Mualliflar

  • Nodiraxon Tojiboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Xolinisoxon Karimova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74223

Kalit so‘zlar:

psixologik rivojlanish xarakter psixologik xususiyat ta’lim-tarbiya ijtimoiy me’yor

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida rivojlanish xususiyatlari,
shuningdek, bog‘cha davridagi bolalar tarbiyasida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlar; ularning
psixikasidagi o‘zgarishlar , ba’zi holatlarda kuzatiladigan og‘ishlar, bartaraf etish zarur bo‘lgan
muammoli vaziyatlar izohlanadi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

553

BOG‘CHA DAVRIDAGI BOLALAR PSIXIKASIDA MAS’ULIYAT

ADPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi

o‘qituvchisi : Nodiraxon Tojiboyeva

ADPI o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi

103-guruh talabasi

Karimova Xolinisoxon To‘xtamurod qizi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida rivojlanish xususiyatlari,

shuningdek, bog‘cha davridagi bolalar tarbiyasida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlar; ularning
psixikasidagi o‘zgarishlar , ba’zi holatlarda kuzatiladigan og‘ishlar, bartaraf etish zarur bo‘lgan
muammoli vaziyatlar izohlanadi.

Kalit so‘zlar:

psixologik rivojlanish, xarakter, psixologik xususiyat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy

me’yor, pedagogika, psixologiya, xulq-atvor.

Psixik rivojlanish ona qornidan boshlab shakllanishi barchamizga ma’lum. Odam

rivojlanishining har bir bosqichida psixologik rivojlanish jarayoni turlicha kechadi. Maktabgach yosh
davri 3-7 yoshlarni qamrab oladi va bu yosh oralig‘i rivojlanayotgan bola ongida muhim ahamiyat
kasb etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mashhur rus pedagogi Lesgaft ham bu davrga shunday ta’rif
beradi:

Insonning bog‘cha yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter

xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.

Biz maktabgacha yosh davrini bevosita ,,bog‘cha davri’’ deb atashimi mumkin. Tabiiyki,

bog‘cha davridagi bolalarning aksariyati serharakat va o‘yinqaroq bo‘ladilar. Yana shuni ham
ta’kidlash joizki, bu yoshdagi bolalar ko‘rgan narsalarini uqib, o‘zlashtirib olishga layoqatli
bo‘ladilar, garchi ulr o‘zlashtirayotganlarini salbiy yoki ijobiy ekanligini farqlay bilmasalarda.

Ma’um yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga masadga muofiq

ravishda ta’lim-tarbiya berib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham pedagoglarga, ya’ni tarbiyachilarga
juda katta mas’uliyat nazari bilan qaraladi.

Bog‘cha davridagi bolalarning bir nechtasini kuzatishimiz natijasi shuni ko‘rsatdiki, bolalar

o‘zining ichki dunyosiga ega bo‘ladilar va u yashayotgan muhit, oila sharoiti, ota-ona munosabatlari
bolaning ichki dunyosiga salbiy yoki ijobiy ta’sirini o‘tkazmay qolmydi, albatta. Agar uyida bolaga
e’tibor bo‘lsa, u tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajarishdan qochmaydi, lekin
aksincha bo‘lsa, bola tarbiyachining topshiriqlariga nisbatan e’tiborsizlik ko‘rsatadi. Nega bunday?
Chunki, ota-onalar talabchan,o‘z farzandining kelajagiga e’tiborli, mas’uliyatli bo‘lsalar farzandi
bog‘chadan qaytganidan so‘ng kuni qanday o‘tganligi haqida so‘raydilar va bunga javob berish
uchun ham bola nimalarnidir o‘zlashtirishga kirishadi. Agar ota -ona farzandini shunchaki kuni o‘tishi
uchungina yuborsa, bog‘chadan kelganidan so‘ng unga e’tibor bermasa bola ham shu holatga
moslashadi.Ota-ona e’tibori maktabgacha yosh davrida bo‘lgan bolalar psixologiyasi uchun juda ham
muhim. Zero, inson tarbiyasida, ijtimoiy me’yorlari talabida tarbiyalashda eng muhim, eng birinchi
ijtimoiy nazorat instituti bu oiladir.

Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, ,,Yoshlarimiz tarbiyasi

qanchalik mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi’’. Shunday ekan tarbiya berishda
kechikmaslik darkor, ayniqsa, bog‘cha davridagi bolalar tarbiyasi juda ham mo‘rt bo‘ladi. Shunday
paytda bolaning shaxs sifatida shakllanishi uchun e’tibor va mas’uliyat talab etiladi.

Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqi birmuncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari

harakatchanliklari tufayli ularda o‘ziga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan
munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila
boshlaydilar. Masalan, har xil narsalarga qiziqish bildiradilar, ko‘p savollar beradilar va bu savollarga
javob talab qiladilar. Qisqa qilib aytishimiz mumkinki, bola bu davrda muloqotga tashna bo‘ladi.
Shunday paytda ota-ona yoki tarbiyachilari ular bilan iloji boricha ko‘proq suhbat qurishlari,
qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashi, savollariga o‘rinli javob berishlari zarur bo‘ladi. Bola yashayotgan
muhit shunday bo‘lishi kerakki, u hech qachon yolg‘izlanib qolmasin. Muammoli vaziyatlardan biri
shuki, ota-onalar bola bilan suhbat qurishni xohlamaydilar, aniqrog‘i vaqt ajratmaydilar, o‘zlarini


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

554

bolaning savollaridan xalos etish maqsadida bolani televizor yoki telefon bilan ovuntiradilar.Bu esa
albatta, bolaning ruhiyatiga sezilarli darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Keyinchalik esa ota-onalar
farzandining televizor ko‘rishdan yoki telefondagi o‘yinlarni o‘ynashdan to‘xtata olmayotganlaridan
e’tiroz bildiradilar.

Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning

atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi
bolaning yetakchi faoliyati o‘yindir. Inkor etib bo‘lmaydigan mashg‘ulot-o‘yin har qanday bolani
o‘ziga jalb eta oladi. O‘yinlar ham bolalarnng yoshiga qarab turli shakllarga ega. 3-4 yoshli bolalarni
predmetli o‘yinlar, ya’ni rangli, rasmli o‘yinlar bilan mashg‘ul qilish olimlar tomonidan tavsiya
etiladi, 5-7 yosh oralig‘idagi bolalarga esa musobaqali o‘yinlarni o‘ynatish foydaliroq, chunki ular
shartlarni o‘zlashtira oladilar. O‘yinlar shunday bo‘lishi kerakki, bolani ham fiziologik jihatdan, ham
psixologik jihatdan shakllanishida xizmat qilishi kerak. Qolaversa, o‘yin yakunida bolalarni
rag‘batlantirish ham bola ruhiyati uchun ijobiy ta’sir o‘tkazadi. O‘yin mobaynida tarbiyachilar e’tibor
berishi kerak bo‘lgan jihat shundaki, bolalarning hammasi o‘yinga qamrab olinishi kerak, hech qaysi
bola e’tibordan chetda qolmasligi darkor. O‘yin mobaynida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bolani
tengdoshlari orasida izza qilish bolaning psixikasida salbiy iz qoldiradi. Misol uchun keyinchalik shu
o‘yinni o‘ynashga qiziqish bildirmaydi, eng yomoni esa tengdoshlariga qo‘shila olmaslik holatlari,
ularning yonida o‘zini noqulay his qilishi mumkin.

Bog‘cha davridagi bolalarning psixik taraqqiyotida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Chunki,

xuddi mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati anchagina kengayib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning barcha psixik jarayonlari jadal rivojlanib, uning tashqi muhit bilan
bo‘lgan munosabatlarida birmuncha o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bunga sabab esa bola bu davrda ota-
onasining doimiy yordamlaridan ancha ozod bo‘ladi. Bizning etnopsixologiyamizda shunday narsa
borki, maktabgacha yosh davridagi boladan keyin ham farzand bo‘lsa, ko‘proq e’tibor chaqaloqqa
ketadi va natijada inqirozni boshidan o‘tkazayotgan bola e’tibordan chetda qoladi. Shunday paytda
bolaning qiziqish va ehtiyojlari haqida o‘rtoqlashuvchi inson bo‘lishi juda ham muhim.
Unutmasligimiz lozimki, bola bu davrda juda ixtiyorsiz va qiziquvchan bo‘ladi. Ularda taqlidchanlik
xususiyatlari hamda erkaliklar, noroziliklar juda ko‘p kuzatiladi. Shu boisdan, ota-onalar va
tarbiyachilar bola uchun asosiy yo‘naltiruvchi vazifasini o‘taydi. Bolaning shakllanayotgan
qiziqishlarini e’tiborga olgan holda u qo‘llab-quvvatlansa, bolaning tarbiyasida hamda psixikasida
turli og‘ishlar kuzatilmaydi. Agar bolada agressiv holatlar, ya’ni, g‘azab, jahldorlik, o‘jarlik,
arzimagan narsaga arazlash kabi holatlar kuzatilsa bunday holatlarda , ota-onalar qattiqqo‘llik bilan
emas, aksincha ularga sovg‘alar ulashish yoki ularni maqtash orqali vaziyatni yumshatishlari
mumkin. Zero, bolaning ruhiyati sinmasin, undagi ,,men’’ to‘liq shakllanishi uchun to‘liq va qulay
muhit yaratish eng muhim vazifalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.

Do‘stmuhammedova

SH.A,

Tillashayxova

X.A,

Baykunusova

G.YU,ZiyavitdinovaG.Z, ,,Yosh davrlari va pedagogik psixologiya’’

2.

Ivanov I, Zufarova M. ,,Umumiy psixologiya’’

3.

,,Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi’’

4.

Xosilbekovna, s. f. (2024). The impact of globalization on the manifestation of

aggressive behavior in adolescence. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 134-137.

5.

Xosilbekovna, s. f. (2024). Social and psychological determinants of increasing

women's labor efficiency are related to the topic. ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 4(2),
440-443.

Bibliografik manbalar

Do‘stmuhammedova SH.A, Tillashayxova X.A, Baykunusova

G.YU,ZiyavitdinovaG.Z, ,,Yosh davrlari va pedagogik psixologiya’’

Ivanov I, Zufarova M. ,,Umumiy psixologiya’’

,,Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi’’

Xosilbekovna, s. f. (2024). The impact of globalization on the manifestation of

aggressive behavior in adolescence. ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 4(2), 134-137.

Xosilbekovna, s. f. (2024). Social and psychological determinants of increasing

women's labor efficiency are related to the topic. ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 4(2),

-443.