatiladi . Ajratuvchi nizolar, aksariyat hollarda «chegaralanmagan» nizolar
bo‘lib, o‘z xarakteri, ishtirokchilari, hal etilishi va oqibatlariga ko‘ra er-xotin munosabatlari
doirasidan chetga chiqadi. Bunday er-xotin nizolariga oilaning boshqa a’zolari: qaynona,
qaynisingil, ovsinlar va boshqalar ham aralashadi. Ijtimoiy psixologiyada gap, so‘z, nizo
haqidagi ma’lumot bir og‘izdan chiqib, kishilarning keng tomoniga qarab harakatlana
boshlaydi. Uning ko‘lami ma’lumot manbayidan uzoqlashib, undan xabardor bo‘lgan va
unga jalb etilgan ishtirokchilar soni ortib borgan sari kengayib boraveradi. Er yoki xotin bir-


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

408

birlari bilan urishib qolganlaridan so‘ng bu haqda uchinchi bir odamga gapiradigan bo‘lsa,
imkon qadar shu nizoda o‘zini aybsiz, haq qilib ko‘rsatishga, shu uchinchi odamni uning
manfaatlarini himoya qilishiga og‘dirib olish maqsadida biryoqlama gapiradi. Bunda subyekt
foydalanadigan gap-so‘zlar, ohang, imo-ishora, mimika, urg‘u va boshqalar deyarli barcha
verbal va noverbal vositalar ro‘yberib o‘tgan hodisa (nizo-janjal)ning asl holatiga qaraganda
bo‘rttiribroq idrok yetilishini ta’minlaydi. Nizo haqida qanchalik ko‘p odamga gapirib
beraverilgan sayin, u ayanchli tus olgan holda avj olib boraveradi va oqibatda fojiali
natijalarga ham olib kelishi mumkin.Shunday ekan, oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin
bo‘lgan nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham, yoki ularni birdek oqlash ham
maqsadga muvofiq emas. Yoshlarimiz oilaviy hayotda ro‘y beradigan biriktiruvchi nizolarga
tayyo rbo‘lishlari, ularni biriktiruvchilik, er-xotinni bir-birlariga moslashuvlariga, ularning
o‘zaro munosabatlarining rivojlanishini ta’minlovchi, ularning har ikkalovining ham, ya’ni
«biz»ning manfaatiga qaratilgan nizolarning biriktiruvchanlik imkoniyatlaridan samarali
foydalanishga, ularni salbiy oqibatlarga olib keluvchi nizolarga aylantirib yubormaslikka
o‘rganishlari lozim. Albatta ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanmagan» nizolarni
oldini olish, uning oqibatlaridan voqif bo‘lishlari ham maqsadga muvofiq. Sxemada ko‘rinib
turganidek er-xotinning o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan konstruktiv nizolar
aksariyat hollarda er-xotin o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarning
hal etilishi, ularning o‘rtasida hamkorlikning yuzaga kelishi va oxir-oqibat er- xotin
munosabatlarinig mustahkamlanishiga olib boradi. Ajratuvchi nizolarda yuqorida aytib
o‘tganimizdek, bir nizoning hal etilishi (ya’ni er-xotinlardan birining manfaatining
qondirilishi) navbatdagi nizoning yuzagakelishiga asos yaratar ekan, o‘z navbatida bunday
«men» xarakteridagi, «chegaralanmagan» nizolar tufayli er-xotin munosabatlarida nizolar
«eskolasiyasi » shakllanib qoladi va oilaviy hayot er-xotin uchun «uzluksiz jang maydoni»ga
aylanib qoladi. Bunday nizoli muhit nafaqat shu oiladagi er-xotinning ruhiy olamiga,
ularning asabi, sog‘lig‘i, ijtimoiy holatigagina emas, balki shu oilalarda dunyoga kelib
shunday muhitda tarbiyalanayotgan farzandlarning ruhiy olamiga ham jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bunday oilalarda hukm surgan nizoli vaziyat, doimiy janjallar mehr-oqibatizlik,
o‘z asoratini faqat shu oilalarning o‘zidagina qoldirmay, balki shu oila farzandlari tomonidan
tuzilajak keyingi avlodoilalariga ham o‘z asoratini olib o‘tishi mumkin. Er-xotin
munosabatlarida nizolarning rivojlanish yo‘li tasviri berilgan sxemadan ko‘rinib turibdiki,
yangi yuzaga kelgan oilalarda er-xotin munosabatlarining u yoki bu tarzda rivojlanishi
oqibatida shartli ravishda to‘rt xil oilalar shakllanib boradi. Bular: o‘zaro munosabatlari
mustahkamlangan oilalar; munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar; yangi nizolar
yuzaga kelib va takrorlanib turadigan (nizoli) oilalar; va nihoyat munosabatlar uzil-kesil
ajralishib ketganoilalar. Bularning orasida eng maqbuli — 1-toifa oilalar. Yoshlarimizning
har biri shunday mustahkam oila qurishga intilishlari lozim.

2-toifa oilalar munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar. Bunday oilalarda

bo‘lib o‘tgan nizolardan so‘ng er-xotinlar o‘z vaqtida bo‘lib o‘tgan nizolar, ziddiyatlardan
to‘g‘ri xulosa chiqarishib, o‘z xatolarini vaqtida anglab yetib, bir birlarini tushunishga
harakat qilsalar, ularda ham o‘zaro hamkorlik yuzaga kelishi mumkin. Agarda qulay shart-
sharoitlar yuzaga kelmasa, er-xotinlar o‘z xatolarini tushunib yetish va ularni tuzatish
borasida yetarlicha bilim, tajribaga ega bo‘lmasalar, yoki bu xatolarni bartaraf qilishni
xohlamasalar, shuningdek, ularning katta yoshdagi qarindosh-urug‘lari, yaqinlari o‘zlarining
boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda, yoshlarga umumiy yo‘l-yo‘riqlar, maslahatlar
bermasalar, va aksincha yosh oila hayotiga noo‘rin aralashgudek bo‘lsalar bunday hollarda
vaqtinchalik erishilgan zo‘riqishlarning pasayishi keyinchalik yana yangi nizolarning yuzaga
kelishi bilan avj olib ketishi mumkin. Uchinchi toifa oilalar nizodan keyingi vaziyat
xarakteriga ko‘ra: «nizolar qisman hal qilinadigan zo‘riqishlarning kuchayishi yangi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

409

nizoning yuzaga kelishi _ ular yana qisman hal qilinishi» zanjiridagi oilalar bu to‘rt tur oilalar
ichida eng xarakterlisi va jiddiy e’tibor talab qilinadiganidir. Chunki ayrim oilalar er-xotin
munosabatlari yomonligi, nizolar chuqurlashuvi, zo‘riqishlar keskinlashuvi (hatto ayrim
hollarda arzimagan narsalar) tufayli buzilib ketishi mumkin. Albatta, ajralish hodisasi bu
nikoh oila munosabatlari uchun ayanchli. Ayniqsa, bunday hollarda oilada farzandlar bo‘lsa,
ular otasiz yoki onasiz qolishadi. Ajralishdan so‘ng har ikki tomonning ijtimoiy ahvoli
keskinlashadi. Lekin birinchi marotaba oilasi buzilga nodam kelgusi safar o‘z xatolarini
tuzatishi, balkim keyinchalik «o‘z tengini topib» baxtli hayot kechirib ketishi ham
mumkindir. Biroq 3-toifa oilalarning o‘zbek etnosi uchun xarakterli yana bir jihati shuki,
o‘zbeklarda, shuningdek, tojik, qirg‘iz, qozoqlarda ham oilalarning buzilib ketish hollariga
boshqa, yevropa xalqlarida bo‘lganiga nisbatan salbiy munosabatlarda bo‘lish an’analari
kuchli. Ya’ni ajralish jamoatchilik fikriga ko‘ra qoralanadi. Buning ustiga o‘zbek oilalarida
qarindosh - urug‘ chilik nikohlari boshqa qardosh millatlar oilalariga qaraganda ko‘proq
uchraydi. Mabodo bunday oilalarda er-xotin munosabatlari kutilgan tarzda rivojlanmasa,
ya’ni ular nizo janjalli, bir birlarini tushunmaydigan, bir-birlariga mos tushmaydigan,
psixologik qovusha olmaydigan bo‘lsalar ham «oila buzilmasin», «qarindosh-urug‘chilik
uzilmasin» qabilida ish tutib, qanday qilib bo‘lmasin oilalarni saqlab qolishga harakat
qilinadi. Hozirgi vaqtda nikoh-oila munosabatlari zaminida yuzaga keladigan noxush
hodisalar, har xil asab buzilishlar kasalliklarning kelib chiqishi, har xil jinoyatlar, qotilliklar,
o‘z joniga qasd qilish, xiyonat, bolalar tarbiyasining buzilishi va shu kabi qator
ko‘ngilsizliklarning aksariyati shu 3-toifa oilalariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham
nafaqat yoshlarimiz balki faoliyati bevosita nikoh-oila muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan
mutasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakillari, katta yoshdagilar ham hozirgi zamon
oilasining ijtimoiy psixologik xusuiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy nizolar psixologiyasi
haqida tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Yoshlarimiz esa er-xotin
nizolarini jiddiy, ayanchli oqibatlarga olib keluvchi: ajratuvchi «men» xarakteridagi
«chegaralanmagan» turlaridan ogoh bo‘lishi, o‘z hayotlarida shu toifa nizolarning yuzaga
keltirmaslik, ularning oldiniolish va bartaraf etish borasida zarur bo‘lgan bilim va
ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.http://fayllar.org/4-mavzu-shaxslararo-munosabatlar-va-oila-muammolari-

psixologik.html?page=2

2.SHneyder L.B. Psixologiya semeynix otnosheniy: Kurslektsiy. – M.: 2000.
3.Fillipova G.G.Materinstvo: Sravnitelno-psixologicheskiy podxod //
Psixologicheskiy jurnal. 1999. T. 20,

4. Faxruddinibn Rizoutddin. Oila. – T.: Mehnat, 1991. – 64 b.

Bibliografik manbalar

psixologik.html?page=2

SHneyder L.B. Psixologiya semeynix otnosheniy: Kurslektsiy. – M.: 2000.

Fillipova G.G.Materinstvo: Sravnitelno-psixologicheskiy podxod //

Psixologicheskiy jurnal. 1999. T. 20, №

Faxruddinibn Rizoutddin. Oila. – T.: Mehnat, 1991. – 64 b.

Xalimova, M. V. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHDA MA’SULIYaTINI RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR. Science Promotion, 1(1), 74-76.

Xalimova, M. V. (2021). CULTURAL HISTORICAL ROOTS OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY AND PSYCHOLOGICAL RELATIONS IN SMALL BUSINESS. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.9 Psychological sciences).

Khalimova, V. (2023). SCIENTIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF PHENOMENON OF RESPONSIBILITY IN ENTREPRENEURS. Science and innovation, 2(A6), 129-132.